ابن سينا (Abū ʿAlī al-Ḥusayn ibn ʿAbd Allāh ibn Al-Hasan ibn Ali ibn Sīnā; Avitsenna)


Download 129.99 Kb.
bet3/3
Sana21.01.2023
Hajmi129.99 Kb.
#1107185
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word 7777

Tib qonunlari“, „Risolai ishq“ va boshqa da mu-siqaning ayrim masalalari haqida fikr yuritgan. Oʻz davri musiqasining barcha muammolarini bayon etgan: nagma. boʻd (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va hokazo. Yevropada keyinchalik „sof tizma (tovushqator)“ atalgan musiqaviy tuzilmani birinchi boʻlib asoslagan. Ibn Sino musiqiy goʻzallik haqida mukammal taʼlimotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizim bilan bogʻliq holda qaraydi. Tabib sifatida u musiqani muhim tibbiy vositalar jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo boʻlganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. Oʻzining barkamol shaxsni tarbiyalash gʻoyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan.
Ibn Sinoning tabobat da qilgan ishlari uning nomini bir necha joylarda shu fan sohasi bilan chambarchas bogʻladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u oʻzigacha oʻtgan turli xalq namoyandalari tomonidan ayerlar davomida tib ilmi sohasida toʻplangan maʼlumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni oʻz tajribalari bilan boyitgan holda maʼlum nazariya va qonunqoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning „Tib qonunlari“ va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqei va krzongan shuhrati yorqin dalildir.
Ibn Sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari oʻsha davr tabobatini bir necha davrga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yakinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning, xususan GippokratGalenDioskorid va boshqalarning taʼlimoti ustuvor edi. Ibn Sino ham oʻz tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy koʻrsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo, Sharq olimlarining hamda uz tajribalari va bilimlari asosida rivojlantirdi va bo-yitdi. Ibn Sinoning daho tabib sifatida shuxrat qozonishining asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh suyagining tuzulishi, tishlarning tuzilishi toʻgʻrisida u Galenga ergashgan holda toʻgʻri fikrlagan. Uning koʻzning anatomiyasi, koʻrish jarayonining qanday sodir boʻlishi va unda koʻz qorachigʻining roli, koʻz muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi N. I. Pirogov Ibn Sinoning izdoshi deyishga asos beradi.
Ibn Sino oʻtkir diagnost edi. Uning baʼzi tashhis usullari hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Perkussiya (aʼzoga urish orqali diagnoz qoʻyish)ni, xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish orqali) qoʻllagan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan soʻng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur oʻrganib, ulardan tashhisda foydalangan. Ibn Sino turli kasalliklarning differensial diagnosti-kasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta eʼtibor beradi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashxis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand modsasi boʻlishini 1775-yilda ingliz olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida ilk bor Ibn Sino vabo bilan oʻlatni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash kerakligini taʼkidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit mo-xov, zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini toʻgʻri tasvirlab bergan. Quturish kasalligining koʻrinishlari, uning yuqumli harakteri, bemorning bu kasallikdagi holatlarini juda toʻgʻri aniqlagan. 1804-yilda yevropalik olim Sinke quturgan hayvonlarning soʻlagi yuqumliligini tasdiqlagan. Psixik va asab kasalliklarini tavsiflash va davolashga ham olim koʻp yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u atrof muhitning, iqlimning, parhez va jismoniy mashqlarning taʼsiriga hamda bemor kayfiyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga katta ahamiyat beradi.
Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qoʻllash (qon olish, banka qoʻyish, zuluk solish, huqna va hokazo)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatlanish, yaʼni parhezni muhim omillardan deb hisoblaydi va har bir kasallik uchun oʻz ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida koʻproq mayiz, anjir, anor suvi isteʼmol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni hozirgi glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qadimgi koʻrinishidir. Ibn Sinoning jarroxlik sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U oʻz tibbiy asarlarida zamonaviy jarroxlikda qoʻllanib kelayotgan ayrim usullarni bayon qiladi. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish, bavosir shishlarini tikish, tampon, oʻtkir modda yoki tikish bilan qon toʻxtatish, tomoqni kesib, nay qoʻyish (traxeotomiya) shular jumlasidandir. Yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha „Avitsenna usuli“ deb ataladi. Umurtqaning qiyshayishini Ibn Sino oʻzi ixtiro qilgan yogʻoch moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni XV asr da fransuz tabibi Kalo qayta kashf etgan. Suyaklarni gipslash usuli ham Ibn Sino tomonidan keng qoʻllangan, lekin u ham keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852-yilda amaliyotga yangi ixtiro sifatida qaytarilgan. Hozirgi koʻz jarroxligida qoʻllanayotgan usullarning qariyb barchasi Ibn Sinoga maʼlum boʻlgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, qovuq toshlarini olish, istisqo, bavosirning operatsiyalari, bosh suyagining operatsiyasi va boshqa Ibn Sino qoʻllagan muolaja usullaridandir. Jarrohlikda anesteziya (ogʻriqni sezdirmaslik) masalasiga ham Ibn Sino katta eʼtibor bergan. Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va sh. k. narkotik taʼsirga ega boʻlgan dorilardan foydalangan. Kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish yoʻli bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u tutqanoqni davolashda toʻrt kunlik isitma bilan ogʻrishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857—1940) shunday usulni qoʻllab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927-yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.

Ibn Sino maqbarasining ichki koʻrinishi. HamadonEron.
Ibn Sino dorishunoslik sohasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik olimlarning farmatsiyasi asosida musulmon Sharqida paydo boʻlgan yangi farmatsiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Tabobatda sano, kofur (kamfara), rovoch, tamrhindiy (hind hurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal oʻrnida koʻp dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham Ibn Sinoning xizmatidir. Uning dorivor oʻsimliklarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir katorda Ibn Sino birinchilardan boʻlib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. Kasallikning turiga qarab avval sodda, soʻng murakkab tarkibli dori bilan davolagan. Eng muhimi, u oziq-ovqatlarning shifo-baxsh taʼsiriga katta ahamiyat berib, davolashni shunday mahsulotlardan (meva, sabzavot, sut, goʻsht va hokazo) boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi (issiq, sovuq, hoʻl, quruq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini taʼkidlaydi. Ibn Sino farmatsiyasi juda puxta oʻylangan farmakologik tadqiqot usuliga asoslanganligi bois oʻrta asr Yevropa farmatsiyasidan ancha oʻzib ketdi va zamonaviy dorishunoslikka yaqinlashdi. Olim ishlatgan dorilarning bir qanchasi hozirgi farmakopeyalardan mustahkam oʻrin olgan.
Tibbiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan, ularning orasida „Qonun“ kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan turli hajmdagi „Urjuza fi-ttibb“ („Tibbiy ur-juza“), „alAdviyat alqalbiya“ („Yurak dorilari“), „Dafʼ almadorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya“ („Inson badaniga yetishgan barcha zararlarni yoʻqotish“), „Kitob al-qulanj“ („Qulanj haqidagi kitob“), „Maqola fi-nnabz“ („Tomir urishi haqida makr-la“), „Risola fi-l-boh“ („Shahvoniy quvvat haqida risola“), „Risola fi tadbiri al-musofirin“ („Safardagilarning tadbiri haqida risola“), „Risola fi xifz as-sihha“ („Sogʻliqni saqlash haqida risola“), „Risola fi-s-sikanjubin“ („Sikanjubin haqida risola“), „Risola fi-lfasd“ („Qon olish haqida r.isola“), „Risola fi-lhindabo“ („Sachratqi haqida risola“) kabi risolalari ham bor.
Ibn Sino oʻz davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy eʼtibor bilan karadi va bu soqada „Aqsom al-ulum alaqliya“ („Aqliy ilmlar tasnifi“) nomli asar yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qismlarga boʻldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga boʻlinadi: 1) quyi darajadagi ilm, yaʼni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2) oʻrta darajadagi ilm — mat. (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch kiyem (axloq, iqtisod va siyosat) ga boʻlinib, birinchisida bitta shaxs, uning feʼl-atvori qanday boʻlishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xoʻjalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday boʻlishi va uchinchisida shahar yoki oʻlka miqyosida kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday boʻlishi, davlatni idora qilish haqida ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Asarda 29 ilm tarmogʻi tilga olinadi, Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar oʻzaro yordam asosida yashashlari kerak deb taʼkidlaydi. Jamiyat kishilarning oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi. Jamiyat aʼzolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning oʻzi adolatsizlikka yoʻl qoʻysa, xalqning unga qarshi qoʻzgʻoloni toʻgʻri va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmogʻi kerak, deb hisoblaydi. Oʻzining axloq toʻgʻrisidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur axloqiy munosabatlarga, kamtarlik, izzathurmat, jasurlik, toʻgʻrilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida eʼtibor beradi.
Ibn Sino oʻzining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va Gʻarb madaniyatining rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, atTaftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulugʻbek, Bedil, Bahma-nyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari oʻz asarlarida Ibn Sino taʼlimoti va ilmiy gʻoyalarini davom ettirdilar. Yevropada allomaning asarlari 12-asr dan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, universitetlarda oʻqitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar I. S.ning ilgʻor fikrlaridan oʻz ijodlarida foydalandilar va uning nomini zoʻr hurmat bilan tilga oldilar.
Ibn Sino ilmiy merosini oʻrganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi va natijada chet el hamda Oʻzbekistonda maxsus ilmiy yoʻnalish — sinoshunoslik vujudga keldi. „Tib qonunlari“ning lotincha tarjimasi toʻliq holda 40 marta nashr etildi. Uning ayrim qismlari nemis, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilindi, olimning falsafiy va boshqa sohalarga oid asarlari ham jahonning bir necha tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi. Jahonning turli kutubxonalarida Ibn Sino asarlarining qoʻlyozmalari saqlanadi, shu jumladan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qoʻlyozmasi mavjud. Yevropa olimlari Ye. Bishmann, Yu. Rus-ka Karra de Vo, X. Korbin, Kruz Xernandez, L. Garde, A. M. Guashon, X. Ley, P. Morividj, J. Saliba hamda arab, turk va eron olimlari M. U. Najotiy, A. N. Nodir, J. Sh. Qanavotiy, Said Nafisiy, Yahyo Maxdaviy, Umar Farrux, E. Ihsonoʻgʻlu, F. Rahmon, M. Muso, H. Gʻaraba, M. Shohvardiy va boshqa Ibn Sino ijodini oʻrganishga maʼlum hissa qoʻshdilar. Rossiyalik olimlardan Ye. E. Bertels, A. Ya. Borisov, I. S. Braginskiy, S. I. Grigoryan, B. A. Petrov, B. A. Rozenfeld, V. N. Ternovskiy, A. V. Sagadeyev, M. M. Rojanskaya, Tojikiston olimlaridan S. Ayniy, M. Dinorshoyev, T. Mardonov, N. Rahmatullayev, A. Bahovuddinov, Yu. Nuraliyev bu yoʻnalishning rivojlanishiga xizmat qildilar. Oʻzbekistonda Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar S. Mirzayev, A. Murodov, A. Rasulov, U. I. Karimov, Yu. N. Zavadovskiy, A. A. Semyonov, M. A. Salye, P. G. Boʻlgakov, Sh. Shoislomov, E. Talabov, H. Hikmatullayevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. T. N. Qori-Niyoziy, I. M. Moʻminov, M. M. Xayrullayev, M. N. Boltayev, A. Axmedov, G. P. Matviyevskaya, V. K. Jumayev, N. Majidov, O. F. Fayzullayev, M. B. Baratovning monografiya va maqolalarida Ibn Sino ijodining turli qirralari tadqiq etilgan. Rus antropologi M. M. Gerasimov, bir necha tarixiy shaxslar qatori, Ibn Sinoning ham kalla suyagi asosida haykalportretini yaratgan. Andijon tibbiyot instituti xodimlari (Yu. O. Otabekov, Sh. H.Hamidullin, Ye. S. Sokolova) Ibn Sinoning ilmiy asoslangan timsolini haykal-byustda tasvirladilar (1965). Oʻzbekistonlik rassom S. Marfin Ibn Sino badiiy portretini ishlagan (1968). Ibn Sino haqida „Oʻzbekfilm“ studiyasi ijodkorlari (rej. E. Eshmuhamedov; O. Agishev, E. Eshmuhamedov ssenariysi) „Dahoning yoshligi“ tarixiy-biografik badiiy filmini (1984) yaratdilar.
Oʻsimliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan mashhur shved botanigi Karl Linney (1707—78) doimo yashil boʻlib turuvchi bir tropik daraxtni Ibn Sino sharafiga Avitsennia deb atadi. Oʻzbekiston yerida topilgan (1956) yangi mineral Ibn Sino nomi bilan Avitsennit deb ataladi. Buxoro shahar va Afshona qishlogʻida Ibn Sinoga haykal oʻrnatildi, Belgiyaning Kortreyk shaxrida ham Ibn Sino ga qoʻyilgan (2000) haykal bor. Afshonada Ibn Sino muzeyi ochildi. Oʻzbekiston va Tojikistondagi tibbiy oliy va oʻrta bilim yurtlariga, nashriyotga (qarang Ibn Sino nomidagi nashriyot), sanatoriy, shifoxona, kutubxona, maktab, koʻcha, jamoa xujaliklari, turar joy mavzelariga Ibn Sino nomi berildi. Tojikistonda fan sohasida katta yutuklarni taqdirlash uchun Ibn Sino nomidagi respublika davlat mukofoti taʼsis etilgan. Oʻzbekistonda Ibn Sino xalqaro jamgʻarmasi tuzildi (1999-yil), „Ibn Sino“ va „Sino“ nomli xalqaro jurnallar nashr qilinadi.

  • Donishname, Kniga znaniya, Dushanbe, 1957; Tib qonunlari, 1—5 kitoblar [2nashri|, T., 1979—1983; Izbrannie filosofskiye proizvedeniya, M., 1980; Osori mun-taxab, 1—2 t., Dushanbe, 1980; Salomon va Ibsol, T., 1980; Traktat po gigiyene, T., 1982; Tibbiy risolalar, T., 1987; Tib qonunlari [3 jildli saylanma; tuzuvchilar: U. Karimov, H. Hikmatullayev], T., 1992; Kanon vrachebnoy nauki, v 10 tomax. T., 1996; Urjuza yoki 1326 bayt tibbiy oʻgit, T., 1999.

Tarjima holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida dunyoga keldi. 5-10 yoshlarida maktabda talim oldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiqtibbiyotfalsafariyoziyot va fiqh ilmlarini oʻrganadi. 16 yoshidan boshlab turli fanlar boʻyicha Sharq va Gʻarb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqqil oʻrganadi. Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda oʻrta asr Sharqining buyuk hakimi va mutaffakiri Abu Bakr ar-Roziy (864925)ning asarlarini puxta oʻrganadi. Ibn Sino 17 yoshidayoq eʼtiborli hakim va olim boʻlib yetishadi. U amr Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Kutubxinada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, bilmlarni chuqurlashtiradi. XI asr oxiri va X asr boshlarida Movarounnahr va Hurosonda yuzaga kelgan ogʻir sharoitda Ibn Sino ona shahri Buxoroni tark etib, avval Urganchda, xorazmshoh Maʼmun saroyidagi olimlar qatoridan joy oladi. Soʻngra Mahmud G`aznaviyning tazyiqi tufayli Xorazmdan ham chiqib ketadi. U umrining oxirigacha Obivat, Goʻrgon, Ray, Qazvin, Isfaxon, Xamadon shaharlarida hukmdorlar qoʻlostida tabiblik va vazirlik qiladi.
1037-yilda Hamadonda vafot etadi. Ibn Sino arab va fors tillarida fanning turli sohalari boʻyicha 300 dan ortiq asarlar yozdi. Bu asarlarning eng buyugi „Tib qonunlari“ asaridir.
Ibn Sino asarlari 280 dan ortiqdir. Shulardan 40 dan ortigʻi tabobatga oid, 30 ga yaqini turli tabbiy fanlarga, 180 ta risolasi falsafa, mantiq, ruxshnoslik, geologiya, etika va ijtimoiy masalalarga, 3 risolasi musiqiy ilmga bagishlangan. Lekin bizga bu asarlarning 160 ga yaqini yetib kelgan. Asarlar orasidagi 18 jildli „Kitob uf-shifo“ asarini falsafa bilimlar qomusi desa boʻladi. U „Urjuza“ risolasi muallifi.-->
Havolalar
Download 129.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling