[-]


Download 111.58 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi111.58 Kb.
#102265
Bog'liq
Mavlonxonova Mushtariy 6G


Mening Vatanim - O’zbekiston


Yorqin ranglarga yo‘g‘rilgan, mehr bilan chizilgan tasviriy san’at asarlarida Toshkentning go‘zal manzaralari, betakror tabiati, shaharda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari va onalik baxti tarannum etilgan. Bu asarlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy muzeyida mustaqilligimizning 18 yilligi va jonajon poytaxtimizning 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlab tashkil etilgan ko‘rgazmada namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma Toshkent garnizoni askarlarida katta taassurot qoldirdi.
O‘ttizdan ortiq rangtasvir asarlar va fotosuratlardan iborat bayram ekspozitsiyasida serqirra madaniyatimiz, xalqimizning turmush tarzi, folklori, milliy an’ana va urf-odatlarimiz aks etgan. Ularning mualliflari – O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev, rassomlar Rafael Matevosyan, Vahob Ziyoyev, Galina Mordvinseva va boshqalar betakror tabiatimiz, me’moriy obidalarimiz, xalq dostonlaridan ilhom oladigan mo‘yqalam sohiblaridir.

Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan asarlarning aksariyatida Toshkentning o‘zgarib borayotgan qiyofasi ifoda etilgani muxlislar e’tiborini tortadi. “Chorsu. Bozor”, “O‘rda ko‘prigi”, “Milliy bog‘”, “Bahorgi saylgoh” kabi kartinalarning mualliflari o‘z asarlarida shaharning kundan-kun chiroy ochayotgan har bir go‘shasini aks ettirishga harakat qilgan. Sharqona va zamonaviy me’moriy an’analar uyg‘unlashgan holda bunyod etilgan muhtasham binolar o‘zining salobati va go‘zalligi bilan kishini lol qoldiradi. Aleksandr Batikovning asarlaridan birida mashhur Toshkent kurantlari aks ettirilgan bo‘lib, u tomoshabin qalbida vaqtning yugurikligi haqidagi falsafiy fikrlarni junbushga keltiradi. Galina Lining litografiyalar turkumida ham umrboqiy qadriyatlar, tevarak olam sir-asrorlari, rang va obrazlar jo‘shqinligi o‘z ifodasini topgan.
Download 111.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling