[-]


Download 21.94 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi21.94 Kb.
#111821
Bog'liq
amaliy paketlar


Kompyuter dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qollaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT)dir bunga asosiy sabab – kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishidir. Amaliy dasturiy ta’minot quyidagicha tasniflash mumkin. Muammoga yo’naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi: -buxgalteriya uchun DT; -personalni boshqarish DT; -jarayonlarni boshqarish DT; -bank axborot tizimlari va boshqalar. Umumiy maqsadli ADT- soxa mutaxasisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnalogiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular: -kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); -matnli xujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi,ularni tegishli xolatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari; -grafik muxarrirlar; -xisoblashlar uchun qulay muxitni tanlovchi elektron jadvallar; -taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar xosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar. Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: -rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar; -tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar; -skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o’zgartiruvchi dasturiy vositalar; - tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kamunikatsion dasturlar. Kichik nashriyot tizimlari <> axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va xokazolar bajaradi. Multimedia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi xisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muxitining o’zgarishi, lazerli disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi. Sun’iy intellekt tizimlari. Bu soxadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish mumkin: -ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. 4 Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shaxmat, shashka va x.k.) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi. - Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar. Ushbu yo’nalishdagi muxim natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi xisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik soxalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin. - EXMlarning yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EXMlari) ni yaratish muammolarini o’rganadi. - Intelektual robotlar. Bu yo’nalish oldindan qo’yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intelektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi. Xozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog’liq yo’nalish tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi. Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: -kompilyator va interpretatorlar; -dasturlar kutubxonasi; -turli yordamchi dasturlar. Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini xam ta’minlaydi. Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga Makroaccembler MASM, Visual Cutt for Windows professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi. CASE-texnologiyasi informatikaning xozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan soxalaridan biridir. CASE-kompyuter Aided Sistem Engineering-axborot-lar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyixalash degani bo’lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxasislar, jumladan, tizimli taxlilchilar, loyixachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko’pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi. Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80-yillar oxirida shakllangan yo’nalishdir. Ulardan keng ko’lamda foydalanish qimmatligi tufayli chegaralangandir. Case-texnologiyasi – murakkab dasturiy tizimlarni taxlil etish, loyixalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug’i – kompyuterlarning maxalliy tarmog’ida ishlayotgan mutaxasislarni birgalikda, xamkorlikda loyixa 5 ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyixaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyixani tashkiliy boshqara bilishligidadir. WINDOWS-98-1998 yilning yozida ishlab chiqarilgan yangi operatsion tizim (OT) bo’lib, yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o’z-o’zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS98 grafik maxsulotning ko’rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo’yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo’llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va uzib qo’yilishini ta’minlaydi, televidenie xamda shaxsiy kompyuterning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi. WINDOWS- 98 ning oldingi versiyalardan, xususan WINDOWS-95 dan asosiy farqi- uning ishlatilishi va internetga kirishidagi soddaligi xisoblanadi.Unda Web texnologiyasi bo’yicha o’zgaruvchan yordam tizimi va kompyuter ishlatilishini o’rgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Webyo’naltirilgan interfeys foydalanuvchiga kompyuterda, maxalliy kompyuter tarmog’ida xamda Webtexnologiyda axborotlarning bir xil shaklda ifodalanishini ta’minlaydi va shu bilan birga axborotlar qidiruvini osonlashtiradi. Windows-98 ishlatilgan xolda qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo’yiladi: -prosessor – pentium100 mgs va undan yuqori; -tezkor xotiraning xami – 16 mbayt va undan katta; -tizimning standart o’rnatilishi uchun qattiq diskda ( vin chesterda) 195 Mb bo’sh joy bo’lishi kerak, lekin tizimning konfiguratsiyasi va tanlangan qismlar soniga qarab, 120 dan 295 Mb gacha bo’sh joy zarur bo’lishi mumkin; -kompakt-disklar va DVD disklari uchun diskovod; -monitor-VGA yoki undan xam yuqori aniqlikka ega bo’lgan qurilma; -kiritish qurilmalari – Microsoft mouse sichqonchasi yoki unga mos boshqa qurilma. Agar kompyuterda WINDOWS-98 OT o’rnatilgan bo’lsa, u kompyuter yoqilishi bilan ishga tushib ketadi va natijada ekranda quyidagi ko’rinish paydo bo’ladi: WINDOWS-98 ekranining asosiy qismlari: -ish stoli –asosiy soxa; -masalalar paneli (<>tugmachasi bilan boshlanadigan qator) –odatda ekranning quyi qismida joylashadi. Ish tugagach, sichqonchani <> tugmachasida bosib <> bo’limini tanlash kerak, xosil bo’lgan savol-javob oynasida <> (kompyuterni o’chirish) buyrug’ini tanlab, <>(xa) tugmachasini bosish zarur. Bunday ketma-ketlik WINDOWS-98 tizimiga o’z ishini to’g’ri tugatish va vaqtinchalik fayllarini berkitish uchun imkon beradi. Kompyutеrning dasturiy ta'minoti orasida eng kup qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — kompyutеrlardan inson faoliyatining barcha soxalarida kеng foydalanishi, turli prеdmеt soxalarida 6 avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishidir. Amaliy dasturiy ta'minotni quyidagicha tasniflash mumkin. Muammoga yunaltirilgan ADTga quyidagilar kiradi: — buxgaltеriya uchun DT; — pеrsonalni boshkarish DT; — jarayonlarni boshkarish DT; — bank axborot tizimlari va boshkalar. Umumiy maksadli ADT — soxa mutaxassisi bulgan foydalanuvchi axborot tеxnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam bеruvchi kuplab dasturlarni uz ichiga oladi. Bular: — kompyutеrlarda ma'lumotlar bazasini tashkil etish va saklashni ta'minlovchi ma'lumotlar bazasini boshkarish tizimlari (MBBT); — matnli xujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tеgishli xolatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari; — grafik muxarrirlar; — xisoblashlar uchun kulay muxitni ta'minlovchi elеktron jadvallar; — takdimot kilish vositalari, ya'ni tasvirlar xosil kilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga muljallangan maxsus dasturlar. Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshkarishni ta'minlovchi dasturlarni uz ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 7 — rеjalovchi yoki organayzеrlar, ya'ni ish vaktini rеjalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, tеlеfon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar; — tarjimon dasturlar, ya'ni bеrilgan boshlang’ich matnni kursatilgan tilga tarjima kilishga muljallangan dasturlar; — skanеr yordamida ukilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan uzgartiruvchi dasturiy vositalar; — tarmokdagi uzok masofada joylashgan abonеnt bilan foydalanuvchi orasidagi uzaro mulokotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar. Kichiq nashriyot tizimlari «kompyutеrli nashriyot faoliyati» axborot tеxnologiyasini ta'minlaydi, matnni bichim solish va taxrirlash, avtomatik ravishda bеtlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga quyish va xokazolarni bajaradi. Multimеdia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi xisoblanadi. U ma'lumotlarni kayta ishlash muxitining uzgarishi, lazеrli disklarning paydo bulishi, ma'lumotlarning tarmokli tеxnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi. Sun'iy intеllеkt tizimlari. Bu soxadagi izlanishlarni turt yunalishga bulish mumkin: — Ijodiy jarayonlarni imitatsiya kiluvchi tizimlar. Ushbu yunalish kompyutеrda uyinlarni (shaxmat, shashka va x.k.) avtomatik tarjima kilishni va boshkalarni amalga oshiradigan dasturiy ta'minotni yaratish bilan shuQo’llanadi. — Bilimlarga asoslangan intеllеktual tizimlar. Ushbu yunalishdagi muxim natijalardan biri ekspеrt tizimlarning yaratilishi xisoblanadi. Shu tufayli sun'iy intеllеkt tizimlarini ma'lum va kichiq soxalarning ekspеrti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin. — EXMlarning yangi arxitеkturasini yaratish. Bu yunalish sun'iy tafakkur mashinalari (bеshinchi avlod EXMlari) ni yaratish muammolarini urganadi. 8 — Intеllеktual robotlar. Bu yunalish oldindan quyilgan manzil va maksadga erisha oladigan intеllеktual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi. Dasturlar – buyruqlar ketma-ketligini tartibga keltiruvchi hisoblanadi. Hatto birinchi qaraganda dasturlar uskunalar bilan o‘zaro harakat (aloqa)da bo‘lmaganidek, kiritish uskunasidan hech qanday ma’lumotni talab qilmaydigandek, chiqish uskunasidan hech qanday ma’lumotni chiqarishni amalga oshirmayotgandek ko‘rinsa ham, baribir, uning ishi kompyuterning apparat uskunalarini boshqarishga asoslangan. Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy nazar, ular orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish hech bo‘lmaganda shartli ekanligini unutmasligimiz kerak. Hisoblash tizimining dasturiy ta’minotining tarkibi dasturiy konfiguratsiya deb ataladi. Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, o‘zaro aloqa mavjud. Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga tayanib ishlaydi, ya'ni bu o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida gapirishimiz mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo‘lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar va o‘zaro hamkorlik harakatlarining mavjudligi, amaliyotda esa, u o‘zaro aloqada bo‘lgan bir necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja o‘zidan oldingi darajaning dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday bo‘laklab hisoblash texnikasi bilan ishlashning dastur o‘rnatishidan boshlab to amalda foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan hamma bosqichlar uchun qulaydir. Shunga ham ahamiyat berish kerakki, yuqori darajadagi barcha dasturiy ta’minotlar butun tizimning funktsional ishlash qobiliyatini oshiradi. Masalan, tayanch darajada dasturiy ta’minotni hisoblash tizimi ko‘plab ishlar (funksiyalar)ni bajarish imkonini bermaydi, ammo tizimli dasturiy ta’minotni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi. . 9 Amaliy daraja. Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot ma’lum ish o‘rnida aniq topshiriqlar bajaruvchi amaliy dasturlar majmuasidan iborat. Bu topshiriqlarning spektori ishlab chiqarishdan to ijodiygacha va ko‘ngilochar topshiriqlargacha juda kengdir. Hisoblash texnikasining tadbiq qilinishi mumkin bo‘lgan sohalarining ulkan funktsional (harakat) diapazoni turli xildagi faoliyat turlari uchun amaliy dasturlarning mavjudligi bilan bo‘langan. 10 1. Tizimli dasturlar va ularning turlari Dasturiy ta’minot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi. Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog‘liq holda, uni ikki guruh: tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minotga bo‘lish mumkin. Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida kompyuterning bir qismi deb ham xisoblashadi. Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va unng bajarilishini ko‘zatadi; to‘g‘ri hisoblashga halal beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, OTni uch guruhga bo‘lish mumkin: -bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi); -ko‘p vazifali (ko‘p kishi foydalanuvchi); -tarmoqli. Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan. Bunday operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir (uniMicrosoft firmasi ishlab chiqqan). Ko‘p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur vazifalar bo‘ladi va protsessor kompyuter resurslarini vazifalar o‘rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OTning tipik vakillari: IBM korporatsiyasining UNIX, OS2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir. Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslarga kirishni ta’minlash uchun mo‘jallangan. Tarmoqli OTlarning tipik vakillari: Novell NetWare, Banyan Vines, IBM LAN, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir. OTning so’zlovchisi bo‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo‘lib har biri o‘z vazifasni bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajariladi. Bunda ular o‘z vazifasini bajarishda OT dasturli va boshqa utilitalar bilan raqobatga kirishadi. Shu bois servis vositalar tavsifi o‘z vazifalari va tashkil etish usullariga ko‘ra ancha shartlidir. Utilitalar foydalanuvchilarga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod 11 etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarini (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va fayllar tizimlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi. Utilitalar ko‘pincha quyidagi vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yadi;  disklarga xizmat ko‘rsatish (axborotni shaklga solish, saqlashni ta’minlash, to‘xtatish va boshqalar yuz berganda uni tiklash imkoniyati);  fayl va katologlarga xizmat ko‘rsatish (huddi qobiqlar kabi);  arxivlarni yaratish va yangilash;  kompyuter resurslari haqida, diskli makon xususida, dasturlar o‘rtasida TXKni taqsimlash to‘g‘risida axborot taqdim etish;  turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;  kompyuterni viruslardan himoya qilish. Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarini topish va davolashni ta’minlaydi. Virus atamasi bilan turli noma’qul harakatlarni amalga oshirib boshqa dasturlarga kirib olgan holda ko‘payishga qodir bo‘lgan dastur tushuniladi. Dasturlashtirish tili translyatori deb, dasturlashtirish tilidan (odatda) mashina kodiga dastur matnini tarjima qilishni amalga oshiruvchi dasturga aytiladi. Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o‘z ichiga olgan vositalar majmui dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug‘i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog‘liq holda translyatorlar kompilyator va interpretatorlarga bo‘linadi. 12 2. Amaliy dasturlar. Ularning ko‘rinishi Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo‘ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, xususan, operatsion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi: - Turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari; - foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari. Amaliy dasturlar paketlari (ADP) - foydalanuvchi hal etayotgan vazifalarni avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u axborotnir ishlash bo‘yicha biror ishni qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan amalda to‘liq ozod etadi. Hozirgi paytda o‘z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud. Amaliy dasturlar paketi (ADP) - bu muayyan sinf vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuidir. ADPning quyidagi turlari farqlanadi: - umumiy vazifadagi (universal) - uslubiy yunaltirilgan; - global tarmoq; - xisoblash jarayoni tashkilotlari. Umumiy vazifadagi amaliy dasturlar paketi (ADP) - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funksional vazifalarni ishlab chiqarish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu ADP sinfiga quyidagilar oiddir: - matnli va grafik muxarrirlar; - elektron jadvallar; - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) 13 Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli - analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo`lish mumkin: - super kompyuterlar (Super Computer); - blok kompyuterlar (Manframe Computer); - mini kompyuterlar (Minicomputer); - shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); - bloknot(noutbook) kompyuterlar. Super kompyuterlar (TOP 500 kompyuterlar)-juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshilik qilmoqda. Uning tezligi kompyuterlar tezligini o`lchovchi- Linpacr parallel testida 1 TFLOPS (1 TFLOPS1000 GFLOPS teng, 1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS-sekundiga 1000 amalga teng). Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo`llaniladi. E'tiborlisi shuki, Tokio universiteti dunyoda to`rtinchi o`rinda turadigan, sekundiga 873GFLOPS amal bajaradigan, 128 protsessorli SGI ASCI Blue kompyuteriga ega. Quyidagi jadvalda Top kompyuterlar haqida ma'lumot keltirilgan: 14 Shuni qayd qilish lozimki, superkompyuterlarning ma'lum yo`nalish masalalarini Shuni qayd qilish lozimki, superkompyuterlarning ma'lum yo`nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud. Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir poQona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli. Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir. IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni bir-biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 megagersni, xotira hajmi esa 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) - “Oq yasalgan”, Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar “Sariq yasalgan” nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa “nomsiz kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, 15 bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta'minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak. Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir. Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o`z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi. Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir. Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya'ni bir vaqtda programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida programma qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar yordamida kompyuter tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma'lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi. Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o`rnatadi va uning bajarilishini ta'minlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Programma ishlash natijasi to`g`ridan-to`g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko`rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning programma ta'minoti - kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi. 16 Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan -sistema bloki; -monitor; -klaviatura; -sichqoncha; -tashqi qurilmalar. 17 HULOSA Amaliy va tizimli dasturiy ta’minotlar o‘rtasida bevosita o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgani uchun (ularning birinchisi ikkinchisiga tayanadi) shuni ta’kidlash kerakki, hisoblash tizimining universalligi, amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanishning qulayligi va kompyuterning funktsional (harakat, vazifa bajarish) imkoniyatlarining kengligi foydalanilayotgan amallar tizimining tipiga hamda uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o‘z ichiga olganligiga bog‘liq. Operatsion tizimi uch qismdan iborat bo‘lgan inson-dastur-uskuna majmuining o‘zaro aloqa va harakatini qanday ta’minlashga ham bog‘liqdir
Download 21.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling