[-]
-Mavzu: Madaniyat, din va axloq sotsiologiyasi
Download 0,63 Mb. Pdf ko'rish
|
sotsiologiya fanidan maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Madaniyat sotsiologiyasi.
- 3.Axloq sotsiologiyasi. Axloq
5-Mavzu: Madaniyat, din va axloq sotsiologiyasi. Reja: 1.Madaniyat sotsiologiyasi. 2. Din sotsiologiyasi. 3.Axloq sotsiologiyasi. Adabiyotlar 1.
Karimоv I.A. Barkamоl avlоd оrzusi T., «SHarq» 1999 2.
Karimоv I.A. Milliy istiqlоl mafkurasi T., «O’zbеkistоn» 2000 3.
Karimоv I.A. Оzоd vо оbоd Vоtan, erkin va farоvоn hayot-pirоvard maqsadimiz T., «O’zbеkistоn» 2000 4.
yangilash, mamlakatni mоdеrnizatsiya va islоh etishdir. Оliy Majlis sеnati va Qоnunchilik palatasining qo`shma majlisidagi ma’ruza. «Хalq so`zi» 2005 yil 29 yanvar. 5.
Karimоv I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lоzim. «Хalq so`zi» 2006 yil 11 fеvral. 6.
хizmat qilsin, «Tafakkur». 1998. №5. 7.
Karimоv I.A.
Dоnishmand хalqimizning mustahkam irоdasiga ishоnaman. «Fidоkоr» 2000. iyun. 8.
Karimоv I.A. Fan Vatan ravnaqiga хizmat etsin. T.2.T.,1996. 9.
Karimоv I.A. YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T. 2008. 10.
Karimоv I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T.2009. 11.
Aliqоriеv N.S. va bоshqalar. Umumiy sоtsiоlоgiya T., TоshDU. 1999 y. 12.
13.
Bеkmatоv A. Sоtsiоlоgiyaga kirish, Andijоn. 1995 y. 14.
Хоlbеkоv A. Idirоv U. Sоtsiоlоgiya Lug`at T., «Ibn Sinо» 1999 y. 15.
Bеkmuradоv M. Оta-Mirzaеv О. Aliqоriеv N. va bоshqalar. Sоtsiоlоgiya T., 2000 16.
E Giddеns. Sоtsiоlоgiya.T., «SHarq», 2002. 17.
18.
Sоtsiоlоgiya. Ma’ruzalar matni. UrDU 2003.
Madaniyat moddiy va mahnaviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va O’zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, tahlim, tarbiya, ijod, ilm - fan, xizmat ko’rsatish, turmush tarzi qabilar bilan birga rivojlanadi. Jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi. Madaniyat tushunchasi keng va tor mahnolarda ishlatiladi. Keng -mahnoda - insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha moddiy va mahnaviy boyliklarning yig’indisini aks ettiradi. Tor mahnoda madaniyat atamasi jamiyatning mahnaviy estetik turmush darajasini ifodalash uchun qo’llaniladi. Madaniyat atamasi keng mahnoda qo’llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va mahnaviy hayotida qO’lga kiritgan yutuqlar majmui, biror ijtimoiy guruh yoki xalqning mahlum davrda qO’lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, O’qimishlilik, tahlim - tarbiya ko’rganlik, ziyolilik, mahrifatlilik hamda turmushning mahrifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan shartlari yig’indisini bildiradi. BMT Bosh Assambleyasining qaroriga kura 2000 yil "Xalqaro jahon madaniyati yili" deb ehlon qilinganligi bejiz emas. Madaniyat sotsiologiyasi-«tushunuvchan"("izohlovchi") sotsiologiya 70-yillarda Germaniya va Frantsiyada vujudga kelgan oqim. Madaniyat sotsiologiyasi ijtimoiy hayotning murakkab shakllari, aqliy va mahnaviy hayoti, yahni sanhatni, din sohasini, fanni va hokazolarni tahlil etishga qobiliyatsiz bo’lgan pozitivistik sotsiologiyaning nazariy-metodologik chegaralanganligiga aks tahsir sifatida vujudga kelgan. Madaniyat - insonning faoliyati, uning oqibatida yaratilgan moddiy va mahnaviy qadriyatlar bo’lib, shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil bo’lgan ijtimoiy hodisadir. Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni moddiy va mahnaviy madaniyatga bo’lish rasm bo’lgan. Madaniyatning bunday bo’lish inson faoliyatining ikki asosiy sohasi - moddiy va mahnaviy ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liqdir. Moddiy madaniyat moddiy ishlab chiqarish bilan bog’liq ijtimoiy faoliyatning barcha sohalari va natijalarini O’z ichiga oladi. Moddiy madaniyat tizimiga uy-joy, kiyim-bosh, uy-rO’zg’or buyumlari, istehmol vositalari deb ataladigan narsalar ham kiradi.
Mahnaviy madaniyat mahnaviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllarini yaratish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi. Mahnaviy madaniyat namoyon bo’lishining turli shakllari har xil tasavvurlar va g’oyalar, nazariyalar, tahlimotlar, ilmiy bilimlar, sanhat asarlari, axloqiy va huquqiy normalar, falsafiy, siyosiy qarashlar, mifologiya, din va hokazolar ana shunday faoliyat natijasidir. Moddiy va mahnaviy madaniyat bir-biri bilan uzviy bog’liq. Birinchidan, har ikkalasi ham madaniyatning uzviy O’ziga xos qismlari ekanligini unutmaslik kerak, ikkinchidan, inson faoliyatining maxsuli bo’lgan kO’pgina narsalar ham aqliy, mahnaviy, ham jismoniy mehnatning natijasi sifatida paydo bo’ldi.
Madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi: 1)
O’zidan oldingi avlodlar yaratgan qadriyatlarni O’zlashtiriopdan boshlanadi; 2)
u yangi qadriyatlar yaratish yo’lida tayanch vazifasini O’taydi. Ana shu ikki jarayon - eskilik bilan yangilik O’rtasidagi obhektiv zaruriy bog’lanish vorislik deb ataladi. Lekin bunda taraqqiyotga xizmat qiladigan progressiv vorislikni unga tO’siq bo’ladigan reaktsion vorislikdan farqlash lozim bo’ladi. Madaniyatga ijobiy (pozitiv) va salbiy (negotiv) tahsir etuvchi vorislik ham mavjud. Madaniyat bevosita qadriyatlar bilan bog’liq bo’lib, uning turlari quyidagilar: 1)
2)
Anhanalar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo’ladigan ax- loqiy qadriyatlar; 3)
Insonning aql idroki va amaliy faoliyat zaminida shakllangan mehnat malakalari va kO’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va istehdodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar; 4) Odamlar O’rtasidagi jamoaviylik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo’ladigan qadriyatlar; 5)
Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi, irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar. Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar O’z navbatida: 1)
2)
mintaqaviy qadriyatlar 3) milliy qadriyatlar 4) diniy qadriyatlar turlariga bo’linadi. Madaniyat sotsiologiyasida ijtimoiy institutlar muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy institut deganda kishilarning ijtimoiy faoliyatlari tashkillanadigan muassasalar va ularda xulqning muvofiqlashtiriluvi tushuniladi. Madaniyat shakllari asosan 3 xilda farqlanadi: 1)
2)
Xalq madaniyat; 3) Ommaviy madaniyat. 1. Elitar madaniyat -(frantsuzcha - "eng sara" so’zidan olingan) - har qanday ijtimoiy tizilmaning boshqaruv, madaniyat, fanni rivojlantirish funktsiyalarini amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlamdir. Elita haqidagi nazariyalar dastavval platon, Nioptse qarashlarida bayon qilingan bo’lib, tizimli ko’rinishga XX asr boshlarida V. pereto , G. Moska, Mixelgpslar tomonidan keltirilgan hozirgi G’arb sotsiologiyasida elita turli xil talqin etiladi. Bunda elita xokimiyatga yO’nalgan, siyosiy jihatdan eng faol odamlar (Moska), jamiyat eng kO’p obrO’, makon, boylikka ega bo’lgan, ommaga nisbatan aqliy va axloqiy ustunlikka ega odamlar (X. Ortega-i-Gisset), jamiyatning noijodiy kO’pchiligidan farq qiluvchi qism (Goinbi), eng malakali mutaxassislar, menejerlar va boshqaruv tizimidagi oliy xizmatchilardir, deb izohlaydi. 2.
bo’lgan madaniyat. Xalq ijodining mualliflari odatda nomahlumdir. Jumladan, afsonalar, ertaqlar, dostonlar shular jumlasidan bo’lib, ular yakka (masalan, baxshilar), guruhiy (kushik yoki uyin ijrosi) yoki ommaviy (masalan, sayllar, xalq bayramlari) ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. 3.
vositalarining jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli bo’lishi natijasida shakllangan va mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo’lgan madaniyat namunalari (estrada, musika, tsirk). Ommaviy madaniyat
barchaga qaratilgan bo’lib, muttasil ravishda kundalik hayot uchun ishlab chiqiladi va ommaviy axborot vositalari faoliyatida yorkin namoyon bo’ladi. 2.Din sotsiologiyasi.
Ijtimoiy hayotning muhim jabxasi bo’lgan din va diniy ehtiqod masalasi sotsiologiya fanining muhim obhektlaridan biri hisoblanadi. Sotsiologiya jamiyat hayotini O’rganar ekan, shu hayotning muhim tarkibiy qismi bo’lgan va ayni paytda unga kuchli tahsir O’tkazuvchi omil - din doimo uning diqqat markazida bo’lgan. Kont jamiyat taraqqiyotini davrlarga bo’lar ekan, asosiy mezonlardan biri sifatida dinga murojaat qiladi. Unint fikricha insoniyat O’z rivojida uch bosqichni bosib O’tadi. Bular quyidagilar: teologik, metofizik va ilmiy bosqichlar. Har uch bosqichda ham din muayyan rol O’ynaydi. Din quyidagi O’ziga xos belgilarga ega: 1. Muayyan ehtiqod va tahlimotning mavjudligi. Har bir din dunyoni O’z nazaricha izohlaydi va ishonuvchilarda muayyan ehtiqod shakllantiradi. 2. Marosim va rasm rusumlar. Har bir din O’ziga xos marosim va rasm rusumlarga ega. 3. Diniy marosim va rasm rusumlarning muayyan qismi faqat belgilangan joylarda jamoa bo’lib bajarilishi. Masalan, yahudiy va xristian dinida ibodatning asosiy qismi sinagogda va cherkovda bajariladi. Islom dinida erkaklar tomonidan O’qiladigan namoz asosan jomhe masjidlarida O’qiladi. Din sehrgarlikdan avvalo mana shu belgi bilan, yahni muayyan marosimlarni muayyan davrlarda bajarish bilan farqlanadi. Sehrgar va shomonlar g’ayritabiiy harakatlarni individual holatda bajarsalar, dindorlar diniy marosim va ibodatlarni asosiy qismini jamoa bo’lib bajaradilar. Sanab O’tilgan belgilarning uchtasi ham dunyoviy dinlarning barchasida mavjud. Bu dinlar quyidagilar: iudaizm, xristianlik, islom. Iudaizm ular ichida eng qadimiysi bo’lib, miloddan taxminan ming yil oldin shakllangan. Bu din O’sha davrdagi dinlardan farqli O’larok, yakka xudoni tan olardi. Milodning dastlabki asrlarida yahudiylar dunyoning kO’p mamlakatlariga tarqab ketdilar, lekin biror mamlakatda iudaizm rasmiy din sifatida tan olinmadi. KO’p mamlakatlarda bu din vakillari tahqib ostiga olindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida natsistlar tomonidan kO’plab yahudiylar qirib yuborildi. Urush tugagach, Isroil davlati tashkil topdi va unda iudaizm rasmiy din sifatida ehtirof etildi. Xristianlik dastavval sekta sifatida iudaizm tarkibida vujudga keldi va Kichik Osiyo, Yunoniston, Rimda tarqala boshladi. Imperator Konstantin davrida bu din Rim imperiyasining rasmiy dini deb ehlon qilindi. Xristianlikning provaslavie, katolitsizm, protestantlik kabi bir necha tarmoq va oqimlari mavjud. Islom dini eramizning VII asrida shakllandi, Bu dinning asosini 5 rukn tashkil qiladi. 1) Iymon; 2) Namoz; 3) RO’za; 4) Zakot; 5) Haj. Islomda sunniylik va shia yo’nalishlari bo’lib, ular ham O’z navbatida bir qator mazhablarga bo’linadi. Musulmon dini dunyoning 5 qithasida va deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Saudiya Arabistoni, Liviya, BAA, Iordaniya, Jazoir, pokiston, Eron kabi qator mamlakatlarda islom rasmiy din deb ehlon qilingan. Islom dinida ham mO’htadil va aqidaparast oqimlar mavjud. Uch olamiy dindan tashqari buddaviylik, induizm, kunfuchilik kabi dinlar ham kO’p millionlik tarafdorlariga ega. Induizm eramizdan oldingi 4 ming yilliklarda shakllangan. Bu din tarafdorlari asosan Hindistonda yashaydilar. Bu din odamlarning kastalarga bo’linishini ilohiy sabab bilan izohlaydi. Buddaviylik, kunfuchilik va daosizm dinlari uchun umumiy xususiyat shundaki, ularning tarafdorlari xudoni ehtirof etmaydilar. Buddaviylik er.avv. VI asrlarda Nepalda yashagan Sidxart Gautama tahlimotidan boshlanadi. Bu din Tailand, Birma, Nepal, SHri-Lanka, Xitoy, Yaponiya, Koreya singari mamlakatlarda tarqalgan. Kunfuchilik eramizdan oldingi VI asrda yashagan Kun-Fu-CHi tahlimotiga asoslangandi. U Budda bilan bir vaqtda yashagan bo’lib, insonning tabiat bilan uyg’unlashish yo’llarini axtargan. G’arb va SHarq olimlari din va jamiyat muammosi ustida kO’p asrlardan buyon bosh kotirib kelmokdalar. Bu masala Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan ulkan allomalar Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy, Bobur kabi yuzlab olimlar chuqur fikr bildirganlar. Bu olimlar dinning jamiyatda tutgan O’rnini tahlil qilishda kuzatish, qiyoslash, tarixiylik usullaridan keng foydalandilar. Ular bir dinni madh etib, boshqasini tanqid qilish yo’lidan bormadilar. Xususan, Beruniy O’zining «Hindiston» kitobida turli qabilalar, elatlar va xalqlar hayotida dinlar qanday rol O’ynaganini chuqur tahlil qilib berdi. Lekin din sotsiologiyasi XIX asr oxiri XX asr boshlarida shakllanib, bu M. Veber nomi va ilmiy faoliyati bilan bog’liq. M. Veber ijodida dinni sotsilogik tahlil qilish markaziy O’rinni egallaydi. K.Marks barcha dinlarni afhyun deb ehlon qilsa, Veber din va jamiyat munosabatlarini tahlil qilib, umuman din to’g’risida emas, muayyan davrdagi muayyan din yoki diniy oqim to’g’risida fikr yuritdi. M. Veberning eng katta xizmatlaridan biri, uning xristian dinidaga protestanlik mazhabining iqtisodiy hayotga O’tkazgan tahsirini kashf etishida bo’ldi. Boylik orttirishga qarshi bo’lgan xristian dini mazhablari iqtisodiy taraqqiyotga mahlum darajada tO’siqlik qilganlar. protestantlik esa boylikni xudoning nehmati, unga intilish bandalarning burchi, deb iqtisodiy taraqqiyot va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga turtki berdi. Veber talqinida, protestantlik kapitalizm vujudga kelishidagi asosiy sabablaridan biri edi.
Veber dinlarni tahlil qilib, ular sanoat kapitalizmi rivojlanishiga g’ov bo’lmokda degan xulosaga keldi. Islom dinidagi oqimlar, mazhablar, yo’nalishlar turlicha bo’lib, ularning barchasi ham faqatgana O’zlari mansub bo’lgan mazhab yoki yo’nalish haqiqiy islom dini ekani, boshqalar esa yo’ldan adashganlar, deb dahvo qilishadi. Boshqa dinlar singari islomda ham aqidaparastlik (fundamentalistik) va mO’htadil oqimlar O’rtasida kurash borgan. Aqidaparast oqimlarning vakillari dinni ilk paydo bo’lish davridagi holatga qaytarmoqchi bo’ladilar. Bu ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishini orqaga burish uchun urinish ifodasidir. Markaziy Osiyoda aqidaparastlarning keskin xurujlaridan biri XX asr boshlarida yuz berdi. Xijozdan kirib kelgan aqidarparast oqimlar Markaziy Osiyoda ijtimoiy tanglikni keltirib chiqardilar. Bidhatga qarshi kurash niqobida ular ijtimoiy hayotda yuz bergan barcha yangiliklarni yO’q qilish uchun kurash boshladilar. Aqidaparastlarni ijtimoiy taraqqiyotni ortga qaytarish uchun kilgan harakatlariga qarshi taraqqiyparvar mahrifatchilar harakati keldi. Tarixda jadidchilik nomini olgan bu harakat namoyondalari xalqni ilm-mahrifatli qilish, diniy ehtiqodda mutaassiblikdan mO’htadillik tomon yuz tutish g’oyalari bilan chiqdilar. XX asr boshlarida diniy aqidaparastlik atamasi muomalada deyarli bo’lmagan. Uning O’rnida «qadimchilar» atamasi keng qo’llanilgan. Qadimchilar dinni "asl" holatiga qaytarish, yangiliklardan himoya qilish uchun harakat qilganlar. Usuli jadidiya tarafdorlari, yahni mahrifatchilar mehyorlarini belgilashda jamiyatda yuz bergan va berayotgan O’zgarishlarni hisobga olish, yangiliklarni qO’llash tarafdorlari edi. Bu ikki yo’nalish O’rtasida tortishuvlar avvalo baxs, munozara, keyinroq tO’qnashuv va qon tO’kishlar shaklida yuz berdi. Qadimchilar kuch ishlatish yo’li bilan yengishga harakat kilganlar. Bu usul diniy aqidaparastlikka xos bo’lgan ekstremistik usuldir. Aqidaparastlar nazariy va mafkuraviy bahslarni xunrezlikka aylantirishga uringanlar. Mahrifatchilar harakati qadimchilar yo’li millat uchun xatarli yo’l ekanini xalqqa tushuntirish maqsadida yo’lga chiqdilar. SHu maqsad yo’lida ular mahrifat va mafkura sohasini ham nazariy ham amaliy faoliyat olib bordilar. Qadimchilar jim turmadilar. Avvaliga ular mahrifatchilarni nazariy jihatdan yengmoqchi bo’ldilar. Lekin nazariy jihatdan yenga olmasliklariga kO’zlari yetdi. Dunyoda kO’p marta takrorlangan hodisa, aqidaparastlikning diniy, nazariy tortishuvlarida yengilishi va zO’ravonlikka O’tishi Turkistonda ham qaytarildi. Aqidaparastlar endi qarshi terror yo’liga O’tdilar. Oktyabrgp tO’ntarilishi arafasida, undan keyingi dastlabki yillar aqidaparastlarning mahrifatchlarga qarshi xunrezliklariga eng avjiga mingan davri edi. 1918 yil fevralida Buxoro qozisi mahrifatchilarni kofir deb ehlon qiladi. Ularni ko’rgan joyda O’ldirish to’g’risida fatvo chiqardi. Mahrifatchilar dindor bo’lib, hech qachon islom diniga qarshi faoliyat olib bormaganlar. Buxoro qozisi fatvosi bilan yangilik tarafdorlarinini kaltaklash, O’ldirish boshlandi. Bundan foydalangan kO’p qadimchilar O’z raqiblaridan O’ch oldilar, kO’p yangilik tarafdorlari yO’qotilib yuborildi. 1918 yil martda amr farmon chiqardi. Unga ko’ra, jadidchilikda gumon qilinganlar Arkka olib kelinishi kerak edi. Bir necha kun ichida Arkka maxbuslar tO’lib ketdi. Jallodlar qO’li-qO’liga tegmasdi. Natijada yangi jallodlar tayinlandi, shogirdlar ham ishga solindi, boshqa xonliklarda keng kO’lamda xunrezliklar bo’lmasada, qadimchi aqidaparastlar tahsirida sodir
etilgandir. Mahrifatchilarning yetakchilari jon saqlash uchun amirlikdan tashqariga chiqib ketishga majbur bo’ldi. M.Bexbudiy qadimchi aqidaparastlar qurboni bo’ldi. 20-30 yillarda tirik qolgan jadidlarni kommunistik aqidaparastlar qirib bitirdilar. SHunday qilib, jadidlar ikki aqidaparast terroristi kuchlar diniy aqidaparastlar va kommunistik aqidaparastlar tomonidan tahqib va qirg’in qilindilar. XX asr sO’ngida ham diniy aqidaparastlar ijtimoiy tanglikni keltirib chiqarishga urindilar. SHO’rolar tizimining oxirgi yillarida hokimiyatning bO’shashgan va kishilar ongida mafkuraviy bO’shliq vujudga kelganidan foydalanib, aqidaparastlar O’zlarining mavqelarini mustahkamlab olishga harakat qildilar. Ularning bu harakati O’zbekiston mustaqillikni qO’lga kiritgan dastlabki yillardan ham davom etdi. O’zlarini yetarli kuchga ega, deb hisoblagan aqidaparastlar O’zbekistondagi Konstitutsiyaviy tuzumni zO’rlik yo’li bilan ag’darishga urindilar. 1999 yil 16 fevralda Toshkentdagi portlashlar, Farg’ona va boshqa viloyatlardagi salbiy hodisalar, 2005yil 12-13 may kunlari Andijonda sodir etilgan terroristik harakatlar shundan guvohlik beradi. XX asr O’rtalarida sotsiologiya fanida "fuqarolik dinlari" tushunchasi paydo bo’ldi. Bu tushuncha ilohiy kuchlar va hodisalarga emas, ijtimoiy turmushdagi narsa hodisalarga sig’inishni anglatadi. Masalan, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlarda bayroq, madhiyaga cheksiz hurmat bilan qaraganlar. Sobiq Sovet Ittifoqida Marks, Engelgps, Lenin shaxslari amalda ilohiylashtirilgan edi. Ayniqsa, Lenin shahniga biror yomon gap aytish man qilingan edi. Bu hodisalar XX asr ikkinchi yarmidagi diniy sotsiologiya yo’nalishlarida fuqarolik dinlari deb ataladi. SHunday qilib, din sotsiologiyasi ijtimoiy fikrlar din atamasi bilan bog’liq barcha ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy xulqni O’rganadi. Mustaqil O’zbekistonda dinga milliy qadriyat sifatida qaralishi xalq ongida ushbu hodisaga nisbatan to’g’ri holis munosabatning shakllanishiga zamin bo’ldi.
Axloq - ijtimoiy ong shakli sifatida muayyan xalq elat yoki uyushmaning asrlar davomida shakllangan xulq - atvor, hatti-harakatlar, his-tuyg’u va kishilar O’rtasidagi O’zaro real munosabatlari tizimini ifoda etadi. Axloq muayyan xalqning atrof muhitga, kishilarga va O’z-O’ziga bo’lgan munosabatlar sifatida, bir jihatdan mahalliy-milliy talablariga uyg’un muvofiqligini tahminlovchi umuminsoniy xususiyatga ham egadir. Axloq va ijtimoiy munosabatlar uchun mushtarak manbalardan biri, tabiiyki til hisoblanib, u ijtimoiy axborotni saqlovchi, ifodalovchi va yetkazuvchi muhim vosita bo’lib, kishilar hatti harakati, fehl-atvorlarini boshqarish omilidir. Til muloqot kaliti-ijtimoiy munosabatlarga tarixiy-tabiiy mahsulidir. Axloq va jamoatchilik fikri hodisalarining bog’liqligi insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi va undan keynngi davrlarida namoyon bo’la boshlagan bo’lib, u qabila hamda elatlar maishiy va ijtimoiy ongida O’z tahsirini O’tkaza boshladi. Axloq asrlar davomida odamlarni jamoaga, uyushuvga, boshqalar manfaatini shaxsiy manfaatlardan yuqori qO’yib, yondashuvga undab kelgan. Bu xususda ulug’ donishmandlar ibratli fikr qarashlarini ilgari surganlar. SHarq axloq qoidalari nafaqat shaxsni uyushuvga undaydi, balki uyushgan holda ham kishining shaxs sifatidagi bir butunligi barqaror turmog’i, jamoaviy integratsiya doirasida ham ruhiy botiniy yaxlitlik sanalmog’i zarurligi, umumiy bir butunlik kO’plab serjilo va mustaqil yaxlitliklar yigmasidan iboratlitini yorkin ifodalaydi. Jamoada shaxs bir butunligi yemirilmaydi, umumlashtirishlar negizida qurbon etilmaydi, balki mantiqiy muvofiqlik mezoni doirasida uyg’un birlashuv jarayoni tabiiy ravishda amalga oshiriladi. Ayni paytda shuni ehtiborda saqlash kerakki, har qanday uyg’unlashuv O’lchovsiz, chegarasiz bo’lmasligi, har bir harakatda mezon hisi va aqliy xushyorligi bo’lishi xalqimiz fehl-atvoriga xos anhanaviy belgidir. Movarounnahr xalqlari axloq tizimi jamoatchilik fikrini salmog’ini, uning haq va islom qoidalariga nechogli muvofiq kelishiga bog’liq ekanligini alohida qayd etadi. SHu jamoa ahzolarining to’g’ri va halolligi gunoh ishlardan qanchalik O’zlarini forig’ tuta bilishlari bilan ham O’rganishiga ehtibor qaratadi. Ayni chog’da jamoa ahzolari gunoh yo’lga kirgudek bo’lsalar, ularni tarbiyalash ishidan bO’yin tovlamaslik zarurligi ham uqtiriladi. Xazrat Bahovuddin Nakshbandiy xalqni ayblash noto’g’ri va behuda ish ekanligini uqtiradi 1 . Xalq to’g’ri yo’ldan adashgan bo’lsa, unga tushunish kO’zi bilan qaramoq lozimligini, xalqni bevosita emas, bilvosita usullarda tarbiyalamoq lozimligini tayinlaydi. Inson bir umr shakllanadi, tarbiyalanib boradi. Aslida inson O’z hayotini butun umr davomida mahqulroq tartibga tushirish, jamiyat talablariga muvofiqroq yo’nalishlarga solish tashvishlari bilan yashab O’tadi. SHu boisdan ham jamoatchilik fikri jamiyat axloqiy qarashlari, talab va yO’riqlariga har jihatdan bog’liq bo’lib keladi.Insoniyatning ongli faoliyati boshlangan ilk davrlarda insonning tashqi dunyo bilan bog’liqligini anglatuvchi ilk mafkuraviy yo’nalish - totemizm, yahni ibtidoiy jamoa kishisining O’z kelib chiqishini turli xil hayvon-qushlarga olib borib taqash nuqtai nazari chuqur ildiz otdi. Bu xususiyat har xil elatlarda turlicha namoyon bo’lib, tegishli hayvonlarda O’z O’tmishini ko’rish, shu hayvonlar bilan bog’liq tasavvur, ramzlar, odat hamda irimlar tizimini yuzaga keltirdi. Masalan, hindlarda sigir, qozoqlarda uchqur ot, inglizlarda burgut, turon turk- O’zbeklarda afsonaviy Humo qushi va hokazolar. Totemizm xalqlar mahnaviyatining shakllanishida, tabiiyki muhim bosqich hisoblanib, u ilk mafkuraviy silsila sifatida elatlarning etnik jihatdan O’z-O’zini anglash qobiliyati hamda etnik
1 Абул Мухсин Мухаммад Бокир Ибн Мухаммад Али Баховуддин Балогардаон Т.Ёзувчи.1993.80-бет. asoslardagi jamoatchilik fikrini tarkib toptirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu davr mahnaviyatida axloqiy qoidalar garchi qog’ozlarda ifodalanmagan bo’lsa-da, urug’ umumiy qarashlarida muhrlangan og’zaki yO’sinda ifodalanuvchi barcha axloqiy talablar so’zsiz va bekamu-kO’st bajarilib borishi bilan ehtiborlidir. Matriarxat tuzumining patriarxat tuzumi bilan almashinuvi jamoatchilik fikridagi axloq mohiyatini ham tubdan O’zgartirib yubordi. Istehmol munosabatlarida ishlab chiqarish munosabatlariga, taqsimotdagi adolat va tenglik shart - sharoitlaridan ishlab chiqarish natijasida erishilgan nehmatlarni O’zlashtirishdagi tengsizlik holatlariga O’tilishi matriarxat hukmronligi davriga tamomila chek qO’yildi. Axloqiy qarashlar manzarasi ham tubdan O’zgarib, ota obrazi ilohiylashtirila boshlandi, otaga sig’inish, otaga xurmat, izzat-ikrom chegaralari kengaydi. KO’pxotinlilik, qullar va chO’rilar asrash, erkaklarning rO’zg’or tashvishlaridan uzoqlashuvi, urug’ tarkibidan erkak boshchiligida alohida oilalarning ajralib chiqa boshlashi, erning oiladagi hukmron mavqei va boshqalar, shular jumlasidandir. Tabiiyki, patriarxat axloq qoidalarining jamiyat hayotida mustahkam O’rnashuvi uchun yana ming yillab vaqt qurbon qilindi. SHuni tahkidlash joizki, O’zbek xalqi O’z mahnaviyati mazmunida matriarxat va patriarxat davrlari asoratlarini eng yaxshi anhanalarini saqlab qola bilgan. SHuni alohida qayd qilish lozimki, har qanday axloqiy qoida va talablar jamiyat tomonidan ehtirof etilib, jamoatchilik fikrida mustahkamlangan holdagina umrboqiylik kasb etadi. SHu boisdan ham axloq jamoatchilik fikrining asosi va unga bevosita bog’liq ijtimoiy ong ko’rinishidir. Har qanday siyosiy tizim birinchi galda axloq asoslarini O’zgartirishga intiladi. Hozirgi kundagi ijtimoiy munosabatlar mazmuniga bozor iqtisodiyoti unsurlarini tezkor kirib kelishi axloqiy qarashlar va bu qarashlarning ifodasi bo’lgan jamoatchilik fikri mazmunida ham katta O’zgarishlar bo’lishiga olib kelishi shubhasizdir. SO’ngi yillarda umuminsoniy qadriyatlar va umumplanetar axloq normalarini ishlab chiqishga bo’lgan sahy harakatlar bir muncha quloch yozdi. Jahon faylasuflarining XV anjumanida Amerika olimi Archi Bom umumjahon axloq qoidalarini ishlab chiqish zaruriyati pishib yetilganligi, uni sinovdan O’tgan umuminsoniy munosabatlar, gumanistik tamoyillar asosidagina tarkib toptirish zarurligini uqtiradi. Buning uchun esa planetamizning barcha ahzolari uchun umumiy yagona axloq qoidalarini tuzib beruvchi qO’mita tashkil etish zarurligini O’rtaga qO’ydi. Xalqaro axloq qoidalari kuch yoki qurol vositasida hayotga joriy etilmaydi. Umuminsoniy tamoyillar negiziga quriluvchi bu axloqiy qoidalar faqat jamoatchilik fikri orqaligina boshqariladi va nazorat qilib boriladi. Xulosa sifatida quyidagilarni alohida qayd etib O’tish zarur: 1)
manbalaridan sanalgan holda xalq axloqi yaxlitligining yuzaga kelishida jamoatchilik fikri ham muhim O’rin tutadi, bu ikki ijtimoiy hodisa hamma holatlarda mustahkam aloqada bo’lib turadi, bir-birini tO’ldirib, boyitib boradi; 2)
Jamoatchilik fikri O’zining shakllanish manbalarining salmog’i, kishilarning uyushqoqlik darajasi, aholining hissiy emotsional, mantiqiy intelektual imkoniyatlariga, shuningdek, milliy, iqlimiy, mahalliy va regaonal shart-sharoitlarga bog’liqdir; 3)
Axloq va jamoatchilik fikrining O’zaro aloqadorlik mehyori jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyasiga, yalpi taraqqiyot uchun tanlangan rivojlanish dasturiga, mantiqiy yo’nalishlar O’ziga xosligiga, xalq mahnaviyatiga va milliy O’ziga xosliklar omillariga bog’liqdir; 4)
Sovet tuzumi davrida «avval iqtisod keyin siyosat» aqidasining amal qilishi, iqtisod, siyosat «avval materiya sO’ng ong» degan moddiyunchilik shiorlarining g’oyaviy tahsir- tazyiqi ostida shakllantirilganligini puxta hisobga olish zarurdir. Mahnaviyatning birlamchiligi, umuminsoniy tamoyillar ustuvorligini ehlon qilib, ozod jamiyat qurishga kirishgan O’zbekistonda nafaqat iqtisodiy, balki chuqur mahnaviy bO’xtonlar botqog’idan muvaffaqiyat bilan chiqilmoqda; 5)
Jamoatchilik fikri xalq anhana va urf - odatlariga mustahkam tayanadi va ularning jamiyat hayotida amal qilishiga imkoniyat yaratadi. Zero, anhanalar axloqiy qarashlarning progressiv jihatlarini avloddan - avlodga yetkazuvchi muhim omili, xalqning O’ziga xos qiyofasini saqlab qolish va himoyalash mezonidir; 6)
miqyoslarga O’sib O’tish, umuminsoniy tamoyillar negizida umumplanetar axloqning tarkib topishida jamoatchilik fikri O’ziga xos kO’prik vazifasini O’taydi. Ayni chog’da jamoatchilik fikri va axloq jamiyatda umumiy murosa va madoraning turg’un maromini tahminlash jarayonidagi muvofiqlikda rivoj topa boradi, bir - birini tO’ldiradi, bir - biriga uyg’un tarzda mukammallashadi.
Download 0,63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling