“ ” yanvar 2022 yil tarix yo’nalishi 2-kurs (sirtqi) talabalari uchun raqamli tarix fanidan
Download 1.43 Mb.
|
RT 2-mutaxassislik MAJMUA NURBEK
Xizmatlar:
306,445 nomdagi resurslar 14,499 individual ko’rinishda olingan; 26,258 ta hujjat skayner qilingan va yetkazib berilgan; 16,067 buyurtma so‟rovlari bajarilgan; 9.1 millionto‟liqmatnlimaqolalarso‟rovigamufaqqiyatlijavobqaytarilgan; 31,813 tadqiqotchilar kutubxonadan foydalangan; 5,900 foydalanuvchi treyning vaseminarlarda ishtrok etgan. Kolleksiyalari: Kutubxona mashhur tadqiqot ishlari kolleksiyalarini kelajakda talabalar va xodimlarga taqdim etish maqsadida yig‟adi va saqlaydi. Tadqiqot ishi darajasidagi kolleksiyalar o‟z ichiga gumanitar, jamiyat fanlari, biznes, fizika va biologiya, tibbiyot, texnologiya, huquq, matematika, statistika, komyuter ilmi kabi sohalarga tegishli bilimlar maydonini oladi. Kutubxona maqsadi: Kutubxona maqsadi universitet tadqiqotchilari, talabalari ehtiyojlarini ta’minlash yo’lida axborot resurslari va xizmatlarni keng ko’lamda taqdim etishdan iborat. Ushbu maqsadlarga amalga oshirishda: Tadqiqot ishi, ta‟lim va bilim olish bilan shug‟ullanuvchi foydalanuvchilarni tushunish; Tadqiqot ishi, ta‟lim va bilim olishni ta‟minlovchi kolleksiyalarni yig‟ish va yaratish; Mahalliy va global tarmoq orqali axborot resurslariga kirish ruxsatini taqdim etish; Kutubxona axborot resurslarini va kolleksiyalarini uzoq muddat saqlanishi va foydalanuvchilarga xizmat qilishini ta‟minlash; Tadqiqot ishi, ta‟lim va bilim olish uchun fizik hamda virtual muhitni yaratish; Tadqiqot ishini yanada boyitish maqsadida boshqa universitetlar bilan hamkorlik qilish; Mahalliy, milliy, xalqaro kutubxona axborot resurslarini mukammallashtirish; Xodimlar o‟rtasida intelektual salohiyatini oshirishni va innovatsion ruhini kengaytrishni rivojlantirish. Ahamiyatli tomoni: Kutubxona butun faoliyatini quyidagi yo‟nalishlar orqali olib boradi: Bilim: Aqliy mehnat va o‟qitish jarayoni butunligini ta‟minlash; Ilmiy ishlarni rivojlantirishga xissa qo‟shish; Bir vaqtning o‟zida elektron kutubxonaning real va virtual muhitini taqdim etish; Intelektual axborot resurslarining mualliflari va egalari huquqlarini himoya qilish. Xizmat: Ijodiy-yaratuvchanlik, qulay va hamkorlikda ishlashni ta‟minlovchi muhitni yaratish; Kutubxonaning har bir foydalanuvchisi yagona va muhim ekanligi; Kutubxona va uning foydalanuvchilari uchun yangi o‟zgarishlarni taqdim etish; O‟qish, ishlash, tadqiqot ishini olib boruvchilarni qulay va xafvsiz muhit bilan ta‟minlash; Sifat: Mukammal darajada xizmat ko‟rsatish; Individual o‟sishni va tashkiliy rivojlanish ko‟rsatkichini oshirish; Xizmat ko‟rsatish tezligi va sifat darajasini ta‟minlash; Haqqoniylik: Foydalanuvchilar bilan adolatli va haqqoniy yondashuvda bo’lish; Kutubxona ishida adolat prinsiplarini va teng huquqiylikni yo'lga qo'yish; Axborotga ochiq kirishni ta‟minlashda eng yuqori kasbiy salohiyatni taqdim etish; Har bir lavozim masulyat jiddiy qabul qilgan holda bajarish. Hurmat: Har bir foydalanuvchiga teng va muloyim munosabatda bo'lish; Foydalanuvchilar fikr va g'oyalarini, taklif va etirozlarini qabul qilish; Foydalanuvchilar ehtiyojini qondirish; Foydalanuvchilarga qulay shart-sharoitlar muhitini yaratib berish. Muloqat: Barcha darajadagi ochiq va adolatli muloqatni yo'lga qo'yish; Kutubxona jahonda muhim joy egallashiga erishish; Foydalanuvchilar guruhi bilan teng muloqat olib borish; Kutubxona rivoji uchun xizmat qiluvchi axborotlar, qarorlar haqidagi fikrlar almashinuvini ta'minlash. Chikago universiteti elektron kutubxonasining asosiy maqsadi va aniq belgilanib qo'yilgan yo‟nalishlariga asoslangan holda, elektron kutubxona tashkiliy ta‟minoti zamonaviy axborot texnologiyalariga mos ravishda shakllantirilgan bo'lib, foydalanuvchilar so‟rovini to‟liq bajarishga qaratilgan.Ushbu xizmat bo'limlarini chuqur o‟rgangan holda, ulardan oliy ta‟lim muassasalari tarkibida faoliyat yurutuvchi axborot- resurs markazlari elektron kutubxona tashkiliy ta‟minotining optimal shakl va uslublarini shakllantirishda qo‟llash mumkin. (1.1-rasm). Rossiya milliy kutubxonasi Rossiya milliy kutubxonasi 1795 yil 27 mayda tashkil topgan bo‟lib, imperator Yekaterina II buyrug’i asosida 1814 yil 14 yanvarda kitobxonlar uchun ochiq deb e‟lon qilingan. Rossiya milliy kutubxonasi Rossiya xalqining eng yirik tarixiy va madaniy xazinasini, milliy va dunyoviy madaniyatning qo‟lyozma yodgorliklarini o‟zida jamlagan bo‟lib, jahondagi eng to‟liq ko‟rinishga ega Rossiya(Rossika) haqida va rus xalqiga oid kitoblar kolleksiyasini, barcha tillarda yig‟ilgan noyob kolleksiyalarni, sa‟nat nashrlarini, karotgrafik va nota-musiqali nashrlarni hamda zamonaviy formatdagi boshqa turli hujjatlarni saqlab kelmoqda. Axborot-resurs fondi 35 million nomdagi hujjatlarni tashkil qiladi. Noyob qo‟lyozmalar to‟plamiga ega ekanligi, hujjatlarni bosma hamda ularning turli formatdagi ko‟rinishlari va tarixiy-madaniy urf-odatlarni saqlab kelishi kutubxonani jahon milliy kutubxonalar qatoridan joy egallashi, beshta yirik kutubxonalar tarkibiga ya‟ni Britaniya kutubxonasi, Fransiya milliy kutubxonasi, xalqaro kutubxonalar assotsotsiyasi va tashkiloti (IFLA), milliy kutubxonalar direktorlari konferensiyasi (CDNL), Yevropa milliy kutubxonalar konferensiyasi (CENL), Yevropa ilmiy kutubxonalar konsortsiumi (CERL), Yevropa ilmiy kutubxonalar ligase (LIBER) ga kirgani Rossiya milliy kutubxonasining ko‟pqirrali faoliyati natijasidir. Zamonaviy texnologiya-bu ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning ajralmas qismi bo'lib, jamiyatining hayoti va faoliyatida muhim o'ringga egadir. Axborot texnologiyalarning qo'llanilishi zamonaviy sivilizasiya taraqqiyoti darajasini belgilab beradi. Axborot vositalari va usullarining faol qo'llanilishi XXI asr gumanitar bilimlar sohasidagi asosiy yondashuvlardan biri hisoblanib, XXI asr, shubhasiz axborot asri deb e'tirof etiladi. Axborot kundan-kun jamiyatni taraqqiy ettiruvchi muhim resurslardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuter texnikasining taraqqiy etishi foydalanilayotgan ma'lumotlarni nafaqat qayta ishlash, balki yangi ma'lumotlarni jalb etish, shuningdek fanning yangi sohalarini kompyuterlashtirish va boshqarishni taqozo etmoqda. Axborot texnologiyalarining amaliyotda qo'llanilishini taqozo etuvchi dasturlar va texnik vositalar axborot resurslaridan foydalanish uchun mo'ljallangan. Hozirgi kundagi axborotlarning kattagina qismi hududiy bog'liqlikga egadir. Yangi axborot texnologiyalarining muhim qismini hududiy axborotlarni qayta ishlash tizimi tashkil etadi va bu erda geografik axborot tizimi muhim o'ringga egadir. Fan va texnika turli sohalarining qanchalik darajada rivojlanishiga qaramasdan axborot jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi eng muhim resurslardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuterlarning keng miqyosda qo'llanilishi ularning axborotlarni insonga nisbatan tez va aniq hisoblashida emas, balki biz katta xajmda o'sib borayotgan axborotlar ustida ishlashimizda vujudga keladigan ma'lum bir qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan belgilanadi. Kompyuterlarning qo'llanilishi oddiy ilmiy hisoblardan keng miqyosdagi boshqaruvga, sodda fayllar ustida ishlashdan katta xajmdagi hududiy axborotlar ustida ishlash hamda ularni saqlashga qadar bo'lgan bosqichni bosib o'tgan. Hozirda biz bu sohadagi yangi bir yo'nalish-hududiy axborotlarni qayta ishlashning keng miqyosda joriy etilishini kuzatmoqdamiz. Shubhasiz, bu erda geografik axborot tizimlari muhim o'ringga egadir. Arxeolog ma'lum bir yodgorliklarda tadqiqot ishlari olib borish jarayonida ko'plab arxeologik topilmalarga duch keladi. Arxeologik manbalar xajmining ko'pligi va ularni o'rganish ishlari ko'lamining kengayishi esa arxeologiyada zamonaviy axborot texnologiyalarining qo'llanilishini taqozo etmoqda. Tarix fanlari ichida aynan arxeologiya birinchilardan bo'lib matematik usullar va axborot texnologiyalariga murojaat etgan fan sohalardan biri hisoblanadi. Kompyuter va matematika usullarining arxeologiyada qo'llanilishi tarixiga nazar tashlasak, XX asrning 20-yillaridan boshlab rus arxeologlari tomonidan tadqiqotlar jarayonida taxminiy statistika va geometriya usullari qo'llanila boshlandi2. 1936 yilda esa Jey Barnes va Alfred Vinsent Kidder tomonidan paleolit industriyasini o'rganishda statistik usullar qo'llanilgan. XX asrning 40-yillaridan boshlab Amerikalik arxeolog olimlar ham o'z tadqiqotlarida matematika usullarini qo'llay boshlashdi. XX asrning 50-yillarida Breynerd va Robinson tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar esa arxeologik muammolarni matematik tuzish va echish yo'llarini ko'rsatib berdi. Xozirgi kunga kelib esa arxeologiyada matematik usullar va kompyuterning qo'llanilishi borasida etarli darajada tajriba to'plangan va ko'plab ilmiy adabiyotlar nashr etilgan. Bunga biz 1987 yilda G.A.Fedorov-Davdov muallifligida nashr etilgan “Statisticheskie metod v arxeologii”, 1989 yilda A.P.Derevyanko, Yu.P. Xolyushkin muallifligida “Metod informatiki v arxeologii kamennogo veka”, 1995 yilda esa nashr etilgan “ Matematicheskie metod v arxeologicheskix rekonstruksiyax” va xokazolarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Keyinchalik zamonaviy kompyuter texnologiyalarining yaratilishi va taraqqiy etishi esa arxeologik tadqiqotlarni yangi darajaga olib chiqdi. XX asrning 90-yillarida kompyuter vositasida tarixiy kartografiya yaratish g'oyasi vujudga keladi. 1994 yildan boshlab bu g'oya Italiyaning Florensiya shahrida «History and Computing» xalqaro assosiasiya tomonidan tashkil etilgan seminardan so'ng amalga oshirila boshlandi. Aynan shu davrdan boshlab kompyuter kartografiyasining tarix fani sohasida qo'llanilishining nazariy va amaliy jixatlari o'rganila boshlandi. Arxeologik topilmalarni ma'lum bir hududga bog'lash axborot texnologiyalari sohasidagi yangi yo'nalish, ya'ni geografik axborot tizimining arxeologiya sohasida keng qo'llanilishini taqozo etmoqda. GAT yordamida qadimgi tarixiy xaritalarni o'rganish, arxeologik yodgorliklar planini tuzish yoki ma'lum bir geografik hududlarning arxeologiyaga oid ma'lumotlar tizimini yaratish imkoniyati vujudga kelmoqda. Shuningdek GAT nafaqat arxeologik topilmaning xududiy joylashuvi balki, yodgorliklar, arxeologik madaniyatlarning yoyilish xududini ham aniqlash borasidagi muammolarni bir qadar echish imkonini bermoqda.Arxeologiya sohasida GAT texnologiyalar dastlab AQSh, Angliya, Germaniya, Gollandiya, Shvesiya, Rossiya olimlari tomonidan qo'llanilgan. GAT nimani kasb etishini tushunish uchun uning qanday qismlardan tashkil topganligini va axborot texnologiyalardagi o'rnini anglab etishimiz kerak bo'ladi. Albatta, GAT bilan tanish bo'lmagan inson “menga bu soha nima uchun kerak” degan savolni berishi tabiiy xoldir. GAT bu kompyuterda tasvirlangan xaritadan ham kattaroq tushunchadir. Birinchidan, bu texnologiya universal, ikkinchidan esa inson hayoti va faoliyatini qamrab olgan hamda tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan sohadir. GAT xaritalarni tayyorlash va chop etishdan tashqari aero va kosmik suratlarni ham qayta ishlash imkoniyatini beradi. GAT ya'ni geografik axborotlar tizimi XX asrning 50-60 yillarida er yuzida joylashgan ob'ektlarni kompyuter xotirasida saqlash va tasvirlash vositasi sifatida yaratiladi. Geografik axborotlar tizimini yaratishda AQSh, Kanada va YEvropaning bir nechta davlatlari faoliyat olib borishgan. Ushbu davlatlar tomonidangeografik axborotlar tizimi sohasida ko'plab yutuqlar qo'lga kiritilgan. GAT texnologiyasi xozirgi kunda deyarli barcha sohalarda keng qo'llanilayotgan axborot texnologiyalaridan biri. Uni universitet va ilmiy-tadqiqot institutlarida o'rganishadi. GAT yoki GIS texnologiya inson hayotining barcha sohalariga ta'sir ko'rsatadigan butun bir industriya hisoblanadi. Biroq shu bilan birga texnologiyaning bu turiga aniq bir ta'rif berish mushkul. Bu oddiygina tizimli bilimlar to'plami emas, balki bizni o'rab turgan dunyoga o'ziga xos qarash hisoblanadi. GAT-bizni o'rab turgan olamdagi ob'ektlarni xaritalash, so'ngra unga tegishli bo'lgan ko'plab parametrlar asosida ushbu ob'ektlarni taxlil etish, ularni namoyish etish vazifasini bajaradi. Biz GAT yordamida ko'plab shaxsiy va global muammolarni echish imkoniga ham ega bo'lamiz. Ma'lumotlar tizimi nima?. Ma'lumotlar tizimi raqamli formatga aylantirilgan ma'lumotlar bazasidir. Ular ma'lum bir koordinatalar tizimiga bog'langan va geografik belgilariga ko'ra birlashtirilgan ma'lum bir qatlamlar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Biz bunday ma'lumotlar asosida sodir bo'layotgan voqea-xodisalarni nazorat qilishimiz, er sharining xoxlagan bir nuqtasini izlab topishimiz yoki xoxlagan bir ob'ekt xarakatini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lamiz. GAT texnologiya xozirgi kunda barcha soxalarda keng qo'llanilayotgan va ko'plab muammolarni echish imkonini berayotgan texnologiya hisoblanadi. GATning asosiy funksiyalari: - Maxsus va umumgeografik ma'lumotlarni taxlil etish; - Geohududiy modellashtirish; - Geoma'lumotlarni to'plash va modellashtirish uchun tayyorlash; - Ishlab chiqilgan va tayyor xolatga kelgan ma'lumotlarni foydalanuvchi ko'ra oladigan shaklda aks ettirish. GATning boshqa tizimlardan ustunligi - Turli o'lchamdagi xaritalar yaratish; - Ko'p qatlamli xaritalarning ma'lum bir qatlamidagi ob'ektlarni faollashtirishimiz yoki aksincha; - Xaritalarni uch o'lchamli ko'rinishda aks ettirishimiz mumkin; - Raqamli xaritalarni monitorda aks ettirishimiz yoki uni chop ettirishimiz mumkin; - Xaritadagi ob'ektlar maydonini, uzunligini o'lchash ya'ni hisoblash yoki ob'ekt xaqida cheksiz ma'lumotlarni kiritish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Xozirgi kunda GAT er kadastri, ko'chmas mulkni ro'yxatga olish, neft va gaz, telekommunikasiya, ekologiya, arxeologiya, transport, o'rmon xo'jaligi, tijorat, savdo va xizmat ko'rsatish sohasi, turizm, demografiya va mehnat resurslarini tadqiq etish, geologiya, geodeziya, kartografiya kabi sohalarda keng qo'llanilmoqda. XX asrning 70-yillarida geografik ma'lumotlar tizimi koordinatalar sistemasiga bog'langan ma'lumotlarni kompyuter monitorida tasvirlash yoki xaritalarni tahrirlash hamda ularni chop etishda keng qo'llanila boshlandi. XX asrning 60-yillari oxirlarida AQShning aholini ro'yxatga olish bo'limi (U.S. Census Bureau) xodimlari tomonidan ma'lum bir hududga oid ma'lumotlarni kompyuterlashtirish va keyinchalik esa ushbu ma'lumotlar ustida ishlash g'oyasi vujudga keladi. Ular tomonidan “GBF-DIME” (Geographic Base File, Dual Independent Map Encoding) ya'ni geografik ma'lumotlarni o'zida aks ettiruvchi formati ishlab chiqiladi. Bu formatda birinchi marotaba topologiya deb ataluvchi, ob'ektlar o'rtasidagi hududiy bog'liqlikni aniqlovchi sxema ishlab chiqilgan. XX asrning 70-yillari davomida AQShning barcha shaharlari uchun “GBF-DIME” formatidagi xaritalar yaratiladi. Keyinchalik “GBF-DIME” formati “Tiger” nomi bilan o'zgartiriladi. Bu jarayonga matematik Jeyms Korbett hamda dasturchi Donald Kuklar muhim hissa qo'shganlar. Hozirgi kunda aynan mana shu texnologiyani zamonaviy geografik axborotlar tizimlari qo'llab kelmoqdalar. GAT sohasidagi yangi g'oyalar Massachusets texnologiya instituti “Garvard kompyuter grafikasi va sohaviy tahlil” laboratoriyasida vujudga keladi. Aynan mana shu laboratoriya faoliyati geografik axborot tizimining taraqqiy etishiga muhim hissa qo'shgan. Ushbu laboratoriya asoschisi Govard Fisher va dasturchi Dana Tomlin tomonidan “Map Analysis Package-MAP”, “PMAP”, “Amap” ya'ni rastr dasturlari vositalari yaratiladi. Ushbu laboratoriyaning eng yaxshi mahsulotlari “SYMAP”, “Calform”, “SYMVU” hamda “ARC Info”ning dastlabki vakili “ODYSSEY” dasturlari hisoblanadi. GIS texnologiyasining jadal sur'atlar bilan rivojlanishiga AQSh, Kanada, Fransiya, Angliya hamda Shvesiya davlatlarida geografiya sohasida o'tkazilgan tadqiqotlar muhim rol o'ynagan. Gatning yanada taraqqiy etishiga Kanada Geografik axborot tizimining ishlab chiqilishi va yaratilishi ham muhim o'ringga egadir. Kanada geografik axborot tizimi XX asrning 60-yillarida ishlab chiqilgan va hozirgi kunda ham jadal sur'atlar bilan taraqqiy etmoqda. Kanada geografik axborot tizimi asoschisi Rodjer Tomlinson hisoblanadi. U tomonidan ko'plab GIS ya'ni GAT sohasidagi konseptual va texnikaviy echimlar ishlab chiqilgan hamda amalga oshirilgan. Agar tarixga murojaat etsak, turli ma'lumotlarni xaritalarda aks ettirish g'oyasi kompyuterlar ixtiro qilingunga qadar vujudga kelgan. Masalan: 1781 yilda fransiyalik xaritashunos Lui-Aleksandr Berte (Louis-Alexandre Berthier) Yorktaun (Yorktown) ostonasidagi jangda qo'shinning xarakatlanishi yo'nalishini asosiy xaritada shaffof qatlamlar asosida aks etirishga harakat qilgan. 1854 yilda vrach Djon Snou tomonidan London markazida xolera tarqalishi yo'nalishini xaritada aks ettirish orqali infeksiya o'chog'ini aniqlashga xarakat qilgan. 1980 yillar ohiri va 1990 yillar boshlarida GAT Rossiya Federasiyasida ham keng qo'llanila boshlandi. Bunga qadar esa GAT Rossiya Federasiyasi mudofaa vazirligi va bir nechta davlat siyosati ahamiyatiga molik bo'lgan tashkilotlar tomonidan qo'llanilgan. Biroq shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi bilan GAT yangi hamda arzon platformaga moslashadi va foydalanuvchilar soni orta boshlaydi. Bugungi kunda GAT “Google”, “NASA”, “Refraction Research”, “Integraph”, “Microsoft”, “Esri (Arc Gis)” va boshqa ko'plab yirik firmalar ish olib boruvchi yuqori axborot texnologiyalar bozoridagi tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. GAT dasturlaridan asosan “Arc Info” va “Map Info” arxeologiya sohasida ma'lumotlar tahlili uchun boshqa dasturlarga nisbatan ko'proq qo'llaniladi. “Arc Info” dasturini ishlab chiqish g'oyasi Jek Danjermond va uning rafiqasi Laura Danjermondga (Jack va Laura Dangermond) tegishlidir. Ular 1970 yillarning o'rtalarida “Garvard kompyuter grafikasi va hududiy tahlil” laboratoriyasida faoliyat olib borishgan. Ular Kaliforniyada o'zlarining kompaniyalariga asos soladilar. Bu kompaniya kartografiya sohasida xizmat ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullangan va u “Atrof-muhim tizimini tadqiq etish instituti” ya'ni, “Environmental Systems Research Institute” qisqacha ESRI deb nomlangan. Ular tomonidan yaratilgan “Arc Info” hozirgi kunda “Arc Gis” deb ataluvchi dasturning tarkibiy qismi hisoblanadi. Arc Gis quyidagi dasturiy ta'minotlarni o'z ichiga oladi. ShaxsiyGISdasturlari-ArcInfo, ArcEditor, ArcView, ArcReader, ArcGISExtensions; GISserveri-ArcGIS Server, ArcGIS Explorer, ArcGISImage Server, ArcIMS; Geografik ma'lumotlar bazasi; GIS ishlanmalari uchun asboblar dasturi-ArcGIS Engine; MobilGIS-ArcPad, ArcGIS Mobile, ArcGIS Desktop. Quyida sanab o'tilgan dasturlar ichidan tarix fanlari sohasida tadqiqotchining foydalanish darajasi va echilayotgan muammolar murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda ko'proq “ArcView” yoki “ArcInfo” dasturlari ham qo'llaniladi. “ArcInfo” istalgan turdagi hududiy axborot bilan ishlashga mo'ljallangan zamonaviy dasturiy ta'minotlardan biri hisoblanadi. “ArcInfo” dasturiy ta'minoti ma'lumotlar bazasiga yo'naltirilgan dastlabki geografik axborot tizimidir. Hozirgi kunda bu dasturdan 80 dan ortiq davlatlarda foydalaniladi4. “MapInfo” dasturi esa huddi shu nomdagi kompaniya tomonidan 1986 yilda ishlab chiqilgan. Keyinchalik esa bu dastur “Pitney Bowes Business Insight” kompaniya tomonidan sotib olingan. Aynan “MapInfo” dasturi Rossiya Federasiyada keng qo'llanilayotgan dasturlardan biri hisoblanadi. Ushbu dastur buyruqlari rus tiliga tarjima qilingan. “MapInfo” dasturi foydalanuvchi uchun qulayligi shundan iboratki unda yaratilagan ma'lumotlarni bevosita“ArcInfo” dasturi yordamida ham ko'rish mumkin. Xozirgi kunda GAT sohasida bir nechta dasturlar ishlab chiqilgan: GRASS GIS-1982 yilda AQSh da yaratilgan. ILWIS-1980 yilda Niderlandiyada yaratilgan. MapWindow GIS-1998 yilda AQSh da yaratilgan. SAGA-2001 yilda Germaniyada yaratilgan. Quantum GIS-2002 yilda yaratilgan bo'lib, xalqaro loyiha hisoblanadi. gvSIG-2003 yilda Ispaniyada yaratilgan. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslangan holda shuni ta'kidlashimiz mumkinki, GAT dasturlarini ishlab chiqishda AQSh etakchi o'rinni egallab kelmoqda. GAT dasturlaridan foydalanuvchilar maslahatlariga e'tibor qaratsak, ushbu dasturlar ichidan “Quantum GIS” va “SAGA” dasturlaridan foydalanishni tavsiya qilishadi. “QGIS” “Linux” operasion tizimida geografik ma'lumotlarni tezkor ko'rib chiqish va foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 2002 yilda bir guruh tashabbuskorlar tomonidan halqaro loyiha asosida yaratilgan. Hozirgi kunda ushbu dastur yaratuvchilari dastur funksiyalarini kengaytirish ustida ishlamoqdalar. Ushbu dastur “Windows”, “Mac OS X”, “Linux” operasion tizimlari uchun moslashtirilgan va vektor, rastr ma'lumotlarni, shuningdek ko'pgina kartografik veb-serverlar taqdim etadigan ma'lumotlar ustida ishlash imkoniyatlariga egadir. “SAGA -System for Automated Geoscientific Analyses” dasturi 2001 yilda Germaniyaning Gettingem universiteti geografiya fakulteti xodimlari tomonidan yaratilgan. Ushbu dastur “C++” dasturlash tilida yaratilgan bo'lib, rastr ma'lumotlar ustida ishlash uchun mo'ljallangan. 4-mavzu. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling