Muommoli vaziyatni vujudga keltirish bilan o’quv vazifasini qo’yish
dars maqsadini oddiy tushuntirishga nisbattan muhim avzalliklarga ega. Bu xolda
o’quvchilar oldida ularning ish jaroyonida ongli o’zlashtirishlari uchun “qiyin
vaziyatda” muommo paydo bo’ladi. Ammo bir qator xolatlarda o’qituvchining
darsning maqsadini tavsivlashi ham aniq vaziyat haqida jonli va erkin tasavvurlar
hosil qiladi. Bu tassavurlar o’quvchilar oldiga malum vazifalar qo’yish uchun
boshlang’ich punkit bo’lib xizmat qiladi, shuningdek o’qituvchining masalani
bayon qilinishi ular aktiv qabul qiladilar.
Muommoli vaziyatni vujudga keltirish yo’li bilan dars boshida o’quv
muommosini qo’yish hali o’qituvchining o’quv materialini bundan keyingi
bayonini aniqlab bermaydi. Agar bu muommoli vaziyatdan muommoni yoki
muommoli masalani tariflashga imkoniyat bo’lmasa, uni xal etish uchun
o’quvchilarda yetarlicha bilim bo’lsa, u xolda yangi materialni bayon etishni
muommoli bayon etish shaklida olib borish maqsadga muoviq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |