$ 2000 ning kelajakdagi qiymatini hisoblang a) Besh yil yiliga 5% foiz stavkada b) 10 Yil- yilliga 5 stavkasida v) Besh yil yiliga 10% foiz stavkada g) Nima uchun (a) dagi foyda miqdori


Download 20.45 Kb.
Sana02.11.2019
Hajmi20.45 Kb.

1) $ 2000 ning kelajakdagi qiymatini hisoblang

a) Besh yil - yiliga 5% foiz stavkada.

b) 10 Yil- yilliga 5 % stavkasida.

v) Besh yil - yiliga 10% foiz stavkada.

g) Nima uchun (a) dagi foyda miqdori (b) dan olingan foydaning yarmidan kam.
2) $ 10,000 qiymatining joriy qiymati qancha

a) Bugungi kundan boshlab o'n ikki yil, foiz stavkasi yiliga 4% bo'lsa.

b) bugungi kundan boshlab yigirma yil, foiz stavkasi yiliga 8% ni tashkil etadi.

v) Bugungi kundan boshlab olti yil, foiz stavkasi yillik 2% ni tashkil qiladi.


3) Sizning akangiz sizga bugungi kunda 5000 dollar yoki 10 yildan keyin 10 ming dollar berishni taklif qildi. Agar kapital o’sishi foiz

stavkasi yiliga 7% ni tashkil etsa, qaysi variant afzal?


4) Quyidagi variantlarni qiyoslab chiqing:

i) Bir yilda 100 dollar

ii) 5 yilda 200 dollar

iii) 10 yilda 300 dollar

a) Agar foiz stavkasi yiliga 10% bo'lsa, qiymatlarni kamayish tartibida joylashtiring.

b) Agar foiz stavkasi yiliga 5% bo'lsa, ketma ketlik qanday o’zgaradi?

v) Agar foiz stavkasi yiliga 20% bo'lsachi?
5) Bir yil ichida 8% foiz daromad keltirigan investitsiyaga 1000 dollar kiritmoqchisiz.

a) 3 yil ichida pulingiz qancha bo’ladi?, Faqat "Foizdan foiz" o’sishi qanchaga teng?

b) 25 yil ichida pulingiz qancha bo’ladi?, Faqat "Foizdan foiz" o’sishi qanchaga teng?

6) Faraz qiling, farzandingiz 8 yoshda, 10 yildan so’ng universitetga o’qishga boradi. Siz uning o’qishi uchun $100000 pul jamg’armoqchisiz. Agar foiz stavkasi yiliga 3% bo’lsa, 10 yildan so’ng siz 100000 jamg’arishingiz uchun bugun necha pul investitisiya qilishingiz kerak?
7) Pensiyaga chiqqaningizda sizga shu zahotiyoq $ 250000 yoki pensiyaga chiqqaningizdan 5 yil o’tib $ 350000 to’lanadi. Qaysi variantni tanlagan bo’lardingiz? Agar foiz stavka:


  1. 0% yiliga

  2. 8% yiliga

  3. 20% yiliga


8) Faraz qilaylik siz 3 yil, har yilnig oxirida $ 100 dan pul olasiz.

a) Agar foiz stavkasi 8% bo’lsa, bu pul oqimlarining joriy qiymatini toping

b) a shartdagi hisoblab topgan joriy qiymatning kelajakdagi qiymatini toping

9) Siz do'stingizning biznesiga qilgan sarmoyangizdan quyidagicha daromad olasiz. Shu yil oxirida $ 10000, keyingi yil oxirida $ 20000, va $ 30000 uchinchi yil oxirida. Foiz stavkasi yiliga 3,5%

a) Barcha oladigan daromadingning joriy qiymati qancha teng?

b) Uch yildan keyin, sizning daromadlaringiz kelajakdagi qiymati qanchaga teng?
10) Sizga investitsiya kiritish imkoniyati taklif etildi. Agar siz bugungi kunda 10 ming dollar sarmoya kiritsangiz, bir yil so’ng 500 $, ikki yildan so’ng 1500 dollar, o’n yildan so’ng esa 10000 dollar daromad olasiz.

a) Agar foiz stavkasi yiliga 6% bo'lsa, NPV ni hisoblang? Taklifni qabul qilish kerkmi?

b) Agar foiz stavkasi yiliga 2% bo'lsa, NPV ni hisoblang? Taklifni qabul qilish kerkmi?
11) Albert qo’shimcha investitsiya kiritib biznes faoliyatini kengaytirmoqchi. Bu qo’shimcha pul kiritish unga

kelgusi uch yilda har yilning oxirida 4000 dollar daromad keltiradi. Bunday imkoniyatga ega bo’lishi uchun Albert bugun

1000 dollar dastlabki sarmoya va yana qo'shimcha 5000 dollar ikkinchi yil oxirida qo'shimcha pul sarflashi kerak.

Agar foiz stavkasi yiliga 2% bo'lsa, NPV ni hisoblang? Albertga bu faoliyat foydalimi?


12) Kompaniyangiz 9500 dollarlik yangi uskuna sotib olishni rejalashtirdi. Uskuna ishlab chiqaruvchi korxona, hozir to’lovni amalga oshirishning o’rniga sizga bir yildan keyin $ 10000 to'lab berishingizni taklif qilmoqda.

Agar risksiz foiz Stavka yiliga 7% ni tashkil etsa, ushbu taklifni qabul qilish kerakmi?


13) Bir mexanik injiner tanishingiz pul chiqaradign uskuna ixtiro qilmoqchi. Uskunaning bir kamchiligi u juda sekin ishlaydi: $100 ni bir yil mobaynida ishlab chiqaradi. Biroq mashina ixtiro qilingandan so’ng u buzilmasdan tugamaydigan (cheksiz vaqt) ishlaydi. Mashinani ixtiro qilish xarajati bugungi kunda $1000. Agar risksiz foiz stavkasi yiliga 9.5% bo’lsa, do’stingiz ushbu mashinani ixtiro qilgani unga foydalimi?
14) Agar foiz stavkasi yiliga 7% bo’lsa, har yilda $1000 dan 100 yil mobaynidagi to’lanadigan so’mmaning joriy qiymatini toping.
15) 30 yil mobaynida har yili $12000 dan to’lash sharti bilan ipateka uyini oldingiz (har yili teng to’lov foizi ichida). Foiz stavkasi yiliga 6%. Agar siz ma’lum yildan so’ng ipatekadan qutilishni xohlab hamma to’lovni to’lab ipatekani yopmoqchi bo’lsangiz, qancha miqdorida pul to’lashingiz kerak?

  1. Agar 12 yil yashagan bo’lsangiz ( 18 yillik ipoteka to’lovi qolgan)

  2. Agar 20 yil yashagan bo’lsangiz ( 10 yillik ipoteka to’lovi qolgan)


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling