O’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar
Joriy nazorat (JN)
|
“5”
|
Og’zaki savollarga to’liq javob berilganda, uyga vazifa to’liq bajarilganda, mashg’ulot daftarlari to’liq yuritilganda, qisqa muddatli mustaqil ishlar to’liq bajarilganda, testlar 85-100% gacha bajarilganda
|
|
“4”
|
Og’zaki savollarning 2 tasiga javob bera olmaganda, uyga vazifa chala bajarilganda, mashg’ulot daftarlarining yuritilishida kamchiliklar topilganda, qisqa muddatli mustaqil ishlarda 1-2 ta xatoga yo’l qo’yilganda, testlar 71-84% gacha bajarilganda
|
|
“3”
|
Berilgan og’zaki savollarning 76% gacha javob topa olmasa, uyga vazifa aytilgan darajada bajarilmaganda, mashg’ulot daftarlari talab darajasida bo’lmasa, qisqa muddatli mustaqil ishlarda 3-4 ta xatoga yo’l qo’yilganda, testlar 55-70% gacha bajarilganda
|
|
“2”
|
Berilgan og’zaki savollarning birortasiga ham javob bera olmasa, uyga vazifa bajarilmaganda, mashg’ulot daftari bo’lmaganda, qisqa muddatli mustaqil ishlar bajarilmaganda, testlarga 54% gacha javob berilganda
|
Oraliq nazorat (ON)
|
“5”
|
Yozma ishdagi berilgan topshiriqlar to’la bajarilgan, mantiqiy fikrlashda va yechimlarini asoslashda kamchiliklar va xatolar bo’lmasa yoki berilgan topshiriq to’g’ri yechilgan, ammo yechim qadamlarini asoslash yetarli bo’lmaganda, test topshiriqlarining savollariga 85-100% gacha javob berilgan bo’lsa.
|
|
“4”
|
Yozma ishdagi berilgan topshiriqning yechim qadamlarini asoslash yetarli bo’lmasa hamda 2 tagacha xato yoki kamchilikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, test topshiriqlarining savollariga 71-84% gacha javob berilgan bo’lsa. .
|
|
“3”
|
Yozma ishdagi topshiriqning amallarida 2 tadan 3 tagacha kamchilikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, berilgan mavzu bo’yicha belgilangan ko’nikmalarga to’la egallamagan bo’lsa, test topshiriqlarining savollariga 55-70% gacha javob berilgan bo’lsa..
|
|
“2”
|
Yozma ishdagi berilgan mavzu bo’yicha belgilangan ko’nikmalarni to’la egallamaganligini ko’rsatuvchi muhim xatolarga yo’l qo’yilgan bo’lsa hamda masala sharti yozilib, yechimida hech narsa yozilmagan bo’lsa, test topshiriqlarining savollariga 54% gacha javob berilgan bo’lsa.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |