= 2R bo‘lsa, mos ravishda rezistorlardan o‘tayotgan tok
Download 107.05 Kb.
|
1. Agar R1 = R, R2 = R, R3 = 2R bo‘lsa, mos ravishda rezistorlardan o‘tayotgan tok kuchlarining nisbati I1: I2: I3 ni aniqlang. A) 1:2:3 B) 3:2:1 C) 3:1:2 D) 1:3:2 2. Suvga (suv =0,073 N/m) tushurilganda ikki kapillardagi suv sathlarining farqi 2,6 cm bo‘lgan, spirtda (spirt=800 kg/m3) esa sathlar farqi 1 cm bo‘lgan. Spirtning sirt taranglik koeffitsiyenti (N/m) nimaga teng? A) 0,033 B) 0,055 C) 0,044 D) 0,022 3. Arqonga bog‘langan 3 kg massali jism vertical tekislikda O nuqta atrofida radiusi 0,2 m bo‘lgan aylana bo‘ylab harakatlantirilmoqda. Agar B nuqtada uning tezligi 2 m/s bo‘lsa, og‘irligi (N) qanday? g=10 m/s2 A) 45 B) 30 C) 15 D) 20 4. Radioaktiv preparatning aktivligi 105 Bq, yarim yemirilish davri 3 oy. Bir yildan so‘ng preparatning aktivligi (Bq) qanday bo‘ladi? A) 4750 B) 3500 C) 6250 D) 8500 5. Massasi 20 kg bo‘lgan jism suvga qisman botgan holatda suzib yuribdi. Jismga ta’sir qilayotgan Arximed kuchi (N) qancha? g=10m/s2 A) 50 B) 100 C) 200 D) 150 6. O‘tkazgichning uzunligi 800 m, undagi barcha erkin elektronlarning umumiy impulse 2٠107 kg٠m/s. O‘tkazgichdagi tok kuchi (A) topilsin. Elektron uchun e/m=1,76٠1011 C/kg. A) 59 B) 50 C) 44 D) 70 7. Yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanayotgan jismning harakat yo‘nalishidagi uzunligi tinchlikdagi uzunligiga nisbatan 4 marta qisqardi. Uning massasi tinchlikdagi massasiga nisbatan qanday o‘zgarganini aniqlang. A) 2 marta ortgan B) 4 marta kamaygan C) 4 marta ortgan D) 2 marta kamaygan 8. Kuchlanish qaysi asbob yordamida o‘lchanadi? A) ampermetr B) taxometr C) ommetr D) voltmetr 9. Quyidagi fikrlarning qaysilari to‘g‘ri? 1) yarimo‘tkazgichlarda elektron va kovak uchrashganda ion hosil bo‘ladi; 2) yarim o‘tkazgichlarda elektr toki kovaklar va elektronlarning tartibli harakatidan iborat; 3) p turdagi yarimo‘tkazgichlarda asosiy zaryad tashuvchilar - kovaklar; 4) donor aralashmali yarimo‘tkazgichlar p turdagi yarim o‘tkazgichlardir A) 1, 2 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3 10. Elektr zanjirdagi barcha qarshiliklar teng. Agar, 1-voltmetr 1 V ni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, 2-voltmetr ko‘rsatishini (V) aniqlang. A) 2 B) 6 C) 9 D) 4 11. Kondensator akkumulyatorga ulanganda W energiya to‘pladi. Akkumulyator bunda qancha energiya sarflagan? A) 1,5W B) 1,75W C) 2W D) W 12. Vodorod atomidagi 1-energetik sathda bo‘lgan elektronning kinetik energiyasi (eV) qanday? Asosiy holatdagi vodorod atomini ionlashtirish energiyasi 13,6 eV. A) 6,8 B) 3,4 C) 10,2 D) 13,6 13. 60 kg massali bola tinch turgan 150 kg massali qayiq uchida turibdi. Bola qayiqning uchidan dumiga o‘tganda qayiq 0,8 m siljidi. Qayiqning uzunligi (m) qanday? A) 2,8 B) 3,2 C) 3,5 D) 3,0 14. Nuqtaviy zaryad xuddi shunday boshqa nuqtaviy zaryad bilan ta’sirlashmoqda. Sistemaning ta’sirlashuv potensial energiyasi qanday ishoraga ega? A) musbat B) nolga teng C) manfiy D) turli ishorali bo‘lishi mumkin 15. Prujina siqilgan holatda bo‘lsa, uning potensial energiyasi qanday ishoraga ega? A) musbat B) manfiy C) nolga teng D) turli ishorali bo‘lishi mumkin 16. Gorizontga nisbatan qiya o‘rnatilgan diametric 1 cm bo‘lgan quvurdan yuqoriga qarab neft oqib chiqmoqda, uning vertikal tezligi 30 m/s, gorizontal tezligi 1 m/s. Havodagi neft oqimining maksimal diametri (cm) qanday? A) 2,44 B) 3,6 C) 4,5 D) 5,5 17. Ideal gaz birinchi holatdan uchinchi holatga grafikda ko‘rsatilganidek o‘tkazildi. Agar gazning dastlabki bosimi p1=99 kPa va V2 /V1=3 bo‘lsa, gazning jarayon oxiridagi bosimi (kPa) qanday? A) 33 B) 66 C) 39,6 D) 49,5 18. Muhitda tezligi 4 m/s, to‘lqin uzunligi 4π m bo‘lgan ko‘ndalang to‘lqin hosil qilinmoqda. Agar muhit zarralarining maksimal tezligi 20 cm/s bo‘lsa, tebranish amplitudasini (cm) aniqlang. A) 10 B) 15 C) 5 D) 20 19. Quyidagi reaksiyadagi noma’lum X zarrani aniqlang. → X + A) B) C) D) 20. Idishda 2 mol geliy gazi bor. Gazning temperaturasini izobarik ravishda 1 K ga oshirish uchun gazga qancha issiqlik miqdori (J) berish kerak? A) 37,39 B) 24,93 C) 12,46 D) 41,55 21. Bir jinsli M massali sterjen prujina va ip bilan rasmda ko‘rsatilganidek muvozanatga keltirilgan. Agar prujinaning bikrligi k=1200 N/m bo‘lib 2 cm ga cho‘zilgan bo‘lsa, M massani (kg) aniqlang. g=10 m/s2 A) 1,6 B) 3,2 C) 6,4 D) 12,8 22. Quyida jism koordinatasining vaqtga bog‘lanish grafigi berilgan. Jismning ko‘chishini (m) aniqlang. A) 12 B) 60 C) 0 D) 24 23. Magnit maydondagi elektronning tezligi x o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘lsa, Lorens kuchi z o‘qiga qarshi yo‘nalishi uchun magnit maydon induksiyasi qanday yo‘nalgan bo‘lishi kerak? A) x o‘qi bo‘ylab B) y o‘qi bo‘ylab C) z o‘qiga qarshi D) y o‘qiga qarshi 24. A va B moddiy nuqtalar rasmda tasvirlanganidek harakatlanmoqda, tezliklari V1=9 m/s, v2=12 m/s. Nuqtalarning nisbiy tezligi (m/s) aniqlansin. A)√52 B) √117 C) √45 D) √333 25. Optik kuchi 6 dptr bo‘lgan yig‘uvchi linza yordamida ekranda buyumning 2 marta kichiklashgan haqiqiy tasviri hosil qilindi. Buyum va tasvir orasidagi masofani (m) aniqlang A) 3/4 B) 1/2 C) 2 D) 1/4 26. Boshlang‘ich hajmi V1=4 l bo‘lgan ideal gaz 1-holatdan 2-holatga grafikda ko‘rsatilganidek o‘tkazildi. Agar uning kengaygandan keying hajmi V2=8 l, temperaturasi T2=1200 K bo‘lsa, jarayon boshidagi temperatura T1ni (K) aniqlang. A) 700 B) 500 C) 600 D) 300 27. Massasi m bo‘lgan chana balandligi h bo‘lgan tepalikdan sirpanib tushdi va tekis yerda biror masofa o‘tib to‘xtadi. Chanani dastlabki vaziyatga qaytarish uchun qancha ish bajarish kerak? Butun yo‘l davomida ishqalanish koeffitsiyenti bir xil. A) 2mgh B) mgh C) 4mgh D) 3mgh 28. Ikki foton solishtirilmoqda, ikkinchisining chastotasi birinchisinikidan 4 marta ortiq. Birinchisining to‘lqin uzunligi 10 m bo‘lsa, ikkinchisining energiyasi (eV) qanday? h = 4,1 10-15 eV ٠ s A) 4,9 ٠10-5 B) 4,9٠ 10-7 C) 4,1 ٠10-7 D) 4,1٠10-9 29. Quyida Ox o‘qida harakatlangan jismning tezlik grafigi berilgan. Agar jismning t1=2 s paytdagi koordinatasi x1= 5 m ekanligi ma’lum bo‘lsa, uning t2 =8 s paytdagi koordinatasi (m) qanday? A) 55 B) -60 C) - 65 D) 60 30. Grafikdan foydalanib, o‘zgarmas massali ideal gaz 1-holatdan 2-holatga o‘tganda hajmi qanday o‘zgarganini aniqlang. A) 3 marta kamaygan B) 3 marta ortgan C) 2 marta kamaygan D) 2 marta ortgan Download 107.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling