Ⅱ. Asosiy qism 1 Nerv hujayralarining tuzilishi va vazifasi


Download 49.37 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi49.37 Kb.
#1581578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira gistologiya

Mielinsiz nerv tolalari ko'z, quloq hamda achchiq va chuchukni
sezadigan organlar va vestibular apparatning nerv sistemasini tashkil
etadi. Ular ko‘pgina vegetativ nerv sistemasida uchraydi. Bu nerv
sistemasi yuksak darajada ixtisoslashgan bo'lib, organizmning tashqi
muhit bilan moslashishini ta’minlaydi.
Har bir nerv tolasi tarkibida 3-20 tagacha o‘q silindr uchraydi. Ayrim vaqtlarda boshqa neyronning o‘q silindri ham qo'shilib ketishi yoki ajralib boshqa
neyronga o'tishi mumkin. Ularning bunday tuzilishiga kabelsimon o'q silindrlar deyiladi.

Har bir o‘q silindr tashqi tomondan Shvann
hujayralaridan (sinonimlari - lemmotsit, neyrolemmotsit, olegodendrolemmotsit, glial hujayralar) tashkil topgan yupqa parda bilan o'ralgan
bo’ladi, mielin pardasi bo'lmaydi. Odatda, Shvann hujayralarining o'q
qismini ikki tomondan (membranalari uzilmasdan) asta o'rab o'z ichiga
oladi. Bu - fagotsitoz xususiyatiga ega bo'lgan hujayralarning
mikroorganizmlarini ikki tomonidan o'rab qamrab olishga o'xshaydi.
Oq hujayralari ikki yon tomonidan o'rab keluvchi Shvann
hujayralarining uchlariga mezakson deyiladi. Nerv tolachasining
tarkibidagi o'q silindrning soniga qarab mezakson ham bir nechta
bo'lishi mumkin.
Oddiy mikroskopda mielinsiz nerv tolachalari xuddi o'q silindrdan
tashkil topgan tutamlarga o'xshaydi. Ularning ustini o'rab turuvchi
lemmotsitlar ham yadrosi bilan yaxshi ko'rinadi. Faqat ularning
chegaralari va mezaksonlari ko'rinmaydi. Mielinsiz tolalardan impuls
ancha sekin - 1 m/sek tezlik bilan o'tadi.
Mielinli nerv tolalari organizmda ko'p uchraydi. Masalan,
periferik va MNS neyronlari miyelinli nerv tolalaridan tashkil topgan.
Xarakterli tomoni shundaki, mielinli nerv tolalarida o'q silindrlar,
odatda, bitta bo'lib, o'ziga tegishli miyelin pardaga ega.
Miyelin parda asosan lipidlardan tashkil topganligi uchun osmiy
kislotada yaxshi bo'yalib, mikroskopda to'q jigarrang bo'lib ko'rinadi.
Aksonning ayrim qismlarida mielin modda uchramaydi. Bunday qismlar
bo'g'ilmalar yoki Ranve ho'g'ilmalari deb yuritiladi. Har bir bo'g'ilma
qo'shni Shvann hujayralari chegaralariga to'g'ri keladi. Tolaning ikki
bo'gim orasidagi qismi mielinsiz segment deb yuritiladi.
Har bir tolaning nuayyan oralig’ida mielin moddani qiyshiq holda kesib o ‘tgan oqish kesmani ko‘ramiz, unga Shmidt-Lanterman qiyiqlari deyiladi. Hozir
zamonaviy elektron mikroskopda tekshirish usullari joriy qilinishi bilan
nerv tolalaridagi bo‘g‘ilmalar, qiyiqlar va Shvann hujayralari hamda ular
orasida joylashgan mielin qavatlarini batafsil o‘rganish imkoniyati
tug’ildi. Endi ma’lum bo’lishicha, har bir bo‘g‘ilma ikkita
lemmotsitlarning, ya’ni Shvann hujayralarining chegarasi bo‘lib, bu
yerda koplab mitoxondriy va mikrovorsinkalar bor.
Miyelin qavati, odatda, nerv to‘qimasining rivojlanishi davridan
boshlab hosil bo'la boshlaydi. Bunda tolachalarni oldin lemmotsitlar
ikki tomondan o‘rab oladi, ya’ni mezakson hosil qiladi. Rivojlanishning
so‘nggi davrlarida o‘q silindr atrofida mielin qavat hosil bo’ladi. Uning
ustidan esa lemmotsit hujayralari o‘rab turadi. Ilgarilari bu pardani
o‘ziga mustaqil Shvann hujayralaridan tashkil topgan parda deyilar edi.
Shvann pardasining ustidan bazal membrana bilan biriktiruvchi to‘qima
pardasi o‘rab turadi unga endonevriy deyiladi. Mielinli nerv tolasidan
impulslarning o ‘tish tezligi ancha yuqori - 70-100 m/s.

Download 49.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling