Biznes modellar nima va ularning qanday turlari mavjud
Download 58.42 Kb.
|
14.Raqamli iqtisodiyotda tijorat modellari (2)
3.1.Raqamli iqtisodiyotda tijorat modellari. Reja: 3.1.1. Elektron tijoratning asosiy modellari. 3.1.2.Elektron tijoratdagi muvaffaqiyatli omillar. 3.1.3.Elektron tijorat muammolari va amaliy modellari. 3.1.4.Elektron tijoratning riojlanish istiqbollari. Elektron tijoratning asosiy modellari Ushbu bo’limda elektron tijorat bilan bog’liq bo’lgan quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi: Biznes modellar nima va ularning qanday turlari mavjud? Qanday qilib kompaniyalarning muvaffaqiyatli biznes-modellari tashkil qilinadi? Informatsion agentliklar va messenjerlr qanday qilib pul topadilar? Ijtimoiy saytlar va mobil ilovalarning turli xildagi monetizatsiya tuzilmalarida qanday kuchli va kuchsiz tomonlar mavjud? Qanday qilib bu soxadagi muvaffaqiyatsizliklardan samarali homoyalanish mumkin? Biznes model kompaniyaga samarali tijorat foaliyatini yuritish va o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun qo’llaniladigan asosiy va qo’shimcha biznes jarayonlar to’plamidir. Kompaniyalar biznes modelni tovar va hizmatlar yaratish va buning qandaydir miqdorda oqibatida foyda olish uchun ishlatadilar. Biznes model kompaniyaning qanday qilib pul ishlashi bo’yicha ishga yondoshuvidir. Maqsadga muvofiq bo’lgan va foyda keltiradigan biznes-model qurish uchun quyidagi bir qancha savollarga javob berish kerak bo’ladi: Kompaniya qanday xizmat yoli mahsulot sotadi uning qimmatliligi nimada? Iste’molchilar ushbu mahsulot nyoki xizmatlardan qanday naf ko’rishlari mumkin? Iste’molchilar ushbu mahsulot yoki xizmatdan o’zlarining qanday muammolarini hal qilishlari mumkin? Mahsulotning sifati va bahosi bozordagi shunday mahsulot yoki xizmatlarning sifati bilan qanday munosabatda? Kompaniya qanday bozor segmantiga kirishni rejalashtirayapti? Kompaniya qanday qilib o’z mahsulot yoki hizmatlarini sotadi? Mahsulot va xizmatlarni sotish uchun qanday kanallar mavjud? Kompaniya faoliyatini ta’minlash uchun qanday zahiralar kerak bo’ladi? Biznes-modelni tadbiq etish uchun kompaniya qanday harajatlar qilishi kerak? Mijozlar bilan aloqalar qanday qilib amalaga oshiriladi? Kompaniya mijozlarni qanday qilib o’ziga jalb qiladi? Mijozlar uchun qanday yengilliklar yaratiladi? Mijozlarni jalb qilish va ushlab turish uchun qanday tadbirlar amalga oshiriladi? Mijozlarning vaqtinchalikdan doimiyga aylanishi uchun qanday tadbirlar majmuasidan foydalaniladi (chunki doimiy mijozlar kompaniyaga asosiy foydani keltiradi)? Zahiralar yetkazib beraidgan, xizmat ko’rsatadigan va information tizimlar ishnichliligini ta’minlab beradigan hamkorlar hamda raboqatchilar bilan aloqalar qanday amalga oshiriladi? Kompaniya biznes-modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar bo’lishi mumkin (Tools for Business Model Generation, Alexsander Osterwalder. http://ecorner.stanford.edu/authorMatrialInfo.html?mid=2875):qiymatyaratadigan taklif, asosiyresurslar, faoliyatningasosiyturi, asosiyhamkorlar, iste’molsektorlari, mijozlarbilano’zaroaloqa, sotuvkanallari, puloqimlarivasarf-harajalarttarkibi. Internetda ishlaydigan biznes modellarning eng ommabop tasnifi AQSH Shimoliy Karolina shtati universiteti professori Maykl Rappniki hisoblanadi [6]. Intenet biznesi modellarining ushbu tasnifi o’z tarkibiga 41 ta modelni qamrab oladi va u to’qqizta kategoriyaga bo’lingan: 1. Vositachilik modeli (Brokerage Model) – bu modelni ish faoliyatidan qat’i-nazar vositachi kompaniyalar ishatadilar. Masalan, internet auktsionlar (e-auction, Auction Broker), tarmoqli va mustaqil elektron birjalar (e-exchange, Market-place exchange), to’lov tizimlari (Transaction Broker), aggregator-kompaniyalar, distribyuterlar (Distributor), ma’lumot axtaruv tizimlari (Search agent), virtual mo’llar (cybermall, e-mall, Virtual Marketplace) va metavositachilar (Metamediary). Bularga misol sifatida quyidagi kompaniyalarni keltirishimiz mumkin: eBay, PayPal, GettTaxi, booking.com, Merchant Services at Amazon,CarsDirect, Priseline.com. 2. Reklama modeli (Advertising Model) – bunday modellar orasida reklamadan daromad olish modeli eng ommabop hisoblanadi. Internetda banner reklamasidan, kontekst reklamadan, videoreklamadan, animatsion reklamadan, rolilardan, suzib chiqadigan reklama va Pop-up reklama turlaridan yaxshi daromad qilish mumkin. Reklama modellarini turli sohalardagi kompaniyalar qo’llaydilar, ammo uning bir qancha shartlari ham mavjud, shu jumladan, eng asosiysi trafik yuqori bo’lishi kerak. Shuning uchun bu modeldan internet -portallar, e’lon doskalari (Classifields), qidiruv tizimlari (Search Agents), ijtimoiy tarmoqlar (Social Networking Services) kabilar foydalanadilar. Misol sifatida Yandex, Yahoo!, NY-Tymes, Google, VKontakte, Craigslist larni keltirishimiz mumkin. 3. Infovositachi modeli (Infomediary Model) -bunday biznes-modelni turli xil formatlardagi ma’lumotlarni, masalan, spravkalar, byulletenlar, yangiliklar, elektron-analitik hisobotlarni sotish bilan shug’ullanadigan kompaniyalar ishlatadilar. Undan reklama tarmoqlari (Advertising Networks), marketing agentliklari (Audience Measurement Services), metavositachilar (Metamediary) kabilar foydalanadilar. Misol sifatidan Nielsen va DoubleClick larni keltirishimiz mumkin. 4. Sotuvchi modeli (Merchant Model) -bunday modellar turiga barcha sotuv maydonlarini (mahsulot va xizmatlar bo’yicha ko’tara va chakana savdo), internet-magazinlarni (Virtual Merchant), internet-kataloglarni (Catalog Merchant) kiritishimiz mumkin. Misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Apple iTunes Music Store, OZON.ru, Amazon.com, Lands’ End. 5. Ishlab chiqaruvchi modeli (Manufacturer (Direct) Model) –bunday modelni mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar tanlaydilar. Ular biznesni xaridor bilan vositachlarsiz aloqaga chiqqan xolda amalga oshiradilar va bu ularga bahoni pasaytirish va moslashuvchan bo’lishga imkon beradi. Misol sifatida Dell Computer va M.Video larni keltirishimiz mumkin. 6. Hamkorlik Modeli (Affiliate Model) – internetda pul ishlashni istaydigan, ammo o’z biznesini tashkil etish uchun yetarli investitsiyaga yoki mablag’ga ega bo’lmagan kompaniyalar uchun juda foydali bo’lgan model turi. Bu model turiga reklama bannerlari bilan savdo almashinuvini ( Banner Exchange), saytga kiruvchilarning o’tishlarini sotish (Pay-Per-Click) larni kiritish mumkin. Misol sifatida Amazon.com, OZON.ru va Barnes&Noble larni keltirish mumkin. 7. Jamoaviy Model (Community Model) –bunday model vositasida ijtimoiy tarmoqlar (Social Networking Services), kraudsorsing platformalari, Ochiq boshlag’ich kodli tizimlar (Open source), Ochiq content tizimlari (Open Content), Jamoaviy ko’ratuvlar (Public Broadcasting) va boshqalar faoliyat ko’ratadilar. Misol sifatida Facebook, Wikipedia, Friendster, Flickr, Red Hat, VKontakte larni keltirishimiz mumkin. 8. A’zolik modellar (Subscription Model) – matnli, audio, video content, trafiklarni sotadigan kompaniyalar uchun juda ham qulay model hisoblanadi. Uni information agentliklar, videoxosting kompaniyalari, internet provayderlar ishlatishadi. Misol sifatida Truste, Netflix, Classmates va Listen.com larni keltirishimiz mumkin. 9. Amaliyot modeli (Utility Model) – bunday modelning ishlashi asosida narx yaratishning “Qancha istasang shuncha to’la” ma’nosidagi modeli yotadi. Hizmatlar uchun haq miqdorini foydalanuvchi o’z ixtiyoriga qarab belgilaydi. Bular masalan, foydalanish o’lchovi (Metered Usage) yoki a’zo bo’lish o’lchami (Metered Subscriptions) bo’lishi mumkin. Misol sifatida Slashdot va Priceline larni keltirishimiz mumkin. Quyida monetizatsiyaning amaliyotda elektron biznes tomonidan ishlatilishi mumkin bo’lgan turlixildagi sxemalarini ko’rib chiqamiz: Reklamadan keladigan daromadlar modeli–bu internet kompaniyalarining eng ommabop monetizatsiya sxemasidir; Kelishuvlarga asoslangan daromadlar modeli – kelishuv summasining qandaydir bir aniq foizi kattaligida bo’lib, u sotuvchi yoki xaridor tomonidan yoki ikkala tomondan to’lanadi; Kim-oshdi savdosi (auktsion)dan keladigan daromad modeli – xaridor tomonidan to’lanadigan va lotning sotuvga qo’yilishi uchun to’lov hamda sotuv summasidan qandaydir foiz hisobida. A’zo bo’linishdan olinadigan daromad modeli– bu xolda daromad a’zo bo’lganlar soni bilan aniqlanadi. Dasturiy mahsulotlarning litsenziyasidan olinadigan daromad modeli –foydalanuvchi tomonidan dasturoy mahs ulot litsenziyasini sotib olishdan, yangilashdan, xizmat ko’rsatishdan va litsenziyani uzaytirishdan tushadigan daromadlar. Internet tizimida marketing xizmatlarini ko’ratish modeli – ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar banki, bilimlar bazasi, analitik obzorlar sotishdan tushadigan daromad. Download 58.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling