Biznes modellar nima va ularning qanday turlari mavjud
Amaliyot biznes modellar tavsifi
Download 58.42 Kb.
|
14.Raqamli iqtisodiyotda tijorat modellari (2)
Amaliyot biznes modellar tavsifi
Elektron biznesning rivovlanishi jarayonida internetda faoliyat yurgizadigan kompaniyalar biznes-modellarining bir qancha turlari vujudga keldi va rivojlandi, shu jumladan, Freemium, Free-to-Play, Full-Crowdsourcing, Donation, Print-on-Demand, Video-on-Demand va boshqalar. Ular orasidagi farq monetizatsiya modellarida hamda narx belgilash strategiyalaridadir. Quyida ularning ba’zilarining ko’rsatgichlarini va ishlatilish imkoniyatlarini ko’rib chiqishga harakat qilamiz: Freemiummodeli (Free – tekin, premium – yaxshilangan, mukammallashgan)– ushbu model bo’yicha asosiy funktsional yoki demonstratsion versiya tekinga taklif qilinadi, foydalanuvchi uchun kerakli bo‘lgan qo’shimcha imkoniyatlar esa alohida to’lovga taqdim etiladi. Yoki boshqa variantdan ham foydalanish mumkin – sun’iy ravishda yaratilgan kamchiliklardan qutulish uchun qandaydir miqdorda pul to’lash kerak bo‘ladi. Freemium modeli ko\pchilik komp’yuter o’yinlarida, mobil xizmatlarda va ilovalarda, onlayn-kouchingda va elektron ta’limda juda ommabop hisoblanadi. Misol sifatida Skype, Flickr, Fruit Ninja, Angry Birds, Angry Birds Space HD larni keltirish mumkin. Bu modelning kamchiligi foydaga chiqishning katta muddatliligidir, chunki statistika bo’yicha, bor-yo’g’i 0,5-1% gina foydalanuvchilar qo’shimcha funktsionallarni sotib olar ekanlar. Free-to-Play modeli (free – tekin, play – o’ynash) – bu modelda barcha funktsional tekinga taqdim etiladi. O’yinnji bemalol tekinga o’ynash mumkin, lekin o’yinga juda ham qiziqib ketsangiz, qo’shimcha funktsionallarni sotib olishingiz mumkin. Misol sifatida Jetpack Joyride va Veselaya ferma komp’yuter o‘yinllarini keltirishimiz mumkin. Bu model hit-mahsulotlar uchun foydalanuvchilarning soni juda ko’p bo‘lganda foydali bo‘ladi, aks xolda u foyda keltirmaydi. Full-Crowdsourcing modeli (100% kraudsorsing) – endigina ommabop bo’lib borayotgan bu model asosidagi mahsulot ko’ngillilar (kraudsorserlar) tomonidan tekin kraudsorsing platformasida yaratiladi. Foydalanuvchilar nafaqat kontentni yaratadilar, balki ular uning iste’molchilari bo’lib qolishlari ham mumkin. Donation modeli (kraudfonding modeli) - qandayidr kraudfonding platformasida biror bir loyihani moliyaviy qo’llab -quvvatlash uchun ishtirokchilarning o’z ihtiyorlari bilan beriladigan moliyaviy mablag’larni yig’ish uchun foydalaniladi. Bu modelni vaqticha va asosiy biznes-modelga qo’shimcha ravishda ishlatish mumkin hamda u doimiy pul mablag’lari oqimini ta’minlab bera olmaydi. Print-on-Demand va Video-on-Demand modellari – on demand – talab bo’yicha deb nom olgan bu modellar internet tizimi paydo bo’lgandan so’ng, alohida ahamiyatga ega bo’la boshladi. Masalan, biror bir kitobni unga qancha real zakaz bo’lsa, shuncha chop qilish, raqamli ko’rinishdagi kitoblarni sotish, mul‘timediya mahsulotlarini sotish, onlayn kinoteatrlarda tamoshabinlar uchun filmlar namoyish qilish bularga misol bo’la oladi. Apple TV ham huddi shu model asosida ishlaydi. Yuqoridagi modellarning barchasida reklamadan olinadigan daromad qo’shimcha model sifatida hizmat qilishi mumkin. Download 58.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling