 Biznes modellar nima va ularning qanday turlari mavjud


Elektron tijoratni tashkil qilish modellar


Download 58.42 Kb.
bet2/7
Sana07.04.2023
Hajmi58.42 Kb.
#1340192
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14.Raqamli iqtisodiyotda tijorat modellari (2)

Elektron tijoratni tashkil qilish modellar
Elektron tijorat modellari kompaniya rivojlanish xayotiy tsiklining qanday bosqichida turganligiga bog’liq ravishda hamda mahsulot yoki hizmat bazorning qaysi segmentiga chiqarilishi rejalashtirilayotganiga bog’liq bo’lib, quyidagi asosiy segmentlarga bo’linadi:
 Biznes-biznes (B2B).
 Biznes-iste’molchi (B2C).
 Iste’molchi-iste’molchi (C2C).
 Biznes-Davlat (B2G).
 Davlat-Biznes (G2B).
 Davlat-Fuqarolar (G2C-Government to Citizens)).
 Davlat-Davlat (G2G).
 Biznes-Hamkorlar (B2P – Business to Parners).
 Biznes-Hodimlar (B2E – Business to Employee).
 Biznes-Biznes-Iste’molchi (B2B2C – Businees to Busines to
Customer).
Bular bozorning ko’pchilik kompaniyalar faoliyat ko’rsatadigan eng ommabop
segmentlari bo’lib, xar bir bozorning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, B2B bozori o’z hajmi bo’yicha B2C bozoridan bir necha marta kattadir. B2G bozori esa asosan davlat elektron xaridlari tizimi vositasida faol rivojlanmoqda.
Muvaffaqiyatli biznes model qurishning eng asosiy faktorlaridan biri
kompaniyaning bozordagi o’rnini aniqlashdir. Iste’molchilar portreti va iste’mol sektorini qamrab olish kriteriyasi bo’yicha bozorning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
 Ommaviy bozor – aholining ko’pchilik qismi bir-boroga o’zshash iste’mol
talablariga ega bo’ladi. Misol sifatida xalq iste’moli tovarlari bozorini keltirishimi mumkin.
 Mahsulot yoki xizmatda yo’nalgan bozor – aholining ozgina qismi bir-biriga o’xshash iste’mol talablariga ega bo’ladi. Masalan, keng iste’mol tovarlari bozori.
 Ko’p profilli korxonalar bozori–bunday bozorlarda kompaniyalar turli xil
guruxlarga oid bo’lgan iste’molchilar bilan ishlaydilar. Ba’zilarga ommaviy hizmat ko’rsatadilar, boshqlariga esa maxsus xizmat turlarini taklif qiladilar. Kompaniyani bozorga olib chiqqanda biznesni kengaytirish uchun kompaniyaning chegaraviy imkoniyatlarini ham hisobga olish lozim bo’ladi. Albatta katta kompaniyalar ommaviy bozorlarda yaxshi faoliyat ko’rsata oladilar,
Ko’p imkoniyatga ega platformali kompaniyalar boshqa modellar ichida
alohida ajralib turadilar, chunki ular bozorning turli talablarga ega bo’lgan iste’mol
segmentlariga hizmat ko’rsata oladilar. Bunday kompaniyalar jumlasiga Alibaba Group, Facebook, Google kabilarni kiritishimiz mumkin. Masalan, Alibaba Group o’z qidiruv tizimiga, ijtimoiy saytiga, to’lov tizimiga, auktsioniga va boshqa servislariga ega. Bozor ma’lumotlarini yig’ish va tahlil qilishga mo’ljallangan wordstat.yandex.ru, Google AdWords adwords.google.com kabi yangi elektron servislarning paydo bo’lishi biznesga bozorlardagi talabni tezkor o’rganish imkoniyatlarini taqdim qildi. Bunday usullarning nomi kalit so’zlr statitikasi degan nom oldi. Masalan, ommabop komp’yuter o’yini Angry Birds ni har kuni bir millionga yaqin odan yuklab olgan ekan. Soha ekspertlarining fikrlaricha, agarda 3000 ta atrofida qidiruv talabi bo’lgan taqdirda bu mahsulot yoki hizmatga talab bor degan fikrga kelish mumkin. Elektron biznes talabni aniqlashning qidiruv talabi usulidan tashqari, bozorning emotsionalliligini baholash usulidan ham foydalanadi. Bu baholov usuli vositasida ijtimoiy mediya, chatlar va forumlarda ushbu mahsulot yoki xizmatning muxokamasida potentsial mijozlarning faolligini aniqlanadi. Bozor ma’lum qismining emotsionalligi undagi insonlarning ushbu mahsulot yoki xizmatga qanday fikr bildirishlari, ularning bu jarayondagi faolligi va bu narsa ularga qanchalik kerakligidir.
Elektron savdo maydonlarini tashkil qilish modellarining esa quyidagi bir
qancha asosiy turlari mavjuddir:
 Onlayn katalog (on-line catalog) –savdo maydoni shunday tashkil qilinadiki, bunda iste’molchilar turli xildagi ishlab chiqaruvchilar va
sotuvchilarning tovarlari va hizmatlari haqida bir qancha ko’rsatgichlar bo’yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
 Virtual moll (cybermall, e-mall) – bu onlayn katalogning bir turi bo’lib,
unda bir internet adresda va bitta portalda bir qancha alohida kompaniyalar haqida ma‘lumotlar to’plangan bo’ladi. Bitta elektron savdo maydonida bir qancha magazinlardan haridlar qilish mumkin bo’ladi. Bu xolda yagona savdo qoidalari, yagona korzina va yagona to’lov tizimi o’rnatilgan bo’ladi;
 Elektron kim-oshdi savdosi – auktsion (e-auction) – bunda savdo maydoni shunday tashkil qilinadiki, xaridor turli ishlab chiqaruvchilarning turli tovarlarini savdo paytida aniqlanadigan narxlarda sotib olishlari mumkin bo’ladi;
 Elektron birjalar (e-exchange) – narxlar talab va taklif asosida aniqlaniladigan savdo maydonlari bo’lib, keyingi paytlarda tarmoq elektron birjalari tobora ommabop bo’lib barayapti. Masalan, aviatsiya tarmog’i uchun Aerospan va MyAircraft.com birjalari, avtomobillar uchun Covisintbirjasi, ommaviy iste’mol tovarlari uchun esa Transora kabi birjalar mavjud.
Bulardan tashqari, vertikal elektron savdo maydonlari ham mavjud. Ular tarmoqlar
chegarasida korxonalarni birlashtiradilar yoki bitta tashkilotning yetkasib beruvchilari va dilerlarini birlashtiradilar. Gorizontal elektron savdo maydonlaridaesa turli tarmoqlarning kompaniyalari birlashishlari mumkin. Mijozlar bilan o’zaro aloqa o’rnatish turi bo’yicha ikki turdagi biznes-modelni ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
 O’z-o’ziga hizmat ko’rsatish – kompaniya elektron platforma va mahsulotni
yaratadi, iste’molchi esa mahsulot yoki xizmatni o’zi tanlagan usulda sotib oladi. Misol sifatida onlayn-bankingni, elektron ta’limni yoki internet-savdoni keltirishimiz mumkin;
 Kraudsorsing – bunda kompaniya internet-pletformani tashkil qiladi, mahsulot yoki xizmatni esa iste’molchilarning o’zlari yaratadilar (ya’ni kraudsorsing mahsulotini). Xozirgi paytda kompaniyalar iloji boricha shu usulni tanlamoqdalar. Misol sifatida ijtimoiy tarmoqlarni, blokcheynlarni, YouTube bideoservisini, fotoservislarni keltirishimiz mumkin.
Elektron biznes tashkil qilayotganda iste’molchining portretini hisobga olish va uning iste’molchi sifatidagi xususiyatlarini o’rganish yaxshi natijalarga olib keladi.

Download 58.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling