 Biznes modellar nima va ularning qanday turlari mavjud


Internet magazinlarning biznes-modellari


Download 58.42 Kb.
bet3/7
Sana07.04.2023
Hajmi58.42 Kb.
#1340192
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14.Raqamli iqtisodiyotda tijorat modellari (2)

Internet magazinlarning biznes-modellari
Ilk internet-magazinlar tashkil qilishda talablar asosan telefon yoki elektron pochta orqali qabul qilinar va mahsulotni yetkazin berish kur’er xizmatlari vositasida amalga oshirlar edi. Xozirgi vaqtda esa xaridorlar barcha ishlarni onlayn usulda amalga oshirishni afzal ko’radilar, ammo o’tmishdan qolgan call-centertushunchasi zamonaviy internet-magazinlar tuzilmasida xaligacha ishlatiladi.
Infratuzilma bo’yicha barcha internet-magazinlar ikkita asosiy tarkibiy qismdan iborat bo’ladilar:
1. Front-ofis – web-sayt korinishidagi elektron vitrina;
2. Bek-ofis – kontentni boshqarish tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va
boshqalar.
Internet-magazinlar ishini tashkil qilish xususiyatlariga bog’liq ravishda ular
infratuzilmaviy modellarining quyidagi turlari mavjud:
 Elektron vitrina yoki front-ofis – bu faqat web-sayt ko’rinishida bo’ladi va unda tovarlar haqidagi ma’lumot web-saytda johlashtiriladi, zakaz esa telefon yoki e-mail orqali qabul qilinadi;
 Avtomatlashtirilgan magazin yoki front-ofis plyus bek-ofis –ma’lumotlar
bazalariga ega bo’lgan web-sayt ko’rinishidagi yagona tizim ko’rinishida bo’ladi. Web-saytga ma’lumot bazalari ulangan bo’ladi va saytga kiruvchi unda ombordagi tovarlarning joriy xolatini ko’ra oladi;
 Savdo internet-tizimi–bunda yagona tizim internet-magazinni va oflayn savdoni sinxronizatsiya qilib turadi.
Amaliyotda shaxsiy internet-magazin tashkil qilishning bir qancha usullari mavjud:
1. Eng oddiy funktsiyalarni bajara oladigan internet-magazinni o’z imkoniyatlari doirasida amalga ishirish;
2. Tayyor internet-magazinni ijaraga olish–hozirgi davrda ijara shartlarida hizmat ko’rsatishning to’la tsiklini ta’minlab bera oladigan hamda tegishli servislarni tanlashga imkon beradigan turli xildagi ommabop platformalar –internet-magazinlar konstruktorlari bu ishni uddalashga imkon beradi. Misol sifatida InSales.ru konstruktorini keltrishimiz mumkin
(http://www.insales.ru/all_features). Ushbu platforma tizimga bir qancha servislarni va ilovalarni qo’shishga imkon beradi, shu jumladan:
 Yetkazib berish xizmati – Pick Point, Shop-Logistics, InPost, B2CPL va CDEK.
 Yetkazib berish xizmatlari agregatorlari – Sheepla, DDelivery, Checkout, InSales.Dostavka.
 Hisob-kitob tizimlari – 1C, Moy Sklad, Bolshaya Ptitsa, Comerando EKAM).
 To’lov tizimlari – Qiwi, Robokassa, PayMaster, Yandex.kassa.
 Marketing uskunalari – Giftd, Sale Online Reputation, Roistat,ByteHand, Unisender, Mailchimp.
 Reklama servislari –Shopberry, Seopult, Get4click, Seopult.Yuqoridagilardan tashqari, tizimda pochta tarqatuvi tashkil qilish imkoniyatlari, xamkorlik tarmog’iga ulanish, onlayn-cha tashkil qilish va onlayn maslaxatchiga ega bo’lish imkoniyatlari ham mavjud. Elektron savdo maydonchasinitashkil qilishning bunday usuli iqtisodiy jihatdan eng foydali hisoblanadi. Internet-magazinning tayyor shablonini tekinga olish mumkin hamda tizimda hisobga
olinish shartlarida har oylik yordamlar va maslahatlar uchun to’lovlar to’lab
turiladi, holos. Tizmni ishga tushirishning to’liq narxi mobil versiya is hlab
chiqarish zarurligidan, funktsiyalar soni bo’yicha, assortiment kattaligidan,
mul’titillilikdan, SEO-fil’trlar bormi yoki yo’qligidan, himoya protokollari
qandiligidan, SSL-sertifikatlar borligidan, baholar va qoldiqlarning avtosinronizatsiyasidan va1C bilan sinxronizatsiya qilinganligi bilan aniqlanadi.
3. Internet-magazinning tayyor dasturiy ta’minotini sotib olish – ushbu xolda
internet-magazin tashkil qiluvchi o’zining shaxsiy va qimmat bo’lgan infratuzilmasini yaratishi va uni sozlab turishi talab etilmaydi, bunda unga
faqatgina internet-vitrina ya’ni web-sayt kerak bo’ladi xolos. Bunda tayyor internet-magazin moduli o’z tarkibiga yagona platforma sifatida to’liv tizimini, vitrinani, korzinani va boshqa bir qancha servislarni qamrab oladi.
4. Zakaz bilan qilinadigan unikal internet-magazini tashkil qilish – Bu eng murakkab, qiyin va qimmat usul hisoblanadi, chunki bu xolda elektron savdo tizimini noldan boshlab ishab chiqish, uni tekshirish, testlashtirish va ishga
tushurush talab etiladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan internet magazinlari biznes-modellari orasida eng
muvavvaqiyatlilari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
 Xamkorlik asosida tashkil etiladigan internet-magazinlarmodelida(Affiliate Model) da tadbirkor yaxshigina trafikka ega bo’lgan saytga ega bo’ladi va u front-ofis xizmatini bajarib, xamkor-kompaniyaning elektron mini vitrinasi vazifasini amalga oshiradi. Bunda internet-magazin o’z mahsulotlariga ham, omborlariga ham, yetkasib berish hizmatlriga ham ega bo’lmaydi. Ko’pincha kichik internet-magazinlar kattalari bilan hamkorlik dasturini tuzib, konversiya uchun pul oladilar, ya’ni, hamkorlik saytidan kelganlarning haridlaridan foyda oladilar. Bunda komission to’lov ko’pincha 5-15% atrofida bo’ladi. Bunday model yirik onlayn-riteylerlarga ham oydali, chunki bu ularga umumiy daromadning 10 -15% ni keltirishi mukin.
 Dropshipping modeli –mahsulotlarni sotuvchidan haridorga to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berishga asoslangan. Bu model o’z omborlarig a ega bo’lmagan internet magazinlar uchun juda qulaydir. Hozirgi paytga yirik riteylerlar (masalan, OZON ga o’xshash) shaxsiy infratuzilma sifatida o’zlarining yagona logistik tarmoqlarini, yetkazib berish markazlarini va o’z to’lov tizimlarini ham yaratmoqdalar. Masalan, eBay tizimi PayPal to’lov tizimiga ega, Alibaba kompaniyasi esa Alipay to’lov tizimi va B2B, C2Chamda B2C bozorlarida ishlash uchun mo’ljallangan servislarga ega.
Kompaniya uchun qandaydir biznes-modelni tanlaganda uning samaradorligini
chamalash kerak hamda sotuvlar ko’payishi bilan uning mashtablashtirish imkoniyatlarini borligini nazarda tutish lozim.

Download 58.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling