# Adoq-adoq yurisin,
Tikan shunga kirmasin,
Ko`zi qattiq bandalar,
Ko`zi shunga tegmasin.
Bu badiha bolalar folklorining qaysi janriga mansub va u qachon aytiladi?
+ masxaralamalarga, bolalar bir-biridan arazlashganda;
- alla janriga, 2-3 oylik go`daklarga ko`z tegmasligi uchun aytiladi;
- aytim-olqishlarga, 7-9 oylik chaqaloq ilk bor qadam tashlaganida;
- sanamalarga, kichkintoylarning o`yin jarayonlarida.
# Aytim-olqishlar, erkalama va ovutmachoqlar qanday ehtiyojlar natijasida paydo bo`lgan? To`g`ri javobni aniqlang?
+ go`daklarga birinchi marta kiyim kiydirish, sochini olish, qadam tashlashi munosabati bilan, go`daklarni ilk bor beshikka solish, cho`miltirish kabi turli marosimlarni o`tkazish ehtiyojidan
- chaqaloqlardan charchaganda hamda tinchlantirish zarurati bilan;
- chaqaloqlar va beshik yoshidagi bolalarni o’ynatish maqsadida;
- go`daklarni ilk bor beshikka solish, cho`miltirishda.
# "Ha, do`rsa-do`rsa", "Ho`-ba, ho`-ba", "Ha, kishta-kishta-kishta" singari taqlidiy va so`qma so`zlar tizimidan iborat an`anaviy qolipga aylangan satrlar bilan boshlanuvchi badihalar bolalar folklorining qaysi janriga mansub va u necha yoshli bolalarga mo`ljallangan?
+ erkalama va ovutmachoq, faqat 2-3 yashar bolalarga;
- sanama janriga mansub, faqat 5-9 yoshli bolalarga mo`ljallangan;
- topishmoq, 6-12 yoshli bolalar uchun;
- taqvimiy qo`shiq, 2-7 yoshli bolalar uchun.
# "Boychechak" va "Yo ramazon" qo`shiqlarining janri to`g`ri qayd etilgan javobni aniqlang?
+ taqvim qo`shiqlari;
- qiziqmachoqlar;
- qaytarmachoqlar;
- sanamalar;
# "Oftob chiqdi olamga, Yugurib bordim xolamga." Bunday badihalar bolalar folklorining qaysijanriga mansub va ularning paydo bo`lishida qanaqa e`tiqod asos bo`lgan?
+ qiziqmachoq janri, quyoshga sig`inish, totemistik e`tiqod;
- janri noma`lum, hech qanday e`tiqod asari yo`q, bolalarning o`zlari shunchaki ijro etishgan;
- yalinchoqlar janriga daxldor, ajdodlarimizning quyoshga sig`inishidan iborat qadimiy animistik e`tiqodi izlari bor;
- hukmlagichlarga oid, xursandlik e`tiqodi.
# Bolalar o`yin folklorining o`z xususiyatlariga ko`ra guruhlanishi qaysi variantda to`g`ri aks etgan?
+ harakatli o`yinlar, ma`naviy (so`z) o`yinlar;
- qo`shiqli o`yinlar va ijroli o`yinlar;
- harakatli o`yinlar va predmetli o`yinlar;
- tez aytish va topishmoqdan iborat o`yinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |