§ Buxoro xonligida harbiy ish Xonlik qo‘shinining tuzilishi


Download 29.84 Kb.
bet1/4
Sana19.02.2023
Hajmi29.84 Kb.
#1215042
  1   2   3   4
Bog'liq
buxoro xonligida xarbiy ish



§ Buxoro xonligida harbiy ish
Xonlik qo‘shinining tuzilishi

Qo‘shin tarkibi

Asosan, otliq va piyoda askarlardan iborat edi.

Qo’shin tuzilishiga ko‘ra

Qalb, o‘ng va chap qanot, manglay (avangard), ilg'or, manglay qorovul, tug‘chi, hirovul kabi qismlarga bo'lingan.

Qalb

Qo‘shinning asosini o‘ng qanot (barong’or) va chap qanot (Javong'or), hamda hirovul (orqa qism) bo‘linmalaridan iborat qalb, ya’ni markaziy qism tashkil etgan.

Katta va kichik g'ullar

Maxsus qism bo'lib, Oliy bosh qo‘mondon (xon) va sarkardalarni himoya qilgan.

Chanoh

Qo‘shinning o‘ng va chap qanotlarini qo‘riqlovchi maxsus qism edi.

Tug'chi

Davlat bayrog‘ini qo‘riqlagan.

Zabongiri

Dushman tomonidan asir olib keluvchi

Xabargiri

Razvedka

Borgoh

Harbiy harakat vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun maxsus rasmiy qabul marosimi o‘tkazadigan joy

Maxsus choparlik xizmati

Oliy bosh qo‘mondonning buyruq va ko'rsatmalarini sarkardalarga yetkazib turardi

Ilg‘or

Qo‘shin harbiy yurish boshlagan vaqtda qalb (Markaziy) oldida ilg‘or deb ataluvchi qism borgan. Uning vazifasi yo‘lning xavfsizligini, pistirma qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini aniqlash edi.

Manglay (avangard)

Ilg‘ordan so‘ng manglay (avangard) borgan. Unga qalbni dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash yuklatilgan.

Qo‘shinning boshqarilishi, harbiy mansablar

Tavochi

Harbiy askarlarni to‘plash, ularni harbiy yurishga tayyorlash masalasi bilan shug‘ullangan va qo‘shinning moddiy ta’minoti uchun ham mas’ul bo‘lgan

Jevachi

Qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash masalasi bilan shug‘ullangan.

Yasovul

Oliy bosh qo‘mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlarini bajargan

Qurchi

Xonni qo‘riqlangan

Yalovbardor

Davlat bayrog‘ini ko‘tarib borgan

Qo‘rxona boshlig'i

Harbiy qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan,

Qurol-yarog’lar

Qo’shinda qurollanish

O'q va yoy, nayza, bolta, qilich, qalqon, cho‘qmor kabi qurollar bilan qurollantirilgan.

Asosiy qurol

O‘q va yoy

Sadoq

Yoy (kamon) o‘qi joylashtirib qo‘yiladigan moslama

Sovut va dubulg'a

Askarning o’zini o‘zi himoya qila olishida muhim rol o‘ynagan.

To’fandoz

To‘fang (miltiq) bilan qurollantirilgan guruh. Qo‘shinda to‘fangni doimiy ravishda qo‘llash XVI asrning o‘rtalaridan boshlandi.

Kejirn

Harbiy yurish chog‘larida otlarni o'qlardan himoya qilish uchun otlar ustiga maxsus yopinchiq. Bunday yopinchiq Yevropadan bam olib kelingan

Naftandoz (a) manjanaq (b)

a-Harbiy harakatlarda (neftni yondirib otuvchi) va b-tosh otuvchi qurollar, asosan, shahar yoki qal’alarni qamal qilishda, shuningdek, dushman qo‘shinining safini to‘zg‘itib yuborishda qo‘llanilgan


1. Quyidagi voqealarni ular sodir bo’lgan yillar bilan moslashtiring.
1) Rossiya tomonidan Kushka shahri egallandi
2) Stolipin otib o’ldirildi
3) “Berlin traktati” nomli hujjat qabul qilindi
4) Xiva xonligi vassal davlatga aylantirildi
a) 1911-yil b) 1878-yil c) 1873-yil
d) 1885-yil
A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
2. Quyidagi tarixiy voqealarni sodir bo’lgan yillariga qarab ketma-ket joylashtiring.
1. Yaponiya harbiy floti urush e’lon qilmay turib, Port-Arturdagi Rossiya harbiy dengiz kuchlariga hujum qildi
2. Har qanday sharoitda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlash to’g’risidagi Yaponiya -Buyuk Britaniya bitimi imzolandi
3. Yaponlar Susima yonida rus flotini yakson qilishdi
4. Rossiya Koreyani Yaponiya ta’sir doirasi deb tan oldi
A) 1,2,3,4 B) 4,3,2,1 C) 1,3,4,2 D) 2,1,3,4
3. Boshqalariga nisbatan keyinroq sodir bo’lgan voqeani aniqlang.
A) Argentina Sotsialistik partiyasi tuzildi
B) Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyo to’la bo’ysundirildi
C) Pedru II taxtdan voz kechib, Britaniya kemasida Portugaliyaga jo‘nab ketdi
D) Braziliyada yangi konstitutsiya qabul qilindi
4. Meksikada Emiliano Sapata tomonidan e’lon qilingan agrar dasturga quyidagilarning qaysi biri muvofiq emas?
A) hindulardan tortib olingan yerlarni ularga qaytarib berish
B) hindularga qaytarib berilgan yerlardan qolgan barcha yerlarni musodara qilish
C) musodara qilingan yerlarni yersiz dehqonlarga bo‘lib berish
D) yirik zamindorlarga qarashli yerlarni haq tolash evaziga sotib olib, davlat mulkini vujudga keltirish

Download 29.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling