” Fakulteti “ ” Fanidan esse mavzu


-jadval Qishloq xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari


Download 306.29 Kb.
bet2/4
Sana14.01.2023
Hajmi306.29 Kb.
#1093558
1   2   3   4
Bog'liq
Agrar siyosat va qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish

1-jadval
Qishloq xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022 Q3

Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekin maydoni, ming gektar

3694,2

3706,7

3474,5

3396,0

3309,4

3396,1

3260,7

x

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti, mlrd. so`m

99604,6

115599,2

148199,3

187425,6

216283,1

250250,6

303415,5

240233,1

dehqonchilik

55429,2

61755,1

83303,4

98406,4

111904,8

123858,8

152130,4

121749,5

chorvachilik

44175,4

53844,1

64895,9

89019,2

104378,3

126391,8

151285,1

118483,6

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur'ati, o‘tgan yilga nisbatan foizda

106,1

106,3

101,0

100,2

103,3

102,7

103,9

103,5

dehqonchilik

105,5

105,7

98,2

95,8

104,8

103,2

104,3

103,0

chorvachilik

106,9

107,0

104,1

105,7

101,6

102,1

103,5

104,1

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statiktika qo’mitasi ma’lumoti asosida muallif tomonidan tuzilgan. https://www.stat.uz/
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishlari, ahamiyati hamda mazmunini yoritishda hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning asarlariga asoslanish, mamlakatimizda 2020-2021-yillarga mo’ljallab qabul qilingan “Inqirozga qarshi choralar dasturi”3 va Davlat dasturlaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari mazkur ishimizda qishloq xo‘jaligida investitsiya jalb qilishning mazmun va mohiyatini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, fermerlar uyushmasi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi alohida korxonalar ma'lumotlaridan foydalanib yoritishga e’tibor berildi.4
2-jadval
Qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari
(o‘tgan yilga nisbatan foizda)

Ko‘rsatkichlar

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022 Q3

Jami - Barcha toifadagi xo‘jaliklar

106,1

106,3

101,0

100,2

103,3

102,7

103,9

103,5

fermer
xo‘jaliklari

103,5

102,5

92,5

93,1

110,5

105,6

106,2

105,2

dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari

107,4

108,2

104,5

102,3

99,2

100,5

101,5

101,7

qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

105,7

101,1

104,8

125,7

140,4

121,5

126,2

126,9

Dehqonchilik mahsulotlari - Barcha toifadagi xo‘jaliklar

105,5

105,7

98,2

95,8

104,8

103,2

104,3

103,0

Chorvachilik mahsulotlari - Barcha toifadagi xo‘jaliklar

106,9

107,0

104,1

105,7

101,6

102,1

103,5

104,1

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statiktika qo’mitasi ma’lumoti asosida muallif tomonidan tuzilgan. https://www.stat.uz/

Bugungi kunda mamlakatimizning rivojlanishiga asosiy hissasini qo’shayotgan qishloq xo’jaligi sohasida ham investitsion usullarni jalb qilish va bunday boshqaruv usullarini ishlab chiqish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Demak, qishloq xo’jaligida investitsiyani jalb etish va boshqarish usullari borasida ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqo’llar alohida ahamiyatga ega. Shu ma’noda mazkur kurs ishimizda yoritilishi zarur bo’lgan masalalar dolzarblikka ega mavzulardandir.


Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati:
Agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va aholi turmush farovonligini oshirish imkonini beradi. Buning uchun agrar sohaga jalb qilinadigan investitsiyalami moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi.5
Mamlakatimizdagi va chet ellik iqtisodchi olimlar tomonidan agrar sohani investitsiyalash samaradorligini oshirish masalalari tadqiq qilingan. Agrar sohadagi investitsiyalami moliyalashtirish va kreditlash mexanizmining ayrim nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi olimlarimizdan A.Avliyaqulov, A.Boymuratov, A.Vahabov, D.G‘ozibekov, S.Umarov, E.Shodmonovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq qilingan.
A.Vahobov ilmiy tadqiqo’llariga asoslangan holda, agrar sohani investitsiyalash jarayoni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi shart degan xulosaga kelgan.
E.Shodmonov esa, qishloq xo’jaligi korxonalari moliyaviy holatining beqarorligi, investitsion xarajatlami moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi sharoitida lizing asosida investitsiyalami moliyalashtirish amaliyotini kuchaytirish maqsadga muvofiqligini asoslab bergan.6
Xorijlik iqtisodchi olimlardan A.Yemelyanov agrar sohaga sarflangan investitsiyalar samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida baholar o‘rtasidagi nomutanosiblikni ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra, qishloq xo’ljalik mahsulotlari baholarining o‘sish sur’ati agrar soha ehtiyojlari uchun zamr bo'lgan resurslar baholarining o‘sish sur’atidan sezilarli orqada qolayotganligi investitsiyalash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lami jamg‘arish imkonini bermayapti.
Investitsiyalami shakilantirishda chetdan jalb qilinadigan mablag’larga quyidagilar kiradi:

  • qishloq xo’jaligi uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar;

  • tijorat banklaridan olinadigan kreditlar;

  • hamkorlardan olinadigan mablag’lar;

  • qimmatli qog'ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy korxonalar hamda fuqarolarning bo‘sh turgan mablag’lari;

  • xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan mablag’lar va boshqalar.7

Chetdan jalb qilingan mablag’lar orasida bank kreditlari alohida o‘rin tutadi. Ular ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan qat'i nazar, alohida korxonalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda investitsiyalami amalga oshirishga imkon beradi.
Bank kreditlari korxona o‘z mablag‘larining investitsiya uchun kerakli miqdorini yig‘masdan turib investitsiya jarayonini tezlashtiradi. Kreditlar investitsiya manbai sifatida nafaqat kapital qurilishda, balki yangi texnikani joriy qilishda ham ishlatiladi.
Investitsiyalarning asosiy vazifasi tarmoq mahsulotini ko'paytirish va ishlab chiqarish samaradorligining o‘sish sur'atlari tezlashtirilishini ta’minlashdir. Yuqori rentabelli korxonalar ishlab chiqarish vositalarini yangilash maqsadida kapital qo'yilmalami amalga oshirishda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, investitsiya qilishda korxona imkoni boricha o‘z mablag‘laridan foydalanishi ikkita ustunlikka olib keladi: korxonada tashqi qarzlar mavjud bo‘lmaydi (olingan kreditlar bo‘yicha foiz, ijara haqi va hokazo), shuningdek, korxonani boshqarishda mustahlcam pozitsiyani shakllantiradi.

Download 306.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling