” fakulteti Ro’yxatga olindi


Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana


Download 155.83 Kb.
bet2/37
Sana08.01.2022
Hajmi155.83 Kb.
#254899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Курс иши Корхоналарда инқироз сабаблари Икромов Азамат

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana

____” _______201 y.







Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana

____” _______201 y.



Kurs ishi himoya qilingan sana

____” _______201 y.


Baho “_____” _________



___________

(imzo)

___________

(imzo)

Komissiya a’zolari:

__________________

O’qituvchining F.I.Sh.

_________________

O’qituvchining F.I.Sh.




TOSHKENT – 2020

MUNDARIJA

Kirish 3

1. Inqirozga qarshi boshqaruvning mohiyati va zarurati 5

2. Inqiroz turlari va bosqichlari 12

3. Kotporatsiyalarda iqtisodiy va moliyaviy inqiroz sabablari 16

4. Korxonalarda inqirozga olib keluvchi sabablar 24

5. Inqirozga uchrayotgan korxonalara moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturini ishlab chiqish jarayoni 34

Xulosa va takliflar 40

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 42



KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek “Islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko’rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so’zsiz oshirish. Tarmoqlar bo’yicha tannarx o’rtacha 10 foizga qisqartirilgan bo’lsa-da, kimyo va yengil sanoat, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa bir qator tarmoqlarning ayrim mahsulotlari qimmatligi sababli tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’la olmayapti. Ayrim korxonalar zarar bilan ishlamoqda.”1 deb ta’kidlaganlar. Shuningdek, 2017 yil 7 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning PF-4947 sonli farmoni bilan2 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu xarakat strategiyaning uchinchi ustivor yo’nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari”da: tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bandida respublikamizda kelgusida milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirishning ustuvor vazifalari belgilab berildi. Shu sababli, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda tejamkorlik tizimini joriy etish, investisiyalarning samaradorligini ta’minlash, korxonalarning raqobat mavqeini mustahkamlash va mahsulotning raqobatdoshligini oshirish, asosiy vositalarni yangilash va ulardan samarali foydalanish, texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishda samaradorlikni ta’minlash va boshqa vazifalarni amalga oshirishga tobora ko’proq ehtiyoj sezilayotganligi ma’lum bo’lmoqda.

Bozor iqtisodiyotini mulkchilikning turli xil shakllariga asoslanganligi ishlab chiqarishga yangi texnika-texnologiyalarning jalb qilinishiga imkon yaratadi, bu esa, mahsulotlar taklifining ko‘payishi hisobiga bozordagi narxlarning pasayishiga olib keladi hamda bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi. Natijada bozor ishtirokchilari faoliyatida bankrotlik jarayonlari faollashadi.

Inqirozdan chiqish va inqirozdan keyin iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish jarayoni uzoq davomli va o‘ta murakkab bo‘lishi mumkin». Shuningdek, korxonalarda inqirozga qarshi samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish tamoyillari, prinsiplari va tashkiliy tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy asoslar yetarli emasligi monografiyaning dolzarbligini belgilaydi.

Inqirozga qarshi boshqaruv mexanizmini yaratish sohasida dunyoning taniqli olimlari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Mazkur tadqiqot yo‘nalishining inqirozga qarshi boshqaruv, investitsiyalarni jalb etish va boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishning nazariy va amaliy muammolarini o‘rganish xorijlik olimlar diqqat-e’tiborida bo‘lmoqda.
Respublikada ham, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarishni rivojlantirish, iqtisodiy nochorlikni tahlil etish, bankrotlikni bartaraf etish mexanizmlarining ayrim jihatlari iqtisodchi olimlardan I.T.Abdukarimov, YO.Abdullaev, M.K.Azimov, A.SH.Bekmurodov, A.V.Vahobov, N.X.Jumaev, SH.N.Zaynutdinov, N.Q.Yo‘ldoshev, N.M.Mahmudov, M.Q.Pardaev, D.N.Raximova, B.YU.Xodiev, S.S.G‘ulomov, E.A.Hoshimov3 va boshqalarning ilmiy asarlarida o‘z aksini topgan.

Mazkur tadqiqot qamrovini o‘z ichiga olgan boshqaruvning iqtisodiy mexanizmi, global inqirozning konyunkturaviy jihatlari, bankrotlik va sanatsiyaning institutsional xususiyatlari, sanoat korxonalarida riskni boshqarish va ularning amal qilish mexanizmiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari A.Q.Abdullaev, M.S.Ashurov, S.X.Komilov, O.SH.Mamanazarov, B.I.Salimova, N.S.Xasanovlar4 tomonidan tadqiq etilgan. Biroq, korxonalarda boshqaruvning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, bankrotlik va sanatsiyaning amal qilish mexanizmi va institutsional xususiyatlari, global inqirozning konyunkturaviy jihatlari hamda sanoat korxonalarida riskni boshqarishning tashkiliy-uslubiy tomonlari yoritilgan bo‘lsa-da ularda, korxona miqyosidagi iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmagan.

Sanoat korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish va iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish, davlat tomonidan iqtisodiy nochor va zarar ko‘rib ishlovchi sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash inqiroz xatarining kamayishi hamda sog‘lomlashtirish jarayoni tezlashuviga olib keladi. Inqirozga olib kelayotgan tashqi va ichki omillarni hisobga olgan holda, ekspert baholashning reyting tizimining amaliyotda qo‘llanilishi inqiroz holatini baholashda aniqlikni oshirishga xizmat qiladi.

Monografiyada ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan korxonalarining inqirozga qarshi boshqaruvi, ularda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun investitsion muhit yaratish, inqirozga qarshi boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash, moliyaviy barqaror korxonalar inqirozli vaziyatlarga tushib qolmasligi uchun qo‘llanuvchi tadbirlar tizimi ishlab chiqilishi hamda inqirozga qarshi boshqaruv mexanizmining nazariy va amaliy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganilishida foydalanish mumkin. Natijada ishlab chiqarish korxonalarini moliyaviy barqarorlashtirish, yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bilan bozordagi raqobat muhitini mukammallashtirish va sog‘lomlashtirish davlatning eksport imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, olib borilgan tadqiqotlar natijasida monografiyada ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan ilmiy yangiliklar korxonalarda iqtisodiy inqirozga qarshi tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.




  1. Download 155.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling