” fakulteti “simsiz tarmoqlar


D-AMPS nomini (Digital – ingl. ―raqamli‖ old qo‘shimchasi bilan) ѐki IS-54


Download 0.7 Mb.
bet6/7
Sana07.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1246996
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
simsiz tarmoqlar amaliy 1

D-AMPS nomini (Digital – ingl. ―raqamli‖ old qo‘shimchasi bilan) ѐki IS-54 belgisini oldi. Standartning amalda ishlatilishi 1993 yilda boshlandi.
Yevropada ham ko‘plab bir-biriga mos bo‘lmagan analog standartlarning mavjudligi tufayli ahvol qiyinlashdi. Bu yerda vaziyatdan chiqishning yagona yechimi umumiy Yevropa standarti - GSM (GSM-900, 900MGs diapazoni) ning ishlab chiqilishi bo‘ldi. Standart ustida ishlar 1982 yili boshlandi va 1987 yilga kelib, standartning barcha asosiy xarakteristikalari aniqlab olindi
1988 yilda esa standartning asosiy hujjatlari qabul qilindi. GSM-900 ning amalda qo‘llanilishi 1991 yildan boshlandi.
Texnik xarakteristikalari bo‘yicha D-AMPS tizimiga o‘xshash raqamli standartning yana bir turi Yaponiyada 1993 yilda yaratildi. Dastlab u JDC (ingl. Japan Digital Cellular - ―Yaponiya raqamli sotali aloqasi) nomi bilan, keyinchalik, 1994 yildan boshlab esa PDC (ingl. Personal Digital Cellular - ―Personal raqamli sotali aloqa‖) nomi bilan tanildi (2.2-jadvalga qarang).

Mobil aloqa raqamli tizimlarining rivojlanishi bu bilan to‘xtab qolgani yo‘q. D-AMPS standarti kanallarni boshqarishning yangi usullari yaratilishi hisobiga yanada takomillashib bordi. Gap shundaki, IS-54ning raqamli versiyasi analog AMPS standartining kanallarni boshqarish tuzilmasini o‘zida saqlab qolgan, bu esa, o‘z navbatida, tizimning imkoniyatlarini cheklab qo‘yar edi. Raqamli kanallarni boshqarishning yangi usuli standartning IS-136 versiyasida (standartning tijorat nomlanishi - TDMA) kiritildi. Ushbu versiya 1994 yilda ishlab chiqildi va 1996 yildan boshlab ishlatila boshladi. Bunda TDMA standartining AMPS/D-AMPS standartlari bilan moslashuvi saqlab qolindi, ammo boshqarish kanali sig‘imi oshirildi hamda tizimning funksional imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi.


GSM standarti texnik takomillashtirishni davom ettirib, (ketma-ket kiritilgan 1, 2 va 2+ fazalar) 1989 yilda yangi 1800MGs chastota diapazonini o‘zlashtira boshladi. GSM-1800 tizimining avvalgi GSM-900 tizimidan farqi ko‘proq texnik jihatdan emas, balki texnik yechimlar asosidagi marketing yutuqlaridan iborat edi, ya’ni kichik o‘lchamli yacheykalar (sotalar) bilan birgalikda, kengroq diapazondagi ishchi chastotalar polosasida ishlash natijasida anchagina katta sig‘imli sotali tarmoqlar qurish imkoniyatini berdi. Nisbatan ixcham (kompakt), yengil, qulay va arzon abonent terminallarini ishlab chiqish natijasida mobil aloqa tizimidan foydalanish ommaviy tus olishiga erishildi. GSM-1800 standarti (asosan GSM-900 standartiga qo‘shimchalar ko‘rinishda) 1990-91 yillarda Yevropada ishlab chiqildi va
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling