' G. P. Xomchenko, I. G. Xomchenko


Xlor  yer  po'stlog'i  massasining  0,05%  ini  tashkil  etadi


Download 6.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/81
Sana15.12.2017
Hajmi6.95 Mb.
#22307
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81

Xlor  yer  po'stlog'i  massasining  0,05%  ini  tashkil  etadi.

Olinishi. 

L a b o r a t o r i y a   s h a r o i t i d a   xlor xlorid kislotaga 

marganes  (IV)  oksid  ta’sir  ettirish  yo ‘li  bilan  olinadi.  Reaksiya 

qizdirilganda boradi:

4 H C I + M n 0 2= C l 2+ M n C l 2+ 2 H 20

Bu  oksidlanish-qaytarilish  jarayonidir.  HCI,  aniqrog'i  xlorid- 

ion  СГ  —  qaytaruvchi;  M n 0

2

  —  oksidlovchi.  Tenglamani  tuzish 

usuli  7.3-§  da ko‘rib  chiqilgan.

Oksidlovchi  MnO, o ‘miga kaliy permanganat K M n 0

4

 ishlatish 

ham  mumkin.  Bu  holda  reaksiya  odatdagi  temperaturada,  ya’ni 

qizdirilmasa ham boradi:

1 6 H C l + 2 K M n O   = 5 C L + 2 M n C l , + 2 K C l + 8 H , 0







2

2 С Г - 2 Ғ  =  C l 2 

5

+7 

+2

M n +  

5e  = 

M n  

2

Sanoatda  xlor  natriy  xloridning  konsentrlangan  eritmasini 

elektroliz  qilish  yo‘li  bilan  olinadi.  Xlor  anodda  ajralib  chiqadi. 

Bunda vodorod (katodda ajralib chiqadi) va natriy gidroksid (eritmada 

qoladi)  ham  hosil  bo'ladi.

Suyuqlikka  aylantirilgan  xlor  (xona  temperaturasida  600  kPa 

bosim da  suyuqlikka  aylanadi)  p o ia t  ballonlarda  saqlanadi  va 

ishlatilish joyiga shu  holda tashiladi.

Fizik xossalari. 

Xlor — sarg'ish-yashil  rangli o'tkir hidli  zaharli 

gaz.  Havodan  2,5  marta og'ir.  20  °C da  1  hajm suvda 2,3  hajm  xlor 

eriydi.

Xlorning  suvdagi  eritmasi  xlorli  suv  deyiladi.  Xlor  organik 

erituvchilarda  yaxshi  eriydi.

Xlor  nafas  yo'llarini  yallig'lantiradi,  ko'p  miqdorda  xlor  bilan 

nafas  olib  bo'g'ilish  o'limga  olib  kelishi  mumkin.

Tabiiy xlor tarkibida ikkita izotop 

,75C1 

(75,4%) va  j^Cl  (24,6%) 

bo'ladi.

Kimyoviy  xossalari. 

Xlor  molekulasi  ikki  atom dan  tarkib 

topgan,  unda  bog'lanish  qutbsiz  kovalent.

: C i :  Ci  :  yoki  C l 2

Xlor metallar bilan o'zaro ta’sirlashganda kuchli oksidlovchilik 

xossalarini  namoyon  qiladi.  Bunda  metall  atomlari  elektronlarini 

beradi,  xlor  molekulalari  esa  ularni  biriktirib  oladi.  Masalan:

С и - 2 ё   =  С 1 2+ 

1 

C lj 

+ 2ё  =

  2 С Г  

1

C u + C l 2= C u C l 2

Xlor  ko'pchilik  metallmaslar  bilan  ham  reaksiyaga  kirishadi. 

Masalan:

2 P + 3 C 1   = 2 P C 1 3

2 P + 5 C 1 2= 2 P C L

Xlor vodorod  bilan o'ziga xos  reaksiyaga kirishadi.  Qorong‘ida 

xlor  bilan  vodorod  aralashtirilsa,  reaksiyaga  kirishmaydi.  Lekin 

kuchli  yoritilganda  reaksiya juda  tez,  portlash  bilan  sodir  bo'ladi:

C12+ H 2= 2 H C 1

Tekshirishlar  ko'rsatishicha,  bu  reaksiya  haqiqatda  ancha 

murakkab  ketadi.  Cl,  molekulasi  yorug'lik  kvanitini  hv  yutadi  va 

atomlarga  ajraladi  (anorganik  radikallar  СГ)  (l6 .3 -§   ga  ham  q.). 

Bu  reaksiyani  boshlab  beradi  (reaksiyaning  dastlabki  qo'zg'alishi). 

So'ngra  u  o'z-o'zidan  ketadi.  Xlor  Cl  va  atom-radikallaridan  har 

biri  vodorod  molekulasi  bilan  reaksiyaga  kirishadi.  Bunda  Н'  va 

HCI  hosil  bo'ladi.  Vodorodning  atom  radikali  Н'  o ‘z  navbatida

Cl,  molekulasi  bilan  reaksiyaga  kirishib,  HCI  hamda  СГ  hosil 

qiladi va  h.  Buni  sxema tarzida yaqqol  tasvirlash  mumkin:

С12+/7


у

= С Г + С Г



C 1 + H 2= H C 1 + H  

H + C l   = Н С 1 + С Г   v a h .

Dastlabki  qo'zg'atish  ketma-ket  sodir  bo'ladigan  reaksiyalar 

zanjirini  vujudga  keltirdi.  Bunday  reaksiyalar  zanjir  reaksiyalar 

deyiladi.  Xlorning vodorod bilan zanjir reaksiyasi  oqibatida vodorod 

xlorid  olinadi.

N . N .

Semyonov  zanjir  reaksiyalar juda  tarqalganligini  va  erkin 

atomlar  yoki  atom  gruppalari  —  radikallar  hosil  bo'lib,  keyin 

ular  o'zaro  reaksiyaga  kirishishini  aniqladi.  Bunday  reaksiyalar 

ko'pchilik  m uhim   kim yoviy  jarayonlarda  (yonish,  portlash, 

polimerlanish jarayonlari  va  b.)  katta  rol  o'ynaydi.

Agar,  masalan,  Kipp  apparatidan chiqayotgan vodorodoqim i 

o't oldirilsa va u xlorli  bankaga tushirilsa,  bunda vodorod  havorang 

alanga berib  yonib,  vodorod  xlorid  hosil  qiladi.

Xlor organik birikmalardan vodorodni tortib oladi,  uglerod esa 

erkin  holda  qoladi. Shu  sababli  skipidar,  parafin  kabi  moddalar 

xlorda yonadi va ko‘p miqdorda qurum hamda vodorod xlorid hosil 

qiladi.

Xlor  to'yingan  uglevodorodlardagi  vodorodning  o ‘m ini  oladi 

va to'yinmagan uglevodorodlarga birikadi:

C H 4+ C 1 = C H 3C1+HC1

C 2H 4+ C 1 = C 2H 4C12

U brom bilan yodni vodorodli hamda metallar bilan hosil qilgan 

birikmalaridan  siqib  chiqaradi:

C l2+ 2 K B r = 2 K C l + B r 2

Xlor suv bilan reaksiyaga kirishib,  ikkita kislota — xlorid (kuchli 

kislota)  va  gipoxlorid  (kuchsiz  kislota)  kislotalar  hosil  qiladi. 

Reaksiya qaytar:

C12+ H 20   *=*  H C 1 + H C 1 0

ionli  ko‘rinishda:

C12+ H 20   <=*  Н ++ С Г + Н С 1 0

Gipoxlorid  kislota juda  beqaror.Qizdirilganda  yoki  yorug'lik- 

ka qo‘yilganda u xlorid kislota bilan kislorodga ajraladi:

2 H C 1 0 = 2 H C I + 0 2

Gipoxlorid  kislota—  kuchli  oksidlovchi.Xloming  namlik(suv) 

ishtirokida  oqartirish  xossasi  borligi  ana  shu  kislota  hosil  bo'lishi 

bilan  tushuntiriladi.  Quruq  xlor  oqartiruvchi  bo'lmaydi.

Xlor  kislorod,  azot  va  ko'm ir  bilan  bevosita  reaksiyaga 

kirishmaydi  (ulaming birikmalari bilvosita yo'l bilan olinadi).  Namlik 

yo'g'ida  xlor  temir  bilan  reaksiyaga  kirishmaydi.  Bu  hoi  xlorni 

po'lat ballon va sistemalarda saqlashga imkon beradi.

Ishlatilishi. 

Xlor  ichim lik  suvini  zararsizlantirish  (suvni 

xlorlash),  gazlama va  qog'oz massalami  oqartirish  uchun  ishlatiladi. 

Uning  ko'p  qismi  xlorid  kislota,  xlorli  ohak,  shuningdek,  tarkibida 

xlor bo'ladigan  turli  xil  kimyoviy  birikmalar olish  uchun  sarflanadi.

8.7-  §.  Vodorod  xlorid  va  xlorid  kislota

Vodorod  xlorid  —  xloming  eng  muhim  birikmalaridan  biri. 

Bu o'tkir hidli rangsiz gaz.  U bilan  nafas olinganida nafas yo'llarini 

yallig'rantiradi va bo'g'adi.  Havodan  1,3  marta og'ir.  N am  havoda

«tutaydi»,  ya’ni  havodagi  suv bug'lari  bilan  birikib,  mayda  tuman 

tomchilarini  hosil qiladi.  0  °C  da  bir hajm suvda  500 hajmga yaqin 

vodorod  xlorid  eriydi.  Vodorod  xloridning  suvdagi  eritmasi  xlorid 

kislota deyiladi.

Laboratoriya  sharoitida  vodorod  xlorid  natriy  xloridni  kon- 

sentrlangan  sulfat  kislota  bilan  o ‘zaro  ta’sir ettirib  olinadi.  Bunda 

vodorod  xlorid  va  nordon  tuz  (natriy gidrosulfat)  hosil  bo'ladi:

N a C l + H 2S 0 4= H C l T + N a H S 0 4

Ilgari ko'rsatib o'tilganidek,  vodorod xloridni vodorodni xlorda 

yondirish  yo‘li  bilan  ham  olish  mumkin:

H,C1  =2H C1

S a n o a t d a   xlorid  kislota  olish usullari  ana shu  reaksiyalarga 

asoslangan.  NaCl  bilan  konsentrlangan  H ,S 0

4

  orasidagi  o'zaro 

ta’sir reaksiyasiga asoslangan usul  sulfailiusul deyiladi; vodorodning 

xlorda  yonish  reaksiyasiga  asoslangan  usul  sintetik usul  deyiladi.

Ikkala  holda  hamda  olingan  vodorod  xlorid  maxsus  yuttirish 

minoralarida suvga yuttiriladi.  Gaz suvda  ancha to'liq erishi uchun 

gaz bilan  suv bir-biriga qarama-qarshi  harakat  qiladi  (gaz  pastdan 

yuqoriga,  suv  yuqoridan  pastga).

Xlorid  kislota  —  rangsiz  suyuqlik.  Konsentrlangani  tarkibida 

37% gacha vodorod xlorid bo'ladi va nam havoda «tutaydi».  U  kuchli 

kislota bo'lgani uchun kislotalarning barcha xossalariga ega.  Ko'pchilik 

metallar,  asosli oksidlar,  asoslar va ba’zi  tuzlar hamda gazlar xlorid 

kislota bilan  reaksiyaga kirishadi.  Masalan:

Z n + 2 H C l = Z n C I 2+ H ,

C u 0 + 2 H C I = C u C l , + H , 0

A I ( 0 H ) , + 3 H C 1 = A I C 1 3+ 3 H , 0

A g N O , + H C l = A g C l 4 . + H N O ,

N H 3+ H C 1=N H ^CI

Xlorid  kislota  o'zining tuzlarini  (bariy xlorid,  rux xlorid  va  b.) 

olishda,  metallarni  dorilashda,  shuningdek,  oziq-ovqat  sanoatida 

va  tibbiyotda  ishlatiladi.  Undan  barcha  kimyo  laboratoriyalarida 

reagent sifatida foydalaniladi

Xlorid kislota gummirlangan, ya’ni  ichki yuzasiga kislotabardosh 

rezina  qoplangan  sisterna  va  bochkalarda,  shuningdek,  shisha  va 

polietilen  idishlarda saqlanadi  hamda tashiladi.

8.8 -  §.  Xlorid  kislotaning  tuzlari

Quyida xlorid kislotaning  eng muhim  tuzlari tavsiflab berilgan.

N a t r i y   x l o r i d   (boshqa  nomlari:  toshtuz,  osh  tuzi,  galit) 

NaCl  ovqatga  solinadi,  natriy  gidroksid,  xlor,  xlorid  kislota,  soda 

vab. olishda xomashyo sifatida ishlatiladi; oziq-ovqat mahsulotlarini 

konservalashda foydalaniladi.

K a l i y   x l o r i d   KC1  —  qimmatli  kaliyli  o'g'it.

R u x   x l o r i d   Z nC l

2

  dan  y o g ‘och n i  chirishdan  saqlash 

maqsadida  unga  shimdirish  uchun  foydalaniladi;  kavsharlashda 

metall sirtini h o‘llash uchun ishlatiladi  (bunda metall sirtidagi oksid 

parda yo'qoladi va kavshar metallga yaxshi yopishadi);  ZnCl

2

  ■ «H20  

tarkibli  kristallgidratlari  ma’lum.

B a r i y   x l o r i d   BaCl

2

  —  zaharli  modda,  qishloq  xo‘jaligi 

zararkunandalariga  (qand  lavlagi,  uzuntumshuq  qo'ng'izi,  o'tloq 

kapalagi  va b.)  qarshi  kurashda  ishlatiladi.

K a l s i y   x l o r i d   CaCl

2

 (suvsiz)  — gazlarni  quritishda  (bunda 

tuzning  kristallgidrati  CaCl

2

 • 6H 20   hosil  bo'ladi)  va  tibbiyotda 

keng ko‘lamda ishlatiladi.

Aluminiy  xlorid  A1C1

3

  (suvsiz)  ko'pincha  organik  sintezlarda 

katalizator sifatida  foydalaniladi.

S i m o b  

(II) 

xlorid,  boshqacha  aytganda  sulema  HgCl,  — 

kuchli  zahar;  bu  tuzning juda  suyultirilgan  eritmalari  kuchli  ta’sir 

etuvchi  dezinfeksiyalovchi  vosita  sifatida  ishlatiladi;  urug‘larni 

dorilashda,  terini oshlashda va organik sintezda ham foydalaniladi.

K u m u s h   x l o r i d   AgCl  —  kam eriydigan  tuz,  fotografiyada 

foydalaniladi.

Xlorid-ionga sifat reaksiya. 

Xlorid kislotaning ko'pchilik tuzlari 

suvda yaxshi  eriydi.  Amalda  erimaydiganlari  kumush  xlorid  AgCl, 

simob 

(I) 

xlorid  Hg

2

Cl

2

  va  mis 

(I) 

xlorid  CuCl.  Qo'rg'oshin 

(II) 

xlorid  PbCl

2

  kam  eriydi,  lekin  qaynoq  suvda  yaxshi  eriydi. 

Xloridlarning  bu  xossalaridan  sifat  analizida  foydalaniladi.

Kumush  nitrat  xlorid  kislota  va  uning  tuzlariga  r e a g e n t  

hisoblanadi,  aniqrog'i  kumush  ioni  —  xlorid  ionga  reagent.  Bu 

degan.so'z,  agar xlorid  kislotaga  yoki  tarkibida  xlorid-ion  СГ  bor 

tuz  eritmasiga  tarkibida  kumush  ioni  Ag+  bor  tuz  eritmasidan 

qo'shilsa,  kumush  xlorid  AgCl  ning  nitrat  kislotada  erimaydigan 

oq  suzmasimon  cho'kmasi  tushadi,  demakdir.  Ana  shu  alomatiga 

qarab eritmadan xlorid-ion borligi haqida xulosa chiqarish mumkin.

8.9 -  §.  Ftor,  brom  va  yod  haqida  qisqacha  ma’lumot

Ftor 

—  zaharli  och  yashil  gaz.  Uning  molekulasi  ikki  atomli  va 

qutbsiz  kovalent  bog'lanish  orqali  hosil  bo'lgan  (F,).  Ftor  suyuq- 

lantirilgan  birikmalarini  elektroliz  qilish  yo‘li  bilan  olinadi.  U  kuchli 

oksidlovchi,  hatto  ayrim  nodir gazlami  ham  oksidlaydi  (

8

.

1

-§ ga q.):

2F2+X e=X eF4



U  faqat geliy,  neon va argon bilangina bevosita kimyoviy reak­

siyaga kirishmaydi.

Ftorning  kimyoviy  aktivligini  shu  bilan  tushuntirish  mumkin- 

ki,  ftor  m olekulasini  parchalashga  yangi  bog'lanishlar  hosil 

bo'Iishida ajralib chiqadiganga qaraganda ancha  kam energiya talab 

qilinadi.  Masalan,  ftor  atomining  radiusi  kichik  bo'lganligi  tufayli 

ftor  molekulasidagi  bo'linmagan  elektron  juftlar  bir-birini  itaradi 

va  F—F bog'lanishni  (151  kJ/mol)  bo'shashtiradi.  Shu bilan birga, 

ftor  atomi  bilan  vodorod  atomi  orasidagi  bog'lanish  energiyasi 

kattadir  (565  kJ/mol).

Ftor polimer  materiallar  —  kimyoviy barqarorligi  yuqori  bo'l­

gan  ftoroplastlar  sintez  qilishda,  shuningdek,  raketa  yoqilg'isining 

oksidlovchisi  sifatida  ishlatiladi.  Ftorning  ayrim  birikmalaridan 

tibbiyotda foydalaniladi

Vodorod  ftorid  suvda  erib,  ftorid  kislota  H F  hosil  qiladi.  Bu 

kislotaning  o'ziga  xos  muhim  xususiyati  —  kremniy  (IV)  —  oksid 

bilan o'zaro ta’sirlasha olishidir;

S i0 ,+ 4 H F = S iF ,+ 2 H ,0







2

Shu sababli u shishani yemiradi va parafin,  kauchuk,  polietilen 

yoki  qo'rg'oshindan  yasalgan  idishlarda  saqlanadi.  Ftorid  kislota 

metall  quymalardan  qumni  yo'qotish  uchun  va  shishaga  ishlov 

berish  uchun  ishlatiladi.

Brom 

—  og'ir  qizil-qo'ng'ir  suyuqlik.  Brom  bug'lari  zaharli. 

Brom teriga tushganida qattiq kuydiradi.

Yod 

—  qora-gunafsha  qattiq  modda.  Qizdirilganda  gunafsha 

bug'lar hosil qiladi, ular sovitilganda yana kristallga aylanadi.  Yodning 

sublimatlanishi,  ya’ni  qattiq  moddaning  suyuq  holatga  o'tmay 

bug'lanishi  va  bug'lardan  kristallar hosil  bo'lishi  amalga  oshadi.

Brom  va  yod  molekulalari  qutbsiz,  kovalent  bog'lanishli,  ikki 

atomlidir:  Br

2

 va J2.  Suvda kam  eriydi,  bunda tegishlicha bromli va 

yodli suv (xlorli suvga o'xshash)  hosil bo'ladi.  Organik erituvchilarda

—  spirtda,  benzolda,  benzinda,  xloroformda  yaxshi  eriydi.

Bromda valent  elektronlar  5s25f^,  yodda  6s26p5.  Bundan  brom 

bilan  yod  kimyoviy  xossalari  jihatidan  xlorga  o'xshaydi,  degan 

xulosa kelib chiqadi,  faqat reaksiyaga kirishish xususiyati xlomikidan 

kamroq.  Ulaming reaksiyaga kirishish xususiyatining (aktivligining) 

taqqoslanishini  8.5-§  dan  q.

Brom  bilan  yod  —  kuchli  oksidlovchilar,  bu  xususiyatidan 

moddalarni turli xil  analiz va sintez qilishda  foydalaniladi.

Brom bilan yodning ko‘p  miqdorlari dori-darmon tayyorlashga 

sarflanadi.

8-BOBGA DOIR  TESTLAR VA  ULARNING YECHIMLARI

8.1. 

Massasi  (g)  qanday  bo'lgan  kaliy  bixromat  kristallariga 

konsentrlangan  xlorid  kislota  bilan  ta’sir  etilganda 

2 , 8

 

1

  (n.sh.) 

xlor  (reaksiya  unumi  0,95  ga  teng)  olish  mumkin?

A)  14,44  B)  13,74  C)  10,70  D )  11,86  E)  12,89

Yechish:  Moddalar  orasidagi  reaksiya  tenglamasi  quyidagicha 

bo'ladi:

К,Сг20 7+14НС1=2КС1+2СгС13+ЗС12+7Н20

2

Сг+б+

6

Ғ —> 

2

C r°

2

1

oksidlovchi

2СГ  - 2 F =   Cl

2

6

3

qaytaruvchi

Tenglama bo'yicha  1  mol  K ^ C r ^  dan  3  mol xlor hosil bo'ladi. 

Reaksiya  unumi  100  %  bo'lganda  miqdori  0,125  mol  xlor  olish 

uchun  0,125  :  3  =   0,0417  mol  tuz,  ya’ni  29 4-0,0417= 12,25  g 

oksidlovchi  olish  kerak.  Reaksiya  unumi  0,95  bo'lganda  uning 

massasi  ^ (К ^ С г ^   =12,25:0,95=12,89  g  bo'ladi.

Javob:  E  bo'ladi.

8.2. 

Og'ir  suvning  oddiy  suv  bilan  aralashmasining  o'rtacha 

nisbiy  molekular  massasi  18,4  ga  teng  bo'lsa,  shu  aralashmadagi 

har  bir  moddaning  massa  ulushlarini  (%)  hisoblang:

A)  78  va  22  B)  76  va  24  C)  24  va  76  D)  22  va  78  E)  20  va  80.

Yechish:  Ikkala  moddaning  mol  miqdorlar  yig'indisi  nx+ n = \  

bo'lib,  o'rtacha  molekular  massasining  qiymati 

18,4  har  bir 

kom poncntning  m ol  miqdorlari  orqali  ifodalangan  massalari 

yig'indisiga teng bo'ladi:

M=nlMl+n1M1  undagi  n = \ ~ n ]  bo'ladi,  shu  sababli  quyidagi 

tenglikka ega bo'lamiz:

18,4=л,  •  18+(1—л,)20,  bu  ifodadan  « ,=

0 , 8

  va  л

2

=

0 , 2

  ga  ega 

bo'lamiz.

Ularning  massalari  esa  m =  0,8  •  18=14,4  g va  m  =  0,2 • 20= 4 g 

bo'lib,  ularning  har  birining  massa  ulushlari

w, 

14,4

a>, =  -


/Я,  ■

  ,,.2


i

= l M = 0 ’78  yoki  78  % ;



nu,

2 

m,

-  jg^; =

0 , 2 2

  yoki 

2 2

  %  b o‘ladi. 

Javob:  A  bo'ladi.

0)-,=


" * l   ' 

" ‘ 2

8.3.

  Massasi  31, 5  g  bo'lgan  kalsiy  gidridning  suv  bilan 

reaksiyasi natijasida temperatura  27 °C va bosim  118  kPa bo'lganda 

hosil  bo'ladigan  vodorod  hajmini  (

1

)  hisoblang:

A)  30,2  B)  32,9  C)  31,7  D )  33,1  E)  35,0

Yechish.  Kimyoviy reaksiya tenglamasi quyidagicha bo'ladi:

CaH

2

+2H

2

0=C a(0H )

2

+2H

2

Mr  =   42.  Reaksiyada  qatnashgan  gidridning  miqdori  vodorod 

miqdori  л(СаН2)= 31,5  :  42+0,75  mol:  T =273  'С +27  °C=300  K, 

vodorod  miqdori  esa  topilgan  qiymatdan 

2

  marta  ko'p  bo'ladi, 

ya’ni  w(H

2

)= 0,75  • 2  = 1,5  mol.

Tajriba  sharoitida  uning  hajmini  K lapeyron-M endeleyev 

formulasidan  topamiz:

n R T

 

1,5  8, 31  300 

V = ------=  -- -----

1

---------   =31,7 

1


Download 6.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling