" Get" ntm kelajakka biz bilan!!!


Download 34 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi34 Kb.
#1397361
Bog'liq
6 tarix 36


GET” NTM Kelajakka biz bilan!!!

Tarix II
1. Quyidagi qaysi voqealar orasidagi farq 11 yilni tashkil etadi?
A) Sin Shixuandi Xitoyni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi va Kann yaqinidagi jangda rimliklar armiyasi tor-mor etildi
B) Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi va Salavk Bobil hukmdori bo’ldi
C) Ilk bor olimpiya o’yinlari o’tkazilgan va Rim shahriga asos solindi
D) Zilzila oqibatida Olimpiya o’yin maydoni vayron bo’lib, qadimgi Olimpiya o’yinlarini o’tkazish butunlay to’xtab qoldi va Spartadan tashqari barcha yunon shahar-davlatlari Korinfga yig’ildilar

2. Etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlatning ittifoqini tuzishgan asrda bolgan voqeani belgilang?


A) Isroil podsholigi tashkil topdi
B) Finikiyada 22 undoshdan iborat alifbo yaratildi
C) Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajrab chiqdi
D) Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga keldi

3. Qadimgi davrda O’rta Osiyoning qaysi hududidan tuyalar jo’natilgan?


A) Sug’diyona B) Baqtriya
C) Farg’ona D) Badaxshondan

4. Kushonlar davridagi quyidagi qaysi hududdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan?


A) Eski Termiz B) Dalvarzintepa
C) Ayritom D) Zartepa

5. Nima maqsadda Aleksandr Sirdaryo bo’yida, Xo’jand yaqinida qal’a barpo etish to’g’risida buyruq bergan?


A) Sug’diyonadagi qo’zg’alonni bostirish
B) Qishlash
C) Saklarga qarshi kurash
D) Yunon madaniyatini yoyish

6. Kimlarning xudolari va ilohlari ham ularning fikricha odamlarga ancha o’xshaydi?


A) Rimliklar B) Yunonlar
C) Misrliklar D) Mesopotamiyaliklar

7. Yunon-fors urushlaridagi qaysi jangdan so’ng forslar Afinani ishg’ol etishgan?


A) Marafon B) Fermopil
C) Salamin D) Plateya

8. O’tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar hozirgi qaysi hududlarda yashaganlar?


A) Orol dengizi va Sirdaryo quyi oqimida
B) Toshkent vohasi va Janubiy Qozog’iston
C) Pomirning tog’li tumanlari va Farg’ona
D) Toshkent vohasi va Farg’ona

9. Qaysi davlatda 20 yoshga to’lgan hamma yigitlar jangchi qo’shinlariga qabul qilinib, qo’shinda keksa yoshiga qadar xizmat qilgan?


A) Afina B) Rim C) Salavkiylar D) Sparta

10. Misrda qaysi podsholik firavnlari Nubiya va Liviyaga yurish qilib, shaharlarni taladilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar?


A) Qadimgi podsholik B) O’rta podsholik
C) Yangi podsholik D) So’ngi podsholik

11. Misrda kimlar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar hisoblanishgan?


A) Kohinlar
B) Husnihat san’atini egallaganlar
C) Munajjimlar
D) Tibbiyot ilmini egallaganlar

12. Qadimgi davrda hozirgi Eron hududiga ko’chib kelib o’rnashgan xalqlar qaysi?


A) Kassiylar va elamiylar
B) Midiyaliklar va forslar
C) Skif va midiyaliklar
D) Kassiylar va giksoslar

13. Quyidagi xalqlardan qaysi biri uchi o’tkirlangan tayoqchalar bilan loy taxtachalarga yozishgan?


A) Shumerlar B) Yunonlar
C) Xitoyliklar D) Rimliklar

14. Qaysi davrdan boshlab tiriklayin tutib olingan hayvonlarni endi odamlar o’ldirmasdan yegulik zahirasi sifatida saqlab qo’yadigan bo’ldilar?


A) So’ngi poleolit B) Mezolit
C) Eneolit D) Bronza

15. Yunonistonning eng baland tog’i Olimp Yunonistonning qaysi qismida joylashgan?


A) Janubiy-g’arb B) Shimoliy-sharq
C) Shimoliy-g’arb D) Janubiy-sharq

16. Xitoydagi hozirgi Pekin shahrining qadimgi nomini belgilang?


A) Szi B) Chendu C) Xao D) Chansha

17. Mil.avv 2-mingyillikka oid ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor O’zbekistonning qaysi hududidan topilgan?


A) Toshkent vohasi B) Surxon vohasi
C) Zarafshon vodiysi D) Farg’ona vodiysi

18. Qaysi davrga kelib odamlar toshdan mayda mehnat qurollari-mikrolitlar yasashni o’rganib oldi?


A) Songi poleolit B) Mezolit
C) Neolit va eneolit D) Bronza

19. Quyidagi xalqlardan qaysi biri o’z yozuvidan tashqari, sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini ham yaratdilar?


A) Misrliklar B) Shumerlar
C) Hindlar D) Finikiyaliklar

20. Rim va Karfagen o’rtasida mil.avv 202-yilda Zama shahri yaqinida bo’lib o’tgan jangda rimliklar sarkardasi kim edi?


A) Miltiad B) Mark Krass
C) Ssipion D) Pompey

21. Yuliy Sezar tomonidan zarb etilgan tangalar qaysi yillarga oid?


A) Mil.avv 49-48-yillar B) Mil.avv 48-47-yillar
C) Mil.avv 46-45-yillar D) Mil.avv 45-44-yillar

22. O’z davlati hududdini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor ularning har biriga noiblarni rahbar etib tayinladi. Gap qaysi hukmdor haqida ketmoqda?


A) Salavka B) Sin Shixuandi
C) Aleksandr D) Trayan

23. O’zbekiston hududida ilk temir qurollarining topilishi qaysi davrga to’g’ri keladi?


A) Mil.avv IX-VIII asr B) Mil.avv VIII-VII asr
C) Mil.avv VII-VI asr D) Mil.avv VI-V asr

24. Krit orolidagi Minoy sivilizatsiyasining barbod bo’lishini nihoyasiga yetkazgan xalq?


A) Doriylar B) Axeylar
C) Oriylar D) Daklar

25. Antiox qachondan boshlab Salavkiylar davlatining hukmdoriga aylandi?


A) Mil.avv 312-yil B) Mil.avv 293-yil
C) Mil.avv 283-yil D) Mil.avv 280-yil

26. Quyidagi so’zlardan qaysi biri lotinchadan olingan?


A) Panteon B) Antik C) Terma D) No’m

27. Afinada Parfenon barpo etilishi va Akropolni qayta qurishga boshchilik qilgan shaxs?


A) Dedal B) Fidiy C) Miron D) Poliklet

28. Qadimgi yunonlardagi hunarmandchilik hudosini toping?


A) Germes B) Demetra
C) Gefest D) Artemida

29. Tarixchi Poliyen yashagan asrni toping?


A) Mil.avv II asr B) Mil.avv I asr
C) Mil I asr D) Mil II asr

30. Marg’iyona Antioxiyasi hozirgi qaysi shaharga to’g’ri keladi?


A) Termiz B) Marv C) Xo’jand D) Murg’ob

  1. 31. Qaysi hukmdor davrida Kushon podsholigi ulkan davlatga aylandi?

A) Kudzula Kadfiz B) Vima Kadfiz
C) Kanishka D) Diodot



  1. 32. Kushon podsholigidagi qaysi shaharda kushon hukmdorlar saroyi saqlanib qolgan?

A) Xolchayon B) Ayritom
C) Dalvarzintepa D) Eski Termiz

33. Rim shahri qaysi daryo bo’yidagi dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan?


A) Po B) Tibr C) Pirey D) Egey

34. Mil. III asrda ….


A) Rim imperiyasining kuch qudrati zaiflasha boshladi
B) Rim Imperiyasini qullar va qolonlar qo’zg’aloni qamrab oldi
C) Muntazam yollanma qo’shinga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandi
D) Qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo’ldi

35. Qadimgi Rimda dastlab-faxriy harbiy unvon, keyinchalik mutlaq hukmdorga tegishli unvonni toping.


A) Diodoh B) Diktator
C) Imperator D) Konsul



  1. 36. Yunoncha “viloyat” ma’nosini anglatadigan so’z berilgan qatorni toping?

A) Provinsiya B) No’m
C) Polis D) Nekrapol


Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling