{ int a[10]; //butun turli 10ta elementli massiv


[]={boshlang’ich qiymatlar}


Download 32 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2023
Hajmi32 Kb.
#1096182
1   2
Bog'liq
Mavzu Ma’lumotlarning sozlangan turlari massivlar, vektorlar, -fayllar.org

[]={boshlang’ich qiymatlar}; Bunda massiv elementlari oldindan berilgan holatlarda ishlatilishi mumkin.

#include
int main()
{ int a[5]={2, 3, -4, 5, 6}; //butun turli 5ta elementli massiv
return 0;
}

Massiv elementlari soni berilmasdan uning boshlang’ich qiymatlarini berish yo‘li bilan e’lon qilish. int a[]={2, 3, -4, 5, 6}; Agar massiv elementlari soni berilmasa, albatta, uning boshlang’ich qiymatlari berilishi kerak. Massivning elementlar soni berilmaganda dastur komplyatori massiv elementlari sonini boshlang’ich qiymatlar soni bilan aniqlaydi. Misol: Butun sonlardan iborat a[8] massiv berilgan uning juft elementlarini 2ga ko‘paytirib toq elementlarini 3 ga ko‘paytirib ekranga chiqaring.

#include
using namespace std;
int main()
{ int a[8];
for(int i=0;i
cina[i];
for(int i=0;i
if(a[i]%2==0) {cout
else cout

return 0;
}
Rand funksiyasi Massiv elementlarini ixtiyoriy tasodifiy sonlar bilan to‘ldirish uchun C++ dasturlash tilida imkoniyat yaratilgan. Agar massiv elementlarini tasodifiy sonlar bilan to‘ldirish kerak bo‘lsa, tasodifiy sonlar bilan ishlash funksiyasiga murojat qilish kerak. C++ dasturlash tilida tasodifiy sonlarni hosil qilish rand() funksiyasining umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi. Rand(); rand() funksiyasining vazifasi biror bir o‘zgaruvchiga yoki massiv elementlariga tasodifiy sonni o‘zlashtirish uchun xizmat qiladi. Rand() funksiyasi foydalanuvchi tomonidan dastur tarkibiga massiv elementlarini kiritishdan ozod qiladi. Misol: A(n) massiv elementlarini tasodifiy sonlar yordamida hosil qilib uning juft elementlarini ikkiga ko‘paytirib ekranga chiqaring.

#include
using namespace std;
int main()
{ int a[10];
for(int i=0;i
a[i]=rand();
for(int i=0;i
if(a[i]%2==0)
cout
return 0;
}

Dastur natijasi
260 21964 2180 23312 45896 62252 18008

Ikki o‘lchovli massivlar C++ dasturlash tilida ba’zi hollarda bir nechta o‘lchamlari va turi bir xil bo‘lgan bir o‘lchovli massivlardan foydalanishga to‘g’ri keladi. Bir nechta bir o‘lchovli massivlarni birlashtirish natijasida ikki o‘lchovli massivlarni hosil qilish mumkin. Ikki o‘lchovli massivlarni tarkibida ma’lumotlar satrlarning satri ko‘rinishida tasvirlanadi. Ikki o‘lchovli massivlarning tarkibi ham bir o‘lchovli massivlar kabi tartiblangan bir turga mansub bo‘lishi kerak. Ikki o‘lchovli massivlarga matematikadagi matritsalar misol bo‘lishi mumkin. Ikki o‘lchovli massivlar tarkibidagi elementlar xuddi matritsani elementlari kabi tasvirlanadi. Ta’rif: Bir turga mansub bo‘lgan yagona nom bilan saqlangan matritsa ko‘rinishdagi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi ikki o‘lchovli massivlar deyiladi.Ikki o‘lchovli massivning barcha elementlari aniq turga mansub bo‘ladi va uning elementlari bir nechta satrlar ko‘rinishda bo‘ladi. Ikki o‘lchovli massivlar quyidagi shaklda bo‘ladi.Yuqoridagi shakldan ko‘rinib turibdiki ikki o‘lchovli massiv bir o‘lchovli massivlarning bir nechtasi yoki matritsa ko‘rinishida tasvirlanar ekan. Ikki o‘lchovli massivlarning kompyuter xotirasiga har bir satr uchun alohida tartib nomer bilan saqlanadi. Ikki o‘lchovli massivlarning har bir elementiga o’zining indeksi bo‘yicha murojat qilinadi. Struktura va ularni e’lon qilish C++ dasturlash tili tarkibida bir nechta turlarni birlashtirib bitta tur asosida ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni qayta ishlash imkoniyati keng yaratilgan. Bir nechta turlarni birlashtirish natijasida strukturalar hosil qilib C++ dasturlash tili tarkibida tashkilotlarga tegishli bo‘lgan bir nechta masalalarni hal etish imkoniyati mavjud. Ta’rif: C++ dasturlash tilida bir yoki bir nechta turlarni jamlanmasini birlashtirish struktura deb nomlanadi.Strukturalarni ba’zi hollarda yozuvlar ham deb ataladi, strukturalar tarkibidagi turlarning har biri maydon deb nomlanadiTa’rif: Ob’yektning bitta xususiyatini uzida saqlaydigan parameter maydon deb nomlanadi.Talaba haqida ma’lumotlar strukturasi hosil qilinishda quyidagi maydonlar bo‘lishi mumkin: Talabani familyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan vaqti, telefoni, manzili va hakoza. C++ dasturlash tilida strukturalarni tasvirlashning umumiy ko‘rinishi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: struct{; ; _______ ; }; Strukturalarni tasvirlashda struct xizmatchi so‘zidan keyin struktura nomi va fegurali qavsda uning maydonlari kiritilishi shart. Structura nomi masala mohiyatiga qarab tanlansa, maqsadga muvofiq. Masalan, talabalar haqida ma’lumotlar bazasida struktura nomini talaba yoki supermarket mahsulotlari narxlari bazasida esa narx deb nomlash mumkin. Strukturalar tarkibidagi maydonlarni e’lon qilish xuddi oddiy o‘zgaruvchilarni e’lon qilishdek bajariladi va oxiri blok yopilishidan so‘ng, albatta, nuqtali vergul qo‘yilishi shart.Misol: Talabalar(familyasi, ismi, telefoni, reytingi, tug’ilgan yili) haqida ma’lumotlarga asosan c++ dasturlash tilida struktura hosil qiling.







#include
using namespace std;
struct talaba
{
char[20] fam; //familyani saqlovchi maydon
char[20] ism; //ismni saqlovchi maydon
char[20] tel; //telefonni saqlovchi maydon
int reyting; //reyting balini saqlovchi maydon
int tugy; //tug’ilgan vaqtini saqlovchi maydon
};
int main()
{
return 0;
}

Yuqoridagi masalada talaba haqida ma’lumotlar strukturasini hosil qilishda struktura nomiga talaba deb nomlandi va uning maydonlari familyasi(fam), ismi(ism), telefoni(tel), reytingi(reyting), tug’ilgan yili(tugy) ko’rinishlarida tasvirlandi. Maydonlarni e’lon qilishda dastur tarkibida qanday maqsadlarda foydalanishi e’tiborga olinishi kerak. Agar dastur tarkibida maydonlar ustida hisob ishlari olib borilmasa, uning turini char yoki string turi ko‘rinishida e’lon qilinsa, dastur bir muncha yengil ishlaydi.Etiboringiz uchun raxmat. bajardi:Abdurahmonov. S. SH fan:Malumotlar tuzulmasi va algaritmlar
http://fayllar.org
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling