" Iqtisodiyot nazariyasi" fanidan 2-semestr bo‘yicha test savollari


Download 379.79 Kb.
bet1/23
Sana20.06.2023
Hajmi379.79 Kb.
#1631050
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
NAZARIYADAN YUKUNIY TEST 2 SEMESTR


Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 2-semestr bo‘yicha test savollari.
Talabaning FISh ________________yo’nalish va guruhi__________________
1-variant
1.Agar real yalpi ichki mahsulot hajmi 6%ga, aholi soni 3% ga qisqarsa
A). nominal yalpi ichki mahsulot o‘zgarmagan;
B). aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot o‘sgan;
S). real yalpi ichki mahsulot o‘sgan, nominal YaIM qisqargan;
D). aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot qisqargan;
2.YaIM (YaMM)ni qo‘shilgan qiymat (ishlab chiqarish) asosida hisoblash:
A). mamlakat iqtisodiyotida davlat sektorining rolini;
B). barcha tarmoq va sohalarning ulushini aniqlash imkonini beradi;
S). undiruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarning YaIM tarkibidagi o‘sish sur’atini aniqlash;
D). sanoat va qishloq xo‘jaligida unumdorlikni;
3.Yalpi ichki mahsulot bu - …
A). mamlakat hududida yaratilgan barcha pirovad mahsulot(tovar va xizmat)larning bozor narxlaridagi summasi;
B). sotilgan tovar va xizmatlar summasi;
S). ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar summasi;
D). mamlakatning o‘zida va chet elda ishlab chiqargan tovar vaxizmatlar summasi;
4.Milliy ishlab chiqarishning umumiy natijasi qaysi ko‘rsatkichda to‘laroq ifodalanadi?
A). shaxsiy daromad ;
B). turli tarmoqlar mahsuloti;
S). yalpi milliy mahsulot;
D). sof milliy mahsulot;
5.Nominal yalpi ichki mahsulot aniqlanadi:
A). o‘tgan davr narxlarida;
B). eksport narxlarida;
S). o‘zgarmas narxlarda;
D). joriy yil bozor narxlarida;
6.Raqobatning qaysi shaklida ishlab chiqaruvchilar bozor narxlarini to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi?
A). monopolistik raqobat;
B). sof monopoliya;
S). oligopoliya;
D). sof raqobat;
7.Narx vositasida raqobat usuliga kiradi:
A). narxlardan chegirma qilish;
B). tovar sifatini tabaqalashtirish orqali iste’mol xossalarini oshirish;
S). tovarlarni kreditga sotish;
D). kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda turli xil xizmatlar ko‘rsatish;

Download 379.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling