” kafedrasi “Buxgalteriya hisobi va audit
Download 316.52 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27-dekabrdagi 40-son buyrug`i bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24-yanvarda 1209-son bilan ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish to’g`risida» gi qoidada moliyaviy hisobotlarni to’ldirish tartibi bayon qilingan . Moliyaviy hisobotlarda sub`ektning nomi, mulk shakli, yuridik manzili, kimga bo’ysunishi, sub`ektni aniqlash uchun identifikatsiyalash raqami, hisobot tuzilgan vaqt yoki moliyaviy hisobotda qamrab olingan davr, moliyaviy hisobotlar o’lchangan valyuta, raqamlar minglar hisobida yoki millionlar hisobidaligi bayon qilinadi. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g`risida»gi Qonuni, “Norma” elektron-huquqiy manba.Muallif tomonidan tuzilgan Buxgalteriya balansi korxonaning ma`lum sanaga mavjud bo’lgan asosiy va aylanma mablag`lari, majburiyatlari hamda uz mablag`larining manbalari holatini pulli ifodada aks ettiradi. Balansning aktiv va passiv qismlari ikki bo’limga, bo’limlar esa tegishli moddalarga bo’lingan. Xullas, buxgalteriya balansi ma`lumotlari asosida korxonaning iktisodiy nochorligini, uning moliyaviy holatini aniqlashda muhim axborot manbasi hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilishda ma`lumotlar asosan moliyaviy hisobotning buxgalteriya balansi (1 shakl), moliyaviy natijalar to’g`risida xisobot (2 shakl) jadvallaridan olinadi. Balansning aktiv qismida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar jami, kapital qo’yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzi, tovar-moddiy zaxiralar, debitorlar, pul mablag`lari, qisqa muddatli investitsiyalar, boshqa joriy aktivlar haqidagi ma`lumotlar aks ettiriladi. Balansning passiv qismida xo’jalik yurituvchi sub`ektning ustav kapitali, qo’shilgan kapitali, rezerv kapitali, sotib olingan xususiy aktsiyalari, taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarar), grantlari, subsidiyalari, olingan beg`araz yordami, kelgusi davr xarajatlari, to’lovlari zaxiralari to’g`risidagi ma`lumotlar o’z aksini topadi. Bundan tashqari balansning passiv qismini ikkinchi bo’lmida korxonaning uzoq muddatli majburiyatlari, uzoq muddatli kreditorlik qarzlari, joriy majburiyatlari, joriy kreditorlik karzlari, shuningdek to’lanadigan qisqa muddatli ijara xaqi, to’lanadigan foizlari, royalti bo’yicha karzlari, kafolatlar bo’yicha qarzlari, hisobdor shaxslarga qarzlari to’g`risidagi ma`lumotlar yoritiladi. Balans ma`lumotlarini haqqoniyligini tekshirish uchun o’zaro bog`liq moddalarda aks etgan summalarning mos kelishini o’rganish talab qilinadi. Bundan tashqari balans ayrim satrlarining ma`lumotlari moliyaviy hisobotning boshqa shakllari ma`lumotlariga teng bo’lishi; -balansning 680 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz» satri bo’yicha yil oxiriga bo’lgan summasi «Moliyaviy natijalar to’g`risida”gi hisobotni, «Byudjetga to’lovlar bo’yicha ma`lumot»larning 280 - 440 satrlari ma`lumotlariga mos kelishi; -balansning pul mablag`lariga tegishli 320-satrda ask ettirilgan yil boshidagi, yil oxiridagi pul mablag`lari summasi «Pul oqimlari to’g`risida”gi hisobotning mos satrlari bilan mos kelishi. Moliyaviy natijalar to’g`risidagi hisobotni to’ldirishda buxgalteriya hisobining 9000, 9100, 9300, 9410, 9420, 9430, 9440, 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590, 9610, 9620, 9630, 9710, 9720, 9810, 9820, 9910 hisob raqamlari axborot manbalari bo’lib xizmat qiladi. Hisobotda aks ettirilgan ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlash uchun quyidagilarga amal qilish zarur: -moliyaviy natijalar to’g`risida hisobotning byudjetga to’lovlar bo’yicha ma`lumoti buxgalteriya balansining “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz» satri bilan teng bo’lishi; -moliyaviy natijalar to’g`risidagi hisobotning 120, 130, 180- satrlari summalari «Pul oqimlari to’g`risidagi hisobotning 110, 120-satrlar summalari bilan teng bo’lishi talab qilinadi. Pul oqimi to’g`risidagi hisobotni to’ldirishda buxgalteriya hisobining pul mablag`lari harakatini hisobga oluvchi 5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700, 5800, 5900- hisob varaqlari axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. «Pul oqimlari to’g`risida”gi hisobotni tuzishda quyidagi o’zaro bog`lanishlarga rioya qilinishi, undagi ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlaydi: 1. 050-satrning 4- ustuni = satr 010+020+030+040 (4-ustun); 2. 050-satrning 3- ustuni = satr 010+020+030+040 (3-ustun); 3. 100-satrning 3- ustuni = satr 060+070+080+090 (3-ustun); 7. 210-satrning 3- ustuni = satr 190+200( ustun 3); 230-satrning 3- ustuni = 1-shaklning 320-satri, ustun 3 230-satrning 4- ustuni = 1-shaklning 320-satri, ustun 4 11.260-satr = 261, 262, 263, 264 satrlar yig`indisi; 12.270-satr = 271, 272, 283 satrlar yig`indisi; 13.280-satrlar = 250+ 260-270-satrlar ifodasi natijasi. «Asosiy vositalar harakati to’g`risida”gi hisobotni tuzishda 0100 - «Asosiy vositalar», 0200 - «Asosiy vositalarning eskirishi», 0310 - «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar», 0800 -«Kapital qo’yilmalar» sintetik va analitik hisob ma`lumotlaridan foydalaniladi. Hisobot shakli to’rt qismdan iborat: asosiy vositalarni boshlang`ich (qayta tiklangan) qiymati bo’yicha xarakati; mortizatsiya (eskirish) miqdori; asosiy vositalarning qoldiq qiymati; asosiy vositalarni qanday manbalar hisobiga yaratilganligi va ular bo’yicha ijara munosabatlari. Asosiy vositalar harakati to’g`risidagi hisobot ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlash uchun quyidagi moliyaviy hisobot axborotlari o’rtasidagi o’zaro bog`lanishlarga rioya qilinishi lozim: 170-satrning 3- ustuni == 1-shaklning 3-ustuni 010- satri; 170-satrning 6- ustuni = 1-shaklning 4-ustuni 010-satri; 170-satrning 7- ustuni = 1-shaklning 3-ustuni 011-satri; 170-satrning 10- ustuni = 1-shaklning 4-ustuni 011-satri; 170-satrning 11- ustuni = 1-shaklning 3-ustuni 012-satri; 170-satrning 12- ustuni = 1-shaklning 4-ustuni 012satri; 170-satrning 3,6- ustunlari = 1-shaklning 3.4 ustunlari 100 sarti; 8. 170-satrning 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12-ustunlari = 171, 172 sartlarning 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11,12-ustunlari; 9. 190-satrning 6- ustunlari = 3, 4, 5 ustunlarning 190-satrlari yig`indisi. Xususiy kapital to’g`risidagi hisobotni to’ldirishda axborotlar buxgalteriya hisobining 8300, 8400, 8500, 8600, 8700 4610 hisob raqamlaridan yig`iladi. Ushbu hisobot shaklida quyidagi moliyaviy ko’rsatkchilar o’z aksini topadi: -xususiy kapitalning yil boshidagi qoldig`i; -qo’shilgan kapital summasi; -rezerv kapital summasi; -taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi; -sotib olingan xususiy aktsiyalar, ularni keyin tarkatish yoki yo’q qilishga bo’lgan xarajatlar summasi; -maksadli tushumlar va boshqalar ko’rsatiladi. Xususiy kapital to’g`risida hisobotdagi ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlashda uning moddalari o’rtasidagi quyidagi bog`lanishiga rioya qilish taqozo qilinadi: 3-ustunning 010 satri ± 3-ustunning 110 satri = 120- satr; 4-ustunning 010 satri ± 4-ustunning 110 satri = 120- satr; 5-ustunning 010 sarti ± 5-ustunning 110 satri = 120- satr; 6-ustunning 010 satri ± 6-ustunning 110 satri = 120- satr; 7-ustunning 010 sarti ± 7-ustunning 110 satri = 120- satr; 8-ustunning 010 satri ± 8-ustunning 110 satri = 120- satr. Korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlariga tegishli boshqa ma`lumotlar 2a-shaklda o’z aksini topadi. Moliyaviy hisobotni 2a-shaklida quyidagi tahlil uchun quyidagi axborotlar olinadi: -O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi qarzlar bo’yicha debitor va kreditoriing nomi; O’zbekiston Respublikasi ichidagi debitorlik qarzining umumiy summasi; idora ichidagi debitorlik qarzining umumiy summasi; O’zbekiston Respublikaning tashqarisidagi debitorlik qarzining umumiy summasi; korxonaga bog`lik bo’lmagan sabablarga ko’ra hosil bo’lgan umumiy qarzlar; muddati o’tgan qarzning umumiy summasi; korxona va tashkilotning xukumat qaroriga ko’ra xaqini to’lamasdan yuklab junatilgan (olingan) mahsulot (ishlar, xizmatlar) bo’yicha umumiy debitorlik (kreditorlik) qarzi; hukumat qarori bo’yicha qarzni sundirishni kechiktirish hukuqi berilgan korxona va tashkilotning qarzi; da`volar bo’yicha sud jarayonidagi qarz summalari. Hisobotda aks ettirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy summasi buxgalteriya balansining 110 va 210-satrlari summasiga, kreditorlik qarzining umumiy summasi esa buxgalteriya balansining 491 va 601-satrlari summasiga muvofiq kelishi zarur. Xulosa
Men amaliyot dasturiga muvofiq amaliyotimni «Navoiy viloyati Tinchlik Lokomotiv Deposi buxgalteriya bo‘limi»da olib bordim. Amaliyot o‘tash jarayonida men buxgalteriya hisobi hujjatlari hamda uning to‘g‘ri yuritilishi, undan tashqari uning ichki auditor tomonidan tekshirilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishdim va o‘rgandim. Buxgalteriyaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan tanishtirdi. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mavzu orqali buxgalteriya sohasiga oid hujjatlarni tuzish jarayonini milliy va xalqaro standartlar asosida tashkil etish va takomillashtirishda muhim omil hisoblanadi. Hozirgi davrdan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, Oʻzbekistonda buxgalteriya sohasiga ham katta oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shu jumladan, 2021-yildan boshlab yirik tashkilotlarning buxgalteriya xisobini xalkaro standartlar asosida yuritilishi belgilanib qo‘yilgan. Bu esa tekshiruv jarayonini xam yaʼni buxgalteriya o‘z professional faoliyatini xam xalqaro standartlar asosida olib borishi talab etiladi. Amaliyot davomida bundan tashqari korxonada buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, tashkiliy tuzilmasi va xususiyatlari, auditorlik tekshiruviga tayyorgarlik ko‘rish, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar auditi, tovar-moddiy zahiralar xususiy kapital shakllanishi va taqsimlanishi hamda ta’sischilar bilan hisoblashishlarni o’rgandim . Amaliyotim davomida 2 yil davomida buxgalteriya kursida o‘rgangan barcha nazariy bilimlarimni amalda qo‘llash va mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldim. Nazariy jihat har doim ham qo‘l kelmasligi, faqatgina amaliyotda olish mumkin bo‘lgan ko‘nikmalarni hosil qildim. Kelajakda ular bergan bilimlardan yuqori darajada foydalanishimga hamda o‘rgangan bilimlarim sabab qoqilmasligimga ishonaman. Download 316.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling