” kafedrasi fanidan
Download 302.52 Kb.
|
Abdulla Ne\'matullayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro moliya korporatsiyasi
- Jahon Savdo Tashkiloti
Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat va h.k. sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar 19-asrda vujudga keldi va 2 jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.
Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va h.k. nomlar bilan ataladi. Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir. Xalqaro tashkilotlar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (1992-yil 2- martda) Jahon Savdo Tashkiloti(JST)(1992-1993 yillar) ECOSAN(1993-yil 20-sentabrda) Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT)(2001-yil 15-iyun) Osiyo Parlament Assambleyasi(OPA)(2006-yil) Interpol(1994-yildan) MAGATE(1994-yil 21-yanvardan) UNESCO(1993-yil 26-oktabrdan) UNIDO(1992-yildan) NATO(1994-yil 13-iyuldan) [NAFTA](Erkin iqtisodiy zona) Xalqaro moliya korporatsiyasi, XMK (IFC, International Finance Corporation) — BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi; Jahon banki guruhiga kiradi. 1956 yilda Xalkaro tiklanish va tarakkiyot banki (XTTB) ning filiali tarzida tashkil etilgan, keyinchalik mustaqil yuridik shaxs. Aʼzo davlatlar soni 174 ta (1998). Shtabkvartirasi Vashingtonda. XMK ning oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi va direktorat (24 ijrochi direktorlar)ga XTTBning boshqaruvchilari va ijrochi direktorlari kiradi va ular XMKda ham tegishli lavozimlarni egallaydilar. XTTB prezidenti XMKning ham prezidenti xisoblanadi. XMKning ijrochi vitseprezidenti umumiy boshqaruv va korporatsiyaning joriy operatsiyalariga javob beradi. Bundan tashqari XMKda 7 ta vitseprezident boʻlib, ular 5 mintaqaviy [Afrika (Saxara jan.rogʻidan), Osiyo; Urta Osiyo, Yaqin Sharq va Shim. Afrika; Yevropa; Lotin Amerikasi va Karib havzasi] va 4 tarmoq (agrobiznes; kimyo, neft kimyosi va oʻgʻitlar; infratuzilma; neft, gaz va togʻkon sanoati) departamentlari ishini nazorat qiladi. XMK huzurida bank ishlari maslahat komissiyasi faoliyat koʻrsatadi. Korporatsiyaning rasmiy maqsadlari: xususiy sektorga molshshiy yordam koʻrsatish bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning iqgisodiy oʻsishiga koʻmaklashish, shuningdek, i.ch. sohasida tadbirkorlikni ragʻbatlantirish orqali aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishiga yordam koʻrsatish. XMK faqat yuqori rentabelli loyihalarga kreditlar ajratadi. Qarzlar 15 yilga qadar muddat bilan ssuda kapitali bozoridagi oʻrtacha yillik foiz stavkalaridan yuqoriroq foiz stavkalarida beriladi.1961 yildan korporatsiya kreditlar ajratish bilan birga qurilayotgan korxonalar aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalar kiritish va keyinchalik bu aksiyalarni xususiy investorlarga sotishni ham amalga oshiradi. Korporatsiya ishtiroki hissasi, odatda, aksiyadorlik kapitalining 1/5 qismidan ortiq boʻlmaydi. 1986 yilda XMKda xorijiy investitsiyalar boʻyicha Maslahat xizmati tashkil etilgan. - Faoliyat predmeti bo'yicha – siyosiy, iqtisodiy, moliya-kredit, savdo, sog'likni saqlash, madaniyat masalalari bo'yicha va boshqalar. - Ishtirokchilar davrasi bo'yicha – universal, submintakaviy, mintaqalararo. - Yangi a'zolar qabul qilish tartibi bo'yicha – ochiq, yopiq. - Faoliyat sohasi bo'yicha – umumiy vakolatiga ko'ra, maxsus vakolatiga ko'ra. - Faoliyat maqsadlari va prinsiplari bo'yicha – qonuniy, qonunga zid. - A'zolar soni bo'yicha – jahon miqiyosidagi, guruhiy xolda faoliyat yurituvchi tashkilot hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik — xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim koʻrinishlaridan biri. Jahon xo’jaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi bilan Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati ortib boradi. Uning asosiy subʼyektlari — davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. 20-asrning 80-yillaridan eʼtiboran, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik doirasi kengayib, iqtisodiy munosabatlarni keng koʻlamda qamrab oldi, tashqi va xalqaro savdo, kredit munosabatlari, valyuta va toʻlov — hisob kitob sohasi, migratsiya va kapital chiqarish, mintaqaviy integratsiya, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va kredit moliya instutlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib, ilmiytexnika va i.ch. sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik uning subʼyektlari iqtisodiy manfaatlarini milliy chegaralardan tashqarida roʻyobga chiqarishning eng maqbul yoʻli hisoblanadi. Jahon davlatlari oʻzlarining tub ichki manfaatlarini amalga oshirish maqsadida, ijtimoiy iqgisodiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning muayyan yoʻnalishlarida faollik koʻrsatadilar. Masalan sanoati rivojlangan mamlakatlarning axborot texnologiyalari savdosida, xalqaro valyutakredit va moliyaviy institutlar faoliyatida yuqori mavqe bilan ishtiroki kuzatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ishchi migratsiyasi, kapital kiritish, investitsiyaviy tovarlar importi yoʻnalishlariga ustuvorlik beradilar. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida hamkorlikdagi qarorlarni ishlab chiqish, tartibga solish, unifikatsiyalash (birxillashtirish) maqsadida xalqaro kelishuvlar asosida tashkil etilgan tashkilotlardir. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining asosini a’zo bo’lgan mamlakatlarning fikr-mulohazalarini oshkor qilish, bir-biri bilan kelishtirish, bu asosdagi vaziyatlarni bir maqsadga aylantirish, shuningdek, kelib chiqqan vazifalarni aniqlashtirib, ularni hal etish, chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Tashkilotning asosiy faoliyati muhokama, qaror qabul qilish va ularni amalga oshirish, ijrosini nazorat kabilarni o’z ichiga oladi. 3 Хalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mехanizm sifatida bir tomondan bozorga хos o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lsa (ХIMning moddiy asosi hali ham jahon bozori hisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, alohida mamlakatlar va hududlar o’rtasida o’zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni talab etadi. Ayni paytda shuni qayd etib o’tish kеrakki, birinchi (1914-1918 yillar) va ikkinchi (1939-1945 yillar) jahon urushlari orasida хalqarotashkilotlarni gurkirab vujudga kеlish jarayoni (shu davrd xalqaro mеhnattashkiloti, o’zining «Incotеrms» kabi tijoriy hujjatlari bilan taniqli bo’lganХalqaro savdo palatasi, Хalqaro hisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa40-yillarda ikkita to’qnashuvni boshidan kеchirgan davlatlar tariхidagifavqulotda holatlar va 1929-1932 yillardagi chuqur iqtisodiy tanazzul bilanbog’liq. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kеlishining ikkinchi «to’lqini» va harakatdagi faoliyatining faollashuvi ikkinchi jahon urushidanso’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi hamda 60-70 yillardagiiqtisodiy chayqalishlar bilan bog’liqdir. Va nihoyat, 80-yillarning boshlaridaхalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganliginiko’rishimiz mumkin. Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (sobiq SSSRni) inqirozga uchrashi va yangi ming yillik ostonasida insoniyatning global muammolarini kеskin kuchayishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jahoniningko’plab mamlakatlarining hukumat organlari zamonaviy хalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni mustaqil hal eta olmadilar va natijada ular qayd etib o’tilgan muammolarni hal etishda birgalashib harakat qilish usullarini ishlab chiqara boshladilar. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy gullabyashnash va jahon хalqlari farovonligini ta’minlash masalasi bilan shug’ullanvchi minglab хalqaro tashkilotlar hisobga olingan. Ekspеrtlarning fikricha, jahon iqtisodiyotiga sеzilarli ta’sir o’tkaza oladigan хalqaro tashkilotlar soni 100 ta atrofidadir. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlarning shakllanishida muhim o’rin tutgan quyidagi omillarni kеltirishimiz mumkin: 1. Insonlar hayotining bir biriga bog’liqligining yanada o’sishi; 2. Sanoat rеvolyutsiyasi va ilmiy yutuqlar insonlarni bir- biridan ajratib turgan masofalarni qisqartirishi va хalqaro munosabat va hamkorlikni kеngaytirishi; 3. Savdo, valyuta- moliya munosabatlari, kapital bozori umuman iqtisodiy o’sish; 4. Davlatlarning barcha sohada bir – birlariga bog’liqligining o’sishi; 5. Duyodagi umumiy rеsurslardan oqilona foydalanishning zarurligini chuqurroq anglash. Davlatning хalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lishi uning har tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi. Chunki хalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lish, uning boshqa a’zo davlatlari bilan ham kеng hamkorlikni yo’lga qo’yishni ta’minlaydi. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlar topologiyasi haqida gapirganda, ikkita mеzondan (geografik qamrovi kеngligi va faoliyat хususiyatlari) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchisidan kеlib chiqib, ikki tomonlama, hududiy va global tuzilmalar ajratib ko’rsatiladi. Ikkinchi mеzonni qo’llagan holda maхsuslashtirilgan (sohalar bo’yicha) va global tashkilotlarga yuzaga keladi. Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida jahon xoʻjaligiga chuqurroq integratsiyalashish maqsadida Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh. bir necha yoʻnalishlarida rivojlantirilmoqda. Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish, mintaqaviy iqtisodiy birlashmalar bilan hamkorlik qilish shular jumlasidandir. Keyingi yillarda Oʻzbekiston ishchi kuchini eksport qilish borasida ham xorij mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (qisqartmasi: XVJ; International Monetary Fund, IMF) xalqaro tashkilot boʻlib, makroiqtisodiy siyosat yurgizadi, butunjahon moliyaviy tizimini nazorat etadi. Uning maqsadlariga xalqaro valyuta kurslarini barqarorlashtirish, iqtisodiy qoidalarni liberallashtirish shartlari bilan aʼzo mamlakatlarga qarz, moliyaviy yordam berish kiradi. Shtab-kvartirasi Vashington shahrida joylashgan. XVJ'ni baʼzilar taʼsiri haddan oshiq katta, deb tanqid qilishadi. Xalqaro valyuta fondi, XVF (IMF; International Monetary Fund) — BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944-yilda BrettonVuds (AQSH) da oʻtkazilgan xalkaro valyutamoliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan (qarang BrettonVuds bitimi). 1947-yil mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Shtabkvartirasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari: maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish; xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish; valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish; koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish; aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish. XVF jahon valyutalari monitoringini olib boradi, barcha mamlakatlar urtasida tashkiliy toʻlov tizimi faoliyatiga yordam beradi, toʻlov balansida chuqur taqchilikka uchragan, shuningdek, oʻz valyutasining toʻliq konvertatsiyasiga erishmoqchi boʻlgan mamlakatlarga karz beradi. XVF kapitali aʼzo mamlakatlar toʻlaydigan va ularning har biri uchun belgilangan kvotaga muvofiq badallar xisobidan tashkil topadi. 1998-yil boshida XVF kapitali 199 mlrd. dollarni tashkil qiddi. AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Kanada eng katta kvotalarga ega. Uning oʻsishi yangi aʼzolarning badal puli va kreditlarga toʻlangan foizlar xisobiga yuz beradi. XVFning rahbar orgagshari — Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qoʻmita. Boshqaruvchilar kengashi — oliy organ boʻlib, har bir aʼzo — mamlakat tomonidan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchilar va ularning oʻrinbosarlari (odatda, aʼzo mamlakatlar moliya vazirlari yoki Markaziy banki boshkaruvchilari)dan tashkil topadi. Kengash har yili sessiyaga yigʻiladi. Muvaqqat qoʻmita XVFning 24 boshqaruvchisidan iborat boʻlib, bir yilda 2-marta yigʻiladi va Boshqaruvchilar kengashi oldida xisob beradi. XVFning ijroiya organlari — Ijroiya kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega boʻlgan mamlakatlar tomonidan tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi. Ijroiya kengash majlislari har haftada 3-marta oʻtkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorii saylaydi. XVF kapitalida kvotasini hisobga olgan holda 7 ta rivojlangan mamlakatlarga ovozlarning 45%, shu jumladan, AQSH ga 18% toʻgʻri keladi.. XVF kreditlari toʻlov balansidagi nomuvozanatlik sabablariga kura bir necha turlarga boʻlinadi. XVFning oddiy krediti toʻlov balansidagi vaqtinchalik tangliklarni bartaraf etish maqsadlarida 1 yilgacha muddatga SDRrya beriladi (uni 4—5 yilgacha choʻzish imkoniyati bilan). Katta miqdordagi kreditlar foiz bilan "STEND Bay" shartnomasini tuzgan mamlakatlarga XVF barqarorlashtirish dasturi bajarilishiga qarab ajratiladi. Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi. Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi. Missiyasi 1944-yil Bretton-Vuds (AQSh, Nyu-Gempshir shtati)da tashkil etilgan boʻlib, hozirda shtab-kvartirasi (qarorgohi) Vashingtonda joylashgan. Bretton-Vuds xalqaro hamkorligi tomonidan Jahon bankiga belgilangan vazifalar unga berilgan nom — yaʼni Xalqaro qayta tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR) da oʻz aksini topdi. Asosiy vazifa sifatida iqtisodiy taraqqiyotni moliyalshtirish yuklatildi. Agarda Jahon bankining birlamchi kreditlari ikkinchi jahon urushidan soʻng Yevropaning iqtisodiyotini tiklashga yoʻnaltirilgan boʻlsa, keyinchalik u oʻz eʼtiborini jahonning qoloq mamlakatlari iqtisodini tiklashga qaratdi. Hozirgi vaqtda esa Jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish darajasini oshirishga yordam berish va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga koʻmaklashishdir. Jahon banki tizimi Jahon banki oʻz tarkibiga yirik 2 ta tashkilotni: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) oladi. Ulardan tashqari unga 3 ta boshqa tashkilotlar ham bilvosita kiradi: Jahon banki bilan uyushgan, ammo huquqiy, moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyat koʻrsatuvchi — Xalqaro moliyaviy korparatsiya (XMK) (bu tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy korhonalarni moliyalashtirishga yordam beradi). Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi va Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlovchi agentlik (MIGA). Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) mamlakatlarka imtiyozli kreditlar berish bilan shugʻullanib, ular donor mamlakatlar tomonidan beriladigan xayriya mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi. Faoliyati Jahon banki dunyodagi kapital, qimmatbaho qogʻozlar bozorlarining asosiy mablagʻ oluvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, bank bir qator mamlakatlardan obligatsiya, zayom sotish orqali togʻridan-togʻri qarz oladi, yigʻilgan mablagʻlar qoloq mamlakatlarning taraqqiyoti yoʻlida ishlatiladi va ularga imkoniyati darajasidagi past foizlar hisobida beriladi. Jahon banki kredit olish, uni qaytara olish darajasida boʻlgan mamlakatlar uchun mablagʻlarni mujassamlaydi. Ammo, boy mamlakatlarga yoki alohida shaxslarga jahon banki tomonidan kredit berilmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining jon boshiga yalpi mahsulot $1200 atrofida boʻlgan taqdirda ular Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan kredit olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu kreditlar 12-15 yil ichida qoplanishi lozim. Ikkinchi tomondan, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) kreditlarni qoloqroq mamlakatlarga, yaʼni ulardagi yalpi milliy mahsulot jon boshiga 800 dan kam boʻlgan mamlakatlarga beradi (asosan XTA tomonodan berilayotgan kreditlarning 80 %ini hozirgi vaqtda aholi jon boshiga $ 700 dan kam boʻlgan mamlakatlar oladi). Bu kreditlar boʻyicha foizlar olinmasdan, koʻpgina hollarda ular 35-40 yillar oraligʻida toʻlash sharti bilan beriladi. Jahon banki oʻz faoliyatini rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarga texnik loyihalarni, iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish jihatdan yordam berish orqali bu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi. Bu vazifalar bankining asosiy uzoq muddatli vazifasi hisoblanadi. Oxirgi yillarda bank oldingi yillardagi tajribalariga tayangan holda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish bosqichlari darajalarini inobatga olib, loyihalarni tanlash jarayonida asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloq qatlamlarini qamrashga, ularning taraqqiyot darajalarini oshirishni nazarda tutgan holda olib borilyapti. Shuning uchun ham, Bank tomonidan texnik va moliyaviy jihatdan yordam berish va moliyalshtirish jarayonida BMT tomonidan belgilangan dastuga asosan ham texnik yordam beruvchi, ham loyihani ijro etuvchi sifatida qatnashadi. Bank tomonidan tanlanadigan loyiha, ularning yoʻnalishlari milliy mamlakatlar, ularning mahalliy hokimiyatlari, boshqa tegishli tashkilotlar bilan har tomonlama kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bank kredit ajratish jarayonida oʻz mutaxassislari ishtirokida kredit oluvchi mamlakatlarning iqtisodini sinchkovlik bilan tahlil etish asosida qaysi sohaga asosiy eʼtibor berish yoki qoʻyilmalarni joylashtirish borasida u yoki bu sohani tanlash imkoniyatidan foydalaniladi. Bunday tahlitda ish yuritish ushbu malakatlarning asosiy muammolari yechimida qatnashib, uning rivojlanishiga yordamlashishni nazarda tutadi. Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) (inglizcha: World Trade Organization, fransuzcha: Organisation Mondiale du Commerce, ispancha: Organización Mundial del Comercio) — 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim — GATT(ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi. Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya Jenevada. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi. JSTning oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi, oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 133 mamlakat toʻla huqukli aʼzo, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston JST da kuzatuvchi maqomiga ega va 1992—93 yillarda tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan. 2021-yil fevral oyida nigeriyalik iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala JST bosh direktori etib tayinlangan. Ngozi Okonjo-Iveala tashkilot tarixidagi ilk ayol direktordir. Jahon Savdo Tashkiloti besh tamoyili: Savdoda diskriminatsiyani yo’qligi Savdo to'siqlarini kamaytirish Xalqaro savdoda raqobatbardoshlikni oshirish Kam rivojlangan mamlakatlar uchun xalqaro savdodagi imtiyozlar Savdo shartlarining barqarorligi va prognozliligi. Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti, qisqartmasi —OPEK (inglizcha OPEC, The Organization of the Petroleum Exporting Countries) — neft narxini muqobil ushlab turish maqsadida neft qazib oluvchi derjavalar tomonidan yaratilgan kartel hisoblanadi. Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bogʻliq boʻlgan davlatlar aʼzo hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi — dunyodagi neft narxlari ustidan nazorat olib borish. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, OPEK (Organization of Petroleum Exporting Countres, OPEC) — neft qazib olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksporta siyosatini muvofiklashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tovar tashkiloti. Tashkilot rasman 1960-yilda Venesuela tashabbusi bilan Bagʻdod konferensiyasida tashkil etilgan. Nizomi Karakas (Venesuela)da 1961-yilda qabul qilingan va keyinchalik koʻpgina oʻzgartirishlar kiritilgan. Eron, Iroq, Kuvayt, Liviya muassis mamlakatlar hisoblanadi. Aʼzo mamlakatlar Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Liviya, Katar, Kuvayt, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador (2003). 20-asrning 80-yillari 2-yarmida bu tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar va Saudiya Arabistonidan neft taklifining oʻsishi natijasida OPEKning taʼsiri keskin pasaydi. Hozirgi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda taʼsir doirasi hamon kuchli. Tashkilotning oliy organi — yiliga 2-marta chaqiriladigan konferensiya boʻlib, unda ishtirokchi mamlakatlar ishlab chiqarish strategiyasi va narxlar koʻrib chiqiladi va tasdiklanadi. Idorasi Avstriyada joylashgan. OPEC — nodavlat tashkilot sifatida Bogʻdod dagi konferensiyada 10-14-sentabr 1960-yilda tashkil etilgan. Boshida tashkilot tarkibiga Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela kirishgan. Ushbu tashkilotga asos solgan besh davlat tarkibiga keyinchalik yana besh davlat kelib qoʻshildi bular : Qatar (1961), Indoneziya (1962), Liviya (1962), Birlashgan Arab Amirligi (1967), Jozoir (1969), Nigeriya (1971), Ekvador (1973—1992,2007), Gabon (1975—1994), Angola (2007). Amerika Davlatlari Tashkiloti (ADT), Gʻarbiy yarimshardagi xalqaro mintaqaviy tashkilot. 1948-yilda Amerika davlatlarining 9-xalqaro konferensiyasida (Bogota shahri) tuzilgan. ADTʼga aʼzo davlatlar ratifikasiya qilganidan keyin 1951-yilda kuchga kirgan. Unga muvofiq, ADTʼning maqsadi: qitʼada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, aʼzo davlatlar oʻrtasida roʻy beradigan ixtiloflarni bartaraf etish, chetdan tajovuz qilingan taqdirda unga qarshi birgalikda harakat qilish, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada va Lotin Amerikasidagi jami 33 aʼzo mamlakatga taalluqli siyosiy, huquqiy, iqtisodiy muammolarni hal etishga yordam berish, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot yoʻlida hamkorlik qilishdan iborat. Islom taraqqiyot banki(ITB) 1975 yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning Hududiy ofislari 1994 yili Rabot(Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur(Malayziya)da, 1997 yili Olma-Ota(Qozog‘iston)da va 2008 yili Dakar(Senegal)da ochildi.Bank shuningdek 12 ta a’zo mamlakatda mahalliy vakolatxonalarga ega: bular Afg‘oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O‘zbekiston va Yamandir. ITBning asosiy vazifasi: a’zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. ITBning qarashlari: 2020 yilga a’zo-mamlakatlar inson kapitalini barqaror rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jahon miqyosidagi taraqqiyot banki bo‘lish. 2013 yilda ITB boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd.islomiy dinordan 100 mlrd.islomiy dinor(150 mlrd.dollar)ga ko‘tarish haqida qaror qabul qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan 50 mlrd.islomiy dinorga oshirildi. Ushbu qaror a’zo-mamlakatlarning moliyalashtirish mablag‘lariga bo‘lgan katta ehtiyoji bilan bog‘liq. So‘nggi 12 yil davomida yetakchi reyting agentliklari(Moody”s, Standard&Poor”s, Fitch) tomonidan ITBga uzoq muddatli kredit reytingi- “AAA” va qisqa muddatli oliy barqaror kredit reytingi – “A+” berib kelinmoqda. 2013 yilning dekabrida ushbu reytinglar yana tasdiqlandi. 2014 yilning iyunida ITB boshqaruvchilarining yillik 39-yig‘ilishida faoliyat boshlangani 40-yilligi(hijriy bo‘yicha) nishonlandi. Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi ITBni nol xatarli halqaro banklar guruhida ekanini aniqladi. Yevropa Ittifoqining Komissiyasi ham ITBni xatarsiz moliyaviy taraqqiyot muassasasi sifatida tasnifladi. ITB BMTning Bosh Assembleyasida kuzatuvchi maqomini oldi. ITBning muassasalari IHT Bosh kotibiyati va muassasalari, Xalqaro taraqqiyot banki, BMT taraqqiyot tashkiloti, Hududiy rivojlantirish tashkiloti, Milliy rivojlanish jamg‘armalari va nodavlat tashkilotlari kabi bir qator tashkilotlar bilan taraqqiyot sohasida yaqin aloqa qilib kelmoqdalar. Islom taraqqiyoti banki ITB guruhidan iborat bo‘lgan maxsus tashkilot va jamg‘armalarni ta’sis etdi. Islom taraqqiyoti banki ITB guruhi keng miqyosdagi faoliyatga jalb etilgan: a’zo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashish; a’zo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish; loyihaviy moliyalashtirish (shu jumladan, davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyilida); kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash (shu jumladan mikromoliyalash xizmatlari); a’zo-mamlakatlar mablag‘larini safarbar qilish; eksportni kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash hamda qayta sug‘urtalash; a’zo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta’lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish; a’zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda yordam ko‘rsatish; a’zo-mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa faoliyat shakllari. ITB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. ITB a’zo-mamlakatlarga, davlat va xususiy sektorga qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqalar kabi qishloq xo‘jaligi va infratizilma loyihalarini moliyalashtirish uchun qarzlar beradi. Ushbu loyihalar ustuvor hisoblanadi va a’zo-mamlakatlar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tashkil topgan vaqtidan boshlab ITB moliyalashtirgan mablag‘lar umumiy hajmi 2013 yilning oxiri holatiga 97,8 mlrd.dollarni tashkil etdi, undan 46,9 mlrd.dollari(48%) loyihaviy moliyalashtirishga, 49,8 mlrd.dollari savdoni moliyalashtirishga va 0,7 mlrd.dollari(1%) maxsus yordam uchun yo‘naltirildi. Amerika davlatlari taraqqiyot banki (Inter American Development Bank) — Lotin Ameri-kasi mamlakatlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalash uchun xizmat qiladigan davlatlararo mintaqaviy bank, Amerika Davlatlari Tashkilotining mintaqaviy muassasasi. 1959-yilda tashkil etilgan. Boshqaruvi Vashingtonda. Bankning rahbar organi — 5 yilga saylanadigan boshqaruvchilar Kengashi. Joriy rahbarlikni direktorat olib boradi. 44 davlat aʼzo (25 tasi Lotin Amerikasi davlatlari, 19 tasi boshqa mintaqalardan, jumladan Yevropadan 14, Osiyodan 2 mamlakat). Aʼzo davlatlarning badallari miqdori turlicha. Dast-lab bankning Us t a v kapitali 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilangan, 1972-yilda 10 mlrd.dollarga yetdi. Ovozlarning 34,5% AQShga tegishli. Bank kredit resurelarini asosan xalqaro ka-pital bozorlaridan safarbar etadi. Vietnam 2007-yildan beri Osiyo davlatlari ichida bola oldirish bo'yicha yetakchi o'rinda turarkan. China Daily statistik malumotlariga ko'ra Vietnam, 2007-yildan beri Osiyo davlatlari ichida bola oldirish bo'yicha yetakchi o'rinni egallagan. O'sha statistik ma'lumotlarga ko'ra 2015-yilning o'zida Vetnamda tug'ilgan chaqaloqlarning 56% i nikohsiz tug'ilgan farzandlar edi. Bunga sabab ayollarning erkaklar tomonidan aldanishi va tashlab ketilishi ekan. Ulari qishloqlarida bir umrlik sharmandalik va badarg'a kutib turar edi. Ilgari ular bu vaziyatdan faqat bola oldirish yo'li bilan chiqib ketishgan. Ammo 2018-yilga kelib nikoh agentligi tomonidan aqlga sig'maydigan xizmat, ijaraga beriladigan erlar xizmati taqdim etildi. Shundan so'ng esa Vietnamda bola oldirish va o'zini o'zi o'ldirish statistikasi keskin pasayib ketgan. Janubiy-Sarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyas (ASEAN) – Ushbu jamlanma Osiyo qitʻasinig janubiy-sharqida joylashgan oʻn mamlakatni birlashtirgan iqtisodiy va siyosiy tashkilot sifatida jahon hamjamiyatida muhim rol oʻynaydi. Avvaliga ushbu kelishuv 1967-yilning 8-avgustida Indoneziya, Malayziya, Fillipin, Singapur va Tayland hukumatlari tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar aʻzolar soni oʻntaga etgan va tashkilot ichida endi Bruney, Myanma, Kambodja, Laos va Vyetnam mamlakatlari oʻz qiziqishlari bilan ishtirok etishmoqda. Tashkilotning asosiy maqsadlari iqtisodiy oʻsishni kuchaytirish, ijtimoiy vaziyatni yaxshilash, aʻzo mamlakatlar orasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, regional hududni himoya qilish kabi masalalarni oldigan maqsad qilgan mamlakatlar vakillari global muammolarni tinchlik yoʻlidagi muzokaralar bilan hal qilish ustida faoliyat yuritishmoqda Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari Asssotsiatsiyasi (JShOMA) maydoni 4460000 км ² bu hudud Yer shari umumiy maydonining 3%-ni tashkil etadi. Aholisi 600000 kishi atrofida va Yer aholisining 8,8%-iga tengdir. 2012-yilda mamlakalarning erkin nominal YIM oldingi koʻrsatkichlarga nisbatan $ 2,3 trln. AQSh Dollariga oʻsish qayd etilgan. Agar JShOMA mamlakatlarnining iqtisodiyoti birlashtirilsa jahon iqtisodiyotida sakkiztadan bitta kuchli iqtisodiy potensial mavqesiga ega tashkilotlardan sanaladi. Tarixi 1961-yil Malayziya, Fillipin va Tayland mamlakatlari oʻrtasida imzolangan alyans keyinchalik Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari Assotsiatsiyasi nomini olgan (JShOMA). Lekin bu jamlanma rasmiy ravishda besh davlat Indoneziya, Malayziya, Tayland, Singapur va Fillipin kabi mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari tomonidan Bangkokda Tayland Tashqi ishlar vazirligi departamentida uchrashuv tashkil etilgan va ushbu (JShOMA) tashkiloti yaratilishi haqidagi deklaratsiya qabul qilingan. Deklaratsiya keyinchalik jahon hamjamiyatida Bangkok Deklaratsiyasi nomini olgan. Tashkilotning asoschilari sifatida besh mamlakat Tashqi Ishlar vazirlari eʻtirof etiladi, bular: Indoneziyadan Adam Malik, Fillipindan Narciso Ramos, Malayziyadan Abdul Razak, Singapurdan S. Rajaratnam va Tayland vakili Thanat Khomanlardir . 1960-yillarda roʻy bergan hodisalar iqtisodiy rivojlanishga harakat qilish, tashqi taʻsirlarga ishonchning yoʻqolishi, kommunizm tizimidan choʻchish va davlat tizimini mustahkamlash kabi muammolar JShOMA tashkiloti yaralishiga asosiy sabablar boʻlgan. 1984 1-yanvarida Bruney mustaqillikni qoʻlga kiritgan va bir haftadan soʻng 1984-yilning 8-yanvarida ilk marotiba jamlanma tarkibida kengayish kuzatilib Bruney JShOMA anjumanida oltinchi vakil sifatida ishtirok etgan. Tashkilot kengayishi 1995-yilning 28-iyulida Vyetnam yettinchi aʻzo sifatida va keyinchalik ikki yildan soʻng 1997-yilning 23-iyulida Laos hamda Myanma mamlakatlari tashkilotga aʻzo boʻlishgan Kambodja Laos va Myanma mamlakatlari bilan birgalikda tashkilot aʻzoligiga oʻz istagini bildirgan lekin mamlakatlar orasidagi ichki siyosiy kurashlar tufayli ushbu taklif JShOMA tomonidan vaqtinchaga bekor qilingan. Keyinchalik mamlakat hokimiyatidagi kamchiliklar bartaraf etilib 1999-yilning 30-aprelida tashkilotning hozirgi kundagi eng soʻnggi oʻninchi aʻzosi sifatida JShOMA tarkibiga qabul qilingan. 1990-yillarda kelajakdagi birlashish tufayli jamlanmada kengayish kuzatilgan. 1990-yilda Malayziya vakillari Sharqiy Osiyoda iqtisodiy forum yaratishni taklif etishgan va bu forumga tashkilotning yangi aʻzolari sifatida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorliklar olib borib Osiyo-Tinch okeani boʻyidagi iqtisodiy hamkorlikda AQSh taʻsiri bilan oʻz mavqelarini Osiyo hududida tenglashtirishmoqchi boʻlishgan. Lekin bu reja AQSh va Yaponiyaning bir-biriga kuchli qarama-qarshiligi sabab amalga oshmagan. Biroq bu kabi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay oʻz faoliyatlarini davom ettirishib 1997-yilda JShOMA uch plyus nomli birlashma yaratilgan. 1992-yilda yangi tartiblarga asoslangan imtiyozli tariflar qabul qilingan. Bu tariflar jahon bozorida ishlab chiqarish sifatini oshirish va regional hududda ishlab chiqarilgan maxsulotlar raqobatbardosh boʻlishini yaxshilash kabi muammolarni oʻz ichiga olgan. Ushbu qonunlar tashkilotningb erkin iqtisodiy hududida amal qilishi belgilangan. 1997-yilda Sharqiy Osiyodagi moliyaviy inqirozdan soʻng Malayziya ushbu tashkilotni kuchli iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya va Janubiy Koreya) bilan birlashtirish fikrini oldinga surgan. Bu tashkilotga aʻzo boʻlgan har bir mamlakat nafaqat regionda balki jahon mamlakatlari orasida iqtisodiy yutuqlarga erishish niyatida birlashishgan. 1995-yilning 15-dekabrida aʻzo mamlakatlar Janubiy-Sharqiy Osiyoni yadroviy qurollarni qisqartirish kelishuvi va Janubiy –Sharqiy Osiyoda yadroviy qurollar hududini bekor qilish haqidagi kelishuvlar imzolangan. Ushbu kelishuvni aʻzo mamlakatlardan faqatgina bir mamlakat imzolamagan boʻlib kelishuv 1997-yilning 28-martidan kuchga kirgan. Ushbu havfsizlikga oid kelishuv 2001-yilning 21-iyunida Fillipin imzolaganidan soʻng regionda toʻlaqonli yadroviy qurollarning barcha turlari taqiqlangan. Sharqiy Timor va Papua New Guinea Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi 2011-yilning martida Jakartada oʻtkazilgan sammitida Sharqiy Timor tashkilotga aʻzo boʻlish istagini bildirgan. Bunga javoban Indoneziya ushbu taklifni iliqlik bilan qabul qilgan. Папуа-Новая Гвинея 1976-yilda kuzatuvchilik mavqeiga, keyinchalik 1981-yilda maxsus kuzatuvchi sifatida tashkilot sammitlarida ishtirok etishni boshlagan JShOMA ushbu mamlakat bilan 1976-yil Bali shahrida oʻtkazilgan sammit ortidan iqtisodiy hamkorlik dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu holat 80-yillarning oʻrtalarida toʻlaqonli amalga oshirilib, keyinchalik 1991-yilda Tayland rezolyutsiyasi ortidan erkin savdo hududida oʻz mavqeini yanada oshirgan. 21-asrga kelib koʻpgina mamlakatlar va yirik tashkilotlar atrof-muhit holatini tiklash va yaxshilash kabi savollarni hal qilish tarzini oldiga maqsad qilib qoʻyishmoqda. Jumladan JShOMA tashkiloti endilikda tabiatni saqlash kabi yangi tartibdagi tizimlarni oʻzining regional hududida qabul qilmoqda. Tashkiliot vakillari avvaliga 2002-yilda Janubiy-Sharqiy Osiyoda tutunli ifloslanishni nazorat qilish maqsadida JShOMA transhududida tutunli ifloslanishga qarshi kelishuvni imzolashgan. Afsuski bu imzolangan kelishuv 2005-06-yillarda Malayziya tomonidan ifloslangan havo oqimi tufayli oʻz qadrini yoʻqotgan. Shuningdek tashkilot ekologik muamolarni oʻz ichiga oladigan bir necha kelishuvlarni qabul qilib, shulardan: Sharqiy Osiyo energetik havfsizlik deklaratsiyasi, 2005-yilda АСЕАН Wildlife Enforcement tarmogʻi regionda joriy qilinishi va Osiyo-Tinch okeanining iqlim va muhitni asrash kabi masalalarda hamkorlikning imzolanishi iqlimning oʻzgarishi sababli qabul qilingan. 2003-yilda Bali shahrida oʻtkazilgan JShOMA sammitida aʻzo mamlakatlar vakillari birdamlikda demokratik dunyo tartibiga asoslangan tizimni imzolashgan. Bunga sabab barcha mamlakatlar jahon va regional hudud hamjamiyatida oʻz demokratik dunyoqarashlarini tenglashtirishga va yaqin kelajakda rivojlanishga erishish harakatlari asosiy dalillar sifatida koʻriladi. Bundan tashqari demokratik boʻlmagan aʻzo mamlakatlar ham bu kabi vaziyatni qoʻllab quvvatlashgan. Har bir mamlakat vakillari keyinchalik tashkilot faoliyatini oʻrganib chiqishib kelajakda yangi integratsiyalarni regionda joriy qilish zarur degan hulosaga kelishgan va 1997-yildan boshlab shu maqsadlar asosida va tashkilot faoliyatini regionda yanada kuchaytirish kabi masalalarni hal qilish uchun yangi iqtisodiy jamlanma yaratish harakatini boshlashgan. Aʻzo mamlakatlar oʻzlarining iqtisodiy aloqalarini yaxshilash uchun oʻtkazilgan Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiya kabi mamlakatlarni oʻz doirasiga olgan Sharqiy Osiyo mamlakatlari sammitida tashkilotga yirik eksportyorlar Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni tarkibga qoʻshish istagini bildirishgan va bu masala keyinchalik matbuotda JShOMA plyus uch degan nomini olgan. Bu harakat Yevropa hamjamiyatini Sharqiy Osiyo hududida yoʻq qilish va yangi zamonaviy, rivojlangan sanoatni bunyod etish hamda kuchli Sharqiy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatini yaratish ekanligi baʻzi bir mamlakatlar tomonidan tanqid qilib kelinadi. Ohirgi yillarda erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklarni oʻrganish maqsadida hamda tashkilot jamgʻarmasini tashkil qilish masalalari sababli JShOMA huzurida Kuzatuvchi Faollar guruhi tashkil etilgan. 2006-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kuzatuvchi tashkilot maqomi berilgan. va bunga javoban JShOMA tashkilotning "dialoglar borasida hamkor" degan maqomiga erishgan. Erkin savdo 2007-yilda JShOMA tashkiloti oʻzining 40-yilligini va Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan boʻlgan diplomatik aloqalarga 30-yil toʻlganini nishonlagan. 2007-yilning 26-avgustida tashkilot vakillari to 2013-yilga qadar Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar oʻrtasidagi erkin savdo shartnomalarini yakunlash rejalanganini hamda ushbu kelishuvdan soʻng 2015-yilda JShOMA iqtisodiy hamjamiyati yaratilishini matbuot anjumanida bayon qilishgan. 2007-yilning noyabrida JShOMA aʻzolari tashkilot jamgʻarmasi, qonunlari va JShOMA aʻzolari oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilash hamda tashkilotni Xalqaro qonuniy shaklda yaratish kabi kelishuvlarni imzolashgan. Huddi shu yili JShOMA vakillari oʻrtasida Sharqiy Osiyo energetik havfsizlik Deklaratsiyasi qabul qilingan va keyinchalik 2007-yilning 15-yanvarida Avstraliya, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya mamlakatlari tomonidan ushbu bitim qabul qilingan. 2009-yilning 27-fevralida JShOMA tarkibidagi 10 mamlakat va Avstraliya hamda uning yaqin savdo hamkori Yangi Zelandiya vakillari oʻrtasida 2000-2020-yillar davomida erkin savdo hududi shartnomasi imzolanishi ishlari boshlangani va bu harakat keyingi yillarda mamlakatlar Yalpi ishki mahsulot hajmining 48 mlrd. AQSh Dollariga oʻsishiga turtki boʻlgan. JShOMA aʻzolari oʻzining savdo jihatdan asosiy olti hamkorlari Avstraliya, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreyalar bilan birgalikda umumiyhajmdagi regional iqtisodiy hamkorlik yaratish borasida kelishuvlar imzolanishini qayd etib oʻtishgan. Bu harakatlarning birinchi bosqichi 2013-yilning 26-28-fevralida Indoneziyaning Bali shahrida oʻtkazilgan tashkilot sammitida boshlangan. Bu xizmat hukumatlarga uzoq muddatli rivojlanish ehtiyojlari uchun kapital jalb etish, maqbul investitsiya muhitini yaratish uchun qonunchilik, strategiyalar, qoida va tartiblar masalalarida maslahatlar beradi. .XMK tashkil etilgan paytdan boshlab 2004 yilgacha jahonning 140 ta rivojlanayotgan davlatlarining 2825 ta kompaniyasini moliyalashtirish uchun 34 mlrd. AQSH dollaridan ortiq mablagʻlarini yoʻnaltirgan. Keying yillarda xalqaro tashkilotlarning soni tez ko’paya boshladi. Bular davlat guruhlarini hududiy belgisi bo’yicha yoki iqtisodiy faoliyatning ma’lum sohalaridan manfaatdorlikning umumiyligi asosida birlashtiruvchi tashkilotlardir. Bunday tashkilotlar savdo, ishlab chiqarish, transport, valyutamoliya operatsiyalari va boshqa sohalarda ham yuzaga keldi. 2002 yilda Toshkentda XMKning missiyasi ish boshladi. Korporatsiya Oʻzbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishga, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshib kelmoqda. 2002 yilda XMK Uzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash uchun 45,0 mln. AQSH dollari ajratdi. 21-asr boshidan Oʻzbekistonda XMK ning "Markaziy Osiyoda lizingni rivojlantirish boʻyicha loyiha"si amalga oshirilmoqda Jahon Savdo Tashkiloti — 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim — GATT(ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi. Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya (Jeneva)da. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi. JSTning oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi, oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 133 mamlakat toʻla huqukli aʼzo, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston JST da kuzatuvchi maqomiga ega va 1992—93 yillarda tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan. Download 302.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling