“ Kompyuter injinering
Download 105.95 Kb. Pdf ko'rish
|
Kompyuterni tashkil etishi 10ball
Texnologik qism
Klavitura – axborotlarni va buyruqlarni kiritishda ishlatiladi. Klaviaturada tugmalar soni va joylashishi turli xil bo’lishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi. Klavitura qurilmasini biz siz bilan tarkibiy jihatidan 4-guruhdagi tugmalarga bo’lib o’rganamiz: 1) Alafavitli-raqamli tugmalar guruhi- bu guruhdagi tugmalarni vazifasi kompyuterga axborotni va buyruqlarni kiritishda foydalanadigan tugmalardir. Xarflar, sonlar va tinish belgilardan iborat tugmalar kiradi. 2) Funktsional tugmalar guruhi - bu guruhdagi tugmalarga quydagi tugmalar kiradi F1, F2 ,F3, F4, F5, F6, F7, F8, F9, F10, F11, F12. Funktsional tugmalar guruhi vazifalari turli maxsus amallarni bajarish uchun zarur, ularning vazifalar xar bir dasturda bir -biridan farq qilib , ularning vazifalari bajarayotgan dasturda belgilab qo’yilgan buladi. 3)Maxsus tugmalar guruhi - bu guruhdagi tugmalar vazifalariga to’xtalamiz. [Enter] yoki [Return] tugmasi- yangi satrga utish yoki yozilgan buyruqni kiritish uchun xizmat qiladi. [Del] tugmasi - kursor turgan belgini o‘chirish uchun xizmat qiladi. Agarda klaviatura surish rejimida ishlayotgan bo’lsa belgi o‘chadi va belgidan keyingi ma’lumot chapga suriladi. [Ins] tugmasi -belgilarni kiritishda surish rejimidan almashtirish rejimiga o’tishni ta’minlaydi. [Vackspace] yoki [ß] tugmasi - kursordan chapdagi belgini uchiradi. [¬], [®], [], [¯], [Home], [End], [PgUp], [PgDn]tugmalari- kursorni mos ravishda chapga, unga, yukoriga,pastga, satr boshiga va oxiriga, matnni bir varoq oldinga va pastga varoqlashga olib keladi. [Ctl], [Alt] tugmalar alohida o’zi bosilaganda xech qanday vazifani bajarmaydi, lekin boshqa tugmalar bilan birgalikda bosilganda dastur ishiga ta’sir qiladi. Xar bir dasturda dasturlovchi tomonidan ularning bajariladigan vazifalari ko’rsatilgan bo’ladi. Masalan dastur tavsifida ma’lum bir amal bajarilishi uchun [Alt]Q[X] ni kiriting deyilganda, siz [Alt] tugmasini bosgan holda, [X] tugmasini bosish kerak. [Shift] tugmasi- katta xarfni yoki simvolli tugmalardagi ikkinchi belgini chiqarish uchun xizmat qiladi. Buning uchun [Shift] tugmasini bosgan holda kerakli tugma bosiladi. [Caps Lock]tugmasi- alfavitli tugmalarni katta xarf rejimida ishlashni ta’minlaydi. Buning uchun [Caps Lock] tugmasini bosish natijada (Caps Lock) indikatori yonishi lozim. Katta xarf rejimidan chiqish uchun yana shu tugmani bir marta bosish va indikator o’chganligi ko’rish lozimdir. [Caps Lock] rejimida [Shift] tugmasi kichik xarflar rejimini beradi. [Brek] tugmasi- dastur ishini to’xtatish uchun xizmat qiladi. [Print Screen] tugmasi-ekrandagi tasvirni printerga chiqaradi. 4) Qo’shimcha tugmalar guruhi ( bu guruhdagi tugmalar soni 101 va undan tugmadan ortiq tugmachali klaviaturada uchra ydi) ular odatda klaviaturaning ung tamonida joylashgan bo’lib ularning soni 17 va undan ortiq bo’lishi mumkin. Bu tugmalar guruhi ikki xil holatda ishlaydi: [Num Lock] (raqamlar) tugmasi- bosilgan xolatda (Num Lock) indikatori yongan xolatda 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 sonlar, G’, *, -, Q arifmetik amallar, (.) belgisi chiqadi va [Enter] tugmasi joylashgan. Odatda kompyuter ishga tayyor bo’lgan xolatda (Num Lock) indikatori yoniq holatda bo’ladi. [Num Lock] tugmasi- bosilgan xolatda (Num Lock) indikatori yonmag an holatda [¬], [®], [], [¯], [Home], [End], [PgUp], [PgDn], [Ins] va [Del] tugmalari vazifasini bajaradi. Download 105.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling