# Kun juda isib ketganidan tog`am bilan Asror cho`milgani borishdi
Download 19.42 Kb.
|
Nazirova Mohidil test
Ot # Kun juda isib ketganidan tog`am bilan Asror cho`milgani borishdi. Ushbu gapdagi shaxs oti qanday sintaktik vazifada kelgan? + ega - aniqlovchi - to`ldiruvchi - hol # Ot va sifat yasovchi shakldosh qo`shimchali so`zlar qaysi javobda berilgan? + o`yinchoq-erinchoq - ovunchoq-maqtanchoq - to`lin-ilin - chaqin-tiqin # Opasi savatda olma, behi, anor, nashvati olib kirib, dasturxon tuzashga tushdi. Ushbu gapda nechta narsa oti qatnashgan? + 6 ta - 5 ta - 4 ta - 7 ta # Har ikkala qismi bir xil so`z turkumiga mansub bo`lgan qo`shma otlarni aniqlang. Gulbeor; 2) betgachopar; 3) qo`lqop; 4) belbog`; 5) xushxabar; 6) sheryurak; 7) xontaxta - 3,4,5,6,7 + 3,4,7 - 1,2,3,4 - 1,3,4,6,7 # Qaysi javobda o`zaro sinonim otlar juftligi berilgan? - tanti-mard - mehribon-oqko`ngil + chiroy-ko`rk - sergap-kamgap # Yasalish asosi yasama so`z bo`lgan faoliyat-jarayon otini toping. + terimchi - ezmalik - ko`rik - ustachilik # Birinchi qismida tovush o`zgarishi mavjud bo`lgan qo`shma otlarni aniqlang. Atamashunos; 2) issiqsevar; 3) achchiqtosh; 4) sovuqqon; 5) buyruqbozlik; 6) tinchliksevarlik - 1,2,3,4 + 3,6 - 3,4,5,6 -1,3,5,7 # Qalamkash, avvalo, inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini haqqoniy tasvirlamog`i lozim. Ushbu gapdagi mavhum otlar sonini aniqlang. - 4 ta - 5 ta - 8 ta + 6 ta # Qaysi gapda ot+fe’l qolipidagi qo`shma ot berilgan? + husnbuzar - gulbeor - o`chirg`ich - shaftoliqoqi # Kerakli toshning og`irligi yo`q. Gapdagi yasama otning asosi qaysi so`z turkumiga taalluqli? - ravish - ot + sifat - modal so`z Sifat # Sifat+ot ko`rinishidagi qo`shma sifatlar berilgan qatorni toping. - kamgap, sergap + sovuqqon, balandparvoz - tezoqar, ertapishar - dunyoqarash, toshbag`ir # Fe’ldan yasalgan sifat berilgan qatorni toping. + yig`iq, yig`loqi - beg`ubor, bosiq - maqtanchoq, qo`g`irchoq - kuyunchak, kelinchak # Otlashgan sifat berilgan qatorni toping. - Dilshod tun-u kun tinmay ishladi. - Chiroyli kiyingan bolalar saf tortishdi. + Safimizda qoloqlar qolmadi. - Kasal bolani darrov shifokorga olib bordik. # Qo`shma sifatlar berilgan qatorni toping. + olachipor, qoraqizil - ko`k muqovali, serjahl - yam-yashil, betakalluf - sharsimon, qoramtir # -i qo`shimchasi qaysi so`zga qo`shilsa, sifat yasovchi bo`lishi mumkin? - do`st - boy - tinch + jannat # Fonetik yozuv asosida yozilgan yasama sifatlarni toping. - og`zaki, ustki - qalbaki, qishki + tepki, turtki - barcha javoblar to`g`ri # Quyidagi gapdagi otlashgan sifatning sintaktik vazifasini toping. O`zingdan kattani hurmat qil. + to`ldiruvchi - aniqlovchi - ega - kesim # Quyida berilgan gapda nechta yasama sifat bor? Tutunlar ko`kimtir, mayin, mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi. - 3 ta - 4 ta - 5 ta + 2 ta # O`z onamni elas-elas eslayman. Ko`zlari tim qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. - 3 ta + 2 ta - 1 ta - 4 ta # Qaysi javobdagi juftliklarda ot va sifat yasovchi qo`shimchalar o`zaro omonimlik hosil qilgan? - so`lg`in-horg`in - qarsak-o`ksik + supurgi-kuzgi - kelinchak-kuyunchak Son # O`simlik nomlarini bildiruvchi otlar bilan birikib keladigan hisob so`zni toping. - dona - bosh + tup - nafar # Qaysi qatorda sonlarni yozishda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? - besh-o`n, ellik-oltmishta + uchchala, to`rttala - bitta, ikkita - uchdan bir, beshdan uch # Jamlovchi son qaysi qatorda berilgan? - So`rining shundoq yoniga ikki dona olma tushdi. - Saida uyiga soat 11 da qaytdi. + Shunday qilib, to`rtala nomzod ham ro`yxatda qoldi. - patnisda to`rtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki bor edi. # Taqsim son qaysi gap tarkibida qo`llangan? + Bemorlar palataga to`rttadan joylashtirildi. - Hozir bog`chada 20 ta bolalar qoldi. - ularning ikkovi ham viloyatlik edi. - Toshkent ming-minglab kishilarni o`z quchog`iga olgan edi. # Otlashgan son qaysi gap tarkibida qo`llangan? + Ikkalasi navqiron aktrisaga bamisoli sehrlanganday tikilishardi. - Endi ikkinchi tomonga nazar tashlaylik. - Bu yerda u sakkizinchi, to`qqizinchi sinflarda bir yo`la o`qishga ulgurdi. - Rais bir buzoq bilan qo`y so`ydirgan. # Sodda sonlar ishtirok etgan gapni toping. - Majlisga besh-olti ota-ona keldi. - Karima to`rt-besh yil sabr qildi. + Yigirmanchida oxirgi imtixon bo`ladi. - O`n beshinchi kuni hovlimizga ko`chgan edik. # -ov, -ala qo`shimchalari qanday sonlarga qo`shilib keladi? + ikki sonidan yetti sonigacha qo`shiladi - ikki sonidan o`n sonigacha qo`shiladi - ikki sonidan yigirma sonigacha qo`shiladi - ikki sonidan 8 sonigacha qo`shiladi # Bir so`zining chegaralov ma’nosi qaysi qatorda berilgan? - Bir gektar yerni bog`-u rog`ga aylantirdi. - Choy mahalida bir kulib, bir yig`lamsiradi - U bir kuni ovga chiqdi. + Hamma keldi, bir Shirin ko`rinmadi. # Yuz gramm unni solib, ustidan uchta tuxum chaqib soling va ikkovini yaxshilab aralashtiring. Ushbu gapda nechta son qatnashgan? + 3 ta - 4 ta - 5 ta - 2 ta # Qaysi gapda chama son qatnashgan? - Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi. + Yuragi shuvullab, cheklanib o`tarkan, uch-to`rt yashar qizchaga ko`zi tushdi. - Sizlar mana shu qirqta mayizni qirqqa bo`lib yeysizlar. - Bunyod yetti kun kezdi. Yetti qora tun kezdi. Fe’l # Aniq nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping. - Osmonda xiragina kemtik oy ko`rindi. + Salim har yili ta’tilni ona qishlog`ida o`tkazadi. - U do`stining dov-daragini surishtirib yuribdi. - Tushga yaqin dadam bizha tushlik keltirib berdi. # Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping. - Ammo kampirning dodiga odam tez to`plandi. + Xat Sharifa tomonidan yozildi. - Sharifa darsga puxta tayyorlandi. - Dadam bizga ovqat keltirib berdilar. # Uqtirilgan, tiklatildi, qaltiradi, gaplashdi. Berilgan fe’llar qaysi nisbatlarga tegishli? + aniq, majhul - aniq, majhul, birgalik - aniq, orttirma, birgalik - aniq, birgalik # Fonetik yozuv asosida yozilgan sifatdoshni toping. - ko`chgan, tiqqan - o`sgan, tug`gan - kelgan, ekkan + tikkan, boqqan # Ahmoq yolg`onga to`n kiygizdi boplab, bor-yo`g`I bir hamroh emish-a, qaysi nodon ishonar bunga. Ushbu gapda fe’lning qanday nisbat shakllari qo`llangan? + orttirma, aniq - aniq, majhul - aniq, o`zlik - aniq, birgalik # Sifatdosh ishtirok etgan gapni toping. - Boshida tashvishi bo`lishiga qaramay, bolani erkalashga, tarbiyalashga vaqt topdi. - Bilish ayb emas, bilmaslik ayb - Musiqa tingach, qattiq uyquga ketdi. + Keng fe’l, ketmas davlat bersin. # O`z nafsini mag`lub etolgan marddir, G`iybatlardan uzoq ketolgan marddir, Nomard tegib o`tar yiqilganlarga, Ojizlar qo`lini tutolgan marddir. Ushbu she’rda otlashgan sifatdoshlar sonini toping. + 4 ta - 3 ta - 5 ta - 2 ta # Yuborilgan xatni oldim. Ushbu gapda majhul nisbat shaklidagi fe’l qanday bo`lak bo`lib kelgan? - kesim - to`ldiruvchi + aniqlovchi - ega # U ohista tebrandi. Ushbu gapdaqo`llangan fe’lning nisbatini aniqlang. - aniq - majhul - orttirma + o`zlik # Gaplashildi fe’lida qanday nisbat qo`shimchalari mavjud? + faqat majhul nisbat - majhul va birgalik - orttirma va majhul - majhul va aniq Olmosh # Eski o`zbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men o`rnida ko`pincha qaysi so`z ishtirok etadi? - kamina - bandayi ojizingiz, qulingiz - kaminayi kamtaringiz + hamma javoblar to`g`ri # Men har kuni singlimga qarayman, u esa hech qachon meni aytganlarimni qilmaydi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari qatnashgan? + kishilik, belgilash, ko`rsatish, bo`lishsizlik - kishilik, ko`rsatish, belgilash - bo`lishsizlik, kishilik, belgilash - kishilik, bo`lishsizlik # Olmoshdan yasalgan sifat qatnashmagan gapni toping. + o`ziga kelmoq - manman - o`zboshimcha - o`zbilarmon # Uncha-muncha tuzilishiga ko`ra qanday olmosh? - takroriy + juft - sodda - qo`shma # Qaysi gapda o`zlik olmoshini kishilik olmoshi bilan almashtirib bo`lmaydi? + Qurvonbibi to`ydan keyinbiroz o`ziga kelgan edi. - o`zim ham hayronman - bu ishlarni qilgan o`zi - qimirlamang, uyingizga o`zim kuzatib qo`yaman. # Bu gapning butun daxshati shu tobda bilindi. Ushbu gapda nechta olmosh qatnashgan? + 3 ta - 2 ta - 1 ta - 4 ta # Nima eksang, shuni o`rasan. Ushbu gapda olmoshning qanday ma’no turlari qo`llangan? + so`roq, ko`rsatish - kishilik, ko`rsatish - so`roq - belgilash, so`roq # Ko`ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do`stlashding? Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding. Ushbu gapda olmoshlar soni nechta? + 5 ta - 4 ta - 3 ta - 6 ta # Hech so`ziga so`roq olmoshlarini qo`shish natijasida qanday olmosh hosil qilinadi? - belgilash - so`roq + bo`lishsizlik - gumon # Har so`ziga so`roq olmoshlarini qo`shish natijasida qanday olmosh hosil qilinadi? + belgilash - so`roq - bo`lishsizlik - gumon Ravish # Gapda ravishga xos bo`lgan sintaktik vazifani belgilang. + hol - aniqlovchi - to`ldiruvchi - kesim # Ravish ishtirok etgan qatorni belgilang. - Zalga shoshilib Zarina kirib keldi. + Olimjon jo`rttaga qattiq ovoz bilan baqirdi. - Moviy osmonda kulrang bulutlar sayr qilmoqda. - Qiz ona bilan samimiy salomlashdi. # Qaysi qatordagi gapda qo`shma ravish mavjud? + Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu. - Majlis kechroq boshlandi. - O`quvchilar sayohatga ertaga ertalab keladilar. - Biz do`stona yashaymiz va ishlaymiz. # Sinonim ravishlar berilgan qatorni toping. + sal, picha, andak - birpas, birdan bir, yagona - ozgina, tanho, biroz - ko`pincha, ancha, serob # Belgining belgisini bildirgan ravish qatnashgan qatorni toping. + Uning so`zlari bolalarcha sodda, samimiy, lekin aniq va ravshan edi. - Mashina tezroq yura boshladi. - Oqshom paytida shamol birdan to`xtadi. - Ra’no majlisda yaxshi gapirdi. # Chang va tutundan mashina va odamlar zo`rg`a ko`rinar edi. Ushbu gapda qo`llangan ravishning turini aniqlang. + holat ravishi - payt ravishi - miqdor-daraja - sabab ravishi # Yasama ravish qatnashgan qatorni toping. + ertalab, kechalab - charaqlab, ertalab - bittalab, yaxshilab - to`rttalab, yuzlab # To`xtovsiz, do`stona, inglizcha, betinim. Qaysi biri ravish emas? + Inglizcha - do`stona, inglizcha - betinim - hammasi ravish # Kunduzi o`ralashib yurganlardan qittay ham qolmagan. Ushbu gapdagi ravishlar sonini toping. - 4 ta - 3 ta + 2 ta - 1 ta # Jim, yayov, bafurja, arang, zo`rg`a, astoydil qanday ravishlar? - maqsad-sabab ravishlari + holat ravishlari - payt ravishlari - miqdor-daraja ravishlari Download 19.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling