“ Murojaatlarni ko'rib chiqish ” Davlat xizmati Reglamenti


Download 14.16 Kb.

Sana09.02.2018
Hajmi14.16 Kb.



Murojaatlarni ko'rib chiqish

” 

Davlat xizmati Reglamenti 

1. Xizmat nomi 

 

Yuridik va jismony shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish. 



 

2. Xizmat haqida 

O'zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  davlat  organlariga  arizalar,  takliflar  va  shikoyatlar 

bilan murojaat etish huquqiga ega. 

3. Xizmatning sohaga tegishliligi 

Barcha sohalar uchun 



4. Xizmatdan foydalanuvchining toifasi 

Jismoniy va yuridik shaxslar. 



5

. Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot

 

ATB “Qishloq Qurilish Bank”

 

6

. Bog’lanish

 

ATB “Qishloq Qurilish Bank” 

100060, Toshkent shahar A.Navoiy ko'chasi, 18A 

 uy, 



Telefon :  (+998 71) 150-39-93.  

7. Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar 

1.  Murojaatlarda  fuqaroning  familiyasi  (ismi,  otasining  ismi),  yashash  joyi  to'g'risidagi 

ma'lumotlar  ko'rsatilgan  ariza,  taklif  yoki  shikoyatning  mohiyati  bayon  etilgan  bo'lishi 

kerak. Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo'lishi lozim. 

2. Murojaatga shaxsiy imzo qo'yish imkoni bo'lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib 

bergan  shaxsning  imzosi  bilan  tasdiqlanib,  uning  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi  ham 

yozib qo'yiladi. 

8. Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi 

O'zbekiston  Respublikasining  "Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  murojaatlari 

to'g'risida"gi Qonuni 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgust "Davlat va xo'jalik 

boshqaruvi, 

mahalliy 

davlat 

hokimiyati 



organlarining 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan  foydalangan  holda  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  bilan  o'zaro 

hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 181-sonli Qarori 



9. Xizmat narxi va to`lash tartibi 

Bepul. 


 

10. Xizmatni ko`rsatish muddati 

Fuqarolarning  takliflari  tushgan  kundan  e'tiboran  bir  oygacha  bo'lgan  muddat  ichida 

ko'rib  chiqiladi,  qo'shimcha  o'rganishni  talab  etadigan  takliflar  bundan  mustasno  va  bu 

haqda taklif kiritgan shaxsga o'n kunlik muddat ichida ma'lum qilinadi. 



11. Natijani olish usullari 

Fuqarolarning  ariza,  taklif  va  shikoyatlari  ularda  qo'yilgan  masalalarni  hal  etish  vakolat 

doirasiga  kiradigan  davlat  organiga  bevosita  yoki  bo'ysunuv  tartibida  yuqori  turuvchi 

organga beriladi. 

Fuqaro  ariza,  taklif  va  shikoyatni  shaxsan  berishga,  shuningdek  bu  boradagi  vakolatni 

o'z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli. 

Voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini ko'zlab ariza, 

taklif va shikoyat ularning vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 

berilishi mumkin. 

12. Xizmat natijasi 

Fuqaroning  murojaatini  ko'rib  chiqqan  davlat  organi  unga  murojaatni  ko'rib  chiqish 

natijalari  to'g'risida  va  qabul  qilingan  qarorning  mohiyati  haqida  yozma  shaklda  xabar

 

qilishi shart. 



13. Rad etish sabablari 

Fuqaroning  familiyasi  (ismi,  otasining  ismi),  yashash  joyi  to'g'risidagi  ma'lumotlar 

ko'rsatilmagan  yoki  u  haqda  soxta  ma'lumotlar  ko'rsatilgan  murojaatlar  anonim  deb 

hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi. 



14. Shikoyat arizasi berish tartibi 

Ariza  yoki  shikoyat  yuzasidan  qaror  qabul  qilgan  davlat  organining  mansabdor  shaxsi, 

agar  fuqaro  qarorga  rozi  bo'lmasa,  unga  qabul  qilingan  qaror  ustidan  shikoyat  berish 

tartibini tushuntirishi shart. 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling