 Neolit davrining oxirida odamlar misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o‘tishdi


Download 15.31 Kb.
Sana26.02.2020
Hajmi15.31 Kb.

Eneolit davri

 Neolit davrining oxirida odamlar misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o‘tishdi

 Bu davr mil. avv. 4–3- ming yillikning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi

 Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

 Mil. avv. 4-ming yillikda Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi.

 O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi

 Xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi

 Idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi.

Sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o‘simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlandi
Bronza davri

 Odamlar misni eritib, qalay, qo‘rg‘oshin yoki rux bilan qo‘shib, bronza olishni o‘rganganlar.

 Bronza misdan ko‘ra ancha qattiqligi tufayli mil. avv. 3-ming yillik o‘rtalaridan boshlab asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy ashyoga aylanib qoldi

 Bronza mehnat qurollariga ega bo‘lgan odamlar endi dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkonini qo‘lga kiritdi. Natijada ular ixtiyorida ortiqcha miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlari vujudga keldi.

 Chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi

Patriarxat davri boshlandi

 Mil. avv. 3-ming yillik oxirlari – 2 ming yillikka oid manzilgohlardan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko‘li yaqinidan topilgan (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani).

 Xorazm vohasida ham bronza davriga oid manzilgohlar o‘rganilgan.

 Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo‘lgan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani).

 Qazishmalar davomida bu yerdan xom g‘ishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan

 Surxon vohasida (hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo‘lmagan joy) Jarqo‘ton manzilgohi vujudga kelgan. Jarqo‘ton qurilishi tarixida ilk shahar alomatlari ko‘zga tashlanadi

 U ikki qismdan iborat bo‘lgan: qal’a va uning atrofida jamoa a’zolari bo‘lmish hunarmand va dehqonlarning uylari joylashgan.

 Jarqo‘tonda ibodatxona qoldiqlari topilgan.

 Qurilish sohasida katta yutuqlarga erishgan.

 Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar.

 Zamonbobo manzilgohidan bronza ko‘zgular topilgan

Bronzadan yasalgan bilaguzuk - Mil. avv. XII asr

Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor. Mil.avv. 2-ming yillik. Farg‘ona vodiysi



 Bronzadan yasalgan to‘g‘nog‘ich va tosh munchoqlar - Mil. avv. XVII asr
@tarixchiprod

RAHMATJON NIYOZMETOV



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling