qurilmalar - Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish etilgan) boʻldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish soʻrovlari paydo boʻldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-versiyasi (Honeycomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi. Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda oʻzining „Google Nexus“ qurilmalarini Android OT ostida chiqara boshladi. Aynan shu qurilmalar birinchi boʻlib yangi versiyalarda chiqdi.
- Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android AT boshqa moslamalarga ham oʻrnatiladi. Masalan, 2009-yilda sotuvga Androidda ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011-yilda Blue Sky kompaniyasi Android OT ostidagi „aqlli“ IWatch soatlarini chiqardi. 2012-yil avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani namoyish etdi. „Google Nexus“ seriyasida smartfon va planshetlardan tashqari Android ostidagi „Nexus Q“ mediapleyeri mavjud. Shu bilan birga Android rusumidagi televizorlar ham mavjuddir.
- 2012-yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3 mln.ga koʻpayotgani haqida xabar berdi.
- Google Play (avvalgi Android Market)[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2008-yil 22-oktabrda Google Android OT dasturlarining onlayn doʻkoni — Android Market ochilishi haqida eʼlon qildi. Kelishivga koʻra yaratuvchilar foydaning 70 %, operatorlar esa qolgan 30 % olishadi. 2009-yil fevralda AQSH va Buyuk Britaniya yaratuvchilarida Android Marketdagi oʻz dasturlari uchun pul olish imkoniyati paydo boʻldi. Sony Ericsson kompaniyasi dasturlarning onlayn doʻkoni Android Marketda shaxsiy kanalini ishga tushirdi. U kanalda kompaniya tomonidan tavsiya etilgan dasturlar va oʻyinlar berilgan. 2011-yil dekabrda Android Market tuzilganidan beri 10 mlrd. dastur koʻchirib olindi.
- 2012-yil martda Google kompaniyasi „Kitoblar“, „Android Market“, „Musiqa“ va boshqa servislarni yagona Google Play servisiga birlashtirdi. Googel Play internet doʻkoni 190ta davlatda ishlaydi, 700 mingdan ortiq dasturga ega, ochilganidan beri 25 mlrd.ta dastur koʻchirib olingan.
- Afzalikklari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Baʼzi kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, Android bir qator funksiyalarda, xususan veb syorfingi Google va boshqa xizmatlar bilan integratsiyalashuvida oʻzining raqobatchilaridan biri Apple iOSʼdan koʻra yaxshiroqdir. Bundan tashqari, Android, iOSdan farqli oʻlaroq, koʻproq platformalarga funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan ochiq platformadir;
- Dasturlarni „tasdiqlanmagan manbalardan“ (masalan, xotira kartasidan) oʻrnatish taqiqlanganiga qaramay, ushbu cheklovni qurilma sozlamalari orqali oʻchirish mumkin boʻlib, bu foydalanuvchiga Internetga ulanmagan holda telefon va planshetlarga dasturlarni oʻrnatish imkonini beradi. Shuningdek, har kimga Android uchun bepul ilovalar yozish va uni qurilmada sinab koʻrish imkonini beradi;
- Android operatsion tizimini ARM, MIPS, x86 kabi turli xil apparat platformalariga oʻrnatish mumkin;
- Google Play Marketʼga muqobil xizmatlar mavjud: Amazon Appstore, Uptodown App Store, Opera Mobile Store, Yandex Store, GetApps, Mobogenie, F-Droid, 1Mobile Market, Meizu Appstore, AppGallery, Aurora Store, Aptoide;
- 4.3 versiyasidan koʻp oʻyinchi rejimini qoʻllab-quvvatlash imkoni tugʻildi.
- Tanqidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Sertifikatlangan Android qurilmalariga identifikatsiya maʼlumotlarini kompaniya serverlariga foydalanuvchining harakati haqidagi real vaqtda maʼlumotlarni uzatishga imkon beruvchi maxsus Google xizmati mavjud;
- Telefon ishlab chiqaruvchilari Google Play va boshqa Google kompaniyasiga tegishli boʻlgan mulkiy ilovalardan[20] u bilan shartnoma qilgandan keyingina oʻrnatish huquqiga ega boʻladilar;
- Lookout Security Mobile maʼlumotlariga koʻra, 2011-yilda Android smartfonlaridan foydalanuvchilardan taxminan bir million AQSh dollari oʻgʻirlangan (masalan, telefon egasini bilmasdan SMS yuborishi orqali);
- Android (xuddi IOS kabi) Internetda fayllarni yuklash uchun HTMLda ishlatiladigan yuklash atributini qoʻllab-quvvatlamaydi.
- Eʼtiroflari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- PC Magazine Android 4.0 Ice Cream Sandwichʼni tahrirlovchilar tanlovi mukofotiga sazovor qilib, OSning yangi versiyasi platformaga koʻplab yaxshilanishlarni olib kelganini, shu jumladan smartfon va planshet tizimlari oʻrtasidagi farqni yoʻq qilganini taʼkidladi.
- 2012-yil mart oyida Rossiyaning "Vedomosti" gazetasi Android planshet kompyuterlar bozorida oʻzining asosiy raqobatchisi Applega qarshi gʻalaba qozongani haqida xabar berdi. Buning sababi, deydi tahlilchilar, Apple oʻz qurilmalari premerasini bir necha oyga kechiktirishidir. Shu bilan birga, iOSʼga nisbatan xaridorlarga „androidli“ qurilmalarni arzonroq narxda taklif qilishdidir deya eʼtirof etdi.
- Android animatsiyalari ish vaqtida ob'ektning harakatini va xususiyatini o'zgartirishga imkon beradi. Bu ilovada nima sodir bo'layotgani haqida foydalanuvchilarga xabar beradigan vizual signallarni qo'shadi. Ular, ayniqsa, UI holatini o'zgartirganda, masalan, yangi kontent yuklanganda yoki yangi harakatlar mavjud bo'lganda foydalidir. Animatsiyalar, shuningdek, ilovangizga sayqallangan ko‘rinish beradi, bu esa unga yuqori sifatli ko‘rinish va hissiyot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |