• Основные стратегические варианты


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

 
 
9.1-jadval 
«Tovar-bozor» matritsasi 
Tovar 
lar 
Bozorlar 
joriy 
yangi 
Joriy 
bozorga chuqurroq kirib 
borish strategiyasi 
sotishni jadallashtirish; 
yangi xaridorlarni qidirish; 
raqobatchilarni sindirish; 
tovarning iste’mol sohasi 
kengayishi 
bozorni rivojlantirish strategiyasi 
yangi bozorlar; 
yangi sotish hududlari; 
xalqaro bozorlar; 
tovardan foydalanishning yangi 
sohalarini tuzish 


121 
Yangi 
Tovarni takomillashtirish 
o‘z kuchi bilan yangi tovar 
ishlab chiqarish; 
bitimlarni rivojlantirish; 
litsenziya; 
mahorat bilan ayirboshlash 
Diversifikatsiya 
gorizontal; 
vertikal; 
konsentrik 
Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasida tovar sotishni yanada 
ko‘paytirishga, tovarni iste’mol sohasini kengaytirishga, foydalanilmay 
qolgan imkoniyatlarni ishga solish hisobiga o‘sishga erishish mumkin.
Tovarni takomillashtirishda uning ozgina xossa-xususiyatini o‘zgartirgan 
holda egallab turgan bozorda yangi tovar ishlab chiqarishga erishish mumkin. 
Bozorni rivojlantirish strategiyasida yangi bozorlarda mavjud tovarlar 
bilan o‘sishga erishish, bozor hududlarini kengaytirish nazarda tutiladi. 
Diversifikatsiya strategiyasi ishlab chiqarilayotgan tovarga yaqinroq 
bo‘lgan tovarni, tovardan tubdan farq qiluvchi boshqasini ishlab chiqarishni 
o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Diversifikatsiyani uchta turi mavjud: 
gorizontal, vertikal va konsentrik. 
Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovralarga o‘xshash ishlab 
chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo‘lgan tovarlarni 
ishlab chiqarish tushuniladi. 
Vertikal diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv 
yo‘nalishi sifatida ham tovar dasturining chuqurligini o‘stirishni anglatadi. 
Masalan, go‘sht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do‘kon mol yetishtirishni 
o‘zlashtirishi mumkin. 
Konsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab 
chiqarishni ko‘zda tutadi. 
Diversifikatsiya tovarlarni turli-tumanligi hisobiga jalb etuvchanligini 
yaxshilashga asoslanadi. 
Tovar diversifikatsiyasining maqsadi, iste’molchilarni tovarni afzal 
ko‘rish, alohida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini hisobga olish 
orqali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligi ortishi 
hisoblanadi. 
Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo‘yicha amalga oshiriladi: 
tovarning qo‘shimcha imkoniyatlari; 
tovardan foydalanish samaradorligi; 
komfortlilik; 
ishonchlilik; 
tovar dizayni va uslubi. 


122 
Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muhim o‘rin 
egallaydi. Bu strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda 
qo‘shimcha tovarlarni ishlab chiqarishni boshlaganda qo‘llaniladi. 
Diversifikatsiya firma faoliyatida barqaror o‘sishini ta’minlash uchun 
samarali vosita sifatida ilgari suriladi. 
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qo‘llash innovatsiya siyosatining 
tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda 
amalga oshiriladi. 
Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 bosqichni o‘z ichiga oladi: 
yangi tovar haqida g‘oya izlash; 
g‘oyani tanlash; 
yangi tovar g‘oyasini tijoratlashtirishning iqtisodiy tahlili; 
tovarni ishlab chiqish; 
bozor sharoitida uni tajribadan o‘tkazish; 
tovarni bozorga qo‘llash. 
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqidagi g‘oyani izlash bilan 
boshlanadi. Yangi tovar g‘oyasini izlashni asosi, tovar haqidagi ichki va 
tashqi g‘oyalar manbai hisoblanadi. 
Tashqi tovar haqidagi g‘oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va 
iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko‘rgazmalar, tadqiqot institutlari, 
ta’minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi. 
Tovar haqidagi ichki g‘oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo‘limi, 
ishlab chiqarish bo‘limi, marketing bo‘limining barcha qismlari, xalqaro 
iqtisodiy hamkorlik bo‘limi, tovarni tayyorlash bo‘limi kiradi. 
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o‘z mazmuniga ko‘ra yangi 
tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi. 
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni qidirish va 
ishlab chiqishdan iboratdir. 
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar qo‘llaniladi. Yangi 
tovar haqidagi g‘oyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy uslublardan 
foydalaniladi. 
Iqtisodiy tahlil bosqichida foydani solishtirish, zararsizlikni baholash 
uslubi, xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi. 
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari, tovar 
markasini ishlab chiqish texnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash uslublari 
qo‘llaniladi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling