• Prezident va Prezident devoni


Download 117.74 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi117.74 Kb.
#1485227
Bog'liq
m3



Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 7BX-22 guruh talabasi Aminboyev Shohjahon Moliya asoslari

Moliyani boshqarish organlari , ularning asosiy vazifalari, funksiyalari , huquq va vakolatlari

Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:

• Prezident va Prezident devoni;

Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo'yicha Oliy Majlis palatalarining tegishli qo'mitalari;


• Vazirlar Mahkamasi;
• Hisob palatasi;

• Moliya vazirligi va uning joylardagi, jumladan, G'aznachilik tizimi organlari;


Markaziy bank;
• Davlat soliq qo'mitasi;
• Davlat bojxona qo'mitasi;
• Davlat mulk qo'mitasi;
• Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya;
• Byudjetdan tashqari fondlarning ijroiya idoralari
• va boshqalar.

Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimi faoliyatini tartibga soladi, mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga «veto» qo'yish huquqiga ega.Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo'lgan Oliy majlis soliqlar, yig'imlar, soliqdan tashqari to'lovlarni belgilaydi, Davlat byudjetini ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi. Shuningdek, u Davlat byudjeti ijrosi to'g'risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o'zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli darajasini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetini ko'rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida ish yuritadi.Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalami bajaradi:

• hajmi va maqsadga mo'ljallanganligi bo'yicha Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlari daromadlar va xarajatlari o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish;

• davlat mablag'larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;

• Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta’sir ko'rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini ko'zda tutadigan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy tahlil qilish;

• Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari natijalari to'g'risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma’lumotlarni taqdim etish; va boshqalar.


Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet, soliq va valyuta siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
• Davlat byudjeti loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;
• byudjet mablag'lari va byudjetdan tashqari fondlar mablag'lari oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
• davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlami ko'rish;
• mamlakat byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko'rish;
• mamlakat ijtim oiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlariga moliyaviy resurslami to'plash;
• Davlat byudjeti va jamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobot tayyorlash;
• davlat tomonidan qarzlami olish dasturini ishlab chiqish, davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;• uzoq, o‘rta va qisqa muddatli istiqbolga mo'ljallangan mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
• iqtisodiyotni moliyaviy sog'lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar,ishlar va xizmatlami bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo'llab-quwatlovchi chora-tadbirlami ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
• mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari,iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va to'lovlaming ahvolini yaxshilash bo'yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
• faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo'naltirilgan choralami ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish;
• moliyaviy rejalashtirish va milliy xo'jalikni moliyalashtirish sohalarida uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
• mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
• moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to'xtatib qo'yish va boshqalar.

Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatidanquyidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar bo'lishi mumkin:


• davlat byudjeti bosh boshqarmasi;
• valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;
• hududlar moliyasi bosh boshqarmasi;
• agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi;
• ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi;
• nazorat-taftish bosh boshqarmasi;
• investitsiyalar boshqarmasi;
• iste’mol bozori va xizmat ko'rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqali tartibga solish boshqarmasi;
• boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi;
• soliq siyosati boshqarmasi;• buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;
• qimmatli qog'ozlar va moliya bozori boshqarmasi;
• moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
• sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg'i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi;
• mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi va boshqalar.

E'tiboringiz uchun rahmat
Download 117.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling