Organik sezgilarning reseptorlari ichki organlarda, qizilo`ngach, me`da, ichak, qon tomirlari, o`pka va shu kabilarda joylashgan bo`ladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar reseptorlarining qo`zg`atuvchilaridir. Ularga quyidagilar kiradi: b) chanqoq sezgilari; v) noxush tuyg`ular; g) ochlikni sezish. Sezgilarning yuzaga kelishi ma`lum qonuniyatlarning asosida yuz beradi. Sezgilar biror bir sezgi a`zosining qo`zg`alishidan hosil bo`ladi. Qo`zg`atuvchi reseptorga ta`sir etishi bilanoq sezgi hosil bo`lmaydi. Qo`zg`atuvchi ta`sir eta boshlagandan bir necha vaqtdan keyin sezgi hosil bo`ladi. Sifat - mazkur sezgining asosiy xususiyati bo`lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o`zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisi past-balandligi, mayinligi, zo`rligi bilan farq qiladi va hokazo Idrok haqida tushuncha. Idrokning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari. Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo`lib, barcha ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan bilimlar, tajribalar, ko`nikmalar bir davrning o`zida namoyon bo`ladi, aks ettirishda ishtirok etadi. Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, to`laroq aks ettirish jarayoni bo`lib, sezgi a`zolarimizga ta`sir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya`ni yaxlit aks ettirishdan iboratdir. Psixologik adbiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha ta`riflar uchraydi. Jumladan M.Vohidovning "Psixologiya" darsligida idrok deb sezgi a`zolarimizga ta`sir etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, deb keltiriladi. V.Karimovaning "Psixologiya" o`quv qo`llanmasida idrok bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko`plab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo`lgan ob`ektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettirishimizni ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |