‘‘ Sezgining psixologik mohiyati, fiziologiyasi ’’ mavzusida tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Sezgining psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Reja


Download 0.7 Mb.
bet10/12
Sana13.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1456219
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
To\'raqulov Ikrom

Kompleks qo`zg`atuvchining ta`siri ostida hosil bo`ladigan nerv bog`lanishlarining boshqa bir turi ham borki, ular turli xildagi analizatorlar doirasidagi bog`lanishlardan iboratdir. I.M.Sechenov narsani yoki fazoni ko`rish kinestezik, paypaslash assosiasiyalari orqali va boshqa sezgilarning assosiasiyasi orqali idrok etilishini izohlab bergan edi. Idrokning o`ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri kuzatuvchanlikdir. Umuman olganda idrok jarayonining hammasi kuzatish bilan har doim uzviy bog`liq. Chunki odam idrok qilayotganida nimanidir kuzatadi. Lekin ixtiyorsiz idrok jarayonidagi kuzatiladigan narsa va hodisalar odamning esida saqlanib qola bermaydi.

Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qo`yiladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog`liq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va hodisalarning unga bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi.

Akademik I.P.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan. U Sankt-Peterburg yaqinidagi Pavlova shaqridagi fiziologiya institutining oldi tomoniga "Kuzatuvchanlik, kuzatuvchanlik va yana kuzatuvchanlik" deb yozdirib qo`ygan.

Idrokda ob`ekt va fon, appersepsiya, idrokning konstantligi. Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish.Odamga juda ko`p narsa va hodisalar ta`sir qilib turadi. Bular shunday ko`p xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning o`zida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. Odam ko`p sonli qo`zg`ovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan narsani o`rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob`ekt hisoblanib, ob`ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Masalan, o`qituvchi bir darsda bir necha o`quvchilardan so`raydi. Har safar so`rayotganlarni ko`radi. Chaqirilgan o`quvchi uning javobi xatti-harakati idrok ob`ekti hisoblanadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling