" Sherobod qadimgi o’z madaniyati, tarixi va olimlari, hbcamda mehnatkash kishilari bilan butun sharq olamida alohida o’rin tutgan tarixiy joydir". [1,105-b
Download 38.47 Kb.
|
Hadicha
“ Sherobod qadimgi o’z madaniyati, tarixi va olimlari, hbcamda mehnatkash kishilari bilan butun sharq olamida alohida o’rin tutgan tarixiy joydir”. [1,105-b.] Sherobod -Sherobod tumanidagi shahar, tuman markazi bo’lib, Surxondaryo viloyatida joylashgan. Surxondaryo viloyatida 8 ta shahar bo’lib, Sherobod shahri ulardan biri hisoblanadi va 1973-yilda shahar nomini olgan. Sherobod tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan tumanlardan biri hisoblanadi. Statistic ma’lumotlarga ko’ra tuman aholisi 206,1 ming kishi (2023).Har yili bu demografik ko’rsatkich o’zgarib turadi. Aholi sonining oxirgi 10 yillikda qanchaga ko’payib, qanchaga kamayganini statistic ma’lumotlarga asosan diagrammada ko’rib chiqamiz. Sherobod juda so’lim joy bo’lib, iqlimi issiq, qulay, tuprog’i unumdor, ziyoratgohlari ko’p va o’ziga xos hududdir. Sherobod qadimdan mavjud bo’lgan joy bo’lib juda ko’p yillik tarixga ega. Uning tarixiga nazar soladigan bo’lsak u ikki ming yildan ziyod. Sherobod Makedoniyalik Aleksandr davrida ham mavjud bo’lgan va Shahri Xaybar deb atalgan. Bu joy nomini Sherobod deb qo’yish ham bejizga emas. “Mahalliy rivoyatga ko’ra, “SH” atamasi “Shorabot” – bosh rabot, bosh bekat ma’nosini bildiradi”. [2,113-b.]. Tuman ziyoratgohlari, qadamjolari ko’pligi bilan ajralib turadi. “Sherobod tumanida xadis ilmining asoschilaridan biri, alloma va olim ko’plab asarlar muallifi, islom olamidagi mashhur muxaddis olim Abu Iso Termiziy maqbarasi mavjud. Iso Termiziy ziyoratgohi (X-XI) asrlarda Sherobod tumanining sharqiy tomonidan 6 km masofadagi, Ulash Turopov jamoa xo’jaligi hududidagi katta qabrston yonida joylashgan.” [1,106-b.]. Bu yerda “Sixoxi sitta” (Olti ishonchli to’plam) nomi bilan Islom olamida mashxur bo’lgan xadis kitoblaridan birining muallifi, buyuk muxaddis Abu Iso Muxammad ibn Iso Termiziy dafn etilgan. “Ushbu ziyoratgoh xalqimiz ma’naviyatining yuksalishida, dunyoviy va diniy bilimlarni mukammal o’rganishda, axloq-odob, insonparvarlik g’oyalarini targ’ib etishda muqaddas hisoblanadi. Muqaddas ziyoratgohlarning paydo bo’lishida geografik muhit katta ahamiyatga ega”. Ulug’ avliyolarning, allomalarning, dinning dunyoviy ahamiyatini o’rganishda, uni muqaddaslashtirishda xududning iqlimiga, yerning joylashuviga, tuproqning tozaligiga, tabiatning dorivor o’simliklar, turli darxtlar bilan bog’liqligiga alohida e’tibor berilgan. Tumanda juda ham ko’plab ziyoratgohlar bo’lib ular: Aktam Saxoba, Suloymon Ota, Jamolmergan Ota, Abdulla Sad Baqqos, Cho’pon ota, Bobotepa, Xo’jamuqon ota, Xo’janko ota, Sayid ota, Qayrag’och ota, Cho’lpon ota, Ko’ktosh Valiy, Rabotak qabristoni kabi saxobalar, ilk arab sarkardalari nomlari bilan bog’liq ziyoratgohlar mujjassamlashgan. Bu ziyoratgohlarga chet ellardan ham sayyohlar tashrif buyirishadi. Bular arxeologik izlanishlar natijasida aniqlangan ziyoratgohlardir. Muqaddas ziyoratgohlarda dafn etilgan shahslarning xalq oldidagi xizmatlari, tinchlikni saqlash, xalqlarni chet el bosqinchilaridan himoya qilish va g’alabani ta’minlashdagi karomatlari xalq tomonidan beqiyos tan olinganidan keyingina, ularning vafotidan keyin xalq uchun muqaddas xisoblangan o’ziga xos qadimiy, tarixiy obidalari xalqimiz tomonidan mukammal o’rganilib, muqaddas ziyoratgohlarning geografik joylashuvini o’rganish masalasida bir qator natijalarga erishilgan. V.V. Bartolning taxminicha Sherobod hozirgi nomini 18-asr boshlarida olgan, o’zbeklarning Qo’ng’irot qabilasi hukmdori Sher Ali nomi bilan atalgan va ular Sheroboddaryoning o’ng sohilida qal’a qurgan. Sherobod daryosi Sherobod tumani iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, qadimdan butun qishloqlar asosan daryo o’zanida joylashib dehqonchilik qilishgan. Sherobod daryosi Amudaryoning oxirgi o’ng irmog’i, Irg’oyli va Qizilsoy daryolari qo’shilishidan hosil bo’ldi. Machay qishlog’igacha Machadaryo, u yerdan Sherobod shahrigacha Sherobod daryo, Sherobod shahridan quyilish joyigacha Qorasuvdaryo deb ataladi. [2,115-b.]. Daryoda Sherobod GES qurilgan. Bundan tashqari Sherobod kanali ham mavjud bo’lib Surxondaryo viloyatidagi magstral kanaldir. Kanalning chap tarmog’i Sherobod cho’lida yangi o’zlashtirilgan yerlarni sug’orishga xizmat qiladi, o’ng tarmog’i esa Sheroboddaryo tizimidagi yerlarning suv ta’minitini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu kanal 1966-yilda qurilgan va ishga tushirilgan. Bu kanal va daryo aholini va sug’oriladigan maydonlarni suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Tuproqlari tekislik qismida och va to’q bo’z tuproqlar, adirlarda arid tuproqlar, tog’larda esa sur tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o’simliklardan tog’ rayxon, kiyiko’t, archa, kovrak, shuvoq kabi o’simliklarni uchratish mumkin. Yovvoyi xayvonlar ham ko’p bo’lib, jayron, tulki, kalamush, bo’ri, ko’rsichqon, to’qayzorlarda to’qay mushugi, chiyabo’ri; sudraluvchilardan, o’qilon, ko’zoynakli ilon, gekkon; qushlardan qaldirg’och, mayna, kaklik, ko’rshapalak, so’fito’rg’ay va boshqalar uchraydi. Relyefi tekislik, adir, tog’likdan iborat eknligini ko’rishimiz mumkun. Tuman g’arbida Ko’hitang tog’ tizmasi joylashgan bo’lib, uning eng baland joyi Ayirbobo cho’qqisi bo’lib, balandligi 3139 m bo’lib tog’lar orasida Pashxurd va Zarabog’ botiqlari joylashgan. Foydali qazilma zahiralari katta: oltingugurt, yonuvchi slanes, osh tuzi, ko’mir, marmar, qurilish materiallari konlari mavjud. Tekislik relyefida cho’l landshafti shakllangan. “Iqlimi quruq subtropik iqlim” [2,114-b.]. Yillik o’rtacha harorati 18ºni tashkil qiladi. Yanvarning oyining o’rtacha harorati tekislikda 3,6º, tog’larda esa -6ºni tashkil qiladi. Eng past harorat esa 20º. Iyul oyining o’rtacha harorati 32,1ºni, eng yuqori harorati esa 48º. “yiliga 150mm yog’in tushadi,g’arbiy tog’ oldi zonasida 500mm ga yetadi. [2,114-b.]. Vegetatsiya davri esa 266 kun davom etadi. Tuman vilayatning j-g’ joylashgan. Chegaralari: g’arbdan qo’shni davlat Turkmaniston bilan chegaradosh.Tuman shimoldan Boysun, sh.shq Bandixon bilan sh.g’ qo’shni viloyat Qashqadaryo bilan, shq. Qiziriq, j. muzrabod, j.shq Angor tumanlari bilan chegaradosh. Download 38.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling