-tajriba. Ossillografdan foydalanishni o‘rganish Tajriba maqsadi
Download 148.12 Kb. Pdf ko'rish
|
2-tajriba. Ossillografdan foydalanishni o‘rganish (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha o‘qish uchun
- Ossillografning uchta muhim tashkil qiluvchisi mavjud
- Gorizontal yoyish generatori
- Kerakli asboblar T.r. Asbob nomi Soni
- Kerakli detallar Belgisi Detal nomi Nominal qiymati Soni
- Rezistor O‘lchangan kuchlanish
- Rezistor Calculated Voltage
61 -tajriba.Ossillografdan foydalanishni o‘rganish Tajriba maqsadi Ossillografni boshqarish funksiyalari bilan tanishtirish. Kuchlanishni, signallar tebranish davrini, chastotasini o‘lchash uchun ossillografni kallibrovka qilishni o‘rgatish.
Gerrish, Howard B.: Electricity and Electronics. Gerrish, Howard B.: Transistor Electronics. Grob and Kiver: Applications of Electronics. Oscilloscope Insnuction Manual Romanowitz, Alex H.: Electrical Fundamentals and Circuit Analysis. Nazariy ma’lumotlar Ossillograf eng foydali elektron asboblardan biridir. Unga elektr signalini grafik tarzda ifodalovchi asbob deb qarash mumkin, chunki ekranda kuchlanish amplitudasi vaqt funksiyasi sifatida ko‘rsatiladi. Kopchilik boshqarish vositalari ekranning ikki koordinatalari gorizontal bo‘yicha vaqt hamda vetrikal o‘q bo‘yicha kuchlanish amplitudasini o‘zgartirishga mo‘ljallangan.
I) Katodli nur trubka (KNT); II) Vertikal kuchaytirgich; III)
Gorizontal razvertka generator. 8.1-rasm. Katodli nur trubka 1) Katodli nur trubka (KNT): Katodli nur trubka 8.1-rasmda ko‘rsatilgani kabi vakuumli trubkada joylashgan uchta asosiy elementdan iborat. Bular «elektron to‘p», gorizontal va vertikal og‘dirish plastinkalari, chaqnovchi ekran. Elektron to‘p boshqariladigan elektronlar dastasini ekranga yuboradi va ekranda yorqin dog‘ hosil qiladi. Og‘diruvchi plastinalar elektr maydoni hosil qilib, elektronlar
62 dastasini boshqarib ekranning istalgan nuqtasiga tushiradi. Elektronlar dastasi bilan ekranda hosil qilingan chaqnash elektronlar dastasi butun ekran bo‘ylab nuqtama-nuqta harakatlanib, shu chaqnash nuqtasiga qaytgunicha davom etadi. 2) Vertikal kuchaytirgich: Vertukal kuchaytirgich kirish signalini kuchytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, kuchaytirilgan signal KNT ning vertikal og‘diruvchi plastinalariga uzatiladi. Kirish signallaridan bevosita kuchaytirmasdan foydalanib bo‘lmaydi, chunki elektronlar dastasini birozgina og‘dirish uchun bir necha yuz volt talab qilinadi. Kirish signallari esa bir necha volt yoki undan kichik bo‘lishi mumkin.
3) Gorizontal yoyish generatori: Signal amplitudasi (kuchlanish) vaqt bo‘yicha o‘zgarishini kuzatish uchun gorizontal plastinalarga ham kuchlanish qo‘yiladi. Elektronlarning ekranda hosil qilgan izini ekran bo‘ylab bir sathda chiziq bo‘ylab yoyish uchun 8.2-rasmda keltirilganidek arrasimon shakldagi signal kerak bo‘ladi. Yoyish (arrasimon) signalini ishlab chiquvchi elektron zanjirga yoyish generatori deyiladi. Yoyish manfiy amplitudadan (ekranning chap qismidan) boshlanib musbat amplitudagacha chiziqli ortib boradi (ekranning o‘ng qismigacha). Elektronlar dastasi ekranning o‘ng chegarasiga yetib borgach, kuchlanish manfiy amplitudaga keskin kamayib nurni dastlabki holatiga (chap chegaraga) qaytaradi. Yoyish kuchlanishi elektronlar dastasini orqaga qaytarayotgan vaqtda ekranda elektronlarning «qaytish izi» qolmasligi zarur, ammo agar shu davrda katod nurlari so‘ndirilmasa, qaytish izi qoladi. Arrasimon signal simmetrik bo‘lmasdan keskin so‘nmasa elektron dasta orqaga qayta olmaydi. Vertikal kuchaytirishni, gorizontal yoyishni to‘g‘rilash va nurni boshqarish hamda fokuslash uchun bir nechta boshqarish vositalari majud. Bu tajriba davomida biz ularning funksiyasi bilan tanishib chiqamiz. Kerakli asboblar T.r. Asbob nomi Soni 1. Ossillograf 1 2. Audio (Tovush) Chastotali (AF) Signal Generatori 1 63 3. Ommetr yoki TVM 1 4. 6/12 Volt AC Ta’minlash manbai 1 5. Ekranlangan (0-10 Volt) DC Ta’minlash manbai 1 Kerakli detallar Belgisi Detal nomi Nominal qiymati Soni R 1 Rezistor 270 Ω, 2 W 1 R
Rezistor 470 Ω
േ D_Dd 1 R 3 Rezistor
10 K േ D_Dd
1 R 4 Rezistor 100 K
േ ()/( 1
1. Ossillografning quvvat bilan ta’minlash simlarini 115(220) V AC tarmoqqa ulang va ON tugmasini bosib ishga tushiring. Ekranda to‘g‘ri chiziq paydo bo‘lmaguncha yoritilganlikni yoki intensivlikni to‘g‘rilab oling (odatda bu ON-GFF kalit bilan bajariladi). Astegmatizm va fokusni shunday boshqaringki, nur izi aniq va yorqin bo‘lsin. Intensivlikni pastroq qiling, ammo yaxshi ko‘rinishlikni saqlab qoling. Vertikal o‘q bo‘ylab nurni shunday rostlangki, nur vertikal bo‘ylab to‘g‘ri markazda bo‘lsin. Gorizontal o‘q bo‘ylab nurni shunday rostlangki, nur gorizont bo‘ylab markazlashgan bir chiziq hosil qilsin. 12VAC
TVM R 1 R 2 R 3 R 4 270Ω 470Ω
1K 1.5K
Scope Vert.
Input Gnd
A B
2. 12 V AC ta’minlash manbai, qarshilikli bo‘lgich va TVM dan iborat zanjirni 8.3-rasmda ko‘rsatilgani kabi Y o‘q kirishiga ulaymiz. Ta’minlash manbaining 12 V AC kuchlanishini TVM ning AC kuchlanish funksiyasi orqali o‘lchang. Ossillografning vertikal moslagichini 1 voltg/div ga qo‘ying. Ekranni to‘ldirib yuborgan amplitudani kamaytirish uchun vertikal shkalani o‘zgartiring. Gorizontal yoyilma chastotani boshqaruvchi murvatni burab, ekranda to‘la bitta davrni hosil qiling. Agar bu amalni bajara olmasangiz keyingi vazifaga o‘ting. 64 3. Agar zarur bo‘lsa sinxronlashtiruvchi murvatni burab, signalni statsionar holda o‘zgarmay turishiga erishing. E’tibor qilingki, sinxronizatsiya murvatida 0 nuqta ikki chetida + va – holatlar (sinxronizatsiya yo‘q holat) mavjud. Sinxronizatsiya bir holatdan boshqasiga o‘zgartirilsa, signal shaklida qanday o‘zgarish bo‘ladi? ……………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. Signal shaklini barqaror saqlash uchun sinxronizatsiya murvatini maksimumga burash zarurmi? ……………………………….………………………………………………………….. Sinxronizatsiyani «Bir chiziqqa» olib kelish degani nima? Tushuntiring. ……………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. Yoyish chastorasi signalni tinch tutish uchun kirayotgan signal bilan qadamba-qadam birga borishi zarur. Masalan, agar generator gorizontal 0.82 x (Kirish chastotasi)ga moslangan bo‘lsa, signal shaklini ushlash uchun kirish chastotasidan ozgina farqini yo‘qotish zarur bo‘ladi. Shunday qilib, yoyilma chastotasini biroz rostlash imkoniyati bo‘lishi zarur. Yoyilma signali va kirish signalini qadamba-qadam moslashtirishning ikkita yo‘li bor, bular «chiziqli» va «ichki» sinxronizatsiya deyiladi. «Ichki» sinxronizatsiyada kirish signali nusxasidan ichki generator tebranishini mos holda va aniq vaqtda boshlash uchun foydalaniladi. «Chiziqli» sinxronizatsiya yoyilma generatorini tarmoq chastotasiga nisbatan 60 qadam bilan siljishga imkon beradi. Bunga odatda hamisha ham erishib bo‘lmaydi, chunki kuchsizligi tufayli kirish signali o‘zining sinxronizatsiyasini ta’minlay olmasligi mumkin. Ko‘pgina ossillograflar tashqi sinxronlashtiruvchi signal qabul qiluvchi kirishga ega bo‘lib, bir signalni ikkinchi signal bilan sinxronlashtirishi mumkin. 4. Ossillograf kerak bo‘lgan volt/katak shkala bilan kallibrovka qilinishi mumkin. O‘lchashlar amplituda cho‘qqisidan-cho‘qisigacha yoki o‘rta kvadratik qiymat sifatida olib borilishi mumkin. Ta’minlash manbai 12 volt AC ga qo‘yilganda vertikal shkala 6 vertikal katakka qo‘yiladi. 8.4-rasmga qarang.
65 (Siz yoyilma signal chastotasi nazoratini kuchaytirmoqchi bo‘lsangiz, signal shakli to‘la oynani to‘ldirguncha kattalshtirish mumkin)
Sizning me’yoringiz bo‘yicha quydagicha kallibrovka qilindi …………….. o‘r.kvad. qiymatda volt / bo‘linma. Ta’minlash manbaini 6 volt o‘r.kvad. qiymatgacha kamaytiring. Ossillografdagi signal shakli ham mos holda kichiklashdimi? …………………………………………………. Aytaylik, siz o‘rtacha kvadratik qiymati 60 voltga yaqin signalni o‘lchamoqchisiz. Bunday signal ekranda ifodalanishi uchun qanday nazorat parametrlari o‘rnatilishi kerak? Agar siz vertikal attenuator uchun diapazon tanlamoqchi bo‘lsangiz, murvatni x1 dan x10 holatgacha burang. Signal kattaligi o‘zgardimi? ……………………………….………………………………………………………….. Hozir shkala necha o‘rt.kvad.qiymatdagi volt da turibdi? ………………………………….………………………………………………………….. Ko‘p hollarda signal amplitudasini cho‘qqidan-cho‘qqigacha usulda aniqlash talab qilinadi. Cho‘qqi- cho‘qqi usulda aniqlangan sinusoidal signal kuchlanish qiymati 2.83 o‘rt.kvad. qiymatga teng. 6 voltli AC ta’minlash manbaining 6 volt o‘rt.kvadartik qiymat cho‘qqidan-cho‘qqigacha ଶǤ଼ଷ୮ି୮
ଵ୴୭୪୲୰୫ୱ = 17.0
voltga teng. Ta’minlash manbaini 12 voltga qo‘ysak, signal 34 bo‘linmani egallaydi. Agar bu son sizning diapazoningiz uchun to‘g‘ri kelmasa, siz kirish attenuatorini yoki vertikal shkalani o‘zgartirib, shu signal 3.4 bo‘linmaga sig‘ishini ta’minlang. Sizning diapazoningiz ……………….. ch-ch volt/bo‘linma ga kallibrovka qilindi. Y o‘qi boyicha kuchytirish qiymatini ozgartirmang, aks holda keyingi amalni bajarish uchun yana kallibrovka qilishingizga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, yuqoridagi amal faqat kallibrovka qilish uchun zarur. O‘lchash uchun sizga 0,5 volt/bo‘linma, 2 volt/bo‘linma va hatto 100 volt/bo‘linma oraliqlar ham zarur bo‘lishi mumkin. 5. Ossillografning A va B kanallarini uzing. Ossillografdan foydalanib 8.3-rasmda keltirilgan R 1 , R
2 , R
3 va R
4 qarshiliklardagi ch-ch kuchlanishlarni o‘lchang va natijalarni quyidagi jadvalga kiriting. 66 2 Rezistor__O‘lchangan_kuchlanish'>Rezistor O‘lchangan kuchlanish R 1 ………….….volt ch-ch R 2 ………….….volt ch-ch R 3 ………….….volt ch-ch R 4 ………….….volt ch-ch 6. Ossillografni 8.3-rasmdagi A va B nuqtalar orasiga joylashtiring va ekranda to‘la bir davrni hosil qiling. To‘la bir davrni ko‘rsatish uchun talab qilinadigan vaqt T=1/f teng bo‘lib f – signal chastotasi. Gorizontal kuchaytirishni shunday o‘rnatingki, bir to‘la davr 5 bo‘linmani egallasin. (1/60) sec Vaqt/bo‘linma = ----------------- = ……………… sec/bo‘linma 5 bo‘linma 7. 60 davr The 60 cycle line is an accurate but restrictive calibration reference. 8.5-rasmda ko‘rsatilgan AF signal generatoridan chiqish signalini 60 davrga qo‘ying. Chastotani 1000 Hz (sekundiga 1 davr) qa qo‘ying. Gorizontal yoyish vaqtini o‘zgartirib, ekranda to‘la ikki davr ko‘rinishiga erishing. So‘ngra gorizontal kuchaytirishni shunday tanlangki, ekranda bir davr toq sondagi bo‘linmani egallasin. Ekrandagi ossillogrammani chizib oling va bir bo‘linma necha sekund ekanligini aniqlang (1 millisekund = 1/1000 sekund). Ch-ch kuchlanishni o‘lchang va grafik quyisidagi nuqtalar o‘rniga yozing.
8.5-rasm. Zanjir ulanishi chizmasi 67 ………..……… millisekund/bo‘linma .………….…….volt/ch-ch 8. DC ta’minlash manbai va TVM ni 8.6-rasmda ko‘rsatilgani kabi ossillografga ulang. Ossillografni DC rejimga o‘tkazing va ta’minlash manbaini + 10VDC qa o‘rnating. Nurni to‘g‘ri chiziq shakliga keltiring. Nima sodir bo‘lmoqda? ………………………………...………………………………………………………….. ………………………………….………………………………………………………….. …………………………………………………………………………………………….. 9. Ossillografdagi nurni kuzatib ta’minlash manbai kuchlanishini o voltgacha tushiring. Ta’minlash manbai qutblarini almashtiring va chiqish kuchlanishini 10 VDC gacha oshiring. Ossillografdagi nur qayerga ko‘chdi? ……………………………….…………………………..……………………………….. ……………………………….…………………………..……………………………….. 10. Ossillografni AC rejimga o‘tkazing. Nima sodir bo‘ldi? ……………………………….……………………………..…………………………….. ……………………………….…………………………………………………………….. Siz ta’minlash manbaining chiqish kuchlanishini o‘zgatirganingizda nima sodir bo‘ldi? ……………………………….……………………………..…………………………….. ……………………………….…………………………………………………………….. Zanjir ulanishi chizmasi
68 Tahlil natijalari 1. O‘rt. kavd. qiymati 6 volt bo‘lgan kuchlanish qo‘yilgan 8.3-rasmda ko‘rsatilgan kuchlanish bo‘lgichdagi har bir qarshilikdagi kuchlanishlar tushuvini cho‘qqi-cho‘qqi usulida hisoblang.
R 1 ………….….volt ch-ch R 2 …………….…volt ch-ch R 3 ………….….volt ch-ch R 4 ………….….volt ch-ch (6 volt o‘rt. kavd.qiymat= ………….. volt ch-ch) 2. 5-mashqda o‘lchangan kuchlanish qiymatlarini yuqorida keltirlgan hisoblash natijalari bilan solishtiring. Ossillograf cho‘qqi-cho‘qqi orasidagi kuchlanishni o‘lchash uchun eng qulay asbobdir. ………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. 3. Quyidagi funksiya va amallarni bajarish uchun zarur bo‘lgan nazorat murvatlari nomini yozing: a) Nur va nuqta dog‘ intensivligini boshqarish ……………………………………… b) Nur yorqinligini boshqarish .…………………..…..…………………………… c) Nurning vertikal holatini .. …………………………………….………………… d) Nurning gorizontal holatini ... …………………………….….…………..……… e) Kirish signalini moslash (attenuaterlash)……………….….….………………… f) Vertikal kuchaytirish koeffitsiyentini o‘zgartirish ..……….……….……………… g) Nur qalinligini o‘zgartirish ... ……………………..……….…….………………… h) Yoyilma kuchlanishi chastotasini o‘zgartirish ………….………….………………
1. Vaqt qo‘yilgan gorizontal o‘qni kallibrovka qilish uchun nega kuchaytirishni boshqarish zarur? ……………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. 2. Sinxronlashtiruvchi boshqaruv nima maqsadda kerak? ……………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………………………………………………………….. 3. Davri 6.64 x 10 -5 sekund bo‘lgan signalning chastotasi qanday bo‘ladi? ………………………………….………………………………………………………….. 69 4. Qo‘shimcha: nishonga yuborilgan va qabul qilingan radar impulsi shakli quyidagi ossillogrammada keltirilgan. Radar impulsi yorug‘lik tezligi 186,000 mill/sekund tezlikda tarqaladi. Nishongacha bo‘lgan masofani aniqlang? ……………………………….…………………………………………………………..
Mezon
Baholash turlari To‘liq Yaxshi Qoniqarli Yomon Jami Fikr- mulohaza
Natijalarni baholash
(80 ball) Asboblardan foydalanish 40 Savollarga javoblar 40 Ishlash jarayonini baholash
(20 ball) Uskunalarni ishlatish 8 Ishga munosabati 7 Vaqt Vaqt bo‘yicha talab 5
100 Download 148.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling