18
Bir o„qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi.
Direktor oTinbosarlari, psixologlar
sinf rahbari boTishi mumkin emas.
Sinf rahbarlari faoliyatini ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar bo„yicha direktor oTinbosari nazorat qiladi va
muvofiqlashtiradi.
Sinf rahbarlari tomonidan o„tiladigan “Sinf soati”ning yillik taqvim mavzular rejasi ta‟lim
muassasasining umumiy rejasi asosida ishlab chiqiladi va ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar bo„yicha
direktor o„rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Sinf rahbarlarining yillik
ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy ishlami tashkil etish va o„tkazishga
yordam berish, ulaming samaradorligini oshirish,
ishlarini muvofiqlashtirish, ish tajribalarini
ommalashtirish maqsadida sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi.
Sinf rahbarlari
uslubiy birlashmasiga barcha sinf rahbarlari a‟zo hisoblanadi.
Sinf rahbarlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:
sinf rahbari daftari;
maktabning ichki ro„yxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi og„ir va
surunkali dars qoldiruvchi
o„quvchilar bilan amalga oshirilgan ishlar yig„ma jildi.
Sinf rahbarlari o„quv yili choraklari va yakuni bo„yicha hisobotlar tayyorlaydi hamda faoliyat
yo„nalislilari bo„yicha hisobotlarni ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar bo„yicha
direktor ohinbosariga
topshiradi.
VI-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ta‟lim muassasasi ma‟muriyati sinf rahbarlari yordamidan faqat ushbu yo„riqnomada
belgilangan vazifalar doirasida ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar bo„yicha direktor o„rinbosari bilan
kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Mazkur yo„riqnoma talablari buzilishida aybdor bo‟lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda javobgar bo‟ladi.