" toshkent davlat transport universiteti " kafedra: tyet yozgi amaliyot hisoboti Bajardi


ISH JOYINI TAYYORLASH VA ISHLASHGA IJOZAT BERISH


Download 106.51 Kb.
bet15/19
Sana05.01.2022
Hajmi106.51 Kb.
#227044
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
YOZGI AMALIYOT

ISH JOYINI TAYYORLASH VA ISHLASHGA IJOZAT BERISH.

4.6.1. Naryadda ish joyini tayyorlashga taalluqli ko’rsatilgan chora-tadbirlarni uzgartirish man qilinadi.

Ish joyini tayyorlashga taalluqli chora-tadbir tug’ri va yetarligiga hamda ishni xavfsiz bajarilishiga shubha paydo bo’lganda ish joyini tayyorlash to’xtatiladi.

4.6.2. Ishboshi ishlashga ijozat beruvchi vazifasini o’rindoshlik yo’li bilan bajargan taqdirda, u ish joyini brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo’yicha III gruppaga ega bo’lgan birortasi bilan tayyorlashi shart.

4.6.3. Ishlashga ijozat beruvchi, ishlashga ijozat bernshdan oldin. nsh joyini tayyorlashga taaluqli texnik tadbirlarni bajarilganligi tug’risida ishonch hosil qilishn kerak. Ishonch, o’z ko’zi bilan ko’rish, tezkorlik jurnalida yozilgaya yozuvga qarab, ishlab turgan elektr tarmoq chizmasidagi belgilariga qarash yoki iavbatchi, tezkor-ta’mirlovchi xodim va elektr energiya isge’mol qnluvchn korxona xodimnning ma’lumotlari orqali, hosil qilinishi mumkin.


* Issiqlik avtomatikasi va o’lchovi uskunalarida ishga qo’yishga ruxslt berish 18 —bo’limda keltirnlgan.

4.6.4. Ish rashbari va ishboshi (nazorat qiluvchi) ishalashga ijozat berishdan oldin ishlashga ijozat beruvchidan ish joyini tayyorlashda qanday chora-tad birlar ko’rilganini aniqlashi va bu joyni tayyorlash qanday bajarilganini bevosita shaxsan o’zi ish joyida ko’zdan kechirishi kerak.

Ishlashga ijozat berishdan oldin ish joyi tayyorligini ish rahbari ishlashga ijozat beruvchi bilan birgalikda yoki uning ruxsati bilan ishboshi, ish rahbari yoki ishlashga ijozat beruvchi xodim bilan tekshirishi kerak.

4.6.5. Elektr uskunada naryad va farmoyish bilan ishlashga ijozat berish bevosita ish joyining o’zida amalga oshirilishi lozim.

Farmoyish bilan ishlashda ish joyini tayerlash kerak bo’lmagan taqdirda brigadani ishlashga ijozat berish ish joyiga borib amalga oshirilishi shart emas, havo va kabel elektr uzatish, hamda havo aloqa tarmoqlarida esa talab qilinmaydi.

4.6.6. Brigadani ishlashiga ijozat berish, ish joyining tayyorligi tekshirilganidan so’ng, amalga oshiriladi. Bunda ishlashga ijozat beruvchi quyidagilarni amalga oshirishi zarur;

naryad yoki farmoyishda ko’rsatilgan brigada tarkibidagi hamma xodimlarni birma-bir shaxsiy guvohnomalarnga qarab mosligini tekshirishi kerak;

yuriqnoma berishi: brigadani naryad, farmoyish mazmuni bilan taniщtirishi; ish joyining chegarasini ko’rsatishi; ish joyiga ya’ni turgan, kuchlanish bor-yuk^igidan qat’iy nazar, ularga yaqinlashish man qilingan ta’mirlanayotgan va uning yonidagn qo’shimcha jihozlarining tok o’tkazuvchi qismlari va uskunalarini ko’rsatishi kerak;

brigadaga tarmoqdagi yega ulagichlar qo’yilgan joyni ko’rsatish bilan yoki yega ulagich ish joyidan ko’rinmagan taqdnrda kuchlanish bor-yuqligini tekshirish bilan birgalikda, 35 kV va undan past kuchlanishli elektr uskunalarda iloji bo’lsa, keyinchalik tok o’tkazuvchi qismga qo’l tekkizish orqali kuchlanish yuqigini isbot qilishn kerak.

4.6.7. Brigada a’zolariga ishlashga ijozat beruvchidan tashqari ishboshi ham yuriqioma berishi kerak.

U ish bajarish texnologiyasi, asbob-uskuna, yuk ko’tarish mashinasi va mexanizmlardan foydalanish tug’risida yuriqnoma berish bilan birgalikda ishni xavfsiz bajarish haqida ham yuriqnoma beradi,

Ish rahbari kerak bo’lganda yuriqnomani to’ldirishi mumkin.

Yuriqnoma bermasdan brigadani ishlashiga ijo­zat berish man qilinadi.

4.6.8. Brigadaga yo’riqnoma berish va ishlashga ijozat berish, ishlashga ijozat beruvchi va ishboshining (nazorat qiluvchining) imzosi bilan naryadning 3-jadvalida kuni va vaqti ko’rsatilib rasmiylashtiriladi.

Ishlashga ijozat berishda o’tkazilgan yurnqnomani, yuriqnoma o’tkazish jurna-lida rasmiylashtirish talab qilinmaydi.

4.6.9. Ishlashga ijozat berish naryadning har ikki nusxasida rasmiylashti-riladi. Naryadni bir nusxasi ishboshida (nazorat qiluvchida), ikkinchisi esa navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimdan tayinlangan ishlashga ijozat beruvchida qoldiriladi.

Ishboshi, ishlashga ijozat beruvchi shaxe vazifasini o’rindoshlik yuli bilan bajargan takdarda ishlashga ijozat berish naryadning faqat bir nusxasida rasmiylashtiriladi.

Farmoyish bilan ishlashga ijozat berish tezkorlik jurnalida yoki naryad va farmoyish bilan qilingan ishlarni qayl qilish jurnalida rasmiylashtiri-ladi, (6-ilova).


Download 106.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling