” yo`nalishi bosqich guruh talabasi


Turkistonda sovet tuzumiga qarshi harakatining boshlanishi, uning mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, bosqichlari


Download 240.34 Kb.
bet5/6
Sana21.03.2023
Hajmi240.34 Kb.
#1285752
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
referat 1 tayyor

Turkistonda sovet tuzumiga qarshi harakatining boshlanishi, uning mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, bosqichlari.
Bolsheviklar o’rnatgan sovet rejimi Turkiston xalqlariga nafaqat mustaqillik, hatto milliy mustaqillikni ham bermadi. Mustaqillik osonlikcha qo’lga kiritilmasligini anglab yetgan milliy vatanparvarlar qo’lga qurol olib bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi istiqlolchilik harakatini boshlab yubordilar. Turkiston Muxtoriyatining qonga botirilib tugatilishi istiqlolchilik harakatining butun Farg’ona vodiysida boshlanishiga turtki bo’ldi. Bu kurash 1918 yil fevral oyining oxirlarida boshlangan edi. Shu yilning mart oyiga kelib Farg’ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ziyod qo’rboshi dastalari faoliyat ko’rsatgan. Mart oyining oxirlarida Farg’onadagi Bachqir qishlog’ida Farg’onadagi butun qo’rboshlarining birinchi Qurultoyi chaqirilib, unda Katta Ergash qo’rboshi butun istiqlolchilik harakatining boshlig’i qilib saylandi va unga “Amir al-muslimin” unvoni berildi. Uning o’rinbosarlari qilib Madaminbek va Shermuhammadbeklar tayinlandi.Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi-dehqonlar, chorikorlar,mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo’lgan. 1918 yilning o’rtalariga kelib, Farg’ona vodiysida taxminan yuzga yaqin qo’rboshilar o’z dastalari bilan qizil armiyaga qarshi kurash olib bordilar. Bu guruhlarda 15.000 yigit bor edi. 1919 yilning yozi va kuzida Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi.
Bu paytda istiqlolchilar safiga rus krestyanlari armiyasining K.Monstrov boshchiligidagi Jalolobodda turgan qo’shinlari qo’shildilar (2sentyabr). Sentyabrning boshlarida istiqlolchilar Jalolobod va O’sh shaharlarini egallab, Andijonni qamal qildilar. 1919 yil 22 oktyabrda Pomir etaklaridagi Ergashtom ovulida bo’lgan istiqlolchilar anjumanida Madaminbek boshchiligidagi Farg’ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga mahalliy aholidan 16 kishi, yevropalik aholidan 8 kishi kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig’i va Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining Oliy bosh qo’mondoni etib saylandi. 1919 yilning kech kuziga kelib Madamindek qo’l ostidagi 30.000 ga yaqin, Shermuhammadbek qo’l ostidagi 20.000, Katta Ergash qo’rboshining 8.000 ming yigitlari qizil armiyaga qarshi janglar olib bordi. Bu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo’naltirib turdilar. 1920 yil 3 mayda Farg’ona vodiysidagi butun qo’rboshilar va tinch aholi vakillari Oltiariq tumaanidagi G’oyibota qishlog’ida o’zlarining navbatdagi qurultoyini o’tkazdilar. Bu qurultoyda Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati yoki Turkiston muvaqqat hukumati tuzildi. Boymirza Hayitning yozishicha, hukumat tarkibiga 6 kishi kiritilgan bo’lib, ular quyidagilar edi:
Shermuhammadbek-hukumat raisi va Oliy bosh qo’mondon; Mullajon Qori –xavfsizlik noziri; Akbarjon Eshon – Shayxulislom; Abdusalom Qori –hukumatning bosh kotibi; Nazirjon – moliya vaziri; Mulla Hoji Niyoz-maxsus ishlar noziri. Undan tashqari, 14 kishidan iborat harbiy idora mahkamasi ham tuziladi.
1922 yilning 15-20 aprelida Samarqand shahrida, yashirin holatda Turkiston musulmonlarining 2-qurultoyi bo’lib o’tdi. Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Kaspiyortidan nufuzli qo’rboshilar ishtirok etgan ushbu qurultoyda Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyatining Muvaqqat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Boymirza Hayitning bergan ma’lumotlariga ko’ra, qurultoyda Farg’ona vodiysi istiqlolchilarining yo’lboshchisi Shermuhammadbek katta ma’ruza qiladi. Qurultoy so’nggida 7 bo’lim va 36 moddadan iborat rezolyutsiya (Muvaqqat Konstitutsiya) qabul qilindi. Bu hujjat Turkiston o’lkasidagi Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari hamda Amudaryo bo’limi endilikda, Turkiston turk-mustaqil islom jumhuriyati tarkibiga kiritilganligini qonun yo’li bilan mustahkamladi. Unda hukumat tarkibi 15 kishidan iborat bo’lishi belgilab qo’yildi. Ushbu 15 kishi orasidan mamlakat Prezidenti, Vitse-prezidenti va Bosh kotib saylanishi hamda bu uch kishidan iborat Ijroya Qo’mita tuzilib, ular poytaxtda doimiy ravishda ishlashi ko’zda tutilgan edi. Hukumatning 5 ta a’zosi Farg’ona viloyatidagi Namangan, Andijon, Marg’ilon, Qo’qon, O’sh tumanlarining harbiy boshliqlari etib tayinlanadigan bo’ldi. Qolgan 7 kishi esa – harbiy, tashqi ishlar, ichki ishlar, pochta va telegraf, diniy ishlar, moliya, adliya, transport vazirlari qilib tayinlanishlari lozim edi. Ammo, bu hukumat 1922 yilning oxiriga kelib tarqalib ketdi. Chunki hukumat a’zolari o’zlariga topshirilgan vazifalarni bajarish o’rniga janglarda ishtirok etishga majbur bo’lgan edilar.
Istiqlolchilik harakati 1920-1924 yillarda Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoroda Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Davlatmandbek, Anvar posho, Jabborbek kabi qo’rboshi va yo’lboshchilar,Xorazmda Qurbon Mamed Sardor Junaidxon, Madrayimboy, Sa’dulla bola,Shokir bola, Mavlonbek kabilar bu harakatga boshchilik qildilar.
Xulosa
Ta’kidlash lozimki, yangi davlatchilik barcha milliy guruhlarning mutanosibligi printsiplari, umumdemokratik va milliy qadriyatlarning o’zaro uyg’unligi asosida barpo etilgan edi. Yuqorida qayd etilganidek, Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati aholini oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlari bilan ta’minlash, o’z moliyaviy jamg’armasini yaratish, turli-tuman siyosiy partiyalar va harakatlar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish vazifalarini hal qilish yuzasidan qizg’in harakatlarni amalga oshira boshlagan edi. Sovet hokimiyatidan farqli o’laroq, Turkiston Muxtoriyati hukumati qonuniy asosda tashkil etilgan edi. Turkiston Muxtoriyati hukumati keng musulmonlar ommasi va demokratik kayfiyatdagi yevropalik aholining vakolatini olgan edi. Shuning uchun ham aytish mumkinki, Turkiston Muxtoriyati o’z taqdirini o’zi belgilagan xalq respublikasi edi. Turkiston Muxtoriyati hukumatining ag’darilishi turkistonliklar tomonidan Rossiyaning Turkistonga nisbatan tajovuzkorona rejalari mavjudligining yangi dalili sifatida qabul qilindi va ular qo’llariga qurol olib o’z Vatanlarini bosqinchilardan himoya qilishga otlandilar. Bu bilan Turkistonda sovetlarga qarshi istiqlolchilik harakatiga asos solindi. Turkiston Muxtoriyati hukumati keng musulmonlar ommasi va demokratik kayfiyatdagi yevropalik aholining vakolatini olgan edi. Shuning uchun ham aytish mumkinki, Turkiston Muxtoriyati o’z taqdirini o’zi belgilagan xalq respublikasi edi.


Download 240.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling