" Ўзбекистон республикаси" олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyati
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
yuk kotarish va tashish mashina mexanizmlaridan foydalanishda hayot
Mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyati
“Yuk ko’tarish va tashish mashina-mexanizmlaridan foydalanishda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash” borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va uni hayotda to’g’ri tadbiq etish asosiy vazifalardan hisoblanadi, bu soxada yo’l qo’yilayotgan ayrim kamchiliklar inson taqdiri bilan bog’liqligini hisobga olganda o’ta jiddiydir. Mazkur sohasidagi asosiy dolzarb masala malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat bo’lib kelmoqda. Jahon andazalariga mos, yuqori malakali, har tomonlama yetuk, barkamol kadr bo’lish uchun, ham ijodkor, o’z ishini ustasi bo’lib tarbiyalanmog’i lozim. Bugungi kunning talabi, barcha sohalarda zamonga, hozirgi texnologiya taraqqiyotiga mos holda rivojlanishni, takomillashishni, moslashishni taqazo etadi. Bu esa har bir shaxsdan doimo o’z ustida ishlashni, o’zi faoliyat ko’rsatayotgan sohasida doimo yangiliklar yaratishga, uni takomillashishi yo’lida ijodkorlik jihatlarini tarbiyalashi lozim. Har bir insonda o’ziga xos xislatlarini tarbiyalanmasa, imkoniyatlarini ishga solishga intilish bo’lmas ekan, taraqqiyot va rivojlanish darajasi past bo’laveradi. Aholini “Yuk ko’tarish va tashish mashina-mexanizmlaridan foydalanishda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash” ni amalga oshirish orqali aholi muhofazasi borasidagi ishlarni jadallashtirish va aholini bugungi kun talabiga moslashadigan holda favqulodda vaziyatlarda o’z-o’zini himoyalashga tarbiyalash masalasi asosiy maqsaddir. Respublikamiz mustaqil bo’lgandan so’ng muhofaza sohasidagi islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan bugungi kunda unga qo’yilgan talablaridan kelib chiqib, soxa bo’yicha tashkil etiladigan ishlar sifati va samaradorligini yanada oshirish borasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo’llashga ehtiyoj tug’ilmoqda.
Ushbu bitiruv malakaviy ish doirasida olib borilgan izlanishlar aholini muxofaza qilishga oid amaliy ishlarda belgilangan tartib va qoidalarga o’rgatish masalalari yechimini topishga qaratilgan. Ushbu tadqiqot ishida asosiy e’tibor “Yuk ko’tarish va tashish mashina- mexanizmlaridan foydalanishda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash” da mutaxassisga ko’zda tutilgan ishlar mazmunini tushuntirish va zarur paytda kerakli bilimlarni egallash hamda bu boradagi bilimlarni takomillashtirish vazifalarini hal qilishga qaratildi. Mazkur muammoni tadqiq qilish jarayonida ilmiy izlanish ob’ekti va predmeti, ishchi faraz va izlanish vazifalari aniqlandi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling