0-2a-19 Yigitaliyev Ulug’bek
Download 13.89 Kb.
|
Essay
0-2a-19 Yigitaliyev Ulug’bek Hozirgi informatsion texnologiyalar asrida biz jahonda bo’layotgan har bir voqea-hodisa to’risida ma’lumot olishimiz uchun birgina tugmani bossak bas. Bugungi globallashuv davrida har bir voqea hodisa boshqa bir hodisa bilan chambarchas bog’liqdir. Erishilayotgan har bir yutuq, innovatsiya va yangilik har bitta davlat uchun, rivojlanish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Shu bilan birga har bir davlat ichida yoki biron davlat bilan kelishmovchilik, konflikt o’z ta’sirini o’tkazmay qolmayapti. O’tgan asrda jahon ikkita katta urushni boshdan kechirdi. Lekin bu hech qaysi davlatga yetarlicha dars bo’lmadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki bu urushlar oqibati bir necha o’n yillar qiyinchilik, krizis va ochlikka olib kelgani haqiqat. Shunga qaramay dunyoda urush, siyosiy konfliktlar, qo’zg’olon va har xil tushunmovchiliklar ko’p uchramoqda. Hozirgi kundagi eng actual muammolardan biri bu Rus-Ukrain urushidir. Tarixdan olib qaraydigan bo’lsak, bu ikki davlat va xalq bir biriga qardosh bo’lib ular bir mamlakatda yashashgan. Ammo bugungi kunda ular ayovsiz va to’xtovsiz jang olib borishmoqda. Urushning boshlanishiga bir necha farazlar bor, lekin aniq sabab ochiqlangani yo’q. Bu ikki davlatni urushi butun dunyoga o’z ta’sirini ko’rsatib bormoqda. Sanksiyalar, taqiqlar va turli shartnomalarni to’xtatilishi, va eng achinarlisi qurbonlar soni. Bundan nafaqat jahon balki tinch aholilar ham aziyat chekishmoqda. Bu vaziyatga meni munosabatim salbiy. Chunki oxirini o’ylamay qilingan qadamlar oqibatida boshqa davlatlar, iqtisodiyot, sanoat, turizm va eng asosiysi xalqlar qiynalmoqda. Barcha narsaga talab oshishi, narxlarni ko’tarilishi, ishsizlar va qochqinlar sonini ortishi, bankrotlar, krizislar, va dunyodagi iqtisdiy munosabat barqarorligi yo’qolgani, yoqilg’i muvozanati izdan chiqqani bu 2008-yildagi vaziyatga o’xshab bormoqda. Bu muammodan chiqishni birdan bir yo’li tinchlik. Urushni o’z vaqtida jahon urushiga aylanmasidan to’xtatish lozim deb o’ylayman. Har ikki taraf ham harakatlarni to’xtatib o’zaro kelishuvga kelishlari kerak, aks holda bu qo’rqinchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Download 13.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling