0-mavzu / soat / juftlik O„quv faniga kirish


Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtirish metodikasi


Download 180.75 Kb.
bet2/8
Sana13.11.2023
Hajmi180.75 Kb.
#1769850
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja Maktabgacha ta lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtir

Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtirish metodikasi





  1. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtirish. Ertaklarni sahnalashtirish ijodiy jarayon. Bu jarayonda bolalar bilan ishlash, sahnalashtirish uchun tanlangan ertakni o‟qish, qahramonlar va personajlarning harakatlarini muhokama qilish, turli materiallardan qo‟g‟irchoq va personajlar obrazlarini yaratishd ham tarbiyachi yoki musiqa rahbari ijodiy kayfiyatni yaratishga diqqatni qaratishi zarur.

Qo‟g‟irchoqlar yordamida tashkil qilinadigan teatr tomoshalari uchun qahramonlar, personajlarning obrazlari bolalar tomonidan tarbiyachi yoki musiqa rahbari boshchiligida birgalikda yasalishi muhim. Binobarin, bu jarayonda bolalarda qo‟l bilan ishlash, ranglarni tanlash, chizilgan obrazlarni bo‟yash malakalari, shuningdek, fikrlash qobiliyati shakllanadi.
Tarbiyachi tomonidan ish jarayonining qizg‟in dialoglar yordamida tashkil etilishi esa bolalarning nutqini o‟stiradi, lug‟at boyligini ko‟paytiradi. Buning uchun tarbiyachi bolalarga ularni faoliyat va fikrlashga rag‟batlantiruvchi savollar bilan murojaat qilishi, javoblarni shishilmay tinglashi, yo‟l-yo‟lakay ularni to‟g‟rilashi, qaytarilgan to‟g‟ri javoblar uchun bolalarni “Ajoyib”, “Barakalla”, “Juda to‟g‟ri”, “To‟g‟ri, ammo mana buni qanday bajariladi?” tarzida bolalarni ish jarayoniga ilhomlantira olishi kerak.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida tashkil qilinadigan teatr tomoshalari uchun turli materiallar: kartonlar, matolar, ingichka yog‟ochlar, qoshiqlar, stakanlar, bir martalik plastik idishlar, yelim, paxta, ip, igna, qaychi, mix va boshqa xomashyolar kerak bo‟ladi.
Qo‟g‟irchoq teatrlarini sahnalashtirishda tarbiyachi dastlab har bir guruh bolalarini yoshi, qiziqishiga alohida e‟tibor bergan holda ertak tanlashi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ertaklarni sahnalashtirishda har bir guruh bolalarining yoshi, ongi, qiziqishini inobatga olib, ish jarayonida quyidagilarga e‟tibor qaratiladi:

Download 180.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling