0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Download 2.58 Mb.
Pdf просмотр
bet1/10
Sana15.12.2019
Hajmi2.58 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI 

OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

0 ‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI 

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI 

HUZURIDAGI AKADEMIK LITSEY

LAYMAN”

' akademik

2018 yil

FIZIKA VA ASTRONOMIYA

fanidan

0 ‘QUV -  METODIK MAJMUA

Tayyorlov yunalishi:  Aniq fan lar - 1 0 0

0 ‘quv -metodik majmua TTPU huzuridagi akademik litsey pedagogik kengashining 2017 

yildagi 


__” sonli yig‘ilishida о‘quv jarayoniga qo‘llashga tavsiya etildi.

0 ‘quv -metodik majmua  “A niqfanlar”  kafedrasining 2017 yildagi “   ” sonli yig‘ilishida

muhokama etildi va ma’qullandi.

Kafedra mudiri 



qA/

X

T

l p

FIZIKA VA ASTRONOMIYA FANLARIDAN 

O ‘QUV DASTURI 

(10-11-sinf)(1-2 kurs)

UQTIRISH XATI

Maktabda  fizika  ta’limining  ahamiyati  uning  fan-texnika  va  texnologiya 

taraqqiyotida,  ishlab  chiqarish  sohalari  va  kundalik  hayotda  tutgan  o‘rni  bilan 

belgilanadi.  O‘rta  ta’lim  maktablarida  fizika  fanini  o‘qitish  o‘quvchilarning 

hayotiy  tasavvurlari  bilan  amaliy  faoliyatlarini  umumlashtirish  orqali  fizik 

bilimlarni  amalda  qo‘llay  olish  salohiyatini  shakllantirish  va  rivojlantirishdan 

iborat.


O ‘rta  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  fizika  fanini 

o‘qitishning  asosiy  maqsadi  -   fizika  ta’limining  fan-texnika  taraqqiyotida,  ishlab 

chiqarish sohalari va hayotda tutgan o‘rni  haqida mantiqiy fikrlay olish qobiliyati, 

aqliy  rivojlanishi,  o‘zini  o‘zi  anglash  salohiyatini  tarkib  toptirish,  ularda  milliy, 

umuminsoniy  qadriyatlarni  shakllantirish  hamda  ijtimoiy  hayoti  va  ta’lim  olishni 

davom  ettirishlari  uchun  zarur  bo‘lgan  bilimlarni  egallashi,  ulardan  kundalik 

hayotlarida foydalanishga o‘rgatish;

o‘quvchilarda  tayanch  va  fizika  faniga  oid  umumiy  kompetensiyalarni 

shakllantirish;

o‘quvchilarning 

olamning 

fizik 


manzarasiga 

oid 


dunyoqarashini 

kengaytirish  bilan  amaliy  faoliyatlarini  bog‘lagan  holda  fizik  bilimlarni  hayotga 

tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O‘rta ta’limi muassasalarida fizika fanini o‘qitishning vazifalari: 

o‘quvchilarda atrof-olamni o‘rganishga ishonch tuyg‘ularni hosil qilish; 

tabiatdagi  jarayon  va  hodisalarni  kuzatish,  tahlil  qilish,  fizik  hodisalarni 

o‘rganishda  asboblardan  to‘g‘ri  foydalana  olish,  fizik  tushuncha  va  kattaliklarni 

matematik  formulalar  bilan  ifodalay  olish,  fan  sohasida  erishilayotgan  yutuqlar, 

ularning  amaliyotdagi  tatbiqi  orqali  o‘quvchilarning  ilmiy  dunyoqarashlarini 

rivojlantirish,  kelajakda  insoniyatni  fan  va  texnologiyalar  yutuqlaridan  to‘g‘ri 

foydalanishda  fan  va  texnika  ijodkorlariga  hurmat  bilan  qarash,  ma’naviy  va 

madaniy  merosini  avaylab-asrash,  umumbashariy  madaniyat  elementlarini 

tarbiyalashdan iborat.

O‘quv  dasturni  tuzishda  o‘rta  ta’lim  maktablarining  9-sinfini  tugatgan 

o‘quvchilar  umumiy  fizika  kursining  barcha  bo‘limlaridan,  chunonchi,  mexanika, 

molekular  fizika  va  termodinamika,  elektr,  optika,  atom  va  yadro  fizikasidan 

ma’lum  darajada  bilim,  ko‘nikma,  malaka  va  kompetensiyalarga  ega  bo‘lishlari 

zarurligi hisobga olindi.

Fizika fanini  o‘qitish 6-sinfdan boshlansa-da,  uning  dastlabki tushunchalari 

boshlang‘ich  ta’limning  atrofimizdagi  olam,  tabiatshunoslik  va  yuqori  sinflarda 

tabiiy geografiya fanlarini  o‘rganishda shakllanadi.  Jumladan,  Quyosh,  Yer,  Oy va 

uning  ahamiyati,  ob-havo,  yil  fasllari,  atrofimizdagi  narsalar:  uy  anjomlari,  o‘quv 

qurollari,  kiyim-kechaklar,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  gazdan  foydalanish,  uyda 

foydalaniladigan  elektr  jihozlari,  kompyuter  va  uning  imkoniyatlari,  uyda



xavfsizlik  qoidalariga  rioya  qilish,  jism  va  moddalar,  suvning  holatlari, 

termometrdan  foydalanish,  ob-havoni  kundalik  kuzatish,  kun  va  tunning,  yil 

fasllarining davriy almashinishini va boshqa tushunchalar shakllantiriladi.

Fizika fanini  o‘rganish 6-sinfda boshlanib,  dastlabki  A1  darajada mexanika, 

issiqlik,  elektr,  yorug‘lik,  tovush  hodisalar  hamda  modda  tuzilishi  haqida 

boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi.  A2  darajada fizika fanini  izchil  kurs  sifatida 7 - 

sinfda  fizikaning  “Mexanika”,  8-sinfda  “Elektr”,  9-sinfda  “Molekulyar  fizika 

asoslari”,  “Optika”,  “Atom  va  yadro  fizikasi  asoslari”  va  “Koinot  haqida 

tasavvurlar”  bo‘limlari  o‘rganiladi.  B1  darajada  “Mexanika”,  “Molekulyar  fizika 

va  termodinamika  asoslari”,  “Tebranishlar  va  to‘lqinlar”,  “Elektrodinamika”, 

“Optika”, “Atom va yadro fizikasi” bo‘limlari o‘rganiladi.

O ‘rta  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’lim  tizimida  o‘quvchilarda  fanga 

oid  umumiy  kompetensiyalar  bilan  birgalikda  tayanch  kompetensiyalar 

shakllantirilib boriladi.

Fizika, 

astronomiya 

fani 

bo‘yicha 



o‘rta  

ta ’lim 


m aktablarida 

o‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar:

K om m unikativ  kom petensiya:

B1

darslikda keltirilgan  fizik  atamalarni,  qonunlarni,  qoidalarni  og‘zaki va 



yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila olish;

boshqalarga  tushuntirib  bera  olish  va  yoza  olish,  fizik  kattaliklarning 

xorijiy  tilda  aytilishi  va  yozilishini,  muloqotda  muomala  madaniyatiga  amal 

qilish va guruhlarda o‘zaro kelishuv asosida ishlay olish.

B1+

mustaqil ravishda fizik qonuniyatlar asosida masalalar yechish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

darslik va turli masalalar kitobidan, kutubxona, resurs markazi manbalaridan 



o‘ziga  kerakli  ma’lumotlarni  izlab  topa  olishi  va  ulardan  foydalana  olishi  hamda 

fizik  birliklarni  boshqa  ulushli  va  karrali  birliklarga,  jadval  ko‘rinishidagi 

ma’lumotlarni grafik ko‘rinishga (va aksincha) aylantira olish.

B1+


turli manbalardan olgan kerakli ma’lumotlarni saralash va tahlil qilish.

O ‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

doimiy ravishda o‘zini o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy,  intellektual va kreativ 



rivojlantirish,  hayot  davomida  mustaqil  o‘qib-o‘rganishi,  o‘z  xatti-harakatini 

adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish.

B1+

mustaqil o‘qib o‘rganish natijasida asboblardan mustaqil foydalanish.



Ijtim oiy  faol  fu q a ro lik  kom petensiyasi:

B1

sinfda,  maktabda,  oilada,  mahallada  va  jamiyatda  o‘tkaziladigan 



tadbirlarda faol  ishtirok etish,  o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini  bilish,  unga 

rioya qilish, o‘zaro munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.



o‘zining  fuqarolik  burch  va  huquqlarini  bilgan  holda  mahalladagi 

muammolarga o‘z fikrini bildira olish.

M illiy va  um um m adaniy  kom petensiya:

B1

vatanga  sadoqatli,  insonlarga  mehr-oqibatli  hamda  umuminsoniy  va  milliy 



qadriyatlarga  e’tiqodli  bo‘lish,  fizika  sohasi  rivojlanishiga  ulkan  hissa  qo‘shgan 

allomalarning  ibratli  hayotini  bilish  va  o‘rnak  olish  hamda  ularning  fikrlari  fan 

sohasida muhimligini anglay olish.

B1+


dunyoqarash  va  tafakkuri  asosida  sohadagi  olimlarning  qonunlaridan 

amaliyotda foydalanish.

M ate m atik   savodxonlik,  fan  va  texnika  y an g ilik la rid a n   x a b a rd o r 

b o ‘lish  ham da  foydalanish  kom petensiyasi:

B1

aniq  hisob-kitoblarga  asoslangan holda  shaxsiy  rejalarni  tuza olish,  fizikani 



o‘rganishda  turli  formulalar,  grafiklardan  foydalana  olish,  inson  mehnatini 

yengillashtiradigan,  qulay  shart-sharoitga olib keladigan fizika fanidagi va texnika 

yangiliklaridan foydalana olish.

B1+


fan-texnika yangiliklaridan amaliyotda mustaqil ravishda foydalana olish.

Shuningdek,  fizika fanining mazmunidan kelib  chiqqan holda o‘quvchilarda 

fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

1.  Fizik  jarayon  va  hodisalarni  kuzatish,  tushunish  va  tushuntirish 

kompetensiyasi.

2.  T ajribalar  o‘tkazish,  fizik  kattaliklarni  o‘lchash  va  xulosalar 

chiqarish kompetensiyasi.

3.  Fizik  bilim lar  va  asboblardan  amaliyotda  foydalana  olish 

kompetensiyasi.

Shuningdek,  me’yoriy  hujjatlarni  yuritishda  tayanch  va  fanga  oid 

kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

I. TK -  tayanch kompetenstiya

1. 

TK1  -  kommunikativ kompetensiya



2. 

TK2 -  axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

3. 

TK3 -  o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi



4. 

TK4 -  ijtimoiy faol  fuqarolik kompetensiyasi

5. 

TK5 -  milliy va umummadaniy kompetensiya



6. 

TK6  -   matematik  savodxonlik,  fan  va  texnika  yangiliklaridan 

xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK  -  fanga oid kompetensiyalar

1.  FK1  -   fizik  jarayon  va  hodisalarni  kuzatish,  tushunish  va  tushuntirish 

kompetensiyasi.

2.  FK2  -   Tajribalar  o‘tkazish,  fizik  kattaliklarni  o‘lchash  va  xulosalar 

chiqarish kompetensiyasi.



B1+

3.FK3  -   fizik  bilimlar  va  asboblardan  amaliyotda  foydalana  olish 

kompetensiyasi.

10-SINF (1-KURS)

(68 soat, haftasiga 2 soat, B1+:  102 soat, haftasiga 3 soat)

O ‘quvchilarda 

shakllantiriladigan 

tayanch 

kompetensiyalar 

elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

B1

darslikda  keltirilgan  fizik  atamalarni,  qonunlarni,  qoidalarni  og‘zaki  va 



yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila olish;

fizik kattaliklarning xorijiy tilda aytilishi  va yozilishini bilish va guruhlarda 

o‘zaro kelishuv asosida ishlay olish;

qonuniyatlar hamda ularning ahamiyatini tushunish.

B1+

fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.



A xborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

turli  axborot  manbalaridan  kerakli  ma’lumotlarni  mustaqil  ravishda  izlab 



topa  olishi,  saralashi,  tahlil  qilish  hamda  axborot  xavfsizligi  qoidalarini  bilish, 

rioya qila olish va ulardan samarali foydalanish.

B1+

fizika qonunlarini boshqa fanlardagi axborotlar bilan mantiqiy bog‘lay olish. 



O ‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

o‘zlashtirgan  bilimlariga  tayangan  holda  mustaqil  ravishda  fizika  va 



texnikaning amaliy mohiyatini ifodalay olish;

o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirib borish.

B1+

o‘z xatti-harakatini adekvat baholay olish va mustaqil qaror qabul qila olish. 



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

sinfda,  maktabda,  oilada,  mahallada  o‘tkaziladigan  tadbirlarda  faol 



ishtirok etishi, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilishi; 

atrof-muhitda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarni tushunish; 

o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish va unga rioya qilish;

B1+


boshqalar fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

Vatanga  sadoqatli,  insonlarga  mehr-oqibatli  hamda  umuminsoniy  va  milliy 



qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;

Fizik olimlarning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissalarini qadrlash; 

orasta kiyinish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish; 

fizikaning har bir shaxs va jamiyatni asrashdagi o‘rnini tushunti sh.



fan sohasi  rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning  ibratli hayotini 

o‘rganish va mustaqil tahlil qilish.

M atem atik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 

ham da foydalanish kompetensiyasi:

B1

aniq  hisob-kitoblarga  asoslangan  holda  kundalik  rejalarini  tuza  olish, 



formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish;

inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish. 

kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish; 

fanning so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘lish.

B1+

fizikadan masala yechish yoki laboratoriya ishlarini bajarishda aniq mantiqiy 



ketma-ketlikka amal qilish.

MEXANIKA 

Kirish 

(1  soat, B1+:  1  soat)



1-mavzu: Fizikaning tadqiqot metodlari.  (1  soat, B1+:  1 soat)

I BOB. KINEMATIKA 

(9 soat, B1+:  14 soat)

2-mavzu:  Mexanik  harakat  turlari.  Harakatlarning  mustaqillik  prinsipi. 

(1  soat, B1+:  1  soat)

3-mavzu:  Jismlarning vertikal harakati.  (1 soat, B1+:1  soat)

4-mavzu:  Aylana  bo‘ylab  notekis  harakat.  Burchak  tezlanish.  Tangensial 

tezlanish.  (1  soat, B1+:  1  soat)

5-mavzu:  Aylanma  va  ilgarilanma  harakatni  o‘zaro  uzatish:  tasmali,  tishli, 

friksion va val orqali uzatmalar.  (1  soat, B1+:  2 soat)

6-mavzu:  Gorizontal otilgan jismning harakati.  (1  soat, B1+:  2 soat)

7-mavzu:  Gorizontga qiya otilgan jism harakati.  (1  soat, B1+:  2 soat)

8-mavzu:  1-laboratoriya  ishi.  Gorizontga  qiya  otilgan  jism  harakatini 

o‘rganish.  (1  soat, B1+:1 soat)

M asalalar yechish. (1  soat, B1+:  2 soat)

Nazorat ishi. (1  soat, B1+:  2 soat)

Namoyish tajribalari:

1.  Harakatning nisbiyligi.

2.  Aylanma va ilgarilanma harakat uzatishni o‘rganish.

3.  Jismlarning vertikal harakati.

4.  Gorizontal otilgan jism harakatini o‘rganish.

5.  Aylanma harakatda tangensial tezlanish va burchak tezlanish yo‘nalishini 

ko‘rsatish (plakatda).

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:



B1+

Mexanikadan  “Mexanika-1”  laboratoriya  jamlanmasi.  Raqamli  o‘quv 

sekundomeri.  Fizikadan  universal  shtativ.  Chizma  ashyolari  to‘plami.  Ballistik 

to‘pponcha.  Aylana bo‘ylab harakatni o‘rganish bo‘yicha to‘plam.

II BOB. DINAMIKA 

(8 soat, B1+  12 soat)

9-mavzu:  Dinamika qonunlari.  (1 soat, B1+:  1  soat)

10-mavzu:  Galileyning  nisbiylik  prinsipi.  Inersial  va  noinersial  sanoq 

sistemalari.  (1  soat, B1+:  2 soat)

11-mavzu:  Gravitatsion maydonda harakat.  (1  soat, B1+:  1  soat)

12-mavzu:  Jism  og‘irligining  harakat  turiga  bog‘liqligi.  (1  soat,  B1+:  2

soat)

13-mavzu:  Jismning  bir  necha  kuch  ta’siridagi  harakati.  (1  soat,  B1+:  2



soat)

M asalalar yechish. (2 soat, B1+:  2 soat)

Nazorat ishi. (1  soat, B1+: 2 soat)

Namoyish tajribalari:

1.  Kuchlarni qo‘shish.

2.  Gravitatsion maydondagi harakat.

3.  Jism og‘irligining harakat turiga bog‘liqligi.

4.  Jismning bir necha kuch ta’siridagi harakati.

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:

Mexanikadan  “Mexanika-1”  laboratoriya  jamlanmasi,  Fizikadan  universal 

shtativ,  Chizma  ashyolari  to‘plami,  O‘quv-laboratoriya  elektron  tarozisi,  Spiral 

prujinalar.  0,1  kg li yuklar to‘plami.  Oson qo‘zg‘aluvchi aravachalar.  Bloklar.  Qiya 

tekislik.  Dinamometrlar.

III BOB. MEXANIKADA SAQLANISH QONUNLARI

(6 soat, B1+ 9 soat)

14-mavzu:  Energiya va  ish.  Energiyaning  saqlanishi  qonuni.  Jismning  qiya 

tekislik bo‘ylab harakatlanishida bajarilgan ish.  (1  soat, B1+:  2 soat)

15-mavzu:  2-laboratoriya  ishi.  Qiya  tekislikda  foydali  ish  koeffitsiyentini 

aniqlash.  (1  soat, B1+:  1  soat)

16-mavzu:  Jismlarning  absolut  elastik  va  noelastik  to‘nashishi.  (1  soat, 

B1+:  2 soat)

M asalalar yechish. (2 soat, B1+:  2 soat)

Nazorat ishi. (1  soat, B1+:  2 soat)

Namoyish tajribalari:

1.  Jismlarning qiya tekislik bo‘ylab harakatlanishida bajarilgan ish.

2.  Mexanik energiyaning aylanishi va saqlanishini namoyish qilish.

3.  Qiya tekislikda foydali ish koeffitsiyentini aniqlash.

4.  Jismlarning elastik va noelastik to‘qnashuvi.

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:


Raqamli  o‘quv  sekundomeri.  Chizma  ashyolari  to‘plami.  Masshtabli 

chizg‘ich.  Oson qo‘zg‘aluvchi aravachalar.  Spiral prujinalar. Bloklar.  Qiya tekislik. 

Yog‘och brusok.  Metall  sharcha.  Tennis  koptokchasi.  Dinamometr.  Ish bajarishda 

jism energiyasining o‘zgarishini namoyish qiluvchi asbob.

IV BOB.  STATIKA VA GIDRODINAMIKA 

(8 soat, B1+:  12 soat)

17-mavzu:  Jismlarning muvozanatda bo‘lish shartlari.  (1 soat, B1+:  1  soat)

18-mavzu:  Momentlar  qoidasiga  asoslanib  ishlaydigan  mexanizmlar.  (1 

soat, B1+:  1  soat)

19-mavzu:  Aylanma harakat dinamikasi.  (1  soat, B1+:  2 soat)

20-mavzu:  Suyuqlik  va  gazlar  harakati,  oqimining  uzluksizlik  teoremasi. 

Bernulli tenglamasi.  (1  soat, B1+:  2 soat)

21-mavzu:  Harakatlanayotgan  gazlar  va  suyuqliklarda  bosimning  tezlikka 

bog‘liqligidan texnikada foydalanish.  (1  soat, B1+:  2 soat)

M asalalar yechish. (2 soat, A2+:  2 soat)

N azorat ishi. (1 soat, B1+:  2 soat)

Namoyish tajribalari:

1.  Jismlarning muvozanat turlari namoyishi.

2.  Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar namoyishi.

3.  Aylanma harakat dinamikasi.

4.  Suyuqlik va gazlar harakati.

5. 


Harakatlanayotgan  gazlar  va  suyuqliklarda  bosimning  tezlikka 

bog‘liqligidan texnikada foydalanish.

O ‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:

Fizik  jarayon  va  hodisalarni  kuzatish,  tushunish  va  tushuntirish 

kompetensiyasi:

B1

Harakat turlarini farqlay oladi.  Aylanma harakatni uzatish,  gorizontal otilgan 



jism  harakati,  Galileyning  nisbiylik  prinsipi,  inersial  va  noinersial  sanoq 

sistemalari,  jismning  bir  necha  kuch  ta’siridagi  harakati,  jismlarning  elastik  va 

noelastik  to‘qnashuvi,  jismlarning  muvozanat  shartlarini  kuzatadi,  tushunadi  va 

tushuntira oladi.

B1+

Harakatlanayotgan  gazlar va  suyuqliklarda bosimning tezlikka  bog‘liqligini 



tushunadi va tahlil qila oladi.

T ajribalar  o‘tkazish,  fizik  kattaliklarni  o‘lchash  va  xulosalar  chiqarish 

kompetensiyasi:

B1

gorizontga burchak ostida otilgan jismning harakatini,  momentlar qoidasiga 



asoslanib  ishlaydigan  mexanizmlar,  qiya  tekislikda  foydali  ish  koeffitsiyentini 

tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqlay oladi va xulosalar chiqaradi.



Mavzuga doir tajribalami  o‘tkazish yo‘li  bilan kattaliklami  aniqlay  oladi va 

tahlil qila oladi.

Fizik 

bilim lar 



va 

asboblardan 

amaliyotda 

foydalana 

olish 

kompetensiyasi:



B1

o‘quvchi  jismlarning  vertikal  harakati,  aylana  bo‘ylab  notekis  harakat, 

gorizontal  otilgan  jismning  harakati,  dinamika  va  saqlanish  qonunlarini 

hisoblashga doir masalalar yecha oladi,  o‘quv-laboratoriya elektron tarozisi,  spiral 

prujinalar, bloklar, qiya tekislik, dinamometrlardan amaliyotda foydalana oladi.

B1+


mavzularga doir masalalar yecha oladi va tahlil qila oladi.

V BOB. MEXANIK TEBRANISHLAR VA TO ‘LQINLAR

(8 soat, B1+  12 soat)

22-mavzu:  Garmonik tebranishlar.  (1  soat, B1+:  1  soat)

23-mavzu:  Prujinali va matematik mayatniklar.  (1  soat, B1+:  2 soat)

24-mavzu:  3-laboratoriya ishi.  Matematik mayatnik yordamida erkin tushish 

tezlanishini aniqlash.  (1  soat, B1+:  1  soat)

25-mavzu:  Majburiy  tebranishlar.  Texnikada  rezonans.  (1  soat,  B1+:  2

soat)

26-mavzu:  Mexanik  to‘lqinlarning  muhitlarda  tarqalishi.  Ultra  va 



infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish.  (1 soat, B1+:  2 soat)

M asalalar yechish. (2 soat, B1+:  2 soat)

N azorat ishi. (1 soat, B1+:  2 soat)

Namoyish tajribalari:

1.  Garmonik tebranishlar namoyishi.

2.  Matematik va prujinali mayatniklar.

3.  Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash.

4.  Texnikada rezonans.

5. Ultra va infratovushlardan turmush va texnikada foydalanish.

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:

Mexanikadan 

“Mexanika-1” 

laboratoriya 

jamlanmasi. 

Raqamli 

sekundomeri.  Fizikadan universal  shtativ.  Elastik spiral  purjinalar.  Har xil  massali 

mayatniklar.  Aylanma  harakatni  o‘rganish  to‘plami.  Kamerton.  Chizma  ashyolari 

to‘plami.  O‘quv-laboratoriya elektron tarozisi.

VI BOB. TERMODINAMIKA ASOSLARI 

(4 soat, B1+:  6 soat)

27-mavzu:  Issiqlik jarayonlarining  qaytmasligi.  Termodinamika  qonunlari. 

(1  soat, B1+:  2 soat)

28-mavzu:  Adiabatik jarayonlar.  Issiqlik mashinalarining FIK.  Karno  sikli. 

(1  soat, B1+:  1  soat)



B1+

29-mavzu:  Inson  hayotida  issiqlik  dvigatellarining  ahamiyati.  Issiqlik 

dvigatellari va ekologiya.  (1  soat, B1+:  1  soat)

M asalalar yechish. (1  soat, B1+:  2 soat)

Namoyish tajribalari:

1.  Termodinamikaning II qonuni namoyishi.

2.  Adaibatik jarayonlar.

3.  Karno  sikli.  Issiqlik mashinalarining FIK.

4.  Texnikada rezonans.

5.  Issiqlik dvigatellarining namoyishi.

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:

Xona  termometri.  Raqamli  o ‘quv  termometri.  Ichki  yonuv  dvigatelining 

proyekstion  modeli.  Bug‘  turbinasi.  Termodinamika  bo‘yicha  ko‘rgazmali 

tajribalar ko‘rsatish to‘plami.

ELEKTRODINAMIKA 

V II BOB. ELEKTROSTATIK MAYDON 

(8 soat, B1+:  12 soat)

30-mavzu:  Zaryadning  saqlanish  qonuni.  Nuqtaviy  zaryadning  maydoni. 

Elektr maydon kuchlanganligining superpozitsiya prinsipi.  (1  soat, B1+:  1  soat)

31-mavzu: 

Zaryadlangan 

sharning 

elektr 


maydoni. 

Dielektrik 

singdiruvchanlik.  (1 soat, B1+:  1  soat)

32-mavzu:  Nuqtaviy  zaryad  maydonining  potensiali.  Potensiallar  farqi.  (1 

soat, B1+:  1  soat)

33-mavzu:  Elektrostatik maydonda zaryadni  ko‘chirishda bajarilgan  ish.  (1 

soat, B1+:  2 soat)

34-mavzu:  Elektr maydon energiyasi.  (1  soat, B1+:  2 soat)

M asalalar yechish. (2 soat, B1+:  3 soat)

N azorat ishi. (1 soat, B1+:  2 soat)

Namoyish tajribalari:

1. Nuqtaviy zaryadning maydoni namoyishi.

2.  Zaryadning saqlanish qonuni.

3.  Dielektrik singdiruvchanlik.

4.  Elektr maydon energiyasi.

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:

Ebonit  va  shisha  tayoqcha.  Jun  va  shoyi  mato.  Elektroskop.  Elektrometr. 

Elektrofor mashina.  Kondensator.  Tok manbai.  Ulovchi simlar.  Kalit.

V III BOB. O ‘ZGARMAS TOK QONUNLARI 

(8 soat, B1+:  12 soat)

35-mavzu:  Elektr o‘tkazuvchanlik.  Tok kuchining kuchlanishga bog‘liqligi. 

(1  soat, B1+:  1  soat)

36-mavzu:  Tok  kuchi  va  tok  zichligi.  Elektr  tokining  ta’sirlari.  (1  soat, 

B1+:  2 soat)



37-mavzu:  Butun  zanjir  uchun  Om  qonuni.  Tok  manbaining  FIK.  (1  soat, 

B1+:  1  soat)

38-mavzu:  Tok  manbalarini  ketma-ket  va  parallel  ulash.  (1  soat,  B1+:  2

soat)


39-mavzu:  Ampermetr  va  voltmetrning  o‘lchash  chegarasini  oshirish.  (1 

soat, B1+:1  soat)

40-mavzu:  4-laboratoriya  ishi.  Tok manbaining EYuK va  ichki  qarshiligini 

aniqlash.  (1  soat, B1+:  1  soat)

M asalalar yechish. (1  soat, B1+:  2 soat)

N azorat ishi. (1 soat, B1+:  2 soat)

Namoyish tajribalari:

1.  Elektr o‘tkazuvchanlik.

2.  Tok kuchining kuchlanishga bog‘liqligi o‘rganish.

3.  Tok manbalarini ketma-ket va parallel ulash.

4.  Ampermetr va voltmetrning o‘lchash chegarasini oshirish.

5.  Tok manbaining EYUK va ichki qarshiligini aniqlash.

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:

Tok  manbai.  Kondensatorlar  toplami.  Ampermetr.  Voltmetr.  Reostat. 

Qarshiliklar  to‘plami.  Ketma-ket  va  parallel  ulash  qurilmasi.  Ommetr.  Shunt  va 

qo‘shimcha qarshilik.  Turli kuchlanishli tok manbalari.  O‘tkazgichlar.  Izolyatorlar. 

Tok o‘tkazgichli moddalar.  Kalit.  Ulash simlari.

IX BOB. TURLI MUHITLARDA ELEK TR  TOKI 

(8 soat, B1+:12 soat)

41-mavzu:  Vakuumda elektr toki.  (1  soat, B1+:  2 soat)

42-mavzu:  Metall  o‘tkazgichlar  qarshilikligining temperaturaga bog‘liqligi. 

(1  soat, B1+:  2 soat)

43-mavzu:  Yarimo‘tkazgichlarda  xususiy  o‘tkazuvchanlik.  Aralashmali 

o‘tkazuvchanlik.  (1  soat, B1+:  2 soat)

44-mavzu:  Yarimo‘tkazgichli  asboblar  (diod,  tranzistor)  va  ularning 

texnikada qo‘llanilishi.  (1  soat, B1+:  2 soat)

45-mavzu:  5-laboratoriya  ishi.  Yarim  o‘tkazgichli  diodning  volt-amper 

xarakteristikasini o‘rganish.  (1  soat, B1+:  1  soat)

Takrorlash. (1  soat, B1+:1  soat)

Nazorat ishi. (1  soat, B1+:  1  soat)

O ‘quv sayohati.  (1  soat, B1+:  1 soat)

Namoyish tajribalari:

1.  Vakuumda elektr toki.

2.  Metall o‘tkazgichlar qarshiliklarini temperaturaga bog‘liqligi.

3.Yarimo‘tkazgichli  asboblar  (diod,  tranzistor)  va  ularning  texnikada 

qo‘llanilishi.

4.  Yarim o‘tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish. 

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:



Tok  manbai.  Milliampermetr,  mikroampermetr.  Voltmetr.  Qarshiliklar 

to‘plami.  Vakumli  diod.  Diod.  Triod.  Tranzistor.  Neon  gazi  bilan  to‘ldirilgan 

lampa.  Turli  kuchlanishli  tok  manbalari.  O‘tkazgichlar.  Izolyatorlar.  Termometr. 

Tok o‘tkazgichli moddalar.  Kalit.  Ulash simlari.

O ‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:

Fizik  jarayon  va  hodisalarni  kuzatish,  tushunish  va  tushuntirish 

kompetensiyasi:

B1

Garmonik  tebranishlar,  matematik  va  prujinali  mayatniklar,  majburiy 



tebranishlar  va  to‘lqinlar,  tabiatdagi  qaytmas  jarayonlar,  issiqlik  almashuvidagi 

qaytmas jarayonlar,  elektr maydon,  o‘zgarmas  tok manbalari,  metall  o‘tkazgichlar 

qarshiliklarini temperaturaga bog‘liqligini kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi.

B1+


mavzularga doir jarayon va hodisalarni mantiqiy tahlil qila oladi.

T ajribalar  o‘tkazish,  fizik  kattaliklarni  o‘lchash  va  xulosalar  chiqarish 

kompetensiyasi:

B1

Matematik  mayatnik  yordamida  erkin  tushish  tezlanishini  aniqlash,  tok 



manbaining  EYuKi  va  ichki  qarshiligini  aniqlash,  yarim  o‘tkazgichli  diodning 

volt-amper xarakteristikasini tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqlay oladi va xulosalar 

chiqaradi.

B1+


mavzularga doir tajriba natijalarini mantiqiy tahlil qila oladi.

Fizik 


bilim lar 

va 


asboblardan 

amaliyotda 

foydalana 

olish 


kompetensiyasi:

B1

Matematik va prujinali mayatniklar, mexanik to‘lqinlar, Termodinamikaning



II  qonuni,  Issiqlik  mashinalarining  FIK,  elektr  maydon  kuchlanganligi,  maydon 

potensiali, potensiallar farqi, elektr maydon energiyasi, tok kuchi va tok zichligi,

Butun  zanjir  uchun  Om  qonunini  hisoblashga  doir  masalalar  yecha  oladi. 

Ovoz  karnayi,  masshtabli  chizg‘ich,  o‘quv-laboratoriya  elektron  tarozisi,  xona 

termometri,  keramik  plita,  quruq  yoqilg‘i,  Aneroid  barometrlardan  amaliyotda 

foydalana oladi.

B1+

masalalarni yechishda formulalardan to‘g‘ri foydalana oladi;



fizik  o‘lchov  asboblaridan  amaliyotda  va  kundalik  turmushda  foydalana

oladi.


O ‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya: 

B1


darslikda  keltirilgan  fizik  atamalarni,  qonunlarni,  qoidalarni  og‘zaki  va 

yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi.

fizik kattaliklarning xorijiy tilda aytilishi va yozilishini bilish va guruhlarda 

o‘zaro kelishuv asosida ishlay oladi.

qonuniyatlar hamda ularning ahamiyatini tushuntira oladi.

B1+


fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

turli  axborot  manbalaridan  kerakli  ma’lumotlarni  mustaqil  ravishda  izlab 



topa  oladi,  saralay  oladi,  tahlil  qila  oladi  hamda  axborot  xavfsizligi  qoidalarini 

biladi, rioya qila oladi va ulardan samarali foydalana oladi.

B1+

fizika qonunlarini boshqa fanlardagi axborotlar bilan mantiqiy bog‘lay oladi. 



O ‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

o‘zlashtirgan  bilimlariga  tayangan  holda  mustaqil  ravishda  fizika  va 



texnikaning amaliy mohiyatini ifodalay oladi;

o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirib bora oladi.

B1+

o‘z xatti-harakatini adekvat baholay oladi va mustaqil qaror qabul qila oladi. 



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

sinfda,  maktabda,  oilada,  mahallada  o‘tkaziladigan  tadbirlarda  faol 



ishtirok etadi, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qila oladi; 

atrof-muhitda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarni tushunadi; 

o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini biladi va unga rioya qila oladi. 

B1+


boshqalar fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila oladi. 

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

Vatanga  sadoqatli,  insonlarga  mehr-oqibatli  hamda  umuminsoniy  va  milliy 



qadriyatlarga e’tiqodli bo‘ladi;

Fizik olimlarning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissalarini qadrlay oladi;

orasta kiyinish va sog‘lom turmush tarziga amal qiladi;

fizikaning har bir shaxs va jamiyatni asrashdagi o‘rnini tushunti ra oladi.

B1+

fan sohasi  rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayotini 



o‘rganib va tahlil qila oladi.

M atem atik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 

ham da foydalanish kompetensiyasi:

B1

aniq  hisob-kitoblarga  asoslangan  holda  kundalik  rejalarini  tuza  oladi, 



formulalardan foydalanib, masalalar yecha oladi;

inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalana oladi.



kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi; 

fanning so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘la oladi.

B1+

fizikadan masala yechish yoki laboratoriya ishlarini bajarishda aniq mantiqiy 



ketma-ketlikka amal qila oladi.

M avzularni o‘rganish uchun -  44 soat (B1+:  68 soat)

Kirish uchun -  1  soat (B1+:  1  soat)

M asalalar yechish uchun -  13 soat (B1+:  17 soat)

N azorat ishlari uchun -  8 soat (B1+:  15 soat)

Takrorlash uchun -  1  soat (B1+:  1  soat)

O ‘quv sayohati -  1  soat ( B1+:  1  soat)

Jam i:  68 soat (B1+:  102 soat)

11-SINF (2-KURS)

(68 soat, haftasiga 2 soat, (B1+:  102 soat, haftasiga 3 soat))

O ‘quvchilarda 

shakllantiriladigan 

tayanch 

kompetensiyalar 

elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

B1

darslikda  keltirilgan  fizik  atamalarni,  qonunlarni,  qoidalarni  og‘zaki  va 



yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila olish;

fizik kattaliklarning xorijiy tilda aytilishi va yozilishini bilish; 

hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish; 

muomala madaniyatiga amal qilish.

B1+

fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.



A xborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

turli  axborot  manbalaridan  kerakli  ma’lumotlarni  mustaqil  ravishda  izlab 



topa olishi, saralash, tahlil qilish hamda qayta ishlay olish;

axborot  xavfsizligi  qoidalarini  bilish,  rioya  qila  olish  va  ulardan  samarali 

foydalanish.

B1+


fizika qonunlarini boshqa fanlardagi axborotlar bilan mantiqiy bog‘lay olish. 

O ‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

o‘zlashtirgan  bilimlariga  tayangan  holda  mustaqil  ravishda  fizika  va 



texnikaning amaliy mohiyatini ifodalay olish;

o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirib borish. 

mustaqil o‘rganish jarayonida kognitivlik ko‘nikmalarini egallash.

B1+


o‘z xatti-harakatini adekvat baholay olish va mustaqil qaror qabul qila olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

sinfda,  maktabda,  oilada,  mahallada  o‘tkaziladigan  tadbirlarda  faol 



ishtirok etishi, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilishi. 

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorligini his etish; 

atrof-muhitda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarni tushunish; 

o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish va unga rioya qilish.

B1+

boshqalar  fikrini  hurmat  qilgan  holda  o‘z  pozitsiyasini  himoya  qilish  va 



muomala madaniyatiga amal qilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

Vatanga  sadoqatli,  insonlarga  mehr-oqibatli  hamda  umuminsoniy  va  milliy 



qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;

fizik olimlarning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissalarini qadrlash; 

orasta kiyinish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish; 

fizikaning har bir shaxs va jamiyatni asrashdagi o‘rnini tushuni sh.

B1+

fan sohasi  rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayotini 



o‘rganish va mustaqil tahlil qilish.

M atem atik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 

ham da foydalanish kompetensiyasi:

B1

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish



mavzularga doir formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; 

inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish. 

kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish; 

mehnat  unumdorligini  oshiradigan,  qulay  shart-sharoitga olib  keladigan  fan 

va texnika yangiliklaridan foydalana olish.

B1+


fizikadan masala yechish yoki laboratoriya ishlarini bajarishda aniq mantiqiy 

ketma-ketlikka amal qilish va tahlil qila olish.

I BOB. MAGNIT MAYDONI 

(9 soat, B1+:  14 soat)

1-mavzu:  Magnit maydoni, tavsiflari,  parametrlari.  Magnit maydonini hosil 

qilish usullari.  (1  soat, B1+:  1  soat)

2-mavzu:  Tokli  to‘g‘ri  o‘tkazgichning  va  halqaning  magnit  maydoni, 

magnit maydon induksiyasi.  (1 soat, B1+:  1  soat)

3-mavzu:  Bir  jinsli  magnit  maydonning  tokli  ramkani  aylantiruvchi 

momenti.  (1  soat, B1+:  2 soat)

4-mavzu:  Bir  jinsli  magnit  maydonida  zaryadli  zarrachaning  harakati. 

Lorens kuchi. Mass-spektrograf.  (1  soat, B1+:  2 soat)



5-mavzu:  Tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’sir kuchi.  (1  soat, B1+:  2 soat)

6-mavzu:  Magnit  maydon  oqimi,  energiyasi,  energiya  zichligi.  (1  soat, 

B1+:  1  soat)

M asalalar yechish. (2 soat, B1+:  3 soat)

Nazorat ishi. (1  soat, B1+: 2 soat)

Namoyish tajribalari:

1.  Tokli to‘g‘ri o‘tkazgichning magnit maydoni.

2.  Tokli halqaning magnit maydoni.

3.  Bir jinsli magnit maydonning tokli ramkani aylantiruvchi momenti.

4.  Tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’sir kuchi.

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:

Tok  manbai.  Ulovchi  simlar  to‘plami.  Bir  va  ikki  qutbli  kalitlar  to‘plami. 

Magnit  maydonida  ramkaning  aylanishini  namoyish  etuvchi  asbob.  Ampermetr. 

Voltmetr.  O‘zgarmas tok generatori.

II BOB. ELEKTROM AGNIT INDUKSIYA 

(7 soat, B1+:  10 soat)

7-mavzu:  Faradey  qonuni.  Induksiya  EYuK.  Zamonaviy  induksion 

generator.  (1  soat, B1+:1  soat)

8-mavzu:  O‘zinduksiya hodisasi.  Induktivlik.  (1  soat, B1+:  2 soat)

9-mavzu:  O‘zinduksiya  EYuK.  Solenoidning  induktivligi.  (1  soat,  B1+:  2

soat)

10-mavzu:  Magnit  oqimi.  Magnit  maydon  energiyasi  va  zichligi.  (1  soat, 



B1+:  2 soat)

M asalalar yechish. (2 soat, B1+:  2 soat)

N azorat ishi. (1 soat, B1+:  1  soat)

Namoyish tajribalari:

1.  Zamonaviy induksion generator.

2.  O‘zinduksiya hodisasi.

3.  O‘zinduksiya EYuK.  Solenoidning induktivligi.

4.  Magnit oqimi.

Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:

Tok  manbai.  Ulovchi  simlar  to‘plami.  Bir  va  ikki  qutbli  kalitlar  to‘plami. 

Induktivlik  g‘altagi.  Magnit  maydonida  ramkaning  aylanishini  namoyish  etuvchi 

asbob. Ampermetr, milliampermetr.  Voltmetr.  O‘zgaruvchan tok generatori.

O ‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:

Fizik  jarayon  va  hodisalarni  kuzatish,  tushunish  va  tushuntirish 

kompetensiyasi:

B1

Magnit  maydon  induksiyasi,  o‘zinduksiya  hodisasi,  magnit  maydonining 



tokli o‘tkazgichga ta’siri, tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’sir kuchini tushunadi va 

tushuntira oladi.



Mavzularga doir hodisalarni mantiqiy tahlil qilib tushuntira oladi.

T ajribalar  o‘tkazish,  fizik  kattaliklarni  o‘lchash  va  xulosalar  chiqarish 

kompetensiyasi:

B1

Magnit  maydon  induksiyasi,  o‘zinduksiya  hodisasi,  magnit  maydonining 



tokli  o‘tkazgichga  ta’siri,  tokli  o‘tkazgichlarning  o‘zaro  ta’sirini  o‘lchay  oladi, 

tegishli xulosalar chiqaradi.

B1+

Mavzuga doir tajribalarni o‘tkaza oladi,  [ulosalar chiqaradi.



Fizik 

bilim lar 

va 

asboblardan 



amaliyotda 

foydalana 

olish 

kompetensiyasi:



B1

magnit  maydon  induksiyasi,  Lorens  kuchi,  magnit  oqimi,  magnit  maydon 

energiyasi va zichligiga doir masalalar yecha oladi.

Ulovchi  simlar,  bir  va  ikki  qutbli  kalitlar,  induktivlik  g‘altagi,  ampermetr, 

voltmetr, o‘zgaruvchan tok generatoridan amaliyotda foydalana oladi.

B1+


masalalarni  yechishda  formulalardan  to‘g‘ri  foydalana  oladi  va  tahlil  qila

oladi;


fizik  o‘lchov  asboblaridan  amaliyotda  va  kundalik  turmushda  foydalana

oladi.


III BOB. ELEKTROM AGNIT TEBRANISH LAR 

(16 soat, B1+:  24 soat)

11-mavzu:  Erkin  elektromagnit  tebranishlar  (tebranish  konturi).  Tebranish 

konturida energiyaning o‘zgarishi.  (1  soat, B1+:  1  soat)

12-mavzu: 

Tebranishlarni 

grafik 

ravishda 



tasvirlash. 

So‘nuvchan 

elektromagnit tebranishlar.  (1  soat, B1+:  1  soat)

13-mavzu:  Tranzistorli  elektromagnit tebranishlar generatori.  (1  soat,  B1+:

1  soat)

14-mavzu:  O‘zgaruvchan  tok  zanjiridagi  aktiv  qarshilik.  (1  soat,  B1+:  1

soat)

15-mavzu:  O‘zgaruvchan tok zanjiridagi kondensator.  (1  soat, B1+:  2 soat) 



M asalalar yechish. (2 soat, B1+:  2 soat)

16-mavzu:  O‘zgaruvchan  tok  zanjiridagi  induktiv  g‘altak.  (1  soat,  B1+:  2

soat)

17-mavzu:  Aktiv  qarshilik,  induktiv  g‘altak  va  kondensator  ketma-ket 



ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni.  (1  soat, B1+:  2 soat)

Nazorat ishi. (1  soat, B1+: 2 soat)

18-mavzu:  O‘zgaruvchan tok zanjiri uchun rezonans hodisasi.  (1  soat, B1+:

2 soat)


19-mavzu:  Laboratoriya  ishi:  O‘zgaruvchan  tok  zanjirida  rezonans 

hodisasini o‘rganish.  (1  soat, B1+:  1 soat)





Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling