«0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti


Download 10.92 Mb.
Pdf просмотр
bet14/31
Sana05.12.2019
Hajmi10.92 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31

 
ф
ъ й
к т
т
л * -

lislii  ayni  Adil>  Ahmad  dostonidagi  to‘rtliklar  kabidir.  Ahmad  Yassaviy 
hikimitlarida  ham  muvofiq  joylar  yo‘q  emas.
«I  lil ml  ul-haqoyiq»  asari  O ‘zbekistonda  keng  o'rganilib,  o‘zbek  ada- 
biyoli  tarixi  darsliklariga  kiritilgan.
NAJMIDDIN  KUBRO
( 1 1 4 5 - 1 2 2 1 )
Musulmon  olamidagi  eng  zabardast  mutasavvuf  donishmandlardan  biri 
buyuk  vatandoshimiz  shayx  Najmiddin  Kubrodir.
Abul-Jannob  va  Tomatul  Kubro  laqablariga  sazovor  bo‘lgan  tasav­
vufning  Kubraviya  silsilasining  asoschisi  Najmiddin  Kubroning  to‘liq  ismi 
Ahmad  ibn  Umar  ibn  Muhammad  Xivaqiy  al-Xorazmiydir.  Hijriy  ol- 
tinchi  va  yettinchi  asrlarda  yashagan  Najmiddin  Roziy,  Majiddin  Bag‘- 
dodiy,  S a ’diddin  Hamaviy,  Sayfiddin  Bahorziy  va  Bahouddin  Valad 
kabi  siymolar  u  kishining  murid  va  shogirdlari  bo'lgan.
Ahmad  ibn  Umar  Abul-Jannob  Najmiddin  Kubro  540-hijriy  (milo- 
diy  1145)  yilda  Xorazmning  Xivaq  shahrida  dunyoga  keladi.
Abdurahmon  Jomiy  o'zining  «Nafahot  ul-uns»  asarida  yozishicha, 
Najmiddin  bolalik  paytidayoq  ilm  istab  Misrga  ravona  bo‘ladi.  Misrda 
Ruzbehon  Vazzon  al-Misriy  (vafoti  584/ 1188)  degan  olim  dargohida 
ta’lim  oladi.  Al-Misriy  esa,  o‘z  navbatida,  mashhur  mutasavvuf  donish- 
mand  Abu  Najib  as-Suxravardiydan  ta’lim  olgan  edi.  Ruzbehon  uni  o‘z 
o‘g‘lidek  yaxshi  ko‘rib,  alohida  mehr  bilan  tarbiya  qiladi,  hatto  qizini 
nikohlab  berib,  o'ziga  kuyov  qilib  oladi.
Ammo  ilmga  chanqoq  Najmiddin  Kubro  ko‘p  o‘tmay  Tabrizga  borib, 
u  yerdagi  Imom  Abu  Mansur  Hafda  degan  donishmanddan  islomiy  ilm- 
larni  o‘rganadi  va  Tabrizda  shayx  Bobo  Faraj,  Ammor  Yasir,  Ismoil 
Kasriy  kabi  ulkan  mutasavvuf  donishmandlardan  tasawufga  oid  ko‘pgina 
zohiriy,  botiniy  ilmlami  ham  egallaydi.  U   kishi  shayx  Ismoil  Kasriy  qo‘lida 
tasawufiy  xirqapush  darajasiga  yetib,  ul  hazratning  oq  fotihasini  oladi. 
So‘ngra  Misrdagi  ustozi  va  qaynatasi  Ruzbehon  maslahati  bilan  o‘z  va- 
tani  —  Xorazmga  qaytib  kelib  xonaqoh  quradi  va  shogirdlar  tarbiyasiga 
katta  e’tibor  beradi,  «Kubraviya»  yoki  «Zahobiya»  tariqatiga  asos  soladi.

Hu  tariqat  ta’limoti  hadis  va  shariatga  asoslangan  bo ‘lib,  <>‘/.  davridrt 
Xuroson,  Movarounnahr,  Hindiston  va  boshqa  musulmon  marnlakwtlnri 
xalqlari  orasida  keng  tarqaladi.  Mazkur  tariqat  soliklari  orasida  zikmi  ovo/. 
с liiqarmasdan  (xufiya)  ijro  qilish  usuli  joriy  bo'lgan.
«Rashahot  ayn-ul-hayot»  asarining  muallifi  Faxruddin  as-Safiy  o'/, 
asarida  hazrati  Abdurahmon  Jomiy  fikrlariga  tayangan  holda  Najmiddin 
Kubroning  zikri  xufiya  talqini  to‘g‘risida  so‘z  yuritadi  va  shayx  Kubro 
likricha,  zikr  jarayoni  insonlarning  nafas  olish  (tanaffus)  jarayoni  bilan 
chambarchas  bog'liq  ekanligi  haqida  shunday  ma’l-umot  beradi:  «Hazrat 
Mahdumi  Nuriddin  Abdurahmon  al-Jomiy  aytishlaricha,  shayx  A bul- 
Jannob  Najm  al-Kubro  qudsi  Allohi  ruhi  o‘zining  «Favotix  al-jamol» 
lisolasida  yozganlaridek,  hayvonlarning  nafas  olishi  bir  tabiiy  zaruriyat 
tufayli  yuz  beradi.  Insonlar  ham  aslida  ayni  o‘sha  zaruriyat  yuzasidan 
nafas  oladilar,  lekin  o‘shanday  nafas  olish  jarayonida  inson  g'oyibona 
haqqu  subhonahuning  muborak  nomini  zikr  qiladi.
Ali  Akbar  Dehxudoning  mashhur  «Lug‘atnoma»sida  keltirilishicha,  «и 
kishining  Kubro  deb  atalishlariga  sabab  shuki,  behad  ziyrakliklari  va 
luganmas  zakovatlari  tufayli  har  qanday  muammoli  masalani  so‘ralganda 
hal  qilib  berar  edilar  va  har  kim  и  kishi  bilan  bahs-munozara  qilsa, 
g'olib  chiqar  edilar».1
Shuningdek,  и  kishini  Tomatul  Kubro,  ya’ni  buyuk  balo  va  qa- 
zolarning  oldini  oluvchi,  xaloskor  deb  ham  atashgan.  Abul-Jannob  deb 
atalishlariga  sabab  esa,  и  kishining  dunyoviy  ikir-chikirlardan  uzoq  tur- 
ganliklaridir.  U1  zotni  «Valitarosh»  (valiylami  parvarishlab  yetishtiruvchi) 
deb  ham  atashgan.  Chunki  umrlari  davomida  o‘n  ikki  kishini  o‘z  murid- 
liklariga  qabul  qilganlar  va  ularning  barchasini  shayx  darajasiga  yet- 
kazganlar.  Ular  qatorida  mashhur  shayxlardan  Farididdin  Attorning  otasi 
Majiddin  Bag'dodiy  (vafoti  1219)  va  Jaloliddin  Rumiyning  otasi  Ba- 
houddin  Valad,  Najmiddin  Doya  Roziy,  Sa’diddin  Hamaviy,  Sayfiddin 
Bahorziy  va  boshqalar  bor.
Najmiddin  Kubroning  Xorazmdagi  so'nggi  hayoti  o‘ta  og‘ir,  shiddatli 
va  murakkab  sharoitda  kechadi.  Bu  davrda  mo‘g‘ullarning  Turkistonga 
qilayotgan  hamlalari  kuchayib,  Chingizxon  Movarounnahrdagi  yirik  sha-

A   1  i 
A k b a r  
D e h x u d o ,   Lugatnoma.  104-jild,  Tehran  universitcti
 
nashri,  1 9 6 5 ,  3 6 5 -b e t  (fors  tilida).

Imrlariii  birin-ketin  beayov  bosib  olishga  muvaffaq  bo'lgan.  1221-yilning 
jumodi  ul-avval  (iyul)  oyida  Chingizxon  o‘g‘illari  tumonat  lashkar  bilan 
Urgaiuhni  o‘rab  oladi.  Urganch  shahri  qamal  ichida  qolib,  aholi  ni­
hoyatda  og'ir  sharoitda  azob  chekayotgan  bir  asnoda  munkillab  qolgan, 
yetmishdan  oshgan  Najmiddin  Kubro  qo‘lida  qurol  bilan  shahar  mudo- 
faasida  qatnashgan.
Najmiddin  Kubro  yuksak  obro'ga  ega  bo'lsa  ham,  kamtarona  hayot 
kechirgan.  Ammo  u  kishining  ba’zi  muridlari  mamlakat  miqyosida  shun- 
chalik  nufuzga  ega  bo‘lganlarki,  hatto  Faxriddin  Roziy  kabi  faylasuf  va 
sulton  Muhammad  xorazmshoh  ham  ularning  raqobatidan  xavotirlan- 
ganlar.  Masalan,  «Sultonul  ulamo»  laqabiga  ega  bo‘lgan  Jaloliddin  Ru- 
miyning  otasi  Bahouddin  Valad  Balx  shahrining  uch  yuzga  yaqin  fay­
lasuf  olimlari  bilan  bahs  yurgizgan  va  ularni  yunon  falsafasi  bilan  or- 
tiqcha  shug'ullanishda  ayblagan.  Najmiddin  Kubroning  boshqa  bir  sho­
girdi,  o‘z  navbatida,  shayx  Farididdin  Attorning  murshidi  bo‘lgan  xo- 
razmlik  Majiddin  Bag'dodiy  hokimiyatdagi  ishlami  tanqid  qilgani  uchun 
qatl  qilingan.  Lekin  uning  minglab  shogirdlari  bo'lgan.  B a ’zida  sulton 
Muhammad  xorazmshohning  o‘zi  ham  shayxlaming  huzuriga  kelib,  ular­
ni  ziyorat  qilib  turgan.
Najmiddin  Kubro  mo‘g‘ul  bosqinchilariga  qarshi  o'z  muridlari  bilan 
shiddatli  jangga  kirib,  shahid  bo'lgan.  Jangdan  keyin,  u  kishining  jasadini 
darhol  topisha  olmagan.  Chunki  ul  zot  qiyma-qiyma  qilib  tashlangan  edi. 
Shahid  bo'lganliklari  haqidagi  ma’lumotni  hijriy  710(1311)-yilda  yozilgan 
Rashididdin  Fazlullohning  «Jome  at-tavorix»  («Tarixlar  to'plami»)  asari­
da  uchratamiz.
Chingizxon  shayx  Najmiddan  Kubroning  mashhurliklarini  eshitgan 
bo'lganligidan  Xorazmga  hujum  qilish  oldidan,  u  kishiga  chopar  yubo- 
rib,  «M en  Xorazmni  qatliom  qilmoqchiman,  shuning  uchun  Sizdek 
ulug'vor  shaxsni  u  yerdan  ketib,  bizga  qo'shilishingizni  so'rayman»,  de­
gan.  Ammo  shayx  unga  javoban:  «Men  yetmish  yil  umrim  davomida 
xorazmliklar  bilan  turmushning  achchiq-chuchugini  birga  tortganman. 
Endi  ular  boshiga  balo-qazolar  yog'ilayotgan  paytda  qochsam  muruv- 
vatdan  bo'lmaydi»,1  degan.
' M a v l o n o  
J a l o l i d d i n  
R u m i y ,   Masnaviye  ma’naviy:
 
Muqaddima,  Kobul,  1 9 8 2 ,  8-b et  (fors  tilida).

Bu  voqea  hijriy  618  (1221)-yilda  ro‘y  bergan.  Bu  haqdagi  ma’lumot 
«Tarixi  guzida»  («Tanlangan  tarix»),  Abdurahmon  Jomiyning  «Nafahot 
ul-uns»,  keyinchalik  esa,  «Ravzat  ul-safo»,  «Habib  us-siyar»  va  boshqa 
mashhur  tarixiy  kitob  va  tazkiralarda  ham  uchraydi.
Hijriy  733(1334)-yilda  Xorazmga  safar  qilgan  mashhur  arab  sayyohi 
ibn  Battuta  Urganch  shahridan  chiqaberishdagi  zoviyada  Najmiddin  Kub- 
roning  maqbarasi  va  boshqa  ulug‘laming  mozorini  koVganligini  yozadi.1
Najmiddin  Kubro  bir  necha  ilmiy  asarlar  va  ruboiylar  yozganki,  ular 
juda  ko‘p  tazkiralarda  uchraydi.  U   o‘z  qarashlarini  arab  tilida  yozgan  bir 
qator  risolalarida  bayon  qilgan.  Ulardan  asosiylari  «Favo’ix  al-Jamol  va 
favotix  al-Jalol»,  «al-Usul  al-ashara»,  «Risolat  al-X o ’if  al-xa’im  min  lau- 
mon  al-la’im»  va  boshqalardir.  Bu  asarlar  arab  mamlakatlari  va  Turkiya- 
da  bosib  chiqarilgan.  Uning  arab  tilida  yozgan  «Risolatun  odob  ul-zo- 
kirin»  («Z ikr  aytuvchilar  odobi  haqidagi  risola»)  asarining  Abdurahmon 
Jomiyning  shogirdi  Abdul  G ‘ofur  Loriy  tomonidan  fors  tiliga  qilingan 
tarjimasi  bizgacha  yetib  kelgan  va  0 ‘zbekiston  Fanlar  akademiyasi  Abu 
Rayhon  Beruniy  nomidagi  Sharqshunoslik  institutida  №   5 0 3 -X   raqami 
ostida  saqlanmoqda.  Bu  asarning  asli  nomi  arabcha  «Al-Usul  al-ashara» 
(« o ‘n  usul»  yoki  «o‘n  asos»)  deb  ataladi.  Turkiyada  ushbu  asar  turk 
tiliga  tarjima  qilinib,  nashr  etilgan.
M a’lumki,  Kubro  haqiqat  asroriga  yetishish  maqsadida  o‘z  tasawuf 
maktabini  yaratdi.  Uning  aqidasiga  ko‘ra,  inson  o‘z  mohiyati  e’tibori  bi­
lan  mikrokosm,  ya’ni  kichik  olamni  tashkil  etadiki,  u  makrokosm,  ya’ni 
katta  dunyo  bo'lgan  koinotdagi  barcha  narsalarni  o‘zida  mujassamlash- 
tiradi.  Ammo  ilohiy  sifatlar  yuqori  samoviy  doiralarda  birin-ketin  o‘ziga 
xos  maqomlarda  joylashganligidan,  haqiqat  yo‘lini  qidiruvchilar  bunday 
yuksakliklarga  ko‘tarilib,  ilohiy  sifatlarga  ega  bo'lishi  uchun,  ya’ni  kamo- 
lotlarga  erishishi  uchun,  ma’lum  riyozatli  yo'llarni  o‘tishlari  zarur.  Buning 
uchun  esa,  har  bir  kishi  o‘n  asosga  tayanmog‘i  kerak:
\.
  Tavba  —  o‘z  xohishi  bilan  Haq  taologa  hech  bir  ko'rsatmasiz 
yuzlanishdir.  Kishi  o‘z  irodasi  bilan  Xudoni  sevishi  va  o‘zining  «me- 
ni»dan  kechishi  kerak.  Tavba  Xudo  tomon  yuz  tutgan  barcha  kishilar- 
ning  har  qanday  gunohlardan  forig‘  bo‘lishidir.  Gunoh  shunday  narsadir-
' И б р а г и м о ' в  
H .,  Ибн  Баттута  и  его  путешествия  по  Средней
 
Азии,  Москва,  «Н аука»,  1 9 8 8 ,  с.  7 4 .

ki,  u  dunyoviy  yoki  ilohiy  bosqichlardan  tashkil  topganiga  qaramasdan 
Alloh  taolodan  yiroqlashtiradigan  amaldir.
2.  Zuhd  fi-dunyo  —  bu  dunyoda  ham,  uning  tashqarisida  ham,  ni- 
inaiki  la/.zat  lomon  boshlasa,  undan  tiyilishdir.  Oz  yoki  ko‘p  bo‘lsa  ham, 
biror  mol-u  mulkka,  jangga  yoki  bo‘lmasa  biror  mansabga  o‘z  tabiiy 
valotigacha  rag‘bat  yoki  moyillik  ko'rsatish,  zuhddan  chiqish  hisoblanadi.
Zuhdning  mohiyati  dunyo  va  oxiratga  rag'bat  qo‘yishdan  voz  ke- 
chishdir.  Ichki  lazzat,  sharob  ichish,  nikohiy  ishlarga  ruju  qo‘yish,  man­
sab  va  oliy  martabalarni  qo‘msash  kabi  rohatlarga  o‘xshash  his-tuy- 
g'ulardan  voz  kechishdir.  Yillar  davomida  xayrli  ishlar  bilan  band  bo‘lib, 
yer  ishlari  bilan  shug'ullanish  va  shunga  o'xshash  boshqa  faoliyat  ta’sirida 
dunyoviy  narsalardan  ko‘ra,  oxiratga  koproq  tamoyil  va  rag'bat  ko'rsatish 
maqsadga  muvofiqdir.  Chunki  dunyo  foniy  bo‘lib,  oxirat  boqiydir.
3.  Tavakkal  —  Xudoga  ishonch  jihatidan  bu  turmushdagi  barcha 
ikir-chikirlardan  voz  kechishdir.  Shaxsning  dunyoga  rag‘bat  qo‘yishi  mol- 
u  dunyo  va  mansab  orttirish  uchun  tashabbus  ko'rsatishga  sabab  bo‘ - 
ladi.  Tavakkal  dildan  Xudoga  ishonish  bo‘lib,  uning  ulug‘vorligini  e’tiroi 
etishdir.  Maqsadga  erishish  mahalida  tavakkal  birinchi  darajali  ahamiyal 
kasb  etadi.
4.  Qanoat  —  hayot  kechirishni  ta’minlaydigan  oz  narsa  bilangina  qa- 
noatlanish,  o‘z  tarafiga  tortadigan  barcha  noz-u  ne’matlardan  va  hirslar- 
dan  (ovqatni  ko‘p  iste’mol  qilish,  qimmatbaho  kiyimlarga  havas  qo‘yish, 
o'yin-kulgi,  bekorchilik  va  boshqalardan)  yuz  o'girish.
5.  Uzlat  —  tanholikda  o‘tirib,  ruhni  mustahkamlash,  odamlar  bilan 
muomalani  to'xtatish:  gaplashmaslik,  eshitmaslik,  qaramaslik  va  turli  fe’l- 
atvordan  aloqani  uzishdir.  Uzlatning  asl  maqsadi  xilvatda  ado  qilinganligi 
sababli  his-tuyg‘uni  jilovlashdir.  Xilvat  va  uzlatga  ketish  hissiyotlarning 
bosilishiga  olib  keladi.
6.  Mulozamat  az-zikr  (uzluksiz  zikr)  —  o‘z  xohishicha  Xudoning 
ismini  fikrida  yod  qilib  turish  va  butun  qalbni  u  bilan  to‘ldirish.
Shunday  qilinganda,  pastkashlik,  hasad,  ochko'zlik,  ikkiyuzlamachilik 
kabi  razillik  va  riyokorliklar  ko'ngilga  yo‘l  topa  olmaydi.
7.  Tavajjuh  —  butun  ichki  mohiyatni  Xudoga  qaratish,  unga  cheksiz 
muhabbat  qo'yish,  undan  boshqa  narsa  borligini  his  etmaslikdir.  O 'z 
vujudini  yo'qotish,  Haqning  abadiy  va  azaliy  vujudini  boshqa  bilim  ila 
ko‘ra  bilishdir.

г
8.  Sabr  —  o‘z  ixtiyori  bilan  nafs  doirasidan  mashaqqatlar  chekib 
bo‘lsa  ham,  o‘zini  olib  qochishdir.  Maqbul  bo'lgan  to‘g‘ri  yo‘ldan  adash- 
masdan  borish  uchun,  kishi  o‘z  mayllarini  so‘ndirishi  lozim.  Bundan 
ko'zlangan  maqsad  shundaki,  dil  kuduratlardan  poklanishi,  ruh  esa,  agar 
nafs  natijasida  zanglanib  qolgan  bo'lsa,  jilo  topishi  zarurdir.
9.  Muroqaba  (tafakkurga  g‘arq  bo‘lish)  —  erishilgan  darajada  mu- 
shohada  yuritish,  qalbni  arzimas  his-tuyg‘ulardan  xoli  qilib,  tozalash  va 
xotirjamlikka  erishish.  Kurash,  riyozat  chekish  yo‘li  bilan  hosil  qilingan 
yo‘l  haqqoniy  tuhfa  etilgan  tabiiy  amal  bo‘lib,  yaratilish  haqiqatining  g‘a- 
labasi  sifatida  paydo  bo‘ladi  va  shuning  uchun  ham  rivojlanib  boradi.
10.  Rizo  —  shaxsning  nafs  erkinligidan  chiqib,  Xudo  xushnudligiga 
kirishi  va  azaldan  nimaga  ishongan  bo‘lsa,  o‘shani  o‘z  bo‘yniga  olishidir. 
0 ‘z  irodasini  toabad  qoladigan  narsaga  voqelik  sifatida  qaytarib,  o‘limga 
«‘xshash  o'tkinchi  narsaga  e’tiroz  bildirishidir.
O n   usuldan  chiqariladigan  natija  shundaki,  o'Imaydigan  shaxsning 
yodi  uning  nafsini  mag'lubiyatga  uchratgan  sifatlarida  yashaydi.
Najmiddin  Kubro  shahid  bo‘lgandan  so‘ng,  uning  ta’limotini  shogird­
lari  davom  ettirib,  Markaziy  Osiyo  Kubraviya  maktabini  vujudga  keltir- 
dilar.  Bu  birodarlik  firqasi  a’zolarini  birlashtirgan  narsa  rasmiy  tashkilot 
emas,  balki  ta’limotning  ruhi  va  maqsadi  edi.
Tashkiliy  jihatdan  Kubraviya  xonaqohlarida  o‘z-o‘zini  boshqaradigan 
ozod  anjuman  bo‘lib,  uning  boshida  xalifa  turar  edi.  1221-yilda  vafot 
etgan  Najmiddin  Kubroning  shogirdi  Sayfiddin  Bahorziy  tomonidan 
Buxoro  yaqinidagi  Soktariy  qishlog‘ida  tashkil  etilgan  ana  shunday  xo- 
naqoh  Najmiddin  Kubro  nomi  bilan  atalar  edi.  Bu  yerdagi  Kubraviya 
jamiyati  X V III  asming  oxirlarigacha  faol  ish  ko‘rib,  uning  a’zolari  Kubro 
g‘oyalarini  Xitoyning  g‘arbiy  chegaralarigacha  yoydilar.  Kubroning  boshqa 
bir  shogirdi,  1252-yilda  vafot  etgan  S a ’diddin  Hamaviy  Xurosonning 
Bahrabod  deb  atalgan  maskanida  xonaqoh  barpo  qilib,  uning  atrofida 
to‘garak  tashkil  etdi.
Kubraviya  maktabi  bir  qator  mustaqil  shaxobchalar  vujudga  kelishiga 
sabab  bo‘ldiki,  ular  musulmon  dunyosi  Sharqida  keng  tarmoq  otdi.  Bu 
tarmoq  kelib  chiqish  manbayini  Kubroning  boshqa  bir  shogirdi  bo'lgan 
Majiddin  Bag‘dodiy  (B a g ‘dodak  Xorazmdagi  qishloq  bo‘lib,  undan 
chiqqan  Majiddin  1209  yoki  1219-yilda  qatl  etilgan)  asos  solgan  tari- 
qatdan,  deb  hisoblar  edilar.  Bular  quyidagilar:

I’irdavsiya  —  Sayfiddin  Bahorziy  shogirdining  xalifasi  bo‘lgan,  1300' 
yillarda  vafot  etgan  Najibiddin  Muhammad  tomonidan  tashkil  etilgan 
vj
 
1 lindistonda  (Dehli,  Bihar)  tarqalgan;
Nuriya  —  1317-yilda  vafot  etgan  Abdurahmon  al-Isfaroiniy  to­
monidan  asos  solingan  bo‘lib,  Kubraviyaning  Bag‘dod  shaxobchasi  hi- 
soblanadi;
Rukniya  —  o'z  kelib  chiqishini  1261—1336-yillarda  yashagan  Ruk- 
niddin  Alo’addavla  as-Simnoniydan  olgan  birodarlik  tariqati;
Hamadoniya  oliya  —  Kashmirda  islomni  yoyishda  faol  ish  ko‘rsatgan 
Sayyid  Ali  binni  Shahobiddin  Hamadoniy  (1314—1385)  asos  solgan, 
rukniyadan  ajrab  chiqqan  birodarlik  tariqati  bo‘lib,  Kubraviya  tariqati  sil- 
silasining  boshqa  shaxobchalariga  qaraganda  eng  mashhuridir;
Ig‘tishoshiya  —  hamadoniya  oliyaning  Xuroson  shaxobchasi  bo‘lib, 
Is’hoq  al-Xuttaloniy  (1423-y il  o‘ldirilgan)  tomonidan  asos  solingan. 
Uning  ikki  shogirdi  esa,  ikki  mustaqil  shia  tariqatiga  asos  solishgan;
Zahabiya  —  asoschisi  X V   asr  o'rtalarida  vafot  etgan  Abdulloh  Bar- 
zishobodi  Mashhadiy;
Nurbaxshiya  —  asoschisi  Nurbaxsh  (1 3 9 2 —1 4 6 4 )  laqabli  Sayyid 
Muhammad  binni  Muhammad.
Yuqorida  aytilganlar  shundan  guvohlik  beradiki,  Najmiddin  Kubro 
ta  limoti  butun  musulmon  Sharqi  mamlakatlarida  keng  tarqagan  bo‘lib, 
hozirda  ham  uning  ko'rinishlarini  uchratish  mumkin.
Shunday  qilib,  Najmiddin  Kubro  tasavvuf  ta’limotining  rivoji  va  bu­
tun  musulmon  Sharqida  keng  tarqalishida  katta  rol  o‘ynadi.  Uning  nomi 
islom  olamida  mashhur  bo'ldi.

p r
AMIR  TEMUR
( 1 3 3 6 - 1 4 0 5 )
Amir  Temur  ibn  amir  Tarag‘ay  1336-yil  9-aprelda  Kesh  (Shahri- 
sabz)  viloyatining  X o ‘ja  Ug‘or  qishlog‘ida  dunyoga  kelgan.  Uning  otasi 
amir  Muhammad  Tarag‘ay  barlos  ulusiga  mansub  beklardan,  bahodir 
jangchi,  ulamo-yu  fuzaloga  ixlosmand,  ilm  ahliga  homiy  va  ishtiyoqmand 
kishi  bo'lgan.
Amir  Temurning  yoshligi  haqida  ma’lumotlar  kam  uchrasa-da,  ayrim 
manbalarga  qaraganda,  u  yoshligida  xat-savod  chiqarib,  o‘z  davrining 
tibbiyot,  riyoziyot,  falakiyot,  me’morchilik  va  tarix  ilmlarini  o‘rgangan. 
Amir  Temur  bilan  suhbatlashish  sharafiga  muyassar  bo‘lgan  buyuk  arab 
faylasufi  Ibn  Xaldun  jahongir  turk,  arab,  fors  xalqlari  tarixini,  diniy, 
dunyoviy  va  falsafiy  bilimlaming  murakkab  jihatlarigacha  yaxshi  o'zlash- 
tirganini  ta’kidlaydi.
Amir  Temur  siyosat  maydoniga  kirib  kelgan  paytda,  Movarounnahr 
mo‘g‘ullar  istibdodi  ostida  bo‘lib,  Chingizxon 
bosib  o‘tgan  shahar  va 
qishloqlar  vayronaga  aylangan,  suv  inshootlari  buzib  tashlangan  yoki  ish- 
ga  yaroqsiz  holga  keltirilgan,  Chingizxon  Movarounnahrni  o'zining  ikkin­
chi  o‘g‘li  Chig‘atoyxonga  suyurg'ol  sifatida  in’om  qilgan  edi.
Amir  Temurning  hayoti  va  faoliyatida  ikki  davr  yaqqol  ko'/.ga 
tashlanadi.  Birinchi  davri  (1 3 6 0 —1385)  Movarounnahrni  mo‘g‘ul  xon- 
ligidan  ozod  qilib,  yagona-  markazlashgan  davlat  tuzish,  o‘zaro  urush- 
larga  barham  berish.  Ikkinchi  davri  (1 3 8 6 —1405)  esa  ikki  yillik,  uch

yillik,  besh  yillik,  deb  ataluvchi  boshqa  mamlakatlarga  yurishlari  bilan 
tavsiflanadi.
1360-yillardan  boshlab  Amir  Temur  Movarounnahrdagi  ichki  nizo, 
urushlarda  ishtirok  eta  boshladi  va  M o‘g‘uliston  hukmdori  Tug'luq  T e- 
murxon,  uning  o‘g‘li  Ilyosxo‘jaga  qarshi  kurashlardan  so‘ng,  Amir  Hu- 
sayn  ustidan  g'alaba  qozongach,  1370-yilda  Movarounnahr  taxtining  ha­
qiqiy  sohibi  bo‘ldi  va  Samarqandni  hokimiyat  poytaxti  etib  belgiladi.
Amir  Temur  taxtga  o‘tirgach,  Chig'atoy  ulusining  barcha  yerlariga 
o‘zini  voris  deb  bildi  va  Sirdaiyoning  quyi  havzasidagi  yerlami,  Toshkent 
viloyatini,  Farg‘ona  vodiysini,  Xorazmni  o‘z  hukmronligi  ostiga  kiritdi. 
Natijada,  Movarounnahr  va  Xurosonda  yirik  markazlashgan  davlat  vu­
judga  keldi.  Sohibqiron  so‘nggi  yillarda  Eron,  Iraq,  Zakavkazye  mam- 
lakatlari,  Hindiston,  Oltin  0 ‘rda  va  Turkiya  bilan  bo‘lgan  janglarda 
g‘olib  chiqib,  saltanat  hududini  sharqda  Sharqiy  Turkistonga  qadar, 
g'arbda  —  0 ‘rta  dengizga,  janubda  esa  Shimoliy  Hindistonga  qadar 
kengaytirdi.
Amir  Temur  faoliyatida  muayyan  siyosiy  yo‘l  —  mayda  feodal  hukm- 
ronligini  tugatish,  muhim  xalqaro  karvon  yo‘llarida  ustunlik  qilib  turgan 
Oltin  0 ‘rda,  Eron  va  boshqa  mamlakatlarning  raqobatini  yengib,  M o- 
varounnahming  siyosiy-iqtisodiy  quwatini  ta’minlay  oladigan  markazlash­
gan  davlat  tashkil  etish  edi.  Amir  Temur  awalambor  mamlakatda  davlat 
tiziinini  mustahkamlash,  boshqarishdagi  tartib-intizom,  qonunchilikni  ku- 
chaylirish,  savdo-sotiq,  hunarmandchilikni  kengaytirishga  imkoniyat  yara­
tish,  soliqlarni  tartibga  solish,  mamlakat  himoyasini  ta’minlash  yo‘lida 
qo'shinning  qudratini  oshirish  kabilarga  katta  e’tibor  berdi.
Amir  Temurning  har  bir  harbiy  yurishiga  turtki  bo'larlik  sabab  bor 
edi.  Bu  sabablar  —  o‘z  davlatining  chegaralarini  mustahkamlash,  tashqi 
dushmanlardan  himoyalanish,  karvon  yo'llarini  turli  yo‘lto‘sarlardan  toza- 
lash,  xiyonatchi,  sotqin,  aldamchilarni  jazolash,  bo‘ysunmaganlarni  itoat 
ettirish,  o'zining  siyosiy  ta’sirini  kengaytirish  kabilardan  iborat  bo‘lganligini 
tarixiy  manbalardan  bilib  olish  mumkin.  Masalan,  Amir  Temurning 
T o ‘xtamishxonga  qarshi  yurishini  olsak,  Amir  Temur  T o ‘xtamishxonga 
ko‘p  iltifotlar,  yordamlar  ko'rsatib,  1379-yilda  O'rusxonni  yengib,  O q 
0 ‘rda  taxtiga  T o ‘xtamishxonni  o‘tqazgan  edi.  Ammo  T o ‘xtamishxon 
Amir  Temurning  umidlarini  puchga  chiqardi.

U   Movarounnahrga  bir  necha  bor  talonchilik  niyatida  bostirib  kir- 
ganidan  so‘ng,  Amir  Temurda  ham  unga  qarshi  kurashish  majburiyati 
vujudga  keldi  va  1395-yil  15-aprelda  Qunduzchada  Amir  Temur  bilan 
To'xtamishxon  o‘rtasida  hal  qiluvchi  hayot-mamot  jangi  boshlandi.  Jang 
faqat  T o ‘xtamishxonning  taqdirini  hal  qilib  qo'yaqolmay,  balki  butun 
Oltin  0 ‘rda  taqdirini  ham  hal  qildi.
Tarix  Amir  Temur  zimmasiga  Oltin  0 ‘rdadek  qudratli  mo‘g‘ul  im~ 
periyasining  asosini  yemirishdek  ulkan  vazifani 
q o ‘y g a n  
ekan,  Sohib- 
qiron  bu  vazifani  ham  buyuk  jasorat  bilan  ado  etib,  Rus  knyazliklari 
va  Sharqiy  Ovro‘po  xalqlarini  mo‘g‘ullar  asoratidan  xalos  bo‘lishlariga 
yo‘l  ochib  berdi.  Yirik  rus  olimi  A.Y.Yakubovskiy:  «Temurning  T o ‘x- 
tamish  ustidan  qozongan  bu  g'alabasi  nafaqat  Markaziy  Osiyo  va 
Sharqiy  O vro‘po,  balki  Rusiya  uchun  ham  katta  ahamiyatga  molik 
bo‘ldi»,  deb  yozdi.  Amir  Temur  davlatni  boshqarishga  katta  e’tibor 
berib,  yangi  davlat  tizimi  bo'yicha  Devoni  buzurgdan  tashqari,  har  bir 
viloyatda  Devon  deb  ataluvchi  boshqarma  tuzib,  bu  boshqarmalar  soliq 
yig‘ish,  tartib  saqlash,  ijtimoiy  binolar  —  bozorlar,  hammomlar,  yo‘llar, 
sug‘orish  tarmoqlariga  qarab  turish  va  aholining  xulqiy-axloqiy  harakat- 
larini  nazorat  ostiga  olish  kabi  ishlar  bilan  shug‘ullangan.  Har  bir  De- 
vonda  kirim  va  chiqimlarni  hisobga  olish,  qayd  etish  turk-o‘zbek  va 
fors-tojik  tillarida  olib  borilgan.
Amir  Temur  tarixchilar  tasviricha,  o‘rta  asming  atoqli  davlat  va  harbiy 
arboblaridan  bo‘lib,  Ovro'po  olimlari  o‘z  asarlarida  uning  salbiy  tomonlari 
bilan  birga  muhim  fazilatlarini  ham  ta’kidlab  o‘tganlar.  Nemis  olimi  F. 
Shlosser  o‘zining  «Jahon  tarixi»  (III  jild)  asarida:  «Baxtiyor  jangchi,  ja- 
hongir,  uzoq  Sharqda  qonunshunos  bo‘lish  bilan  birga  o'zida,  Osiyoda 
kam  uchraydigan  taktik  va  strategik  bilimlarni  ifodaladi»,  deb  yozsa, 
atoqli  nemis  olimi  va  tarixshunosi  M .  Veber:  «Temur  o‘z  dushmanlariga 
nisbatan  juda  berahm  edi,  lekin  sarkardalik,  davlatni  boshqarish  va  qo- 
nunchilik  sohasida  buyuk  iste’dodga  ega  edi»,  deb  ta’riflaydi.  Shuning­
dek,  «Tuzuki  Timur»  —  «Temur  tuzuklari»da  ham  Amir  Temurning 
jamiyatga,  ijtimoiy-siyosiy  hayotga  qarashi,  birlashgan  qudratli  feodal  dav- 
latning  siyosiy  va  axloqiy  qoidalari  haqida  gap  boradi.
«Temur  tuzuklari»da  davlat  tizimi,  davlatdagi  turli  lavozimlarning 
vazifasi,  undagi  turli  toifalar  va  ularga  munosabat,  davlatni  boshqarish-
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling