«0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti


  Д О З И Я Я М Ы » * * -


Download 10.92 Mb.
Pdf просмотр
bet3/31
Sana05.12.2019
Hajmi10.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

19 
Д О З И Я Я М Ы » * * -

IX  XIII  iisrlaida  yaralilgan  ma’naviy-madaniy  boyliklardan,  Xorazmiy, 
l itiitbiv.  Ibn  Sino,  Beruniy,  Chag'miniylar merosidan;  arab,  fors va turkiy 
lillaiiln  yaratilpan  I'irdavsiy,  Nizomiy Ganjaviy, Rumiy, Tusiy, Attor kabi 
iillnniiilai  merosidan;  musulmon  Sharqi  ma’naviy merosida katta ahamiyat 
kasb  i-lf.an  qadimgi  yunon  ilmiy-ma’naviy boyliklaridan keng foydalanildi.
Hu  davrda  Amir Temur davlatining  ta’sirida bo‘lgan  va bo‘lmagan 
boshqa  mamlakatlar o‘rtasida madaniy  aloqalar  tez rivojlandiki,  bunday 
aloqalar  ma’naviy  boyliklami o‘zaro almashinishiga keng yo‘l  ochib ber- 
ili.  Umn,  arab  mamlakatlari,  Hindiston,  Xitoy  kabi  mamlakatlar bilan 
bo'lgan  aloqalarda madaniy boyliklar almashinuvi ham muhim ahamiyat 
kasb etdi.
To'rtinchi - g'oyaviy omil - bu omil ma’naviy omilning uzviy davo- 
mi  bo‘lsa-da,  uning  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lganligi  va  o ‘z  davri 
ma’naviy  hayotida katta rol  o'ynaganligi uchun  alohida ajratib  ko'rsatish 
maqsadga  muvofiqdir.  Bu  XV  asrga kelib  Movarounnahr  va Xurosonda 
keng  tarqalgan  tasavvuf - xususan  naqshbandiya  ta’limotidir.  Markaziy 
Osiyoda  Yusuf Hamadoniy,  Abdulxoliq  G'ijduvoniy  ta’limotlarini  ri- 
vojlantirish  asosida shakllangan naqshbandiya ta’limoti  va uning  yirik va- 
killari  XIV-XV  asrlardagi  siyosiy-ijtimoiy  hamda  madaniy  hayotda  ni- 
hoyatda  muhim rol  o‘ynadi,  ma’naviy  o‘zgarishlar ma’lum erkinlik uchun 
g'oyaviy  asos  bo‘lib xizmat qildi. Amir Temur  va Temuriy  shahzodalar, 
ko'p olim-fozillar, hunarmandlar naqshbandiya ta’limotidan ozuqa oldilar, 
o‘z  laoliyatlari,  ijodlari bilan uni har tomonlama boyitdilar.
XV  asrda  yashab  ijod  etgan  naqshbandiya ta’limotining  yirik  vakili 
Xoja Ahror Valiy faqat madaniy  hayotdagina emas,  siyosiy-iqtisodiy oso- 
yishtalik  va  rivojlanish ishida ham muhim ijobiy rol  o‘ynadi.
Bu  kabi  omillar Amir Temur va  Temuriylar davri  madaniyati,  ma’- 
naviyatining  tez  hamda yuksak darajada ko‘tarilishiga olib keldiki,  uning 
yutuqlari  so'nggi  o‘rta asrlar davomida  madaniy rivojlanish uchun ozuqa 
bo‘ldi.
XVI-XIX  asr  1-yarmidagi  Turkiston 
madaniyati  haqida
XVI  asr  boshlariga  kelib  Movarounnahr va  Xurosonda  ichki  nizo- 
larning  avj  olishi  bu  yerlarga  tashqi  hujumlarning  kuchayishiga  imkon 
tug‘dirdi.  Ayniqsa,  shimolda Dashti  Qipchoq  tomondan  Movarounnahr 
shaharlarini  bosib olishga bo'lgan  harakat borgan  sari  ortib bordi.

1500-1510-yillar  orasida  Movarounnahr  va  Xuroson  yerlari  Shay- 
b °n iy xon boshchiligidagi  q o ‘shinlar  hujum i  tufayli  uning  tasarrufiga 
a ‘tdi.  U o ‘zining  so‘nggi  yurishida  keskin  qarshilikka  duch  keldi  va

5 10-yil Marv  uchun  b o ‘lgan  urushda  qurbon  b o ‘ldi. 

Movarounnahr 
rtiadrasalarida  tahsil  ko ‘rgan,  temuriylar bilan  uchrashgan,  olim   va  adib- 
\
0
X
  bilan muloqotda  b o ‘lgan,  madaniyat  tarixidan  yaxshi  xabardor,  te- 
nriuriylarga  o ‘xshab  ijod  ahliga  rahnam olik  qilgan,  o ‘zi  ham  she’rlar 
yozgan  davlat  boshlig‘idir.
Uning o‘limidan so‘ng  avlodlari  1601-yilga qadar hukmronlik qildilar. 
So‘nggi  yillarda  uning  avlodlari  o'rtasidagi  kurashlar  natijasida davlat 
p^rchalanib,  Xuroson  Safaviylar  qo‘liga  o‘tdi.  Shayboniylar  esa  faqat 
Vlovarounnahrga hukmron bo‘lib  qoldilar.  Hokimiyat  asta-sekin  uning 
avlodlari o'rtasidagi  nizolar  tufayli  parchalanib  ketdi,  Buxoro  xonligi, 
so ng g arbda Xiva xonligi vujudga keldi.  Hukmronlik uchun olib  boril- 
g^n uzoq kurashlardan  so‘ng Abdullaxon II  (1557-1598)  davrida Buxoro 
x^nliginirig tnavqeyi  ancha-muncha ortdi.
Abduliaxon  д  davrida  Buxoro  xonligida iqtisodiy-madaniy hayot bir 
muncha jonlandi.  Xususan,  dehqonchilik tez rivojlandi,  suv  inshootlari, 
k^nallar barpo etildi,  yirik shaharlarda hunarmandchilik ravnaq topdi.  Sa- 
marqand qozikalonining XVI  asrdagi  hujjatlaridan  ma’lum  bo‘lishicha, 
h iin am in g  
60 dan ziyod turi mavjud bo‘lgan,  turli-tuman temir buyumlar, 
ip  va  Ф ак  matolar,  yuqori  navli  qog‘ozlar  ishlab  chiqarilgan.  Buxoro 
Sbahn  kengaytirilib,  devor va harbiy istehkomlari  qaytadan  qurilgan,  sha- 
h^rda ko‘p madrasalar,  xonaqohlar,  karvonsaroy,  bozorlar barpo  etilgan. 
BU  davrda ichki  va tashqi  savdo,  xususan,  Eron,  Turkiya,  Hindiston, 
Rossiya 
kabi mamlakatlar  bilan  aloqalar kengaydi.
Uning vafotidan  so'ng yana o‘zaro  nizolar avj  oldi.  1601-yildan bosh­
lab Buxoro  xonligi yangi Ashtarxoniylar sulolasi  hukmronligiga o‘tdi.
Ashtarxoniylar 
sulolasi  bir 
yarim 
asr  (  1601-1753)  Buxoro  taxtida 
hokimlik qiidi,  ular davrida xonlikda o‘zaro  nizolar 
hamda 
qoraqalpoqlar, 
mustaqil bo‘lgan Xiva xonligi,  Eron kabilar bilan uzluksiz urushlar davom 
etJi, niamlakatning iqtisodiy-siyosiy hayotida parokandalik  avj  oldi,  xonlik 
ta?cti uchun talashuvda aka-uka,  ota-o‘g‘il,  qarindoshlar o‘rtasida kurashlar 
ktichaydi.  Xonlikdagi  zulmning  ortishi,  soliqlarning  oshib  borishi  natija- 
sicla  tez-tez  xalq  qo‘zg‘olonlari  ro‘y  berib  turardi.  Buxoro  taxtida uzoq 
x0nlik 
qilgan 
Imomqulixon  (1611-1642)  davrida hokimiyatning  nisbatan 
mljstahkarriianganHgini  nazarga olmaganda,  boshqa Ashtarxoniylar davrida 
x0nlikka har tomondan  hujumlar,  turli  shaharlar,  o‘lkalarning  xonlikdan 
aj!-ab ketishga intilishi  kuchaydi.  Bu  intilish,  ayniqsa,  Ubaydullaxon  dav-

riiia  avjiga  chiqdi.  Bundan  foydalangan  Nodirshoh  Buxoro  xonligiga 
qarashli  ko'p yerlarni Eronga qo‘shib  oldi.  So‘nggi yillarda Ashtarxoniylar 
sulolasining  nufuzi  susayib,  mang‘it  qabilasidan  bo‘lgan  Muhammad 
Hakim  otaliqning  ta’siri  kuchaya  bordi  va  u  1753-yili  o‘zini  amir  deb 
e’lon  qildi.  Bu davrda Turkistonda Buxoro xonligidan  tashqari Amudaryo- 
ning  quyi  oqimida Xiva xonligi mustaqil  rivojlanayotgan edi.  XVIII asr­
ning  oxiriga kelib Farg‘ona vodiysida Qo‘qon xonligi ham o‘zini mustaqil 
xonlik  sifatida ko‘rsata boshladi.
Turkistondagi  XVII-XVIII  asr madaniyati  mavjud  iqtisodiy-siyosiy, 
ijtimoiy  ahvol  ta’sirida turli  tebranishlar,  yo‘qotishlarni boshidan kechirdi.
XVI 
asrda Hindistonda Boburiylar  davlatining  vujudga kelishi bilan 
Temuriylar davrida  shakllangan  madaniyatning  qisman  Hindiston  tomon 
oqib  o‘tganini  kuzatamiz.  Boburiy  podsholar Movarounnahr  va Xuroson 
madaniy  qadriyatlaridan foydalanishga intildilar,  ularni Hindiston yerida 
keng  targ‘ib etdilar.  XVI  asrda  o‘zlari  yoki  Boburiylar taklifi  bilan  ko‘p- 
gina  Markaziy  osiyolik donishmand,  alloma,  san’atkorlar Hindiston  sha- 
harlariga ketib  qoldilar.  Boburiylar  saroyida turkiy,  ayniqsa, forsiy tildagi 
adabiyot,  san’at,  ilm-fan rivoj  topdi.  Bu  Markaziy Osiyo,  xususan,  Turkis- 
ton  va  Hindistondagi Boburiylar davlati  o‘rtasidagi  madaniy  aloqalaming 
kuchayishiga,  ularga o‘zaro  ta’siri  orta borishiga  olib  keldi.  Boburiylar 
o'zlarini  Temuriylar davri madaniyatining merosxo‘ri,  davomchilaridan deb 
bildilar. Ayniqsa, Boburiylardan Akbarshoh,  Shohjahon, Avrangzeb  davrida 
Hindistonda Markaziy Osiyo ma’naviy qadriyatlariga asoslangan musulmon 
madaniyati  keng rivoj  topdi va muhim yutuqlami qo‘lga kiritdi.
Temuriylar  davrida  rivoj  topgan  madaniy boyliklar  ta’siridagi  ma’- 
naviy-madaniy qadriyatlar  vujudga keldi,  ayniqsa,  adabiyot,  san’at,  qisman 
ilm-fan,  xususan,  tarix  fanida  ma’lum  yutuqlar qo‘lga kiritildi.  Tasavvuf 
bu  davrning dunyoqarashi,  tasavvuri  va  ma’naviyatida  muhim  ahamiyatga 
ega  bo'ldi.  О ‘/.be к  va  fors  tilida  bir  nechta tarixiy,  adabiy,  she’riy  asarlar 
yaratildi.  0 ‘z  davrining  yetuk  adibi,  davlat  arbobi  va  shayxulislomi  Pod- 
shoxoja  (1480-1547)  oilasida  tug'ilib,  tarbiya  topgan  Hasanxoja  Buxoriy 
Nisoriyning  «Muzakkir  al-ahbob»  hamda  shoir  Mutribiyning  «Tazkirat 
ush-shuaro»  ta/.kiralarida  XVI  asrda  yashab  ijod  etgan juda  ko‘p  adib, 
shoirlar,  ularning  ijotli  haqida  muhim  ma’lumotlar  keltirilgan.
Bu  davrda  o'zining  o‘/.bck  tilidagi  she’rlari  bilan  mashhur  bo‘lgan 
shoir,  tarixchi,  davlat  arboblaridan  biri  Muhammad  Solihdir (1455-1535). 
U Xorazmda tug‘ilib,  boshlang'ich  ma’lumotni o‘sha yerda olgan.  So‘ng 
Hirot  shahrida  o‘z  ilmini  davom  ettirgan,  shoir-u  ulamolar bilan  ilmiy- 
ijodiy bahs  etib turgan.  Xurosonda,  so‘ng  Samarqand,  Buxoroda Temuriy-
22

lar  xizmatida  bo‘lgan.  1507-1510-yillarda  Muhammad  Solih  Hirolda 
yashab madaniy hayot ichida bo‘lgan, o‘z  ijodi  bilan adabiy  muhitga  keng 
tanilgan.  Uning ijodiga Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur,  Lutl'iy,  Nisoriy 
kabi  shoirlar yaxshi  baho berganlar.
XVI  asrning 2-yarmidagi  eng yirik shoirlardan  Mushfiqiyni  ko'rsatib 
o‘tish zarur. U Abdullaxon II davrida saroy  shoiri  sifatida ma’lum  bo'lsa- 
da,  xalq orasida uning hajviy, hurriyatparvar  she’rlari keng  tarqalgan.
XVI-XVIII  asrlarda  o‘zbek  va tojik  tillarida  she’riy  asarlar  bitgan 
Turkistonning turli  shaharlaridan  chiqqan  shoir,  adiblami ko'rsatib  o'tish 
mumkin.  Sayido  Nasafiy,  Turdi Farog'iy,  Mashrab,  So‘fi  Olloyor  shular 
jumlasidan bo‘lib,  ulaming ijodi  o‘z  davrining tushkunliklari,  ziddiyatlari, 
qiyinchiliklarini  o‘zida ifodalashi bilan ko‘zga tashlanadi.  Bu davrda Hin­
distonda  yashab  ijod  etgan,  o‘z  asarlarini  forsiyda  yozgan  Mirzo Ab- 
dulqodir Bedilning  (1644-1720)  chuqur  ijtimoiy-falsafiy  mazmundagi 
she’rlari  Turkiston ziyolilari  orasida e’tibor qozondi.
XVII  asrda Subhonqulixon davrida tazkira tuzilib,  unda o‘z  zamonasi- 
ning ikki yuzta shoir,  adib,  adabiy otshunoslari haqida ma’lumotlar berila- 
di.  Umuman  XVI-XVIII  asrlar  ma’naviy  hayotida Turkistonda tasavvuf 
ta’limotlari,  xususan, Naqshbandiya, Yassaviya,  Kubraviya ta’limotlarining 
keng tarqalgani,  ulaming  adabiyot,  san’at,  ijtimoiy bilimlarga katta ta’sir 
ko‘rsatganini  ko‘ramiz.  San’atkorlar tasavvufdan zamona qiyinchiliklarini 
yengish,  zulm-adolatsizlikka qarshi kurash, haqiqiy insoniy munosabatlami 
targ‘ib qilish yo‘lida foydalanishga intildilar.
XVI-XVIII asrlar davomida adabiyot,  she’riyat bilan bir qatorda tarix- 
shunoslik,  fiqh,  falsafa,  xattotlik  ilmi  kabi  sohalarda ham ijobiy  yutuqlar 
qo‘lga kiritildi.
Bu davrda ayrim tarixiy  asarlar fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima etildi. 
Mirzo Haydarning  «Tarixi Rashidiy», Abdulla ibn Muhammadning  “Zub- 
dat ul-asror»  («Asrlar qaymog'i»),  Fazlulloh ibn Ruzbehxon  Isfaxoniyning 
«Mehmonnomayi Buxoro»  («Buxoro  mehmoni  haqida kitob»),  Hofiz Ta- 
nish  Buxoriyning Abdullaxon  II  davrining  tarixiga bag'ishlangan  ulkan 
asari  «Sharafnomayi  shohiy»  («Shoh sharafi haqida kitob»)  yoki  «Abdul- 
lanoma»  kabi  tarixiy  asarlar  shular jumlasidandir.  Bu  asarlarda  o‘sha 
davming murakkab jarayonlari o‘z ifodasini topgan.
Shoir  va  tarixchi  Hofiz  Tanish  Buxoriyning  «Abdullanoma»  asari 
nazm aralash  qofiyalashtirilgan nasrda,  fors  tilida yozilgan  bo‘lib,  asosan 
Shayboniylarning o‘z  davlatlarini mustahkamlash uchun olib  borgan  ku- 
rashlari tarixini,  siyosiy-ijtimoiy masalalami o‘z ichiga qamrab olgan  katta 
asardir.
- . « M S E S S S J * ®   23


in i чIу  iiMii liii  daliliy  ashyolarga  boy  bo'lish  bilan birga ayrimlarida 
Itimiy  hntlisiilnmi  iiniumlashlirish,  ulardan  xulosalar  chiqarish  ko‘zga 
liikliliinmli.  Iliindny  inii 1 ishhtr  so'nggi  asrlarda  vujudga kelgan  «Tarixi 
Miii|liiixiiiiiyMahmud  ibn  Valining  «Bahr  ul-asror»,  Mirmuhammad 
Лини  nl  Huxoriyning  «IJbayduIlanoma»,  Muhammad Amin ibn Muham­
mad  /iimoni  Huxoriyning  «Muhit  ut-tavorix»,  Abdurahmon  Tolening 
■■ 

h i  
ini  Alnillay/.xon»  kabi  asarlarida ham uchraydi.
Taiixsluiiioslik  ilmining  ma’lum darajada rivoji albatta boshqa ijtimoiy 
binljir^ji  ham  ijobiy  ta’sir ko‘rsatdi.
XVI 
XV111  asrlar  davomida ijtimoiy-falsafiy  fikr,  fiqhshunoslik  so- 
liasida  ham  yangiliklar vujudga keldi,  o‘z davrining yetuk mutafakkirlari 
yetishib chiqdi.  0 ‘z  yurti Eronni  tashlab ketishga majbur bo‘lgan va Bu- 
xomda  xonning  e’tiboriga sazovar bo‘lgan Mirzajon  Sheroziyning  asosiy 
ilmiy-ma’rifiy  faoliyati  Movarounnahrda o‘tdi.  U turli  madrasalarda fal- 
sala.  mantiq,  I'iqh  ilmlaridan  saboq  berish bilan birga o‘tmish  mutafak- 
kirlari  Ibn  Sino,  Faxriddin Roziy,  Nasriddin  Tusiy,  Mir  Sayyid Jurjoniy, 
Davoniy  kabilarning turli risolalariga sharh va hoshiyalar yozdi.  Mirzajon 
Jaloliddin  Davoniyning  bevosita  shogirdi  bo‘lib,  o‘zining  asosiy  ilmiy 
qi/iqishlarini  I'alsafiy  muammolami hal etishga qaratdi.  Uning hoshiyalar 
hil.tn  birga  «Fi  ta’rifil  ilm»  («Ilmlar  ta’rifi»),  «Anmuzadjul  funun» 
(«San’allar  namunalari»),  «Fi aksil mustafa»  («Aks  ettirish haqida»)  kabi 
nsnlalari  ham  bizgacha yetib kelgan.
Mii/ajonning  shogirdi  bo‘lmish,  asli  ozarbayjonlik Yusuf Qorabog‘iy 
liam  XVII  asrda  Movarounnahrning  eng yirik faylasuf va  mantiqshunos 
olimlaridan  bo'lib  tanildi va Buxoro  xoni Imomqulixon e’tiborida bo‘ldi.
11  Samarqand,  Buxoro madrasalarida mudarrislik qildi,  falsafa,  arab gram- 
malikasi.  liqli,  mantiq  sohasida  asarlar yozib qoldirdi.
XVI 
XVIII  asrlarda tabiiy-ilmiy  fanlar  o'zining  avvalgi  an’analarini 
yo'qota  boshladi,  ularning  rivoji  borgan  sari  susayib  bordi.  1593-yilda 
Amin  Ahmad  Koziyning  «Haft iqlim»  nomli  geografik-biografik  lug‘ati, 
deyarli  shu  yillarda  Mutribiyning  «Tazkirat  ush-shuaro»siga ilova etilgan 
dunyo  xarilasi  vujudga  keldi.  Ayrim tarixiy  ma’lumotlarda  aytilishicha, 
bu  davrlarda  tibbiyot  sohasida qator  amaliy  ishlar,  turli  tabiblar,  ko‘z 
do'xtirlari,  singan  suyaklarni  tuzatuvchilar  faol  ish  olib  borgan  (Sulton 
Ali  degan  tabib  «Tabobat  bo‘yicha  qo‘llanma»  yozib  qoldirgan),  yirik 
shaharlarda  kasalxonalar  mavjud  bo'lgan.  Adabiyot,  she’riyat  bilan 
bog'liq  holda  musiqashunoslik,  musiqa ilmi  rivojiga  ham e’tibor  beril- 
gan.  Buxoroda Mavlaviy  Kavkabiy  musiqa ilmi,  maqomlar bo'yicha ri- 
sola yozgan.

Kitob  yozish,  to‘plash,  bezash  sohasidagi  an’analar XVI-XVIII  asr­
larda ham davom etgani,  ayrim xonlar maxsus kutubxonalar yaratgani  va 
unda ko‘plab  qo‘lyozmalar to‘planganligi haqida ma’lumotlar saqlangan. 
Masalan,  shayboniylardan Abdullaxon II, Abdulazizxonlar,  ashtarxoniy- 
lardan  Subhonqulixon  o ‘z  saroylarida  - Buxoroda  katta  kutubxonalar 
tashkil  etganlar.  Umuman  kitob  san’ati,  husnixat -  xattotlik,  miniatura 
sohasida  muhim  yutuqlar qo‘lga kiritildi.  Buxoro  maktabi  faol  ravishda 
o‘zini  tanitdi.
XIV 
asrdan  boshlab  shakllanib kelgan  Buxorodagi  husnixat va  mi­
niatura XVII-XVIII  asrlarga qadar Sharqda o‘z yetakchi  mavqeini  saqlab 
keldi  va  boshqa  musulmon  Sharqidagi  bu  san’at  rivojiga  katta  ta’sir 
ko‘rsatdi.  XVI-XVII  asrlarda ijod etgan mashhur husnixat  va miniatura 
ijodkorlaridan Sulton Ali Mashhadiy,  Mir Ali Hiraviy,  Mahmud ibn Is’hoq 
ash-Shihobiy, Abdulla,  Muhammad Murod  Samarqandiy,  Do'st Muham­
mad Buxoriy  kabilarni ko‘rsatib  o‘tish  mumkin.  Do‘st  Muhammad  Bu- 
xoriy husnixat nazariyasi  bo‘yicha maxsus  risola ham  yozgan.  Xususan, 
shu  davrlarda  «Tarixi Abulxayrxoniy»  («Abulxayrxon  tarixi»),  «Tavorixi 
guzidai nusratnoma»  («G‘alaba haqida tanlangan  tarixlar»), Alisher Navoiy 
asarlari  ro‘yxati  kabilarning  chiroyli  ko‘chirmalari  va  ularga ishlangan 
miniaturalar o‘z  davri  san’atining  oliy  namunalari  hisoblanadi.
Movarounnahr  san’ati,  ilm-fan,  madaniyati  bu  asrlarda ham boshqa 
musulmon  Sharqi,  Eron,  Turkiya,  Koshg‘ar,  Hindiston  kabi  mamlakatlar 
bilan yaqin aloqada bo‘ldi,  o‘zaro  ta’sirda rivoj  topdi.  Boshqa o‘lkalardan 
Movarounnahrga turli  ziyoli,  madaniyat arboblari kelib o‘z faoliyatini da­
vom  ettirganidek,  Buxoro,  Samarqand  kabi  turli  shaharlaidan  chiqqan 
olim,  donishmand,  san’at  arboblari  boshqa  mamlakatlardagi  madaniy 
oqimda ishtirok etdilar.
Movarounnahrda so‘nggi  asrlardagi  taxt uchun kurashlar, parokandalik 
asta-sekin yagona davlat tarkibidagi  turli  shaharlarning  ajrab ketishi,  mus­
taqil Xiva va Qo‘qon  xonliklarining tashkil topishi, ular o‘rtasida ziddiyat- 
ning avj  olishi  ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda yomon  oqibatlarga olib  kelishi 
bilan birga,  madaniy-ma’naviy hayotga ham ta’sir ko‘rsatdi, uning rivojiga 
g‘ov,  orqaga ketuviga sabab bo‘ldi.
X V III 
asrning  2-yarmi  Turkiston  tarixida  iqtisodiy-siyosiy jihatdan 
o‘zaro nizolar, urushlar, boshboshdoqlik, parokandalik,  aholining  nihoyalda 
qashshoqlashgan,  madaniy-ma’naviy jihatdan tushkunlikka uchragan  davri 
edi.  0 ‘zaro  ichki  nizolarning  kuchayib  ketganligidan  foydalangan  Eron 
shohi Nodirshoh  1740-yilda Buxoroni va Xivani bosib  olib  o'ziga  qaram 
qildi.  Buxoro taxtiga o‘z odami Muhammad Hakim otaliqni  o'tqa/.ib  qayt-

ill  I ckm  Noilirslioh  valotidan  so'ng  (1747)  Hakimxonning  o‘g‘li Muham- 
iii.ul  Kahini  ashlaixoniylar  sulolasini  umuman  chetlatib,  1756-yili  dekabr- 
il.i  о Vim  amir  deb  e'lon  qildi.  Shunday qilib,  Buxoroda mang‘it qabila- 
snlan  chiqqan  sulola  hukmronligi  boshlandi.
O'/.bek  xoni  Elbarsxon  1512-yili Xiva xonligini barpo etib,  unga Xo- 
la/mning  qator shahar,  qishloqlari,  turkman  yerlari  va Xurosonning  shi- 
nuiliy  qismini  qo‘shib  olgan  edi.  Lekin  bu  xonlikda  uzluksiz  o‘zaro 
kurashlar,  xonlikning turkmanlar,  qoraqalpoqlar,  Buxoro xonligi,  Eron  bi- 
Ian  urushlari  davom  etganligi iqtisodiy-siyosiy  ahvol,  madaniy hayotning 
qashshoqlanishiga  olib keldi.  Abdullaxon II davrida Xorazm  Buxoro xon­
ligi  tomonidan  bosib  olindi.  Abdullaxon II  vafotidan  so‘ng Xiva  xonligi 
yana  mustaqilligini  tiklab oldi.  Shuningdek,  1688-yili  Subxonqulixon yana 
Xorazmni  Buxoro xonligiga qaram  qiladi.  Uzoq  vaqt o‘tmay  Xiva  yana 
mustaqil  xonlikka  aylandi.  XVII  asrda  Xiva  xonligi  madaniyati  tarixida 
eng  yirik  arbob  sifatida ish  ko‘rgan  xon Abulg‘ozixonni  ko‘rsatib  o‘tish 
mumkin.  U  faqat  yirik davlat arbobigina bo‘lib qolmay,  mashhur tarixchi 
va  tabib  ham  edi.  Abulg‘ozixon  Buxoro,  Toshkent,  Eron  shaharlarida 
quvg'inda,  bir  necha  bor qamoqda bo‘lgan,  nihoyat  1643-yili  Oral  o‘z- 
beklari  uni  xon  qilib ko‘taradilar va u  1645-yili  Xiva taxtiga chiqadi.  U 
deyarli  yigirma  yillik (1645-1663)  xonlik davrida markazlashgan davlat 
tu/ishga,  mamlakat rivojini ta’minlashga intildi, madaniyatga e’tibor berdi. 
1663-yili  taxtni  o‘g‘li Anushaxonga topshirdi.  Abulg‘ozixon  fan  tarixida 
mashhur olim,  Xorazm tarixnavisligining  asoschisi  sifatida nom  qoldirdi. 
Uning  qalamiga mansub  «Shajarayi  tarokima»  («Turkmanlar tarixi»)  va 
«Shajarayi  turk»  («Turklar  shajarasi») kabi  asarlar Markaziy  Osiyo tarixi- 
ga  oitl  muhim  manba hisoblanadi.  Bu  asarlar nemis,  fransuz,  rus  tillariga 
tarjima  etilgan  va  sharqshunos  olimlar orasida  ma’lumdir.  XVIII  asrning 
oxirlariga  kelib  Farg‘ona butunlay Buxorodan mustaqil boiib  ajrab chiqdi 
va  Qo'qon  xonligi  vujudga keldi.  Bu  xonlikning  asoschisi  Ming  qabila- 
sidan  chiqqan  Shohruxbiy bo‘lib,  u XVIII asr boshlarida Farg‘onada mus­
taqil  davlat  barpo  etadi.  Bu  davlat asta-sekin atrofdagi  qishloq  va  shahar- 
larni  bosib  olish  hisobiga kengaya boradi.
Norbo'tabiy  (1769-1800)  Qo‘qon  xonligidagi  ziddiyatlarni  tinchitib, 
o'z  hokimiyatini  mustahkamladi.  Bu xonlik X IX asrning  1-yarmida ancha 
rivoj  topdi.  U  Toshkent  va  uning  atrofidagi  shaharlarni,  Janubiy  Qozo- 
g'istonni  bosib oldi.  Shuningdek,  Farg‘onadagi  viloyatlar ham unga qaram 
bo'ldi,  hatto  Koshg'ar  chegaralariga borib  yetdi,  Olimxon,  Umarxon, 
Muhammad  Ali,  Sheralixon,  Xudoyorxonlar davrida  Qo‘qon  xonligida 
o'zaro keskin kurashlar davom  etib  turdi.  Shu bilan birga Qo‘qon xonligi-

ning  Koshg‘ar,  Xitoy,  Rossiya,  Buxoro  bilan  savdo-madaniy  aloqalari 
rivojlandi.  Shunday qilib,  o‘zaro urushlar vaqt-vaqti bilan ko‘tarilib  tursa- 
da,  XVIII  asrning  oxiri - XIX  asrning  boshiga kelib Turkistonda 3  mus­
taqil  davlat:  Buxoro  amirligi,  Xiva  va Qo‘qon  xonliklari  vujudga keldi. 
Mazkur davlatlarda madaniyat,  adabiyot,  ilm-fan,  san’at o‘ziga xos  ravish- 
da rivojlandi.
Qo‘qon xonligida X IX  asr boshlarida  me’morchilik  rivoj  topdi, juda 
ko‘p  qurilish  ishlari  olib  borildi,  xususan,  Qo'qon,  Marg‘ilon,  Naman­
gan,  Andijon  kabi  yirik  shaharlarda  turli  binolar:  madrasa,  masjid, 
xonaqoh,  bozor,  hammom  kabilar  barpo  etildi,  kanallar o'tkazildi,  bino- 
larni  bezash  ishlaridan  keng  foydalanildi,  hunarmandchilik  ravnaq  topdi. 
Masalan,  shu  davrda  madrasai  Muhammad  Yasovul,  madrasai  Rizqulbek, 
madrasai  Oftob  oyim,  madrasai  Mingoyim,  madrasai  Hakimxon  to‘ra, 
madrasai  X o ‘ja  dodxoh,  madrasai  Haqquli  mingboshi  kabi  madrasalar- 
ning  bir nechtasi  qurildi.  Qog‘oz  ishlab  chiqarish  yo‘lga qo‘yildi.  Qo'­
qon  qog'ozi  butun  Markaziy  Osiyo  shaharlarida  o'zining  sifati  bilan 
nom  qozondi.  Kitob  yozish  va bezash  ishlari,  xattotlikka  alohida e’tibor 
berildi,  o‘tmish mashhur  shoirlarning  asarlari  ko'chirilib,  maxsus  rang  va 
chizmalar bilan bezatildi.  Lutfiy,  Navoiy,  Umarxonlarning  devonlaridan 
iborat  «Muhabbatnoma»  degan  bir  majmua maxsus,  chiroyli  qog'ozga 
bezaklar bilan,  go‘zal  xatda  ko'chirilib  xon  tomonidan Turkiyaga sovg'a 
qilib jo'natilgan.
Qo'qon  xonligi  siyosiy  mavqeyining oshishi,  iqtisodiy-ijtimoiy rivoji 
madaniy  hayotda ijobiy  o'zgarishlarga olib keldi. Adabiyot,  san’at,  tarix- 
shunoslik va boshqa muhim  ijtimoiy  fanlarda jonlanish  yuz berdi.  Bu ji­
hatdan  ayniqsa, Amir  Umarxon  hokimiyati  (1810-1822)  davrida  ancha 
ishlar amalga oshirildi.  U  xonlikni  mustahkamlash  va kengaytirish,  tashqi 
mamlakatlar bilan iqtisodiy,  diplomatik aloqalami rivojlantirish bilan birga 
adabiyot,  san’at ravnaqiga katta e’tibor berdi,  saroyiga shoirlami,  adabiyot- 
chilami  to'plab mushoiralar,  uchrashuvlar o'tkazib  turdi.  O'zi  ham  «Ami- 
riy»  taxallusi bilan o'zbek  va tojik tillarida  she’rlar yozdi,  rafiqasi mash­
hur  shoira  Nodirabegim  esa  ayol  shoira-adabiyotchilarga  rahnamolik 
ko'rsatdi.  Umarxon topshirig'i bilan  Fazliy Namangoniy adabiyotchi  shoir­
larning  «Majmuat ush-shuaro»  («Shoirlar to'plami»)  to'plamini tartib etib, 
unga  o'sha  davrda  ijod  etgan juda  ko'p  shoiralarning  asarlaridan  na- 
munalar kiritdi.  Bu davrda Nodira,  Uvaysiy, Ado,  G'oziy,  Mahzuna,  Max- 
mur,  Ma’dan,  Dilshod,  Bahriniso,  Muntazir,  Turobiy,  Nusrat,  Gulxaniy 
kabi adiblar yetishib chiqdilar.  Ulaming asarlarida xonlar saroyi hayotidan 
tortib,  oddiy  xalqning kundalik  turmushi,  qiyinchiliklari,  xalq orasida vu-
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling