«0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti


Download 10.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/31
Sana05.12.2019
Hajmi10.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

27

judga kelgan  noroziliklar,  axloq,  insonparvarlik,  xalqparvarlik  masalalari 
o‘z aksini topgan.  Bu  adiblaming  ko‘plari Fazliyning  «Majmuat ush-shu- 
aro»sidan joy  olgandir.  Ular  asosan  o‘zbek  tilida,  ko‘pincha ikki  tilda, 
o‘zbek va tojik tillarida ijod etganlar.  Fazliyning o‘zi ham o‘zbek va tojik 
tillarida yozilgan bir nechta  she’riy  asarlaming muallifidir.  XIX  asrning  1- 
yarmida yashab ijod etgan,  o‘zining hajviy xalqchil ruhdagi  she’rlari bilan 
nom qozongan  talantli  shoirlardan  biri  Maxmurdir.  Bu  davr  adiblaridan 
Gulxaniy she’rlar bilan birga nasrda «Zarbulmasal» deb  nomlanuvchi  asar 
yozgan  bo‘lib,  unda  mashhur  hind  asari  «Kalila va Dimna»ning  ta’siri 
yaqqol ko‘rinadi. Asarda qushlar hayoti  orqali o‘z davridagi oliy tabaqaga 
mansub bo‘lganlarning  kirdikorlari  fosh etilgan. Asar o‘zbek adabiyotidagi 
masal janrini boyitishga  muhim hissa qo‘shdi.
Bu  davrda Qo‘qon  xonligida tarix  ilmi  sohasida ham  qator  asarlar 
yaratildi.  Ular XIX  asr Turkiston  tarixini  o'rganishda muhim  ahamiyatga 
egadir. Xo‘ja Muhammad Hakimxonto‘raning «Muntaxab at-tavorix»  («Ta- 
rixlardan  saylanma»),  Ashur Muhammad  Ho‘qandiyning  «Tarixi  Shoh- 
ruxiy»,  Junayd  Mulla Avaz  Muhammadning  «Tarixi jahonnomaiy»  («Ja- 
honni ko‘rsatuvchi  tarix»),  Eshon xo‘ja Qori Toshkandiyning  «Xulosat ul- 
ahvol»  («Ahvollar  xulosasi»),  shuningdek,  Muhammad  Solih Toshkan­
diyning  «Tarixi jadidayi Toshkand»  («Toshkentning yangi  tarixi»),  Mulla 
Olim Mahmudning  «Tarixi  Turkiston»  («Turkiston tarixi») kabi kitoblari 
shular jumlasidandir.  Ularda o‘sha davrda xonliklar o‘rtasidagi  kurashlar, 
Qo‘qon  xonligini  kengaytirish  sohasida olib borilgan  urushlar,  uning yer- 
larini  asta-sekin  rus  askarlari  tomonidan  bosib  olinishi  haqidagi  ma’­
lumotlar bilan  birga madaniyat sohasida olib borilgan ishlar haqida ham 
turli  fakt va  axborotlar keltirilgan.  Ma’lumki,  Qo‘qon xonligi  shimoldan 
bosib  kelgan  rus  askarlarining  birinchi  hujumiga  uchradi  va unga bir 
necha yil davomida qarshilik ko‘rsatib keldi.  Bu  voqealar ham shu tarixiy 
asarlarda qisman o‘z  ifodasini  topgandir.
X o‘ja Muhammad  Hakimxonto‘raning  «Muntaxab  at-tavorix»  asarida 
Farg‘ona va Buxoro tarixi  o‘z  aksini  topgan.  Hakimxonto‘ra xonga yaqin 
kishilardan bo‘lgan.  1822-yili Madalixon  taxtga chiqqandan  so‘ng  o‘zi 
bilan birga o‘sib  ulg‘aygan  Hakimxonto‘rani avval  siylab,  so‘ng  Qo‘qon- 
dan  chiqarib  yuboradi  va u  Sibirga yo‘l  oladi.  U  Semipalatinsk,  Omsk, 
Orenburg,  Astraxon  shaharlarida  bo‘ladi,  rus  tilini  ham  o‘rganadi,  rus 
amaldorlari,  zobitlari bilan bir necha bor  uchrashadi.  Hakimxonto‘ra ha­
qida axborot rus  podshosiga borib  yetadi va Aleksandr I uni  Peterburgga 
taklif etadi,  u  bormaydi.  Buning  sababini  tushuntirib:  « 0 ‘zimning  xesh-u 
aqrabolarimdan bo‘lgan podshohlardan nima ko‘rdim-u, begona mamlakat

podshohidan  nima ko‘rardim»,  deb  yozadi  Hakimxonto'ra  o‘z  kitohida. 
Aleksandr I  Orenburgga kelganda Hakimxonto‘raning  shu  shahardaligini 
cshitib, uni o‘z huzuriga chaqirib, uzoq  suhbat quradi.  Hakimxon  rus  pod- 
shosida yaxshi taassurot  qoldiradi.  Hakimxon Astraxon  orqali  Kavkazga, 
undan Turkiya va Misrga boradi.  So‘ng  Qizil  dengizda paroxodga  o‘tirib 
hir qancha  shaharlarda bo‘ladi,  Makka va Madinani ziyorat qilib, Arabis- 
lon  sahrolari  orqali  Misrga  qaytadi.  Hakimxonto‘ra  Iroq  orqali  Eronga 
o‘tib,  uning qator  shaharlarini ko‘radi, ko‘p qiyinchiliklardan  so‘ng Buxo- 
roga keladi.  U  safarda Turkiya  sultoni  va  Eron  shohi  huzurida  suhbatda 
bo‘ladi.  Buxoroga qaytgach,  shayxulislom huzuriga taklif etilishiga qara- 
inay,  Shahrisabzga qaytib  keladi  va qolgan umrini o‘sha yerda o‘tkazadi. 
U  o‘zining boshidan kechirganlarini  «Muntaxab  at-tavorix»  degan asarida 
batafsil  bayon  etgan.  Kitobda o‘sha  davrdagi  Turkiston madaniy  hayoti, 
Qo‘qon, Buxoro  xonliklaridagi voqealar haqida muhim ma’lumotlar keltir- 
ilgan,  ularga muallifning  munosabati bildirilgan.  Bir so‘z bilan aytganda, 
Hakimxonto‘ra o‘z davrining yetuk davlat  arbobi,  adibi,  tarixchisi,  sayyo- 
hidir.  Uning  asari  esa xotiranoma  adabiyotiga,  tarix  va jug‘rofiya ilmiga 
qo‘shilgan muhim hissadir.
Hakimxonto‘ra o‘z davrining bilimdoni, madaniyatli  ziyolisi,  ma’rifat- 
parvar,  tillarni  yaxshi  bilgan  har  tomonlama ma’lumotli  arbob  sifatida 
larixda  nom qoldirdi.  «Muntaxab  at-tavorix»ning  o‘zbekcha va tojikcha 
nusxalari mavjud.
Muhammad  Solihxo‘ja Toshkandiy  o‘zining  «Tarixi jadidayi  Tosh- 
kand»  asarida Qo‘qon  xonligining  X IX   asr o‘rtalaridagi  shimoliy  chega- 
ralari  ahvoli,  ruslarning  hujumlari,  ayovsiz  urushlari,  yerli  xalqlarning 
qahramonona qarshiligi,  Toshkent qamali,  Samarqand, Andijon,  Marg‘ilon- 
ning bosib  olinishi,  Qo‘qon  xonligining  Rossiyaga bo‘ysundirilishi  kabi 
voqealami  ishtirokchi  sifatida bayon  etadi.
X IX   asrning  boshida,  ayniqsa,  Muhammad Rahimxon  davrida  Xiva 
xonligi mustahkamlandi,  so‘ng uning yerlari kengaydi.  Savdo-sotiq,  hunar- 
mandchilik,  boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalar kuchay- 
di.  Xiva,  Hazorasp  kabi  shaharlarda madrasa,  masjidlar qurildi,  me’mor- 
chilik san’ati,  madaniyatning boshqa sohalariga nisbatan  taraqqiysi  uchun 
imkon  vujudga keldi.  Bu  davrda  me’morlik yuksak darajada rivoj  topdi. 
Hozirgi Xiva  shahri,  undagi boy va rang-barang binolar,  minoralar asosan 
XVIII-XIX asrning  1-yarmida bunyod etilgan.  Bu davrda Xivada ilm-fan, 
adabiyot,  san’at  asta-sekin  rivoj  topa boshladi.  Munis  Xorazmiy,  Komil 
Xorazmiy,  Ogahiy, Avaz  О ‘tar kabi yetuk qalam egalari,  shoir va adabi- 
yotchi,  tarixchilar yetishib  chiqib,  milliy  adabiyotni  rivojlantirishga mu-

iiiim
I
i
  liis-.ii  qn'shdilar.  Mu  davrda  bir  qancha  tarixiy  asarlar, jumladan, 
Nlwn|iim^  mnshhui  tarixchilari  Ma'sudiy  va Ibn al-Asiming  asarlari arab- 

 luil.in,  M
iindiu
I.  Xoiulamirlarning  asarlari  forschadan  o‘zbek tiliga tarji- 
in.i  rlilili.  Abnlg'oziy  Bahodirxondan  boshlangan  Xorazm  tarixnavislik 
in.ikialii  XIX  asiga  kelib  yangi  bosqichga ko‘tarildi.  Munis,  Ogahiy,  Ba- 
voiiivlai  "l uclavs  ul-iqbol»  («Baxt jannati»),  «Zubdat ut-tavorix»  («Tarix- 
l.u  qaymog'i»),  «Riyoz  ud-davla»  («Davlat bog‘lari»),  «Shohidi  iqbol» 
(■

 Iqbol  shohidi»),  «Shajarai  Xorazmshohiy»  («Xorazmshohlar  shajarasi») 
k.ibi  laiixiy  asarlar yozib  qoldirdilar va Xorazm,  umuman Turkiston tari- 
\iga  Did  muhim  davr voqealarini  yoritib  berdilar.
Buxoro  amirligida  (1753-1920)  uzoq davom  etgan  o‘zaro  kurashlar, 
paiokandalik.  mamlakat  iqtisodi  va madaniyati  rivojiga  katta  zarar yet- 
ka/.di.  Amir hokimiyatni mustahkamlash, markazlashtirish va kengaytirish 
sohasida  to‘xtovsiz  kurash  olib  bordi.  Ayniqsa,  amir  Haydar  zamonida 
beklar o‘rtasidagi kurashlar,  turli xalq qo‘zg‘olonlari kuchaydi.  Uning vo- 
risi  amir Nasrullo (1826-1860)  zamonida ziddiyatlar tinchitilib, birmuncha 
yumshab,  u  o‘z davlatini janubga  tomon  ancha kengaytirdi.
Buxoro  amirligida  o‘zaro  nizolar,  boshqa  xonlik bilan kurashlar to‘x- 
lovsiz  davom  etib turishiga qaramay  qurilish,  madaniyat  sohasida  ayrim 
ishlar  amalga  oshirilganini  ko‘ramiz.  Bu  davrda  fanning  ko‘p  sohalari 
o'zining  oldingi  mavqeini  yo‘qotgan,  diniy  ilmlarning  ta’siri  kuchaygan 
bo‘lsa-da,  Buxoro  Markaziy  Osiyoda  o‘zining  ma’rifat markazi mavqeini 
saqlab qoldi.  Bu  yerda ko‘plab  madrasalarda o‘z  davri talablariga binoan 
o‘qitish  ishlari  davom etdi.  Ko‘p  bo‘lmasa-da,  binolar barpo etildi.  Buxo- 
rodagi  avvaldan  hukm  surib  kelgan  tarixnavislik  sohasida ayrim  asarlar 
vujudga  keldi.
XVIII 
asr oxirlari  va X IX asming  1-yarmida Muhammad Vafoiy Kar- 
minagiyning  «Tuhfai xoniy»  («Xon tuhfasi»), Muhammad  Sharifning  «Toj 
ut-tavorix»  («Tarixlar toji»),  Mir Olim Buxoriyning  «Fathnomai  sultoniy» 
(«Sultonning  g'alaba kitobi»)  asarlari  yaratildi.  Ularda o‘sha davrdagi Bu- 
xoroning  ichki  va tashqi  siyosati,  davlat tuzilishi,  xalq  harakatlari,  mada- 
niy  hayoti  haqida  qiziqarli  ma’lumotlar bayon  etilgan.
Bu  davrda  o'zbeklar bilan  qardosh  bo‘lgan  boshqa qo‘shni  xalqlar 
madaniy hayotida  xalqlarni  birlashuvga  chaqiruvchi,  do‘stlik,  birodarlikni 
targ‘ib  etuvchi  mashhur  arboblar,  adib-shoirlar  yetishib  chiqdilar.  Ular 
o‘zaro  urushlarni,  nizolarning  oldini  olishga  chaqiruvchi  asarlar  yozib, 
xalq  manfaatlarini  himoya etdilar.  Qoraqalpoq  Berdaq  (1827-1900),  turk- 
man  Maxtumquli  (1730-1780),  qozoq  Cho‘qon  Valixonov  (1835-1865), 
Abay  (1845-1904)lar shular jumlasidandir.

XIX  asrning  2-yarmi  -   XX  asr  boshlarida 
Turkistonda  madaniy  hayot
(Rus  mustamlakasi  davri)
XIX  asrning  2-yarmida  Turkistonning  siyosiy,  iqtisodiy-ijtimoiy  va 
madaniy-ma’naviy hayotida katta tarixiy  o‘zgarishlar ro‘y  berdi.  Rossiya 
ko'pdan beri Turkistonning tabiiy boyliklariga ega bo‘lish,  mustamlakasini 
yanada kengaytirishga intilib kelardi.
XIX 
asrning  60-70-yillariga kelib Rossiya shu qabih niyatini  amalga 
oshirishga  kirishdi.  U  Turkiston  xonliklari  yerlarini  bosib  ola  boshladi. 
Qo‘qon xonligi  qo‘shini birinchi  bo‘lib rus bosqinchilariga Sirdaryo  sohil- 
larida  qahramonona  qarshilik  ko‘rsatdi.  Rus  qo‘shinlari  qamal,  qirg‘in, 
bosqinchilik,  aholini  haydash,  aldash-avrash  kabi  turli  yo‘llar  bilan X IX 
asrning  60-yillari  davomida Qo‘qon xonligi  va Buxoro  amirligining ko‘p 
yerlarini  o‘zlariga tobe etdilar.  Bosib olingan yerlarda  1867-yili  Turkiston 
general-gubernatorligi  o‘rnatildi.  Buxoro bilan  sulh tuzilib,  u Rus  choriz- 
mining  vassaliga aylantirildi.
Xivaga uch  tomondan  rus  qo‘shinlarining bostirib kelishi,  vayronalik, 
talon-taroj,  quvg‘inlar  1873-yildagi  sulh bilan  yakunlandi va Xiva xonligi 
ham Rossiyaning vassaliga aylandi.  Rus  zobitlari,  ular bilan  birga kelgan 
amaldorlar tomonidan  talon-tarojlar tufayli  qo‘lga kiritilgan juda ko‘p ma­
daniy-ma’naviy  boyliklar,  bezaklar,  matolar,  yodgorliklar,  noyob qo‘lyoz- 
ma kitoblar,  miniaturalar Peterburgga  olib ketildi.
Turkistonning  qisqa  vaqt  ichida  Rossiya  tomonidan  bosib  olinishi 
shafqatsiz urushlar,  aholini  talon-taroj  etish,  aldash,  xullas,  bosqinchilikka 
xos  bo‘lgan barcha  vositalardan  foydalanish  yordamida  amalga oshirildi. 
0 ‘sha davrda yozilgan  tarixiy  kitoblarda rus  askarlari,  generallarining qir- 
g‘inlari,  yerli  aholining qattiq qarshiligi,  o‘z  shaharlari  uchun jon olib, jon 
berib jang  qilganlari  haqqoniy ravishda tasvirlangan.  Masalan,  xorazmlik 
mashhur  tarixchi  -  bunday  urushlarning  bevosita  guvohi  Bayoniyning 
«Shajarai Xorazmshohiy», yuqorida aytib  o‘tilgan Muhammad Solih Tosh- 
kandiyning  «Tarixi jadidayi Toshkand»  kabi  asarlarida Xorazmda rus  as­
karlari  qirg‘inlaridan jon  saqlab  qochgan  ayol  va  bolalarni  quvib  yetib, 
qilichdan o‘tkazib,  nayza bilan  sanchib tashlagani yoki rus bosqinchilariga 
qarshilik ko‘rsatgan Toshkent aholisini  42 kun  suvsiz qoldirib,  qamal  qil- 
gani  kabi  dahshatli  voqealar bayon  etilgan.
Rossiya ko‘pdan  beri Turkistonga ko‘z  olaytirib kelar  edi,  uni  bosib 
olishdan  asosiy  maqsad  bu  yerning  tabiiy, jug‘rofiy  boyliklarini  qo‘lga

kiritish -  oltin,  paxta,  pilla  kabi  dunyo  bozoridagi  qimmatli  mollarga 
xo‘jayinlik qilish hamda rivojlanib kelayotgan ms kapitalizmi uchun yangi 
bozorga ega bo‘lish  edi.  Bundan  tashqari Turkistonni bosib  olish  Rossi- 
yaning Markaziy Osiyo, umuman,  Sharqdagi mavqeyini mustahkamlar edi.
Chor hukumati bosib olgan  o‘lkalar, jumladan,  Turkiston xalqini  ham 
iqtisodiy, siyosiy  qoloqlikda,  qaramlik va nodonlikda  saqlab  o‘tirishdan 
juda manfaatdor  edi.  Rossiya  bu  yerda  xalqni  to‘liq mustamlakada saq- 
lash,  boyliklardan  foydalanish  siyosatini  amalga oshirishga qaratilgan ijti- 
moiy-iqtisodiy tizimni  o‘matib,  barcha idora etish yo‘llari, usul  va vosita- 
larini keng  amalga  oshirdi.  Lekin  Turkistonning bosib  olinishi  rivojlanib 
kelayotgan rus kapitalizmining  va  u orqali  Ovro‘poning turli iqtisodiy, ma- 
daniy yutuqlari  beixtiyor  ravishda  bu  yerda ham  keng  tarqala borishini 
tezlashtirdi,  shaharlarda  yangi  madaniy-ma’rifiy tashkilotlar,  yangi  savdo, 
bank,  tibbiyot korxonalari,  temir yo‘l,  telegraf,  elektr,  telefon kabilar vu- 
judga keldi,  gazetalar,  kitob  bosish  yo'lga qo‘yildi va h.k.
Turkistonda mavjud  tartiblarni  o'zgartirish,  madaniy yuksalishga bo‘l- 
gan intilish  rus  kapitalistik  munosabatlarining  kirib  kelish davriga to‘g‘ri 
keldi.  Turkistondagi  ma’rifatparvarlik  harakati  oldingi  tartiblarga  yangi 
madaniy yutuqlarni  qarshi  qo'yish,  so'ng  uning  ustunligini  targ‘ib qilish- 
dan boshlanib,  asta-sekin  siyosiy  tus ola bordi  va Turkistonda Rossiyadan 
farq qiluvchi,  yerli  xalqning  ma’naviyati  xususiyatlarini  nazarga oluvchi 
tartiblar o'rnatish  talab  darajasiga ko‘tarila bordi.
Turkistonda  ma’rifatparvarlik harakati  ikki bosqichda kechdi.  Birinchi 
davrda mavjud  tuzum  va tartiblarni  tanqid qilish,  madaniy  yangiliklarni 
egallash, Ovro‘poning turli  tillarini o‘rganishni targ‘ib etish, yangicha ilm- 
fanning ahamiyatini ko‘tarish kabi masalalar olg‘a surildi. Ahmad Donish, 
Avaz  0 ‘tar,  Furqat,  Muqimiy,  Zavqiy  singari  ma’rifatparvarlar yetishib 
chiqdi.
Ikkinchi bosqichda ma’rifatchilikdan jadidchilik o‘sib chiqdiki,  u endi- 
likda yangicha  ta’lim-tarbiya,  yangi usul  maktablarini yoiga qo‘yish,  du- 
nyoviy  ilmlarni  har tomonlama egallash,  maorif-madaniyatda yangi tarti­
blarni  o'rnatish,  yangi  ijtimoiy-siyosiy  masalalarni  qo‘yish  darajasiga 
ko‘tarildi. Jadidchilik  harakati  turkiy millatlaming ma’naviy-madaniy ko‘- 
tarilishiga turtki  bo‘ldi.  Turkistonda yangi  usul  maktablari  ochilib,  ma’- 
rifatparvar,  ilg‘or pedagoglar bu  maktablar uchun turli  darsliklar,  o‘qish 
kitoblari, qo‘llanmalar yarata boshladilar.  Behbudiy,  Munavvarqori,  Fitrat, 
Abdulla Avloniy,  Ibrat,  Hamza kabilar bu  sohada jonbozlik ko‘rsatdilar va 
bu ishda faol ishtirok etdilar.  Jadidlar boshqa o‘lkalardagi  ma’rifatparvarlik 
harakatlari  bilan ham aloqa  o‘rnata boshladilar.  Bu  davrda Turkistonda

ma’rifatparvarlik  va jadidchilikning  turli,  yangi  ta’lim-tarbiya,  o‘quv- 
o'qituv masalalarini  o‘zida ask ettiruvchi juda ko‘p jumallar nashr etildi. 
«Taraqqiyot»,  «Оупа»,  «Tujjor»,  «Sadoyi Turkiston»,  «Samarqand»  kabi 
jurnallar shular jumlasidandir.
Ma’rifatchilik harakati  ayniqsa o‘zining rivoj  topgan bosqichida Tur- 
kistonda o‘zga yurtlardagi ijobiy yutuqlardan foydalangan holda mustaqil 
ma’naviy taraqqiyot yo‘lini qidirish va targ‘ib etish masalalarini olg‘a sur- 
di.  Bu  harakat rus  podsho  hokimiyatining  mustamlakachilik  siyosatiga 
zarar keltirishidan cho‘chigan chorizm amaldorlari uni chegaralash va bo‘- 
g‘ib qo‘yish chora-tadbirlarini  ko‘ra boshladilar.
X IX  
asrning  oxiri  -  X X   asr  boshlarida Turkistonda juda murakkab 
ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan  birga uning  madaniy  hayotida ham tez va 
shiddatli o‘zgarishlar ro‘y  berdi.  Ma’naviyat,  adabiyot, ta’lim-tarbiya,  din, 
mafkura sohasida turli  oqimlar paydo  bo‘ldi,  ular orasidagi  munosabatlar 
murakkab  tus  oldi.  Yosh  buxoroliklar,  yosh  xivaliklar harakati  vujudga 
keldi.
1917-yili  butun  Rossiyada  yuz  bergan  fevral  va  oktabr  inqiloblari 
uning mustamlakasi bo‘lmish Turkistonda ham to‘ntarishlarga olib keldi.
1918-yilda Turkiston Avtonom  Sotsialistik Respublikasi  tashkil  etildi, 
lekin uning  umri uzoqqa cho‘zilmadi.  1920-yillarga kelib Buxoro va Xiva 
xonliklari  ham uzil-kesil  tugatildi.  1924-yilda Turkistonda bolsheviklar, 
RKP(b)  va uning 0 ‘rta Osiyo byurosi  tomonidan ishlab chiqilgan yagona 
Sovet davlati doirasida milliy-davlat chegaralanishi  amalga oshirildi.  0 ‘rta 
Osiyoda  vujudga  kelgan  milliy  respublikalar  Sovet  Ittifoqi  tarkibiga  ki- 
ritilib,  zo‘rlik  bilan  umumiy  siyosatga bo‘ysundirildi.
M . M  .X a y ru llay e v .

MUHAMMAD  XORAZM IY
(7 8 3 - 8 5 0 )
Buyuk  matematik,  astronom  va  geograf  Muhammad  ibn  Muso  al- 
Xorazmiy  V III  asming  oxiri  va  I X   asrning  1-yarmida  yashab  ijod  etdi. 
Bu  davrda  Markaziy  Osiyo  arab  xalifaligi  tarkibiga  kirar  edi.
Rivojlanib  kelayotgan  mavjud  tuzum  taqozo  qilgan  ijtimoiy-iqtisodiy 
talablar  bu  davrdagi  taraqqiyot  jarayonining  asosiy  omillaridan  bin  bo‘ldi. 
Qurilish,  savdo-sotiq,  hunarmandchilik,  dehqonchilik  va  boshqa  sohalami 
yanada  taraqqiy  ettirish  uchun  astronomiya,  geodeziya,  geometriya  kabi 
fanlarni  rivojlantirish  zaruriyati  tug'ildi.  O'sha  davrning  ilg‘or  olimlari  bu 
fanlarning  amaliy  ahamiyati  haqida  aniq  tasawurga  ega  edilar.  M uham ­
mad  al-Xorazmiy  esa  shu  olimlarning  peshqadami  va  yo‘lboshchisi  edi.
Xorazmiy  dunyo  faniga  g'oyat  katta  hissa  qo‘shdi.  U   algebra  fani- 
ning  asoschisi  bo‘ldi.  «Algebra»  so'zining  o‘zi  esa  uning  «Al-kitob  al- 
muxtasar  fi  hisob  al-jabr  va  al-muqobila»  nomli  risolasidan  olingan. 
Uning  arifmelikaga  oid  asari  hind  raqamlariga  asoslangan  bo‘lib,  hozirgi 
kunda  biz  foydalanadigan  o‘nlik  pozitsion  hisoblash  sistemasi  va  shu 
sistemadagi  amallarning  Ovro‘p°da  tarqalishiga  sabab  bo‘ldi.  Olimning 
«al-Xorazmiy»  nomi  esa  «algoritm»  shaklida  fanda  abadiy  o‘rnashib 
qoldi.  U ning  geografiyaga  doir  asari  esa  arab  tilida  o‘nlab  geografik 
asarlarning  yaratilishiga  zamin  yaratdi.  Xorazmiyning  «Z ij» i  O vro‘poda 
ham,  sharq  mamlakatlarida  ham  astronomiyaning  rivojlanish  yo'lini  ko‘r- 
satib  berdi.  Lekin  afsuski,  fanning  bir  necha  tarmoqlariga  asos  solgan,

«o‘z  davrining  eng  buyuk  matematigi  va  agar  barcha  shart-sharoitlar 
nazarga  olinsa,  hamma  davrlarning  ham  eng  buyuk  matematiklaridan 
biri»  (J.  Sarton)  bo‘lgan  bunday  siymoning  hayoti  haqida  ma’lumotlar 
deyarli  saqlanmagan.
Xorazmiy  Xorazm   o‘lkasida  tug‘ilib,  o‘sdi.  Adabiyotlarda  783-yil 
uning  tug‘ilgan  yili  deb  qabul  etilgan.  U   dasdabki  ma’lumot  va  turli 
sohadagi  bilimlarni  asosan  o‘z  yurtida,  Markaziy  Osiyo  shaharlarida 
ko‘pgina  ustozlardan  olgan.
Manbalarda  Xorazmiyning  ismiga  yana  al-Majusiy  va  al-Qutrubbuliy 
degan  atamalar  ham  qo‘shib  aytiladi.  Bulaming  birinchisi  olim  Xorazm- 
ning  asli  mahalliy  aholisidan,  ya’ni  otashparastlar  (arabcha  «majus»  — 
otashparast  degani)  oilasidan,  balki  shu  otashparastlik  dinining  kohinlari 
oilasidan  kelib  chiqqanligini,  shu  bilan  birga  olimning  o‘zi  yoki  otasi 
majusiy  bo'lib,  ular  islomni  keyin  qabul  qilganligini  koVsatadi.  Xorazmda 
majusiylar  islomdan  keyin  ham  uzoq  muddat  o‘z  diniy  urf-odatlarini 
saqlab  kelgan.  Bu  haqda  Beruniy  o‘zining  «Osor  al-boqiya»  asarida 
guvohlik  beradi.  Keltirilgan  ismlarning  ikkinchisi,  Xorazmiy  mo‘ysafidlik 
yillarini  Bag‘dod  yaqinida  Dajla  bo‘yidagi  al-Qutrubbul  dahasida  o‘tkaz- 
ganligini  ko'rsatadi.  Odatda  arablar  biror  kishining  xarakterli  xususiyatlari, 
hunarlari,  sevimli  odatlari  yoki  yashash  joylariga  qarab,  unga  bir  necha 
ism  —  «nisbatlar»  beradilar.  Xorazmiyning  al-Qutrubbuliy  ismi  ham  shu 
tariqa  paydo  bo‘lgan.
Xorazm  juda  qadimgi  madaniyatiga  ega  bo‘lib,  uning  qishloq  xo‘- 
jaligi  sug‘orma  dehqonchilikka  asoslanar,  bu  o‘z  navbatida,  astronomiya 
va  xronologiyaning  rivojlangan  hisoblash  usullarining  mavjud  bo‘lishini 
taqozo  etar  edi.  Haqiqatan  ham,  qadimgi  Xorazmda  astronomiya  juda 
rivojlangan,  xorazmliklar  osmon  «sirlari»ni  arablarga  qaraganda  ancha 
yaxshi  bilganlar.  Arxeologik  qazishmalar  Xorazmda  qadimda  islomdan  bir 
necha  asr  aw al  ham  rasadxonalar  bo'lganligidan  va  u  yerda  muttasil 
astronomik  kuzatishlar  olib  borilganligidan  guvohlik  beradi.  Xorazmiyning 
bizgacha  yetib  kelgan  asarlarini  tahlil  qilish  shuni  ko‘rsatdiki,  u  yunon, 
hind  va  eron  astronomiyasi  va  matematikasini  yaxshi  bilgan.
M a ’lumki,  al-Ma’mun  809-yildan  Marvda  dastlab  xalifa  Horun  ar- 
Rashidning  noibi,  so‘ng  813-yildan  boshlab  xalifa  bo‘ladi  va  819-yili 
Bag'dodga  ko‘chadi.  A l- M a’mun  Marvda  bo'lganida  Xorazmiyni,  mo- 
varounnahrlik  va  xurosonlik  boshqa  olimlarni  o‘z  saroyiga  jalb  qilgan.

Xalifa  al-Ma’mun  davrida  Bag'dodda  Markaziy  Osiyo  va  Xuro- 
sondan  kelgan  bir  guruh  yirik  olimlar  ijod  etgan.  Ular  orasida  Xorazmiy 
bilan  bir  qatorda  Marvdan  Yahyo  ibn  A b u   Mansur,  al-Farg‘oniy, 
Habash  al-Marvaziy,  Holid  ibn  Abdumalik  al-Marvarrudiy,  Forobdan 
A bul  Abbos  al-Javhariy  va  boshqa  olimlar  bor  edi.
Bag'dodda  al-Ma’mun  otasi  tomonidan  asos  solingan  ilmiy  markaz
—  «Bayt  ul-hikma»  faoliyatini  har  tomonlama  takomillashtirib,  unga  yirik 
davlat  muassasasi  tusini  berib,  avvaliga  tarjimonlik  faoliyatini  keng  ko‘- 
lamda  rivojlantirdi.  Vizantiya,  Hindistondan  ko'plab  kitoblar  keltirilib, 
«Bayt  ul-hikma»ning  faoliyat  doirasi  birmuncha  kengaytiriladi,  uning 
qoshida  ikkita  yirik  rasadxona:  birinchisi  828-yilda  Bag'dodning  ash- 
Shammosiya  mahallasida,  ikkinchisi  Damashq  yaqinidagi  Kasiyun  tog‘ida 
831-yilda  barpo  etiladi.  Ikkala  rasadxonaning  ham  faoliyatini  Markaziy 
Osiyo  va  Xurosondan  kelgan  olimlar  boshqaradi.  Xorazmiy  bu  ilmiy 
markazning  mudiri  sifatida  uning  faoliyatin  kuzatib  turadi.
Xorazmiy  davrida  «Bayt  ul-hikma»da  ishlagan  yirik  taijimonlar  orasi­
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va

Download 10.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling