«0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti


da  Hajjoj  ibn  Yusuf  ibn  Matar,  A bu  Zakariyo  Yuhanno  ibn  al-Bitriq


Download 10.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana05.12.2019
Hajmi10.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

da  Hajjoj  ibn  Yusuf  ibn  Matar,  A bu  Zakariyo  Yuhanno  ibn  al-Bitriq, 
Hunayn  ibn  Is’hoq  va  Kusto  ibn  Luqo  al-Ba’albakkiylar  bor  edi.  Bag‘- 
dodga  kelgan  Markaziy  osiyolik  olimlar  orasida  mashhur  astronom  A h ­
mad  ibn  Kasir  al-Farg‘oniyning  nomini  eslatish  lozim.  Marvlik  Yahyo 
ibn  A b u   Mansur  Bag‘dodning  ash-Shammosiya  mahallasidagi  rasadxo- 
naning  asoschisi  va  rahbari  bo‘ldi.  Rasadxonadagi  ishlar  haqida  u  «Bayt 
ul-hikma»ning  mudiri  Xorazmiyga  hisobot  berib  turardi.  Yahyo  831-yili 
vafot  etganidan  so‘ng  Xorazmiy  bu  rasadxonani  ham  boshqaradi  va  u 
yerdagi  kuzatishlarda  faol  qatnashadi.  Yahyoning  qalamiga  mansub  «Z ij 
al-mumtahan»  («Sinalgan  zij»)  nomli  astronomik  asari  ma’lum.  Damashq 
yaqinida  Kasiyun  tog'idagi  rasadxonani  X olid  ibn  Abdumalik  al-Mar- 
varrudiy  boshqaradi.  U   ham  o‘z  «Zij»ini  tuzadi.  X olid  Yer  meridiani- 
ning  uzunligini  o‘lchash  ishlariga  boshchilik  qiladi.
Marvlik  mashhur  astronom  va  matematik  Habash  al-Hosib  («Hi- 
sobchi  habash»)  laqabi  bilan  ma’lum  bo'lgan  Ahmad  ibn  Abdulloh  al- 
Marvaziy  ham  Bag‘dodda  Xorazm iy  bilan  hamkorlikda  ishlagan.  U  
ikkita  «zij»  tuzgan  bo‘lib,  bular  o‘rta  asr  astronomlari  tomonidan  keng 
foydalanilgan.  Tadqiqotchilaming  ko‘rsatishicha,  u  tangens  va  kotangens, 
kosekans  funksiyalarini  kiritib,  ularning  jadvallarini  ham  keltirgan.

Xorazmiy  bilan  Bag‘dodda,  keyinchalik  « M a ’mun  akadeiniyasi»  dob 
lanilgan  «Bayt  ul-hikma»da  ijod  etgan  olimlarning  barchasini  ham 
Markaziy  osiyolik  yoki  xurosonlik  deyish  xato  bo‘lardi.  U   yerda  Suriya, 
Iraq,  Eron  va  xalifalikning  boshqa  yerlaridan  kelgan  olimlar  xam  ishla- 
gan.  Biroq  ular  orasida  Markaziy  osiyoliklar  salmoqli  o'rinni  egalladi. 
Xorazmiy  ana  shunday  ilmiy  muhitda  yashab  ijod  qildi  va  850-yilda 
Bag‘dodda  vafot  etdi.
Xorazmiy  qalamiga  mansub  20  dan  ortiq  asarlarning  faqat  10  tasi 
bizgacha  yetib  kelgan.  Bular  «Al-jabr  va  al-muqobala  hisobi  haqida 
qisqacha  kitob»  algebraik  asar,  « H in d   hisobi  haqida  kitob»  yoki 
« Q o ‘shish  va  ayirish  haqida  kitob»  —  arifmetik  asar,  «Kitob  surat-ul- 
arz»  —  geografiyaga  oid  asar.  « Z ij» ,  «Asturlob  bilan  ishlash  haqida 
kitob»,  «Asturlob  yasash  haqida  kitob»,  «Asturlob  yordamida  azimutni 
aniqlash  haqida»,  «Kitob  ar-ruhoma»,  «Kitob  at-ta’rix»,  «Yahudiylaming 
taqvimi  va  bayramlarini  aniqlash  haqida  risola».  Bu  asarlarning  to'rttasi 
arab  tilida,  bittasi  Farg'oniyning  asari  tarkibida,  ikkitasi  lotincha  taijimada 
saqlangan  va  qolgan  uchtasi  hali  topilgan  emas.
Xorazmiyning  arifmetik  risolasi  qachon  yozilgani  noma’lum.  Biroq  unda 
olim  algebraik  risolasini  eslaydi.  Demak,  bundan  Xorazm iy  arifmetik 
risolani  algebraik  risoladan  keyin  yozgani  ma’lum  bo‘ldi.  Bu  risola  X I I  
asrda  Ispaniyada  lotin  tiliga  tarjima  qilingan.  Tarjimaning  X I V   asrda 
ko‘chirilgan  yagona  qo'lyozmasi  Kembrij  universiteti  kutubxonasida  saqla- 
nadi.  Risola  «Diksit  Algorizmi»,  ya’ni  «Al-Xorazmiy  aytdi»  iborasi  bilan 
boshlanadi.  Bundan  keyin  Xorazmiy  to‘qqizta  hind  raqamining  sonlami 
ifodalashdagi  afzalliklari  va  ular  yordamida  har  qanday  sonni  ham  qisqa 
qilib  va  osonlik  bilan  yozish  mumkinligini  aytadi.  Asaming  lotincha  qo‘l- 
yozmasida  hind  raqamlari  ko‘pincha  yozilmay,  ulaming  o‘mi  bo‘sh  qoldi- 
rilgan  yoki  ahyon-ahyonda  1,  2,  3,  4,  5  sonlarga  mos  keladigan  hind 
raqamlari  yozilgan.  K o‘pincha  esa  hind  raqamlari  o‘sha  davrda  Ovro‘poda 
keng  tarqalgan  rim  raqamlari  bilan  almashtirilgan.
Xorazmiy  hind  raqamlari  asosida  o‘nlik  pozitsiyaon  sistemasida  sonlar- 
ning  yozilishini  batafsil  bayon  qiladi.  U   sonlarning  bunday  yozilishidagi 
qulayliklar,  ayniqsa,  nol  ishlatilishining  ahamiyatini  alohida  ta’kidlaydi.  Keyin 
Xorazmiy  arifmetik  amallarni  bayon  qilishga  o‘tadi.  Bunda  Xorazmiy 
sonlarning  martabalarini,  ya’ni  razryadlarini  e’tiborga  olishni  hamda  nolni 
yozishni  unutmaslikni  uqtiradi,  aks  holda  natija  xato  chiqadi,  deydi  u.

Kisoliining  boshlanishida  Xorazmiy  undagi  masalalar  o‘z  davrining 
ainaliy  lalablariga  javob  sifatida  vujudga  kelganligini  qayd  qiladi.
U   slnmday  dcydi:  «M en  arifmetikaning  oddiy  va  murakkab  masa- 
lalarini  <>“/.  ichiga  oluvchi  «Al-jabr  va  al-muqobila  hisobi  haqida  qisqa- 
dia  kitob»ni  la’lif  qildim,  chunki  meros  taqsim  qilishda,  vasiyatnoma  tu- 
zishda,  mol  taqsimlashda  va  adliya  ishlarida,  savdoda  va  har  qanday  bi- 
timlarda  va  shuningdek,  yer  o'lchash,  kanallar  o‘tkazishda,  (amaliy)  geo- 
mctriya  va  boshqa  shunga  o‘xshash  turlicha  ishlarda  kishilar  uchun  bu 
/.arurdir».1
Risolaning  Kembrij  universiteti  kutubxonasida  saqlanayotgan  lotincha 
qo‘lyozmasming  matnini  1857-yili  B.Bonkompani  nashr  etgan.  Mazkur 
qo‘lyozmaning  fotoreproduksiyasini  tarixchi  A.P.Yushkevich  ham  nashr 
etgan.2  Undan  tashqari,  A.P.Yushkevich  o‘z  risolasida  Xorazmiy  riso- 
lasiga  alohida  paragraf  bag‘ishlagan.3  B.Bonkompanining  nashri  asosida 
Y.X.Kopelevich  va  B.A.Rozenfeldlar  risolaning  ruscha  tarjimasini  nashr 
etishgan.4  Xorazmiyning  1200  yillik  yubileyi  munosabati  bilan  1983-yili 
bu  asarning  qayta  nashri  va  o‘zbekcha  tarjimasi  chop  etildi.5
Xorazmiyning  arifmetik  risolasi  X I I   asrdayoq  Ispaniyada  seviliyalik 
Ioann  tnmonidan  qayta  ishlangan.  Keyinchalik  to  yangi  davrgacha  Ovropo 
olimlari  Xorazmiy  risolasiga  qayta-qayta  murojaat  qilib,  u  asosida  darsliklar 
yozganlar.  Bu  qayta  ishlangan  nusxalar  va  darsliklaming  nomida  «Algorizm 
kitobi»  degan  ibora  bo‘lgan.
Xorazmiyning  arifmetik  risolasi  hind  raqamlariga  asoslangan  o‘nlik 
pozitsion  hisoblash  sistemasining  O vro‘poda,  qolaversa,  butun  dunyoda 
tarqalishida  buyuk  ahamiyat  kasb  etdi.  Ovro‘poga  hind  raqamlari  arablar 
orqali  o'tganligi  uchun  ular  «arab  raqamlari»  deb  ataladi  va  hozir  ham 
shunday  deb  atalib  kelinmoqda.  O v ro ‘poliklar  uzoq  vaqtgacha  hind
' M u h a m m a d  
i  b  n 
M   u  s  о 
a  1-Х  о  r  a  z  m  i  y,  Tanlangan 
asarlar,  Toshkcnl,  «I  an»,  1983,  78-bet.
2  Ю   ш  к  с  в  и  ч 
Л .  П .,  Арифметический  трактат  Мухаммеда  ибн  М уса 
ал-Хорезми,  Труды  института  истории  естествознания  и  техники,  А Н   С С С Р , 
вып.  1,  М .,  1964.
3  Ю   ш  к  е  в  и  ч 
А .  П .,  История  математики  в  средние  века,  М .,  1961.
4 М у х а м м е д  
а  л-Х  о  р  е  з  м  и,  Математические  трактаты,  Т .,
1964.
5 M u h a m m a d  
i b n  
M u s o  
а  1-Х  о  г  a  z  m  i  у,  Tanlangan 
asarlar,  Т .,  «Fan»,  1983.

raqamlariga  asoslangan  hisob  tizimini  «algorizmi»  deb  atab  keldilar. 
Faqat  X V I   asr  o‘rtalaridagina  bu  nom  «arifmetika»  iborasi  bilan  al- 
mashtirildi.  Shundan  keyin  to  hozirgi  kungacha  «algorizm»  yoki  «al- 
goritm»  deganda  har  qanday  muntazam  hisoblash  jarayoni  tushuniladigan 
bo‘ldi.  Bu  ibora  bilan  al-Xorazmiyning  nomi  fanga  abadiy  kirib  qoldi.
Xorazmiyning  algebraik  risolasining  to‘liq  nomi  —  «Al-kitob  al-mux- 
tasar  fi  hisob  al-jabr  va  al-muqobila».  Risolaning  nomidagi  «aljabr»  va 
«al-muqobila»  so‘zlari  «to‘ldirish»  va  «го‘para  qo‘yish»  —  o‘rta  asr  algeb- 
rasining  ikkita  asosiy  amalini  anglatadi.  «Al-jabr»  so‘zi  lotincha  trans- 
kripsiyada  «algebra»  bo‘lib,  Xorazmiy  asos  solgan  yangi  fanning  nomi 
bo‘lib  qoldi.  Xorazmiyning  algebraik  risolasi  uch  qismdan  iborat:  1)  algeb­
raik  qism,  buning  oxirida  kichik  bir  bo‘lim  —  savdo  muomalasidagi  bob 
keltiriladi;  2)  geometrik  qism,  algebraik  usuli  qo‘llanib  o‘lchash  haqida;
3)  vasiyatlar  haqidagi  qism.  Xorazmiy  uni  alohida  nom  bilan  «Vasiyatlar 
kitobi»  deb  atagan.  Xorazmiy  o‘z  risolasida  hech  qanday  belgi  keltirmaydi, 
mazmunini  butunlay  so‘z  bilan  bayon  etadi  va  shakllar  keltiradi.
Asarning  boshida  Xorazmiy  kompleks  masalalarni  aks  ettirgan.  Shu 
bilan  birga  Xorazmiy  xalifalikda  kun  tartibida  turgan  ehtiyojlar,  islom  va 
shariat  talablariga  ko‘ra  yuzaga  keladigan  masalalar,  me’morchilik  va  ir- 
rigatsiya  bilan  bog‘liq  bo'lgan  masalalarni  hal  qilishni  ham  ko‘zda  tut- 
ganligini  bildiradi.  Umuman  olganda,  Xorazmiy  algebrasi  —  bu  sonli 
kvadrat  va  chiziqli  tenglamalarni  yechish  haqidagi  fandir.
Xorazmiyning  aytishicha,  algebrada  uch  xil  son  bilan  ish  ko'riladi; 
ildiz  (jizr)  yoki  narsa  (shay),  kvadrat  (mol)  va  oddiy  son  yoki  dirham 
(pul  birligi).  Yana  uning  aytishicha,  ildiz  o‘zini  o'ziga  ko‘paytiriladigan 
miqdorlar,  kvadrat  esa  ildizni  o'ziga  ko'paytirishda  hosil  bo‘lgan  katta- 
likdir.  Xorazmiy  ish  ko‘radigan  tenglamalar  mana  shu  uch  miqdor  ora- 
sidagi  munosabatlardir.  U   awal  risolada  ko‘riladigan  oltita  chiziqli  va 
kvadrat  tenglamaning  tasnifini  keltiradi.  Bundan  keyin  aniq  misollar  bilan 
boshqa  har  qanday  tenglamalar  risola  mohiyatidagi  asosiy  amallar  —  al- 
jabr  va  al-muqobila  amallari  yordamida  olti  konoik  ko'rinishga  keltiriladi.
Xorazmiy  asos  solgan  algebra  fanini  undan  keyingi  Sharq  olimlari 
muvaffaqiyatli  rivojlantirdilar.
Xorazmiyning  boshqa  asarlaridan  farqli  o'laroq,  uning  algebraik  riso­
lasining  uchta  qo'lyozmasi  saqlangan.  Ular  Qobul,  Madina  va  Oksford 
universitetining  Bodleyan  kutubxonasida  saqlanadi.

Risola  1145-yili  Seviliyada  (Ispaniya)  Robert  Chester  tomonidan  lotin 
liliga  larjima  qilingan.  Asarning  arabcha  qo‘lyozmalari  va  lotincha  taiji- 
inalari  X I X   va  X X   asr  olimlari  tomonidan  chuqur  o'rganilgan.
Xorazmiyning  eng  yirik  astronomik  asari  —  uning  «Zij»idir.  O lim  
bu  asarini  830-yil  atrofida  yozgan.
Xorazmiyning  «Z ij»i  37  bob,  116  jadvaldan  iborat.  Asarning  awalgi 
besh  bobi  xronologiyaga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  «to‘fon»,  «iskandar»,  «sa- 
far»  va  xristian  eralaridagi  sanalami  hijriy  eraga  ko‘chirish  qoidalari  kelti- 
riladi.  6-bobda  aylana  —  12  burjga,  burj  —  30  darajaga,  daraja  —  60 
daqiqaga,  daqiqa  —  60  soniyaga  va  hokazo  mayda  bo'laklarga  bo'linish 
bayon  etiladi. 
1 ~
 22-boblar  Quyosh,  O y   va  besh  sayyoraning  harakatlari 
masalasiga  bag‘ishlangan.  Bu  boblarda  Xorazmiy  qadimgi  va  ilk  o‘rta 
asr  hind  astronomik  ma’lumotlaridan,  Eron  va  Yunon  ma’lumotlaridan 
mohirona  foydalangan  holda  Ptolemeyning  geomarkaz  sistemasiga  asos- 
lanib,  sayyoralar  harakatini  bayon  etgan.  23-bob  trigonometriyaga  ba- 
g‘ishlangan,  unda  Xorazmiy  «tekis»  va  «akslangan  sinus»  tushunchalarini 
kiritadi  va  bu  funksiyalar  jadvallarini  keltiradi.  25—27-boblar  matematik 
geografiyaga  bag‘ishlangan.  Bu  yerda  geografik  joylarning  uzunlik  va 
kengliklarini  aniqlash  qoidalari  keltiriladi  va  bu  koordinatlaming  o‘zgarishi 
Quyoshning  yillik,  kecha-kunduzlik  harakatida  ekliptik,  ekvatorial  koordi- 
natlarning  o‘zgarishi  bilan  bog'liqligi  ko‘rsatiladi.
28-bobda  Xorazmiy  yana  trigonometrik  masalalarga  murojaat  qiladi 
va  tangens,  kotangens  tushunchalarini  kiritadi  hamda  ularga  mos  jadval- 
larni  keltiradi.  29-bobda  sayyoralar  harakatining  tezligi  aniqlanadi.  30- 
bobda  Quyosh  va  O y   ko'rinmas  kuchlarining  o'lchami  keltiriladi.  31—32 
va  36—37-boblar  munajjimlik  masalalariga  bag'ishlangan,  33—35-boblar 
Quyosh  va  O y   tutilishi  va  parallaks  (yoritgichning  ko'rinish  farqi)  ma­
salalariga  bag'ishlangan.
Xorazmiy  « Z ij »i  xalifalikdagi  dastlabki  astronomik  asarlardan  edi. 
Asar  yozilishi  bilan  olimlaming  diqqatini  o‘ziga  jalb  etdi.  Unga  Xoraz­
miyning  zamondoshlaridan  Farg‘oniy,  Al-Hoshimiy  va  boshqalar  yuksak 
baho  berishgan.  A bu  Rayhon  Beruniy  bu  « Z ij» n i  sharhlashga  uchta 
asarini  bag'ishlagan.  ban  tarixida  ispaniyalik  arab  astronomi  Maslama  al- 
Majritiy  tomonidan  1007-yili  ko‘chirilgan  nusxa  diqqatga  sazovordir.  Bu 
nusxani  1126-yili  Adelard  Bat  Ispaniyada  lotinchaga  tarjima  qildi.  X o ­
razmiy  « Z ij» i  hozir  mana  shu  lotincha  tarjimada  mavjud.  Shu  tarjima-

ning  to‘rt  qo‘lyozma  nusxasi  asosida  1914-yili  X .  /.utci  «/.ij^niiiK  lului 
cha  tanqidiy  matnini,  shu  matn  asosida  A.Neygubaucr  csa  1962-yili  шпиц 
inglizcha  tarjimasini  nashr  etgan.  Mana  shu  ikki  nashr  asosi< la  - 
to‘la  ruscha  va  qisman  o‘zbekcha  tarjimalari  nashrga  tayyorlandi.
Xorazmiy  «Zij»ining  Ovro‘po  faniga  ta’siri  X .   Zuter,  K.A.Nallino 
va  I.Y.Krachkovskiylar  tomonidan  yaxshi  o‘rganilgan.  Tadqiqotchilar  yak- 
dillik  bilan  ta’kidlashicha,  Xorazmiyning  bu  asari  uning  arifmetik  va  al­
gebraik  risolalari  kabi  bunday  asarlariga  ehtiyoj  tug‘ilgan  paytda  yuzaga 
keladi  va  bu  asari  bilan  olim  astronomik  asarlar  yozilish  uslubini  standart- 
lashtirdi,  bu  standart  esa  to  U lug‘bek  «Zij»igacha  o‘z  kuchini  saqladi.
Xorazmiy  o‘z  «Z ij»ida  boshlang‘ich  meridian  sifatida,  hind  an’ana- 
siga  ko‘ra,  Arin  (hozirgi  Hindistondagi  Ujayn)  shahridan  o'tgan  meri- 
dianni  tanlagan.  Ovro‘poda  X I I I   asrda  Rojer  Bekon  va  Buyuk  Albert 
ham  Arin  meridiani  g‘oyasining  tarafdorlari  bo‘lganlar.  Arin  g'oyasiga 
ko‘ra,  Ayyalik  Petr  (Fransiyadan)  1410-yili  o‘zining  «Yer  tasviri»  nomli 
asarini  yozdi.  Bu  asaming  1487-yili  chop  etilgan  bir  nusxasidan  Xristo- 
for  Kolumb  foydalangan.  Kolumbning  o‘ziga  tegishli  nusxa  hoshiyasiga 
yozgan  eslatmalariga  ko‘ra,  Arin  g‘oyasi  unda  Yerning  noksimon  ekanligi 
va  yerning  Aringa  diametral  qarama-qarshi  tarafida  Aringa  o‘xshash  joy 
bo‘lishi  kerakligi  haqida  tasawur  hosil  qilgan.
Shunday  qilib,  Xorazmiyning  « Z ij» i  geografiya  sohasidagi  buyuk 
kashfiyotlarga  ham  aloqador  bo‘ldi.
Xorazmiy  geografik  asarining  yozilgan  yili  aniq  ma’lum  emas.  Aka- 
demik  V.V.Bartold  bu  asar  836—847-yillar  orasida  yozilganligini  aniq- 
lagan.1
Asar  1037-yili  ko'chirilgan  yagona  arabcha  nusxasida  bizgacha  yetib 
kelgan  bo‘lib,  bu  nusxa  Strasburg  universiteti  kutubxonasida  saqlanadi.
Kitobda  shaharlar,  tog‘lar,  dengizlar,  orollar  va  daiyolardagi  2402  ta 
geografik  joyning  koordinatalari  keltiriladi.  Shaharlar,  daryolar,  tog‘lar, 
orollar  va  boshqa  obyektlar  iqlimlar  bo‘yicha  taqsimlangan.  Iqlim  so‘zi 
aslida  yunoncha  klima  —  «og‘ish»  so‘zidan  kelib  chiqqan  bo‘lib,  uni 
fanga  Gipparx  (miloddan  oldingi  II  asr)  kiritgan.  Gipparx  Yerning 
odamlar  yashaydigan  qismini  12  ta  iqlimga  ajratgan.  Undan  so‘ng  Ptole-

Б  a  p  т  о  л  ь  д 
В.  В.,  Введение  к  изданию  Худуд  ал-алам.  Сочинения: 
Т .  
V III,  М .,  1973,  стр.  504-545.

шгу  к|liiiilaiinпк  soiiini  8  tagacha  kamaytiradi,  lekin  o ‘z  «Geogra- 
liya»si 
joylarni  iniiila
( jciigraliyani  iqlimlar  nazariyasiga  to‘la  rioya  etgan  holda  birinchi 
niaila  Xorazmiy  bayon  qiladi.  U   yerning  ma’mur,  ya’ni  insonlar  yashay- 
(ligan  obod  qismini  yetti  iqlimga  ajratadi.  Xorazmiy  qadimgi  yunon  olimi 
Plolnnrydan  farqli  o‘laroq,  mintaqalar,  mamlakatlar  va  ulardagi  geogra- 
lik  joylarni  emas,  balki  1-iqlimdan  to  2-iqlimgacha  joylashgan  joylarni 
lavsil  etadi.
Xorazmiyning  geografik  risolasi  o‘rta  asrlardagi  eng  birinchi  geografik 
asar  edi.  Shuning  uchun  uning  iqlimlar  nazariyasi  keyingi  davrlarda  geo- 
grafiyaning  rivojlanishida  katta  ahamiyat  kasb  etdi.  Xususan,  uning  iqlim­
lar  nazariyasi  Yerning  ma’mur  qismini  iqlim  mintaqalari  bo‘yicha  o‘rga- 
nishni  osonlashtiradi.
Xorazmiy  ham  Ptolemey  kabi  uzunliklami  Kanar  orollaridan  boshlab 
hisoblaydi.  Xorazmiy  ekvatordan  janubda  8  shahar,  1-iqlimda  64  shahar, 
2-iqlimda  54  shahar,  3-iqlimda  59  shahar,  4-iqlimda  146  shahar,  5- 
lqlimda  79  shahar,  6-iqlimda  63  shahar,  7-iqlimda  25  shahar  va  7- 
iqlimda  shimolda  40  shaharning  koordinatalarini  keltiradi.
Risolaning  ikkinchi  bobida  iqlimlardagi  tog‘lar  tavsiflanadi.  Tog‘larning 
boshi  va  oxirining  koordinatalari  keltiriladi.  Xorazmiy  Yaqin  va  0 ‘rta 
Sharqdagi  hamda  Kavkaz  va  Markaziy  Osiyodagi  tog‘lami  ham  u  yer- 
lardagi  shaharlar  kabi  batafsil  bayon  qiladi.  Shunga  qaraganda,  olim  u 
yerlarning  geografiyasi  bilan  shaxsan  tanish  bo'lgan  ko‘rinadi.
Risolaning  uchinchi  bobida  Xorazmiy  dengizlarni,  to‘rtinchi  bobida 
orollarning  qirg‘oq  chiziqlari  va  ulardagi  punktlarni,  beshinchi  bobida 
esa  mamlakatlarni,  oltinchi  bobida  esa  daryolar  va  buloqlami  tavsiflaydi.
Xorazmiyning  «K itob  surat-ul-arz»  asari  ko‘p  olimlar  tomonidan 
o‘rganilgan.  Lekin  asar  shu  paytgacha  to‘la  ravishda  birorta  hozirgi  za- 
mon  tiliga  tarjima  qilinmagan.  1983-yili  olimning  1200-yillik  yubileyi 
munosabati  bilan  bizda  bu  asarning  o‘zbekcha  tarjimasi  Xorazmiyning 
«Tanlangan  asarlari»  tarkibida  chop  etildi.
Xorazmiyning  yuqorida  keltirilgan  asarlariyoq  u  fanning  qator  tar- 
moqlarining  asoschisi  bo‘lganligini  ko‘rsatadi.  Uning  g‘oyalari  matematika 
va  astronomiyaning  oyoqqa  turishi,  rivojlanishiga  sabab  bo‘ldi.  Hozirgi 
davrda  uning  xizmatlari  jahon  afkor  ommasi  tomonidan  e’tirof  etilgan.

Xorazmiy  asarlari  dunyoning  turli  kutubxonalarida  saqlanadi.  Turli 
g'arb  va  sharq  tillariga  tarjima  etilgan.  U   o‘z  asarlari,  ixtirolari  bilan  nafa- 
qat  o‘z  vatanini,  balki  arab  xalifaligining  ilmiy  yutug‘i,  o‘z  davri  madaniya- 
tining  yuksak  natijalarini  butun  dunyo  va  barcha  asrlarga  mashhur  etdi.
AHMAD  FARG ONIY
(T axm inan  7 9 7 —865-yillar)
0 ‘rta  asrlarda  yashagan  Markaziy  osiyolik  olimlar  orasida  buyuk 
astronom,  matematik  va  geograf  Ahmad  Farg‘oniy  salmoqli  o‘rin  egal- 
laydi.
O lim ning  to‘liq  ismi  A b u l  A bbos  A hm ad  ibn  M uham m ad  ibn 
Kasir  al-Farg‘oniydir.  Manbalarda  uning  farg‘onalik  ekanligidan  tashqari 
deyarli  boshqa  m a’lumotlar  saqlanmagan.  Lekin  shuni  e’tiborga  olish 
kerakki,  o‘rta  asrlarda  musulmon  o‘lkalarida  bo‘lgan  an’anaga  binoan, 
mamlakat  poytaxti  yoki  markazini  ham  mamlakat  nomi  bilan  atashgan. 
Masalan,  995-yilgacha  Xorazm ning  poytaxti  bo'lgan  Kotni,  keyingi 
poytaxti  Gurganjni  ham  Xorazm  deyishgan.  Ba’zi  arab  mamlakatlarida 
bu  odat  hozir  ham  saqlanib  qolgan.  Misrning  poytaxti  Qohirani  — 
Misr,  Shorn  (Suriya)ning  poytaxti  Damashqni  —  Shorn  deyilishi  shun- 
dan.  Ana  shu  odatga  ko‘ra,  o‘rta  asrlardagi  Farg‘ona  vodiysining  marka­
ziy  shahri  Axsikatni  ham  Farg'ona  deyishgan.  Al-Farg‘oniy  Farg‘ona 
vodiysining  Kubo  (Kuva)  qishlog‘ida  tug‘ilgan.  Shunisi  ma’lumki,  al- 
Farg‘oniy  xalifa  Horun  ar-Rashidning  sharqiy  viloyatlaridagi  noibi,  o‘g‘li 
Abdulloh  (bo‘lajak  xalifa  a l'M a ’mun)ning  Marvdagi  olimlari  doirasiga 
kirgan.  Ehtimol,  Abdulloh  yoshligidan  bilimga  chanqoq  bo‘lgani  uchun- 
dir,  809-yili  Marvga  noib  bo‘lib  tayinlanganida,  Movarounnahr,  Xuro- 
son,  Xorazmdan  olimlarni  va  iste’dodli  yoshlarni  to‘play  boshlagan.  Bu 
olimlaming  asosiy  qismi  Abdulloh  u  yerga  kelganidan  awalroq  to‘plangan 
bo‘lishi  ham  ehtimoldan  xoli  emas,  chunki  Marv  awaldan,  Sosoniylar 
davridanoq  yirik  ilmiy  markaz  hisoblangan.  651-yili  eng  so‘nggi  Sosoniy 
shahanshoh  Yazdigard  ibn  Shahriyor  arablar  ta’qibidan  qochib  bu  yerga 
kelganida  poytaxtdagi  kutubxona  kitoblarini  ham  olib  kelganligi  ma’lum. 
Marv  arablar  qo‘l  ostida  ham  o‘z  mavqeyini  yo‘qotmadi,  aksincha,  to

m n V 'il  islilosigacha  o'sabordi.  Shunga  ko‘ra,  uning  I X   asr  boshida 
xalilalikning  yirik  ilmiy  va  madaniy  markazi  bo‘lganligi  tabiiydir.
Xalila  I lorun  ar-Rashid  809-yili  Tusda  to'satdan  vafot  etadi  va 
lining  vasiyatiga  ko‘ra,  Bag‘dodda  taxtga  katta  o‘g‘li  —  Muhammad  al- 
Amin  nomi  bilan  o'tiradi.  Saroydagi  xurosonlik  a’yonlar  esa  Abdullohni 
l.ixlni  qo‘lga  olishga  da’vat  etadilar.  811-yiIdan  813-yilgacha  aka-uka 
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va

Download 10.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling