«0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti


Muhammad  va  Abdulloh  o‘rtasida  taxt  uchun  olib  borilgan  kurash  Ab-


Download 10.92 Mb.
Pdf просмотр
bet6/31
Sana05.12.2019
Hajmi10.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

Muhammad  va  Abdulloh  o‘rtasida  taxt  uchun  olib  borilgan  kurash  Ab- 
diillohning  g'alabasi  bilan  tugaydi  va  Muhammad  qatl  qilinadi.  0 ‘sha 
yili  Abdulloh  taxtga  al-Ma’mun  nomi  bilan  o‘tiradi.  Lekin  u  Bag‘dodga 
bormay  819-yilga  qadar  Marvda  yashaydi.  Natijada,  Marv  813-yildan 
to  819-yilgacha  xalifalikning  vaqtincha  poytaxti  bo‘lib  turadi.  819-yili  al- 
M a ’mun  butun  saroy  a ’yonlari  va  ulamolari  bilan  birga  Bag‘dodga 
ko‘chadi.  Ular  orasida  al-Farg‘oniy  ham  bor  edi.  Shunday  bo‘Isa  ham 
al-Ma’mun  qo‘l  ostida  u  tuzgan  ilmiy  markaz  «Bayt  ul-hikma»da  ish­
lagan  olimlar  orasida  al-Farg‘oniyning  nomi  eslatilmaydi.  Buning  sababi, 
bizningcha,  shunday  bo'lishi  mumkin:  u  davrda  xalifalikda  ikkita  rasad- 
xona  faoliyat  olib  borardi,  biri  Bag‘dodning  ash-Shammosiya  mahallasida 
va  ikkinchisi  Damashq  yaqinidagi  Kasiyun  tepaligida  edi.  Bu  rasad- 
xonalarning  har  birida  «Bayt  ul-hikma»  olimlarining  ikkita  doimiy  guruh- 
lari  ishlar  edi.  A na  shu  olimlarning  o‘zi  rasadxonalari  hojatidan  kelib 
chiqib,  ilmiy  ekspeditsiyalar  uyushtirardilar.  Umumiy  rahbarlik  Bag'doddan 
turib  boshqarilardi.  Balki  al-Farg‘oniy  Damashqdagi  olimlar  guruhida 
bo‘lishi,  al-Ma’mun  uni  Bag‘dodga  kelishi  bilanoq  u  yerga  yuborgan 
bo'lishi  mumkin.  A bu  Rayhon  Beruniyning  bir  xabari  shunday  taxminga 
asos  bo'ladi.  U ning  aytishiga  ko‘ra,  Bag‘dod  rasadxonasining  ishida 
Yahyo  ibn  A bu  Mansur,  al-Xorazmiy  va  boshqa  olimlar,  Damashq 
rasadxonasida  esa  X o lid   ibn  A bdum alik  va  al-Farg‘oniy  bilan  birga 
ikkinchi  guruh  olimlar  ishlaganlar.  U   shuningdek,  al-Farg‘oniyning  Suriya 
shimolida,  Sinjar  sahrosida  832—833-yillarda  Tadmur  va  ar-Raqqa  ora- 
lig‘ida  Yer  meriadiani  bir  darajasining  uzunligini  o‘lchashda  ishtirok  et- 
ganini  ham  aytgan.
Nihoyat,  al-Farg‘oniyning  hayoti  haqidagi  eng  so'nggi  va  eng  aniq 
xabar  861-yil  bilan  bog‘lanadi.  Mavjud  ma’lumotlarga  ko‘ra,  u  shu  yili 
Qohira  yaqinidagi  Ravzo  orolida  nilometrni,  ya’ni  Nil  daryosi  suvi  sathi- 
ni  belgilovchi  uskunani  yasagan  yoki  ta’mirlagan.  Biroq  al-Farg‘oniy  qan-
44 
Д О З Е К Е З О Д * » » .

day  qilib  va  qanday  sharoitda  Misrga  borib  qolgani  haqida  liain  iutiq 
ma’lumot  yo‘q.
M a ’lumki,  al-Ma’mun  Marvdan  Bag‘dodga  nafaqat  olimlarni,  balki 
g‘ulomlari  bo'lmish  turk  askarlarini  ham  olib  kelgan  edi.  Bag'dodga  kc- 
lishi  bilan  u  ma’lum  ma’noda  lashkarni  turklashtirdi:  ana  shu  turk  askar- 
laridan  lashkarboshilar  tayinladi.  Turk  g‘ulomlaridan  biri  buxorolik  1 o‘- 
lunni  xalifa  Suriya,  Falastin  va  Misrdagi  lashkarlarning  amiri  etib  ta- 
yinladi.  Uning  o‘g‘li  Ahmad  esa  Suriya  va  Misrni  mustaqil  deb  e’lon 
qilib,  T o‘luniylar  sulolasiga  asos  soldi.  Al-Xorazmiy'  xalifa  al-Ma’mun- 
ning  yaqin  odami  va  maslahatchisi  bo‘lgani  kabi  al-Farg‘oniyning  Misrda 
paydo  bo‘lganidan  ajablanmasa  ham  bo‘ladi.
Al-Farg‘oniy  hayotining  muddati  haqida  ham  qiyoslar  qilish  mumkin. 
Agar  uning  hayotini  al-Xorazmiyning  hayoti  bilan  qiyos  qilsak,  quyidagi 
xulosaga  kelamiz.  M a ’lumki,  al-Xorazmiyning  nomi  yozma  manbalarda 
oxirgi  marta  847-yili  xalifa  al-Vosiqning  o‘limi  munosabati  bilan  esla- 
tiladi  va  shundan  so‘ng  uchramaydi.  Shunga  ko‘ra,  uning  o‘lgan  yili  deb 
850-yil  qabul  qilingan.  Al-Farg‘oniyning  nomi  oxirgi  marta  861-yili 
Nilning  sathini  o'lchagich  uskunasini  ta’mirlash  munosabati  bilan  eslati- 
ladi.  Yana  bir  ma’lumotga  ko‘ra,  al-Farg‘oniy  Misrda  nasroniylar  orasida 
yashab,  ularning  diniga  o‘tganligi  va  shuning  uchun  u  qatl  qilinganligi 
qayd  etiladi.  Lekin  qatl  qilingan  yili  eslatilmaydi.  Lekin  bu  «al-Far- 
g'oniy»  o‘sha  mashhur  astronom  al-Farg‘oniymi  yo  boshqasimi  —  bu 
noma’lum.  Har  holda  al-Farg‘oniy  861-yildan  keyin  ko‘p  yashamagan  va 
uning  o‘lgan  (yoki  qatl  qilingan)  yili  deb  865-yilni  qabul  qilish  mum- 
kin.  Agar  u  al-Ma’mun  bilan  819-yili  Marvdan  Bag‘dodga  ketayotganda 
2 0 —25  yoshlar  chamasida  bo‘lgan  desak,  u  holda  uning  tug‘ilgan  yili 
deb  797  yoki  798-yilni  qabul  qilish  mumkin.  U   holda  uning  hayot 
muddati  67—68  yoshni  tashkil  qiladi.  Demak,  1998-yili  uning  tug‘ilga- 
niga  1200  yil  to‘ldi.
Al-Farg‘oniyning  hayoti  haqidagi  ma’lumotlar  juda  kam  bo‘lganligiga 
qaramay,  o‘rta  asrlarda  Sharqda  uning  nomi  mashhur  bo‘lgan.  Ibn  an- 
N adim   ( X   asr),  Ibn  al-Qiftiy  ( X I I —X I I I   asrlar),  A b u l  Faraj  bar 
Ebrey  ( X III  asr),  Hoji  Xalifa  ( X V II   asr)  kabi  Sharq  fihristchilari  uni 
o‘z  asarlarida  eslatadilar.
Al-Farg‘oniyning  asosiy  astronomik  asari  «Samoviy  harakatlar  va 
umumiy  ilmi  nujum  kitobi»  («K itob  al-harakat  as-samoviya  va  javomi’

i
I
iii
  im-mijimi»)  X II  asrda  Ovro'poda  lotin  tiliga  ikki  marta  va  X I I I  
asrda  boshqa  Ovro'po  tillariga  ham  tarjima  qilinganidan  so‘ng,  uning 
lolinlaslilirilKan  nomi  «Alfraganus»  shaklida  G ‘arbda  bir  necha  asr  davo- 
inida  kcng  taix [alarli.  Uning  bu  kitobi  shu  asrlar  davomida  Ovro‘po  uni- 
vcisilcllarida  astronomiyadan  asosiy  darslik  vazifasini  o'tadi.  Al-Farg‘oniy 
asarining  lotincha  tarjimasi  birinchi  marta  1493-yilda  nashr  etilgan  bo'lib,
11 
eng  qadimgi  nashr  qilingan  kitoblardan  hisoblanadi.  1669-yili  mashhur 
Holland  matematigi  va  arabshunosi  Yakob  Golius  al-Farg‘oniy  asarining 
arabcha  matnini  yangi  lotincha  tarjimasi  bilan  nashr  etganidan  so‘ng,  al- 
Farg'oniy  va  uning  asarining  Ovro‘podagi  shuhrati  yanada  ortdi.  Ovro‘po 
Uyg‘onish  davrining  buyuk  namoyondalaridan  biri  bo‘lgan  mashhur  olim 
Regiomontan  X V   asrda  Avstriya  va  Italiya  universitetlarida  astronomiya­
dan  ma’ruzalarni  al-Farg‘oniy  kitoblaridan  o‘qigan.  Al-Farg‘oniy  nomini 
Dante  ( X V   asr)  va  Shiller  ( X V I I I   asr)  ham  eslagan.
O v ro 'p o   olim laridan  D ’A lam b er,  K .  Brokelm an,  X .   Z ute r, 
l.Y.Krachkovskiy,  A.P.Yushkevich  va  B.A.Rozenfeldlar  al-Farg‘oniyning 
ijodini  yuqori  baholaganlar.
1 Io/.irgi  kunda  al-Farg‘oniyning  sakkiz  asari  ma’lum  bo‘lib,  ularning 
hariimasi  astronomiyaga  aloqador  va  birortasi  hozirgi  zamon  tillariga 
tarjima  qilinmagan.  U lar  quyidagilardir:  yuqorida  tilga  olingan  asar, 
odalda  uni  «Astronomiya  asoslari  haqida  kitob»  nomi  bilan  ham  ata- 
shadi, 
qo'lyozmalari  dunyo  kutubxonalarining  deyarli  barchasida  bor. 
«Asturlob  yasash  haqida  kitob»  —  q o ‘lyozmalari  Berlin,  London, 
Mashhad,  Parij  va  Tehron  kutubxonalarida,  «Asturlob  bilan  amal  qi- 
lish  haqida  kitob»  —  birgina  qo‘lyozmasi  Rampurda  (Hindiston),  «А1- 
Farg'oniy  jadvallari»  —  qo'lyozmasi  Patnada  (H indiston),  «O yning 
Yei  ostida  va  ustida  bo‘lish  vaqtlarini  aniqlash  haqida  risola»  —  qo'l­
yozmalari  Got a  va  Qohirada,  «Quyosh  soatini  yasash  haqida  kitob»  — 
qo'lyozmalari  1 lalab  va  Qohirada  saqlanadi.  «Al-Xorazmiy  «Zij»ining 
nazariy  qarashlarini  asoslash»  asari  Beruniy  tomonidan  eslatiladi,  lekin 
qo'lyozmasi  topilrnagan.
Al-Farg‘oniyning  bu  ro'yxat  boshidagi  ikki  asaridan  boshqalari  hali 
hech  kim  tomonidan  o'rganilmagan.  Shubhasiz,  ular  o'rganilib  tahlil  qili- 
nishi  bilan  al-Farg‘oniy  ijodining  yangi  qirralari  ochiladi  va  olimning  o'rta 
asrlarda,  undan  keyin  Shan]  va  G'arbda  bu  qadar  mashhur  bo'lishi  sa- 
bablari  ham  ayon  bo'ladi.

Aytganimizdek,  mazkur  asarlarning  birinchisi  1145-yildan  boshlab  lo- 
tin  tiliga  bir  necha  marta  tarjima  qilingan.  Bu  taijimalaming  barchasida 
al-Farg‘oniy  ismi  lotinchada  «Alfraganus»  shaklida  yozilib,  shu  shaklda 
fanga  abadiy  kirib  qoldi.
Al-Farg‘oniyning  bu  asari  astronomiyadan  eng  sodda  darslik  bo‘lib, 
unda  murakkab  geometrik  shakllar  va  matematik  formulalar,  hisoblashlar 
keltirilmagan.  Bu  esa  astronomiyadan  boshlang‘ich  ma’lumotlarni  o‘zlash- 
tirishni  ancha  osonlashtirgan.  Balki  buyuk  Regiomontan  asarning  shu  xu- 
susiyatini  anglab,  o'zining  universitetlardagi  ma’ruzalari  uchun  qo‘llanma 
sifatida  al-Farg‘oniyning  ana  shu  asarini  tanlagandir.
Shunday  qilib,  buyuk  ajdodimizning  bu  asari  O vro‘po  U yg‘onish 
davridagi  va  undan  ancha  keyingi  davrdagi  madaniyat  rivoj ida  sezilarli  rol 
o‘ynadi.  Asarning  iqlimlar  nazariyasiga  ko‘ra  bayon  qilingan  geografik 
bo‘limi  diqqatga  sazovordir.  Mamlakat  va  shaharlarning  nomlariga  qara- 
ganda,  al-Farg‘oniy  al-Xorazmiyning  geografik  asari  bilan  tanish  bo‘lgan 
yoki  u  ham  al-Xorazmiy  foydalangan  manbadan  foydalangan,  chunki  ik- 
kala  muallifda  ham  bu  nomlar  bir  xil.
Geografik  bo‘lim  (9-bob)  bunday  atalgan:  «Yerdagi  ma’lum  mam­
lakatlar  va  shaharlarning  nomlari  va  har  bir  iqlimdagi  narsalar  haqida». 
Bundan  so‘ng,  yetti  iqlimning  hammasi  ulardagi  mamlakatlar  viloyatlari 
va  shaharlari  bilan  birga  tavsiflanadi.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  o‘rta  asr­
larda  arab  tilida  yozilgan  geografik  asarlarning  eng  birinchisi  al-Xoraz­
miyning  «Kitob  surat  ul-arz»  asari  edi.  Unda  al-Xorazmiy  yetti  iqlimdagi 
dengizlar,  mamlakatlar,  tog‘lar,  daryolar,  ko‘llar  va  shaharlarning  tavsifini 
keltirgan  edi.  Bunda  u  tavsifni  rub’i  ma’murning  eng  g‘arbiy  chekkasi, 
ya’ni  Afrikaning  Atlantika  okeani  qirg‘og‘idan,  Tinch  okeandagi  Yaponiya 
orollarigacha  davom  ettiradi.  Tavsif  kenglama  yo‘nalishida  ekvatorial  yer- 
lardan  to  shimoliy  qutbiy  yerlargacha  davom  etadi.
Iqlimlarning  al-Farg‘oniy  keltirgan  tavsiflash  usuli  al-Xorazmiynikidan 
farq  qiladi.  Al-Xorazmiy  o‘zining  tavsiflash  usulida  Ptolemey  an’anasiga 
asoslangan  bo‘lsa,  al-Farg‘oniy  hindlarning  an’anasiga  asoslanib,  rub’i 
ma’murning  tavsifini  eng  sharqiy  chekkasidan  boshlaydi.  Uning  iqlimlar 
tavsifida  3-,  4-,  5-,  6-  va  7-iqlimlarning  tavsifi  diqqatga  sazovordir. 
Chunki  bularda  Markaziy  Osiyoning  va  unga  tutash  yerlaming  shahar  va 
viloyatlari  tavsiflanadi.  Shuning  uchun  quyida  o‘sha  tavsiflarni  o‘z  ichiga 
olgan  parchani  keltiramiz.

Ucliinclii  i<|lim  Sharqdan  boshlanib,  Xitoy  mamlakatining  shimoli- 
< Ian,  so'ng  I Iincl  mamlakatidan  va  so‘ngra  Kobul  va  Kermon  viloyatlari- 
dan  o'ladi.
I o'rlim lii  icjlim  Sharqdan  boshlanadi  va  Tibetdan,  so‘ngra  Xuroson- 
ihin  o'tadiki,  bunda  X o ‘jand,  Usrushona,  Farg‘ona,  Samarqand,  Balx, 
Buxom,  Hirot,  Amuya,  Marvarrud,  Marv,  Seraxs,  Tus,  Nishopur  sha- 
liarlari  bor.  Undan  so‘ng  Jurjon,  Qumis,  Tabariston,  Damovand,  Qaz- 
vin,  Daylam,  Ray,  Isfahondan  o‘tadi.
Beshinchi  iqlim  Sharqda  Y a ’juj  mamlakatidan  boshlanadi,  so‘ng  Xu- 
rosonning  shimolidan  o‘tadi,  unda  Taroz  shahri  —  savdogarlar  shahri 
bor,  Navokat  (Navkat),  Xorazm,  Isfijob  (Sayram),  Turarband  (04- 
ror  —  hozirgi  Aris)  va  Ozarbayjon,  Arminiya  (Armaniston)  viloyati, 
Barda’a  (Barda),  Nashava  (Nahchivon)  shaharlari  bor.
Oltinchi  iqlim  Sharqdan  boshlanadi  va  Y a ’juj  mamlakatidan  o‘tadi, 
so‘ng  Xazar  mamlakatidan  (Shimoliy  Kavkaz  va  Q uyi  V olgabo‘yi)> 
Jurjon  (Kaspiy)  dengizining  o‘rtasidan  kesib  o'tadi  va  Rum   (Vizantiya) 
mamlakatigacha  boradi.
Yettinchi  iqlim  Sharqda  Y a ’juj  mamlakatining  shimolidan  bosh­
lanadi,  so‘ng  turkiy  mamlakatlardan  (Markaziy  Osiyo),  so‘ng  Jurjon 
drngizining  shimolidan,  so‘ng  R u m   dengizini  (Q ora  dengiz)  kesib, 
saqlablar  (slavyanlar)  mamlakatidan  o‘tadi  va  G ‘arb  dengizida  (Atlanti- 
ka)  lugaydi».
Kcltirilgan  parchadan  ko‘rinadiki,  al-Farg‘oniy  katta  kenglikdagi  o‘l- 
kalarni  lavsiflagan  bo‘lsa  ham,  o‘zining  asl  vatani  Movarounnahrni  mu- 
fassalroq  lavsiflagan.  Undan  tashqari  shuni  ham  ta’kidlash  kerakki,  al- 
Farg'oniyning  rub’i  ma’mur  haqidagi  tasawuri  ancha  aniq  bo‘lib,  har  xil 
afsonaviylikdan  xolidir.  Chunonchi,  u  Y a ’juj  mamlakati  deb  Sharqdagi 
afsonaviy  ymii  cmas,  balki  hozirgi  M o ‘g‘ulistonning  sharqi  va  Xitoyning 
shimoli-sharqiga  mos  keladigan  aniq  geografik  hududni  aytgan.
Farg'oniyning  nomi  Xorazmiy  kabi  butun  Sharq  va  G ‘arbda  mash- 
hurdir.  0 ‘rta  asrda  tabiiy-ilmiy  bilimlarning  rivojiga  ulkan  hissa  qo‘sh- 
gan  olim  sifatida  manbalarda,  so‘nggi  G ‘arb  va  Sharq  mualliflari  asar- 
larida,  o‘z  yurti  0 ‘zbekistonda,  ayniqsa,  zo‘r  g‘urur  va  iftixor  bilan  til- 
ga  olinadi.  1998-yilda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmoni 
bilan  allomaning  1200  yillik  tavallud  sanasi  katta  tantanalar  bilan  ni- 
shonlandi.

AHMAD  AS-SAG‘ONIY
(V afoti  9 9 0 )
Ahm ad  as-Sag‘oniyning  to‘liq  nomi  A b u   H am id  Ahm ad  ibn  M u ­
hammad  as-Sag‘oniy  al-Astudobiy  bo‘lib,  o‘rta  asr  manbalarida  «Sag'a- 
niyan»,  fors  manbalarida  esa  «Chag'oniyon»  deb  yuritilgan  joyda  tug'il- 
gan.  0 ‘sha  davrdagi  Sag‘oniyon  bugungi  Surxondaryo  viloyatining  Denov 
shahri  atroflarini  o‘z  ichiga  olgan.  Olimning  tug‘ilgan  yili  noma’lum.  U  
yoshligida  o‘z  davrining  eng  yirik  ilm  markazi  Bag'dodga  borib  qolgan 
va  yirik  astronomlaridan  biri  bo'lib  yetishgan.  Ahm ad  as-Sag‘oniyning 
ismiga  qo‘shib  aytiladigan  «Asturlobiy»  rutbasi  uni  asturloblar,  umuman, 
astronomik  jihozlar  yasashda  va  ulami  qo‘llashda  mohir  mutaxassis  bo‘l- 
ganidan  dalolat  beradi.  Alloma  astronomiyadan  tashqari  geometriyaga  oid 
bir  necha  asarlarning  muallifi  hamdir.
Ibn  al-Qiftiyning  Ahmad  as-Sag‘oniy  haqidagi  quyidagi  fikrlari  diq- 
qatga  sazovordir:  «A bu  Hamid  Ahmad  ibn  Muhammad  as-Sag‘oniy  al- 
Asturlobiy  o‘z  vaqtida  geometriya  va  astronomiya  sohalaridagi  aksariyat 
muvaffaqiyatlarining  sohibi  bo'lgan  fozil  olimlardan  edi.  U   Bag'dodda 
astrolabiyalar  va  boshqa  astronomik  jihozlar  yasashda  katta  yutuqlarga 
erishgan.  U   yaratgan  jihozlar  o‘sha  vaqtdagi  astronomlarga  yaxshi  ma’lum 
bo'lgan.  Uning  bir  qancha  shogirdlari  katta  shuhrat  qozonganlar  va  o‘z 
ustozlari  bilan  faxrlanganlar.  Ahmad  as-Sag‘oniy  qadimgi  jihozlami  tako- 
millashtirishda  hech  kirn  amalga  oshira  olmagan  natijalarga  erishgan».1  Ibn 
al-Qiftiy  yana  shularni  ma’lum  qiladiki,  Bag'dod  hukmdori  A du d   ad- 
Davlaning  o‘g‘li  Sharaf  ad-Davla  (951—989)  Bag‘dodni  boshqargan  yil- 
larida  u  yerda  rasadxona  sifatida  foydalanish  uchun  bir  uy  qurdiradi  va 
unda  Quyosh  va  sayyoralar  harakatini  o‘rganish  bo‘yicha  kuzatishlar  o‘t- 
kaziladi.  Kuzatishlar  natijasi  yakunlanganda,  Ahmad  as-Sag‘oniy  Quyosh- 
ning  ikki  burj  bo‘yicha  botishini  o‘z  qo‘li  bilan  yozgan  va  ba’zi  tuza- 
tishlar  kiritgan.2
Ahm ad  as-Sag‘oniyning  ilmiy  merosi  Beruniy,  Ibn  Iroq,  as-Sijji/.iy 
kabi  olimlar  tomonidan  hurmat  bilan  eslanishi,  uning  asarlari  naqadar 
shuhrat  qozonganligidan  dalolat  beradi.  Jumladan,  Beruniy  o'zining  «Qa-
1  I  b  n 
a  1-Q  i  f  t  i  y,  Ixbar  al-ulama  bi  axbar  al-hukama,  Qohira,  1908, 
56-bet.
2  0 ‘sha  asar,  57-bet.

diiiini  xalqlanlan  qolgan  yodgorliklar»  asarining  yahudiy  yillari  va  davr- 
I.и ini 
.11
 ii< jlasli  qisinida  as-Sag‘oniy  hisoblaridan  foydalanganini  aytadi.1 
Впишу  xuddi  shu  asarida  doiralar  va  nuqtalardan  iborat  kurralarni  sath- 
ца  aylaiilirisli  mumkinligi  haqida  gapirar  ekan,  shunday  deydi:  «A bu 
I  l.iniid  as-Sag‘oniy  konuslar  boshini  ikkala  qutbdan  ko‘chirib,  uni  o‘qlar 
bii'yicha  (jarab,  kurraning  ichiga  yo  tashiga  qo‘ygan.  Shunda  kurra  to‘g‘- 
ti  chi/.iqlar,  doiralar  as-Sag‘oniy  istagan  kayfiyatda,  yetarli  va  ortiqcha 
paichalar  tashkil  etgan.  Bu  ajoyib  sathni  undan  oldin  hech  kim  ishla- 
magan».2
Beruniy  o‘zining  «Geodeziya»  asarida  Ahmad  as-Sag‘oniy  qalamiga 
«Astronomiya  ilmining  qonunlari»  («Kavaniyi  ilm  al-haya»)  kitobi  man- 
subligini  ko‘rsatadi  va  unda  as-Sag‘oniy  965-yili  Bag‘dodning  g‘arbiy  ta- 
rafidan  «Birkatu  Zalazal»  degan  joyda  diametri  olti  qarich  va  aylanasi 
bcsh  minutlik  bo‘limlarga  taqsimlangan  xalqa  yordamida  o‘lchash  olib 
borib,  to‘liq  og‘ishni  (23  daraja  35  minut)  va  Bag‘dodning  kenglamasini 
(33  daraja  21  minut)  topganini  ta’kidlaydi.3
As-Sag‘oniyning  «Osmon  sferasini  tekislikda  tasvirlash»  («Kayfiyyat 
tastivh  al-kura»)  risolasi  Patna  va  Istanbuldagi  kutubxonalarda  saqlanadi. 
Ba’/.i  manbalarda  bu  asar  «Kitab  at-tastiyh  at-tamm»  nomi  bilan  tilga 
olinadi.  Risola  o‘n  ikki  bobdan  iborat  bo‘lib,  unda  osmon  sferasining 
astrolabiva  sathida  tasvirlanish  masalalari  ustida  mulohazalar  yuritiladi.4
Alloma  yuqoridagilardan  tashqari  «Doira  ichiga  joylashtirilgan  to‘g‘ri 
taralli  yetti  burchakning  tomonini  yasash»  («Risola  fi  ’amal  d il’  al- 
musabba’  al-mutasaviy  fi  ad-daira»)  va  «Masofalar  va  hajmlar  haqida» 
(«M aqala  fi-l-ajram»)  nomli  (Parij  va  Damashqda  saqlanmoqda)  asar­
larning  intiallifi  hamdir.  Oksforddagi  Bodlean  kutubxonasida  olimning 
«Astrolabiya  plastinkalarida  yasalgan  soatlar  haqida»  («F i  as-sa’at  al- 
ma’mula  ala  salaih  al-asturlab»)  va  «Meridian  chizig‘ini  topish»  («Is- 
tixraj  xatt  nisi  an-nahar»)  risolalari  mavjud.  Fikrimizcha,  «Meridian
1 А   Ь  и 
R   а  у  li  о  n 
В   e  r  u  n  i  у,  Tanlangan  asarlar.  1 -jild.  (Qadimgi 
xalqlardan  qolgan  yodgorliklar),  I 
1968,  415-bet.
2  O'sha  joyda.
3 A   b  u 
R   a  у  h  о  n 
B e r u n i y ,   Tanlangan  asarlar.  3-jild.  (Geodeziya),
T „  1982,  101-bet.
4  Risolaning  to‘liq  mazmuni  uchun  qarang:  М а т в и е в с к а я  
Г.   П. ,  
Р о з е н ф е л ь д  
Б .  А .,  Математики  и  астрономы  мусульманского 
средневековья  и  их  труды.  ( V II I —X V I I   вв.),  М .,  1983,  Кн.  2.  С .  162.

chizig‘ini  topish»  (Bodlean  kutubxonasidagi  inven.  raqami  M S.  Thurston 
3  (f.  94))  risolasi  olim  asadari  ro‘yxatiga  hozirga  qadar  kiritilmay  kclin- 
moqda.  As-Sijjiziy  nomini  keltirgan  «Burchakning  uchga  bo'linishi» 
(«Tasliys  az-zaviyya»)  risolasi  as-Sag‘oniyning  bizgacha  yetib  kelmagan 
asarlaridan  hisoblanadi.
As-Sag‘oniy  990-yili  Bag‘dodda  vafot  etgan.
IMOM  AL-BUXORIY
( 8 1 0 - 8 7 0 )
Hadis  ilmining  rivojida  oltin  davr  hioblangan  hijriy  uchinchi  (milodiy 
to‘qqizinchi)  asrda  hadisshunoslikda  katta  muvaffaqiyatlar  qo'lga  kiritilgan. 
Chunonchi,  butun  islom  dunyosidagi  eng  nufuzli  manbalar  deb  tan  olin- 
gan  oltita  ishonchli  hadislar  to‘plamining  (as-sihoh  as-sitta)  mualliflari 
yashab  ijod  qilganlar.  Yana  shunisi  diqqatga  sazovorki,  mazkur  olti  mu- 
haddisning  deyarli  hammasi  Markaziy  osiyolik  bo‘lib,  ular:  A b u   A bdul­
loh  M uham m ad  ibn  Ismoil  al-Buxoriy,  Imom  M uslim   ibn  al-Hajjoj 
(2 0 6 /8 1 9  — 2 6 1 /8 7 4 ),  A b u   Iso  M uham m ad  ibn  Iso  at-Termiziy 
(2 0 9 /8 2 4 —2 7 9 /8 9 2 ),  Imom  A b u   Dovud  Sulaymon  Sijistoniy  (2 0 2 / 
817 — 2 7 5 /8 8 0 ) ,  Imom  A hm ad  An-Nasoiy  ( 2 1 5 /8 3 0 —3 0 3 /9 1 5 ), 
Imom  A b u   Abdulloh  Muhammad  ibn  Yazib  ibn  Mojja  ( 2 0 9 /8 2 4 — 
2 7 3 /8 8 6 )  kabi  siymolardir.  Shular  ichidan  «H adis  ilmida  amir  al- 
mo‘miniyn»  degan  sharafli  nomga  sazovor  bo‘lgan  Imom  al-Buxoriy  alo- 
hida  e’tiborga  molik  buyuk  olimdir.
Uning  to'liq  ismi  A bu   Abdulloh  Muhammad  ibn  Ismoil  ibn  Ibro- 
him  ibn  al-Mug‘iyra  ibn  Bardazbeh  al-Juafiy  al-Buxoriy  bo‘lib,  u  hijriy 
hisobda  194-yil  shawol  oyining  13-kuni  (810-yil  20-iyul)da  Buxoro 
shahrida  tavallud  topgan.  Boshqa  ko‘pgina  olimlardan  farqli  o‘laroq  al- 
Buxoriy  tug‘ilgan  sana  aniq  ko‘rsatilishiga  sabab  shuki,  uning  otasi  Ismoil 
o‘z  davrining  ilmli  odamlardan  bo'lib,  o‘g‘lining  tug‘ilgan  kunini  o‘z  c|o‘li 
bilan  yozib  ketgan  qog‘oz  zamondosh  olimlar  ixtiyoriga  yetgan  va  shu 
xususda  ham  uning  aniqligiga  hech  shubha  yo‘q.  Al-Buxoriy  yoshligida- 
yoq  otasi  vafot  etib,  onasi  tarbiyasida  o‘sgan.  U   yoshligidan  aql-idrokli, 
o‘tkir  zehnli  va  ma’rifatga  havasi  kuchli  bo‘lib,  turli  ilm-fanlarni,  ayniqsa, 
hadis  ilmini  zo‘r  qiziqish  bilan  egallaydi.  Manbalarda  ko'rsatilishicha,  u
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling