«0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti


j„ti  yoshidan  boslilab  o'z  yurtidagi  tudi  rivoyatchilardan  eshitgan  hadis-


Download 10.92 Mb.
Pdf просмотр
bet7/31
Sana05.12.2019
Hajmi10.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31

j„ti  yoshidan  boslilab  o'z  yurtidagi  tudi  rivoyatchilardan  eshitgan  hadis- 
j^ni,  sluiiiiMgdck,  Abdulloh  ibn  al-Muborak  va  Vakiy  kabi  olimlarning 
j^dis  to'plamlarini  mutolaa  qilib,  yodlagan,  ustozi  Shayx  Dohiliy  bilan 
Mis  rivoyakliilari  haqidagi  qizg'in  bahslarda  qatnashgan. 
j(  825-yili  <>‘n  olti  yashar  al-Buxoriy  onasi  va  akasi  Ahmad  bilan  Hi- 
| 
()*lib,  olti  yil  Hijozda  yashashadi.  Hadis  ilmidan  o‘z  bilimini  yanada 
^hirish  maqsadida  o‘sha  paytda  ilm-fanning  yirik  markazlaridan  hisoblan- 
 
^  joylardagi  mashhur  olimlardan  hadis  bilan  bir  qatorda  fiqh  ilmidan 
ta’lim  oladi,  yirik  olimlar  davrasida  ilmiy  bahslar-u  munozaralarda 
tjVnashadi  va  ilm  toliblariga  dars  ham  beradi.  Imom  al-Buxoriy  hayo- 
o-\ing  ko‘p  qismi  xorijiy  ellarda,  musofirchilikda  o‘tdi.  Bu  haqda  uning 

*x
  «Misr,  Shorn,  Mesopotamiyaga  ikki  martadan,  Basraga  to‘rt  marta 
n>*rganman.  Hijozda  olti  yil  yashaganman,  Bag‘dod  va  Kufa  shaharlariga 
c^cha  marta  borganim  hisobini  bilm aym an»,  degan  ekan.  U   safar 
j.'og'ida  ham,  bir  shaharda  muqim  turganda  ham  ilmini  oshirish  borasi- 
\
  tinimsiz  ishlar,  to‘plagan  hadislarini  oqqa  ko‘chirar  edi.  Muallifning 
jj(Wishiclm,  Bag‘dodda  istiqomat  qilgan  paytda  ko‘pincha  oyning  nurida
VI  (jilib,  qorong‘i  kechalarda  sham  yorug‘ida  kitob  yozar  edi.
()|  Ilm  oshirish  maqsadida  al-Buxoriy  juda  ko‘plab  olimlardan  ta’lim 
l()Vli.  Nishopurlik  al-Hakimning  (1015-yilda  vafot  etgan)  yozishicha,  us- 
| vJariiiiiiK  soni  to'qsontalar  atrofida  bo'lib,  ular:  Muhammad  ibn  Yusuf 
. AFaryobiy,  Ubaydulla  ibn  Musa  al-Abasiy,  A b u   Bakr  Abdulla  ibn 
j^-7.iibayr  al-Hamiydiy  ibn  Rohavayh  nomi  bilan  mashhur  bo'lgan 
jj\om  ls’lioq  ibn  Ibrohim,  Imom  Ahmad  ibn  Hanbal,  A li  ibn  al-Ma- 
%iiy  va  boshqalardir. 
j s 
0 ‘/.  navbalidu,  al-Buxoriy  ham  ko‘pgina  shogirdlariga  ustozlik  qilgan. 
iwi'hoq  ibn  M uham m ad  ar-Ramodiy,  A bdulloh  ibn  M uham m ad  al- 
js*asruuliy,  Muhammad  ibn  Xalif  ibn  Qutayba,  Ibrohim  al-Harbiy,  A bu 
j
_
j
\)  at-Termiziy,  Muhammad  ibn  Nasr  al-Marvaziy,  M uslim  ibn  al- 
ajjoj  kabi  yetuk  olimlar  uning  shogirdlaridir. 
sjj  Termizlik  mashhur  muhaddis  A bu   Iso  at-Termiziy  al-Buxoriyga  ham 
k  ogird,  ham  safdosh  hisoblanib,  ularning  o‘zaro  munosabatlari  ibratli 
j \ ‘lgan.  Uzoq  yillar  Sharqning  turli-tuman  mamlakatlariga  safar  qilgan- 
Sn  keyin  umrining  oxirlarida  al-Buxoriy  besh  (863—868)  yil  Nishopur-

da  yashab,  madrasada  hadis  ilmidan  dars  bergan.  O'sha  paytda  Nisho- 
pur  musulmon  Sharqidagi  eng  yirik  ilmiy  markazlardan  biriga  aylanganliKi 
sababli  ko‘p  mashhur  olimlar  shu  shaharda  to'plangan  edilar.  Al-Buxo- 
riyning  at-Termiziy  bilan  uchrashuvi  ham  Nishopurda  yuz  berib,  diyori- 
mizdan  chiqqan  ikki  mashhur  muhaddis  o‘rtasida  unutilmas,  qizg'in  ilmiy 
bahslar,  ko'pdan  ko‘p  ijodiy,  do‘stona  uchrashuvlar  bo‘lib  o‘tadi.  At-Ter- 
miziyning  yozishicha,  u  o‘z  asarlari  uchun  ko‘p  ma’lumotlami  al-Buxoriy 
bilan  uchrashuvlaridan  olgan.  Shu  bilan  birga  al-Buxoriy  ham  at-Termi- 
ziyning  bilimini  yuqori  baholab:  «M en  sendan  ko‘rgan  foyda  sen  men- 
dan  ko‘rgan  foydadan  ortiqroq»,  deb  unga  nisbatan  chuqur  hurmatini 
bildirgan.  At-Termiziy  o‘z  ustozi  va  safdoshi  al-Buxoriyni  butun  umri 
davomida  hurmatlab,  unga  samimiy  sadoqatda  bo'lgan.  Arab  tarixchisi 
Shamsuddin  az-Zahabiyning  (1274—1374)  «Tazkirat  ul-Hufoz»  («Ho- 
fizlar  haqida  tazkira»)  nomli  asarida  yozishicha,  at-Termiziy  o‘z  ustozi- 
ning  vafoti  tufayli  qattiq  qayg‘uga  botib  «ko‘p  yig‘laganidan  hatto  ko‘z- 
lari  ko‘r  bo‘lib  qolib,  uzoq  yillar  ko‘zi  ojiz  holda  yashadi».
Imom  al-Buxoiy  nafaqat  yirik  olim,  balki  o‘zining  go'zal  xulq-atvori, 
odamoxunligi,  muruwatliligi,  himmatliligi  va  beqiyos  saxovatliligi  bilan 
boshqalardan  tamomila  ajralib  turgan.  U   zehni  o'tkirligi  va  yodlash  qo- 
biliyatining  kuchliligi  bilan  ham  xalq  orasida  g‘oyat  shuhrat  qozongan. 
Manbalarda  al-Buxoriyning  600  mingga  yaqin  hadisni  yod  bilgani  qayd 
qilingan.
Imom  al-Buxoriy  xorijdan  qaytgach,  o‘z  vatani  Buxoroda  ko'plab 
shogirdlar  va  ulamolarga  hadis  ilmidan  saboq  berish  bilan  mashg'ul  bo‘- 
ladi.  K o ‘pchilik  uni  hurmat  qilgan,  ammo  ba’zi  hasadgo'y,  qora  niyatli 
kishilar  al-Buxoriyni  ko'rolmas  edilar.  Natijada,  hasadgo'ylaming  xatti- 
harakati  tufayli  Buxoro  amiri  X olid  ibn  Ahmad  az-Zuhliy  bilan  al-Bu- 
xoriyning  aloqasi  buzilib  qoladi.  Bunga  sabab,  amir  olimdan  huzuriga 
kelib  «Al-jome’  as-sahih»,  «At-ta’rix»  kitoblarini  o‘qib  berishni  talab  qi- 
ladi.  Lekin  al-Buxoriy  «men  ilmni  xor  qilib,  uni  hokimlar  eshigi  oldiga 
olib  bormayman,  kimga  ilm  kerak  bo‘Isa,  o‘zi  izlasin.  Lekin  Alloh  oxirat 
kuni  ilmni  yashirmay  uni  toliblarga  sarf  qilganim  uchun  meni  kechiradi», 
degan  javobni  aytadi.  Amirga  javob  yoqmay,  fitnachi,  bo'htonkor  shaxs- 
larning  gapiga  kirib  al-Buxoriyga  shahami  tark  etishni  buyuradi.  Shundan 
keyin  al-Buxoriy  Samarqandga  qarab  yo‘l  oladi  va  birmuncha  inuddat 
Xartang  qishlog‘ida  o‘z  shogirdlari  va  qarindosh-urug‘larinikida  yashagan-

(bin  keyin  og‘ir  kasalga  chalinib,  hijriy  256-yil  (milodiy  870-yil  1-sen- 
tabr)  60  yoshida  vafot  etadi  va  shu  yerda  dafn  qilinadi.
Imom  al-Buxoriy  avlodlarga  boy  va  qimmatli  ilmiy  meros  qoldirgan 
bo'lib,  u  yozgan  asadaming  soni  yigirmadan  ortiqdir.  Ulardan  «Al-jome’ 
as-sahih»,  «Al-adab  al-mufrad»,  «At-ta’rix  as-sag‘iyr»,  «At-ta’rix  al- 
avsot»,  «At-ta’rix  al-kabir»,  «Kitob  al-ilal»,  «Barr  ul-volidayn»,  «Asomi 
us-sahoba»,  «Kitob  al-kuna»  va  boshqalarni  ko‘rsatish  mumkin.  Buyuk 
allomaning  eng  muhim  asari,  shubhasiz,  «Al-jome’  as-sahih»dir.  Bu  asar 
«Sahiyh  al-Buxoriy»  nomi  bilan  ham  mashhur.  Uning  g‘oyat  ahamiyatli 
tomoni  shundaki,  Imom  al-Buxoriygacha  o‘tgan  muhaddislar  o‘z  to‘plam- 
lariga  eshitgan  barcha  hadislarini  tanlab  o‘tirmay  qatorasiga  kiritaverganlar. 
Imom  al-Buxoriy  esa  turli  roviylardan  eshitgan  hadislarni  tabaqalarga 
bo‘lib,  ularning  ishonchlilarini  ajratib,  alohida  kitob  yaratdi.
Alloma  ibn  Salohning  ta’kidlashicha,  al-Buxoriyning  bu  asariga  kiri- 
tilgan  ishonchli  hadislarning  soni  takrorlanadiganlari  bilan  birga  7275  ta 
bo‘lib,  takrorlanmaydigan  holda  esa  4000  hadisdan  iborat.
Bu  sharafli  ishni  birinchi  al-Buxoriy  boshlab  bergan  bo‘lib,  keyin 
qator  olimlar  unga  taqlid  qilib,  shu  zaylda  hadislar  to‘plamini  yaratganlar. 
Imom  al-Buxoriyning  ushbu  yirik  asari  yozilganiga  taxminan  1200  yil 
bo'ldi,  o‘sha  davrdan  boshlab  toki  shu  vaqtgacha  u  islom  ta’limotida 
Q u r ’ondan  keyingi  ikkinchi  o'rinda  turadigan  muhim  manba  sifatida 
yuqori  baholanib  kelinmoqda.  Imom  al-Buxoriyning  ushbu  asari  ko‘plab 
nusxalari  turli  shaharlarda  tarqalgan.  Hatto  o‘rta  asrlarda  yashagan  ba’zi 
adib  va  xattotlar  uchun  bu  asar  nusxalarini  ko‘chirish  tirikchilik  manbayi 
ham  bo‘lgan.  Jumladan,  taniqli  adib  va  tarixchi  an-Nuvayriy  (1332-yilda 
vafot  etgan)  al-Buxoriyning  ushbu  asaridan  sakkiz  nusxa  ko‘chirib,  har 
birini  ming  dirhamdan  sotgan.  1325-yilda  ko‘chirilgan  sakkiz  jilddan 
iborat  go‘zal  bir  nusxasi  hozir  Istanbulda  saqlanmoqda.  «Al-jome’  as- 
sahih»ga  ko‘pdan  ko‘p  sharhlar  bitilgan  bo‘lib,  muhim  manba  sifatida  u 
qayta-qayta  nashr  ham  qilingan.  Imom  al-Buxoriy  to‘plamlariga  kiritilgan 
hadislar  faqat  islom  ta’limotiga  oid  umumiy  qoidalarni  aks  ettirish  bilan 
cheklanib  qolmaydi.  Ular  mehr-muhabbat,  saxiylik,  ochiq  ko‘ngillik,  ota- 
ona,  ayollar  va  kattalarga  hurmat,  yetim-yesirlarga  muruwat,  faqir-becho- 
ralarga  himmat,  vatanga  muhabbat,  mehnatsevarlik,  halollikka  da’vat  etish 
kabi  haqiqiy  insoniy  fazilatlar  va  namunali  tartibotlar  majmuasidir.  Unda 
nima  yaxshi,  nima  yomon,  nimani  qilish  kerak,  nimadan  o‘zini  tiyish  lo-

/.imligi  haqida  hozirgi  jamiyatimiz  ahli,  ayniqsa,  yosh  avlod  nchiiti  katta 
tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  yo‘l-yo‘riqlar,  pand-nasihat  va  o'Kilhii  aks  ct- 
tirilgan.
1974-yilda  0 ‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  musulmonlari  Diniy  Imsh- 
qarmasi  tashabbusi  bilan  respublikamizda  butun  islom  dunyosi  vakillari 
ishtirokida  allomaning  1200  yillik  yubileyi  nishonlangan  edi.  Uning  shoh 
asadari  hisoblanmish  «Al-jome’  as-sahih»  va  «Al-adab  al-mufrad»  kitob- 
lari  Toshkentda  qaytadan  nashr  qilinishi  al-Buxoriy  merosini  o'rganishda 
katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Toshkentdagi  diniy  oliy  ma’hadning  Imom 
al-Buxoriy  nomi  bilan  atalishi  bundan  o‘n  ikki  asr  muqaddam  ilm-fan 
yo‘lida  beqiyos  katta  xizmat  qilgan  buyuk  olimga  chuqur  hurmat-e’ti- 
borning  ramzidir.  Allomaning  Xartang  qishlog'ida  joylashgan  salobatli 
maqbarasi  eng  obod  va  ko‘rkam  qadamjolardan  biri  sifatida  ardoqlanib, 
islom  ahli  va  barcha  mehmonlar  uchun  tabarruk  ziyoratgoh  sifatida 
mashhurdir.  1998-yilda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmoni  bilan 
buyuk  hadisshunos  allomaning  1225  yillik  tavallud  kuni  keng  jamoatchilik 
tomonidan  katta  hurmat  va  ehtirom  ila  nishonlanib,  uning  maqbarasi 
qayta  qurildi.
ABU  ISO  MUHAMMAD  AT-TERMIZIY
( 8 2 4 - 8 9 2 )
0 ‘rta  asrlarda  yashagan  ko‘pgina  olimlar  ilm-fanning  turli  sohalariga 
oid  dunyoviy  fanlar  bilan  birga  diniy  ilmlar  rivojiga  ham  katta  e’tibor 
berganlar.  Zotan  diniy  ilmlar  jamiyat  taraqqiyotida,  insonlarning  kamol 
topishi  va  ular  dunyoqarashining  shakllanishida  alohida  rol  o'ynaydi.
Jahonshumul  ahamiyatga  ega  asarlar  yaratgan  buyuk  allomalardan  biri
—  mashhur  muhaddis  (hadis  ilmi  olimi)  A bu   Iso  Muhammad  at-Ter- 
miziydir.  Uning  to‘liq  ismi  A bu   Iso  Muhammad  ibn  Savra  ibn  Muso 
ibn  ad-Dahhok  as-Sullamiy  (umrining  oxirlarida  ko‘zi  ojiz  bo‘lib  qolgan- 
ligidan  ad-Dariyr  taxallusi  bilan  ham  atalgan)  at-Termiziy  bo'lib,  u 
hijriy  hisobda  209  (milodiy  824)-yilda  Termizda,  uncha  badavlat 
bo‘lmagan  oilada  tavallud  topdi.  Markaziy  osiyolik  mashhur  olim  va 
tarixchi  A b u   Sa’d  Abdulkarim  as-Sam’oniy  (113/1167)  «Al-Ansob» 
nomli  asarida  yozishicha,  at-Termiziy  Bug*  (hozirgi  Sherobod  tumani)

qishlog'ida  vafot  etganligi  uchun  uning  nomiga  al-Bug‘iy  taxallusi  ham 
qo‘shilgan.  Uning  yoshlik  yillari  Termiz  shahrida  o‘tib,  dastlabki  ma’- 
lumotni  ham  shu  shaharda  olgan.  Chunonchi,  yozma  manbalar,  tarixiy 
osori-atiqalardan  ma’lumki,  o‘rta  asrlarda  Termiz  ham  Markaziy  Osiyo­
ning  Urganch,  Buxoro,  Samarqand  singari  ilm-fan  va  madaniyati  rivoj­
langan  shaharlardan  biri  bo'lgan.  Mana  shunday  madaniy  muhitda  o'sgan 
at-Termiziy  yoshligidan  turli  ilmlarni  egallashga  zo'r  qiziqish  bilan  intil- 
gan.  Bolaligidan  o'ta  ziyrakligi,  yodlash  qobiliyatining  kuchliligi,  noyob 
qobiliyati  bilan  o'z  tengqurlaridan  ajralib  turgan  at-Termiziy  diniy  va 
dunyoviy  fanlami,  ayniqsa,  hadis  ilmini  alohida  qiziqish  bilan  egallab,  bu 
boradagi  o'z  bilimlarini  muttasil  oshirish  uchun  ko'pgina  Sharq  mam- 
lakatlarini  ziyorat  qilgan.  Jumladan,  u  uzoq  yillar  Iroqda,  Isfahon,  X uro­
son,  Makka  va  Madinada  yashagan.  Ko'p  yillar  davom  etgan  safarlari 
chog'ida  at-Termiziy  ilm-fanning  turli  sohalaridan  —  ilm  al-qiroat,  ilm 
al-bayon,  fiqh,  tarix,  ayniqsa,  o'zi  yoshligidan  qiziqqan  hadis  ilmidan  o'z 
davrining  yirik  olimlari  —  mashhur  muhaddislaridan  ta’lim  oladi.  Uning 
ustozlaridan  imom  al-Buxoriy,  imom  M uslim ,  imom  A b u   D ovud, 
Qutayba  ibn  Sa’iyd,  Is’hoq  ibn  Muso,  Mahmud  ibn  G'aylon  va  bosh­
qa  mashhur  muhaddislarni  ko'rsatish  mumkin.  Manbalarda  yozilishicha, 
hadislarni  to'plashda  va  o'rganishda  at-Termiziy  har  bir  qulay  fursatdan 
unumli  foydalangan.  U   yo'lda,  safarda  bo'lganda  ham  yoki  bir  joyda 
muqim  turganda  ham  o'z  ustozlaridan,  uchratgan  roviylaridan  eshitgan 
hadislami  darhol  yozib  olib,  ulami  tartibli  ravishda  alohida-alohida  qayd 
qilib  borgan.
O 'z   davrining  yetuk  muhaddis  olimi  sifatida  tanilgan  at-Termiziy 
ko'pdan  ko'p  shogirdlarga  ustozlik  qilgan.  Hadis  ilmidagi  uning  shogird- 
laridan  Makhul  ibn  al-Fadl,  Muhammad  ibn  Mahmud  Anbar,  Hamod 
ibn  Shokir,  A b d   ibn  Muhammad  an-Nasafiy,  al-Haysam  ibn  Qulayb 
ash-Shoshiy,  Ahmad  ibn  Yusuf  an-Nasafiy  va  Abul  Abbos  Muhammad 
ibn  M ahbub  al-Mahbubiylarni  sanab  o'tish  mumkin.  Musofirchilikdan 
qaytgan  at-Termiziy  o'z  yurtida  yirik  muhaddis  olim  sifatida  shuhrat 
qozondi  va  ijodiy  ish,  shogirdlar  tayyorlash  bilan  mashg'ul  bo'ldi.  U  
279-hijriy  (milodiy  892)  yilda  Termizdan  uzoq  bo'lmagan  Bug'  qish- 
log'ida  vafot  etadi  va  shu  yerda  dafn  qilinadi.
O 'z   ijodiy  va  ilmiy  faoliyati  davrida  at-Termiziy  bir  qancha  asarlar 
yaratdiki,  ularning  aksariyat  qismi  bevosita  hadislarga  bag'ishlangan.  Gap

shundaki,  V II  asrning  1-yarmida  davr  jihatdan  qisqa  muddatda  yn/aga 
kelgan  Q u r’oni  karim  islom  ta’limotida  katta  madaniy  va  tarixiy  alia- 
miyatga  ega  asosiy  manba  bo‘lsa-da,  musulmon  dunyosining  ijtimoiy, 
huquqiy  va  axloqiy  tomonlariga  oid  jamiki  masalalarni  har  tomonlama 
to‘la-to‘kis  qamrab  ololmagan,  albatta.  Shu  boisdan  ham  islom  dini  clio- 
garalarining  kengayishi,  uning  qonun-qoidalariga  asoslangan  jamiyat  rivoj­
langan  sari  turli-tuman  yangi  g‘oyaviy  fikr-mulohazalar  va  ko‘rsatmalarga 
ehtiyoj  tobora  kuchaya  borgan.  Shu  sababdan  ham  barcha  jihatlardan 
namunali  zot  hisoblangan  payg‘ambar  Muhammad  alayhissalomning  o'zlari 
aytgan  ibratomuz  pand-nasihatlar,  diniy,  axloqiy  masalalarga  doir  qa- 
rashlari,  ko‘rsatmalari  hamda  payg‘ambar  alayhissalom  hayoti,  faoliyati 
xususida  qarindosh-urug‘lari,  sahobalari,  yaqin  safdoshlari  aytgan  hikoyat 
va  rivoyatlari  —  hadislarni  to‘plash  keng  ko‘lamda  avj  olgan.  Shunga 
ko‘ra,  islom  ta’limotida  hadislar  Q ur’ondan  keyin  turadigan  muhim  man- 
balar  hisoblanadi.  Islom  ulamolari  o‘rtasida  ilk  davrdan  boshlab  hadis- 
larning  to‘g‘riligi,  ularni  ishonchli  manbalarga  asoslanishiga  katta  e’tibor 
berilgan.  Chunonchi,  o‘sha  davrning  o‘zidan  boshlaboq  noaniq,  chala- 
chulpa,  hatto  soxta  hadislar  ham  el  orasida  tarqay  boshlagan.  Shunday 
paytlarda  ular  qayta-qayta  tekshirilib,  muhaddislarning  betinim  mehnati 
natijasida  asl  holiga  qaytarilib,  yozma  ravishda  qayd  qilingan.  Natijada, 
islomshunos  yirik  ulamolar  orasida  ishonchli  manbalar  asosida  to‘plangan 
va  tartibga  keltirilgan  oltita  hadislar  to‘plami  (As-sihoh  as-sitta)  mual- 
liflari  eng  nufuzli  va  mo‘tabar  muhaddislar  deb  tan  olingan.  Mana  shu 
e’tirof  etilgan  mashhur  muhaddislardan  biri  —  Imom  at-Termiziydir.
At-Termiziy  qalamiga  mansub  asarlarning  aksariyati  bizgacha  yetib 
kelgan.  «Al-jomi’»  («Ja’mlovchi»),  «Ash-shamoil  an-nabaviya»  («Pay- 
g‘ambarning  alohida  fazilatlari»),  «Al-ilal  fi-l-hadiys»  («Hadislardagi 
og‘ishishlar»),  «Risola  fi-l-xilof  va-l-jadal»  («Hadislardagi  ixtilof  va 
bahslar  haqida  risola»),  «At-ta’rix»  («Tarix»),  «Kitob  az-zuhd»  («Taq- 
vo  haqida  kitob»),  «K itob  ul-asmo  va-l-kuna»  («Ismlar  va  laqablar 
haqida  kitob»)  kabi  asarlar  shular  jumlasiga  kiradi.
At-Termiziyning  asarlari  ichida  eng  mashhuri,  shubhasiz,  «Al-jomi’» 
bo‘lib,  awal  eslatib  o‘tganimizdek,  payg‘ambar  alayhissalomga  doir  oltita 
ishonchli  hadislar  to'plamlaridan  biridir.  Ushbu  asar  ilmiy  adabiyot  va 
manbalarda  «Al-jomi’  al-kabir»  («Katta  to‘plam»),  «Al-jomi’  us-sahiyh» 
(«Ishonchli  to‘plam»),  «Jomi’  at-Termiziy»  («Termiziy  to‘[)lami»),  «Sli-

п
.111
  .tl 

cimi/.iy»  («lenniziy  sunanlari»)  nomi  bilan  ham  atalib,  pay- 
k'.iiiiImi  .ilciyliiss.iloin  hayoti  va  faoliyatiga  doir  muhim  manbalardan  hi-
Nlll 
>1.111.11 11
.
Al -  I miii/.iyning  mashhur  ta’liflaridan  yana  biri  «Ash-Shamoil  an- 
n.ib.iviya"  («Payg‘ambarning  alohida  fazilatlari»)  bo‘lib,  ba’zi  manbalarda 
Asli  shamoil  fi  shamoil  an-nabiy  sallolohu  alayhi  vasallam»  nomi  bilan 
I
i
.
iiii
  keltirilgan.  Nomidan  ham  ko‘rinib  turibdiki,  bu  asar  payg‘ambar 
•il.iyhissalomning  shaxsiy  hayotlari,  u  kishining  suvrat  va  siyratlari,  ajoyib 
la/ilatlari,  odatlariga  oid  408  hadisi  sharifni  o‘z  ichiga  qamragan  man- 
badir.  Bu  o‘rinda  shuni  ta’kidlash  kerakki,  payg‘ambar  alayhissalomning 
la/.ilatlari,  odatlari  haqidagi  hadislarni  to‘plash  bilan  juda  ko‘p  muhaddis- 
lar  shug‘ullanganlar  va  bu  xildagi  hadislar  turli-tuman  kitoblardan  o‘rin 
olgan.  Lekin  at-Termiziy  asarining  afzalligi  shundaki,  u  hadislarni  mun- 
la/.ain  ravishda  to‘plab,  muayyan  tartibga  solgan  va  yaxlit  bir  kitob 
lioliga  keltirgan.  M uham m ad  alayhissalomning  hayotiga  doir  muhim 
manba  sifatida  «Ash-shamoil  an-nabaviya»  azaldan  islomshunos  olimlar, 
ladqiqolchilarning  diqqatini  o‘ziga  tortib  keldi.  Arab  tilida  yozilgan  ushbu 
asarga  bir  qancha  sharhlar  ham  yozilgan.  Shu  bilan  bir  qatorda  ushbu 
asarning  tili  ravon,  uslubi  g‘oyatda  oddiyligini  ham  qayd  qilib  o‘tish 
o'rmlidir.  Asarning  fors  va  turk  tillariga  tarjima  qilinishi  ham  unga  bo‘l- 
gan  qi/.iqishning  kattaligidan  dalolat  beradi.
«Ash-shamoil  an-nabaviya»ning  birinchi  qismida  keltirilgan  hadisi 
shariflar  payg‘ambarimiz  sallallohu  alayhi  vasallamning  suvrat  (tashqi 
qiyofa)lariga,  ikkinchi  qismida  keltirilgan  hadisi  shariflar  esa  ichki  dunyo- 
lari-yu  axlo(]iy  fazilatlarini  bayon  qilishga  bag‘ishlangan.
«Ash-shamoil  an-nabaviya»ning  X V I   asrga  oid  bir  qo ‘lyozmasi 
Toshkcntda,  Movarounnahr  musulmonlari  idorasi  kutubxonasida  saqlan- 
moqda.  1980-yilda  Toshkentdagi  D iniy  boshqarma  buyurtmasi  bilan 
«Ash-shamoil  an-nabaviya»ning  ushbu  qo‘lyozmasi  nashr  etilgan  bo‘lib, 
unga  qisqacha  so‘zboshi  0 ‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  musulmonlari  Diniy 
boshqarmasi  hay’atining  sobiq  raisi,  marhum  muftiy  Ziyovuddinxon  ibn 
Eshon  Boboxon  hazratlari  tomonidan  yozilgan.
«A sh  shamoil  an-nabaviya»  so‘nggi  yillarda  ham  Toshkentda  bir 
necha  bor  nashr  etildi.  Bundan  tashqari  allomaning  1200  yillik  yubileyi 
(1990)  munosabati  bilan  gazeta  va  jumallarda  u  haqida  ko‘p!ab  maqola- 
lar  chop  etildi.

Xulosa  qilib  aytganda,  buyuk  vatandoshimiz  A b u   Iso  Muhammad 
at-Termiziy  bizga  boy  va  katta  ilmiy  meros  qoldirgan.  Afsuski,  hozircha 
bu  qimmatbaho  meros  respublikamizda  yetarlicha  o‘rganilgani  yo‘q.  Keng 
jamoatchilik  ommasi  ham  uning  hayoti  va  ijodi  haqida  g‘oyatda  oz  ma- 
lumotga  ega.
ABU  NASR  FOROBIY
( 8 7 3 - 9 5 0 )
Forobiy  uning  taxallusi  bo‘lib,  to'liq  nomi  A b u   Nasr  Muhammad 
ibn  Muhammad  ibn  Uzlug‘  Tarxon  —  jahon  madaniyatiga  katta  hissa 
qo‘shgan  Markaziy  osiyolik  mashhur  faylasuf,  qomusiy  olim.  0 ‘rta  asr­
ning  bir  qancha  ilmiy  yutuqlari,  umuman  Yaqin  va  0 ‘rta  Sharq  mam­
lakatlarida  taraqqiyparvar  ijtimoiy-falsafiy  tavakkur  rivoji  uning  nomi  bilan 
bog‘liq.  Forobiy  o‘z  zamonasi  ilmlarining  barcha  sohasini  mukammal 
bilganligi  va  bu  ilmlar  rivojiga  katta  hissa  qo'shganligi,  yunon  falsafasini 
sharhlab,  dunyoga  keng  tanitganligi  tufayli  Sharq  mamlakatlarida  uning 
nomi  ulug'lanib,  «Al-Muallim  as-soniy»  —  «Ikkinchi  muallim»  (Aristo- 
teldan  keyin),  «Sharq  Arastusi»  deb  yuritilgan.
Forobiy  turkiy  qabilaga  mansub  harbiy  xizmatchi  oilasida,  Sirdaryo 
sohilidagi  Forob  (O 'tro r)  degan  joyda  tug‘ilgan.  U   tug'ilgan  hudud 
Somoniylar  tomonidan  boshqarilib,  arab  xalifaligining  shimoliy  chegarasi 
hisoblangan.  Forobiy  boshlang‘ich  ma’lumotni  ona  yurtida  oldi.  So‘ng 
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling