01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия
Download 4.09 Mb.
|
O\'zgaramiz 9- mavsum
14-KUNXOTIRANI KUCHAYTIRISH Insonning oʻz ish-harakat jarayonidagi narsa-hodisalarni eslab qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotira barchaning hayotida muhim ahamiyatga ega. Xususan, til oʻrganish jarayoni kuchli eslab qolish qobiliyatini talab qiladi. Chunki xotira namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional xotira (his-tuygʻuni esda tutish), obraz xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻz-mantiq xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan holda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz-mantiq xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotirani yaxshilaydigan tabiiy omillar ham mavjud, masalan: Piyoda yurish, mayda qadamlar bilan yugurish - bu harakatlar tanani chiniqtirib, xotirani mustahkamlaydi. Bunday faol harakatlar miyamizga kislorod koʻproq miqdorda borishini, yodda saqlash kuchayishini taʼminlaydi, yangi kletchatkalar ochiladi. Kimningdir telefon raqami, manzili, ismini ovoz chiqarib takrorlasak, miyamiz bu maʼlumotlarni yozib olishdan koʻra tezroq qabul qiladi. Chet tillaridagi yangi yodlangan soʻzlarni faol xotiraga oʻtkazish uchun tavsiya: 1.Yangi yodlayotgan soʻzlaringizga oʻzingizni qiynamaydigan darajada miqdor qoʻyib oling. 2. Barcha soʻzlarni bir necha marta (esingizda qolguniga qadar) takrorlang. 3.Iloji boricha soʻzlarni qandaydir narsalarga bogʻlab yodlang, masalan: "white - oq = oq futbolka". Bir-biriga yozilish jihatidan oʻxshab ketadigan soʻzlarni birga yodlang. Masalan: "white (oq)- write(yozmoq)" Yodlagan soʻzlaringizni avval 5-6 soat keyin esa 1- 1yarim kundan soʻng takrorlang va ular ishtirokida gaplar tuzing. Unutmang, yangi soʻzlar faol ravishda qoʻllanilmasa, ular shuncha tez unutiladi. Soʻz yodlash jarayoningizda yuqoridagi tavsiyaga amal qiling, va bir haftalik natijangizni qayd qilib boring. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling